11.11.2020 yildagi 715-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi)ga professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining o‘qitish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qishga kirishda davlat granti uchun o‘tish balining 80 foizini to‘plagan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat granti asosida professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-aprelga qadar oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilar o‘z sohasi bo‘yicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 o‘quv yiliga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun tavsiya etiladigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
715-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom abituriyentlarni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar)ga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari hamda Sportni rivojlantirish vazirligining Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 647-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/647/0926-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent — professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruh nazoratchisi — kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kirish imtihonlari o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abituriyentlarga kirish imtihonlari tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasi — har o‘quv yili qabuli uchun tashkil etiladigan va professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilishni va qabulga bog‘liq jarayonlarni tashkil etadigan vakolatli tuzilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar yig‘majildi — abituriyent professional ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etilgandan so‘ng qabul komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi vakili) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino rahbari — belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlik qiluvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtihon komissiyasi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon o‘tkazadigan va javoblarni xolis tekshiradigan va baholaydigan vakolatli tuzilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert guruhi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlari asosida vazirliklar va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imkoniyati cheklangan abituriyentlar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan professional ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi va yo‘llanmasi asosida har bir guruhga 15 — 20 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Abituriyentlar kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda arizani O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik)ning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar maktablari uchun umumiy o‘rta ta’limni (9-sinf negizida), kollejlar va texnikumlar uchun umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki professional ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
600x800 o‘lchamli rangli fotosurat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandi bo‘lgan abituriyentlar tegishliligi bo‘yicha nogironlik guvohnomasi nusxasi, vakolatli organning “Mehribonlik uylari”ga joylashtirish bo‘yicha qarori yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun Ijtimoiy reyestrga asosan tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotni elektron platformaga yuklaydi. Elektron platformaga yuklangan hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan bo‘lishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida bo‘lmasligi abituriyentning ro‘yxatdan o‘tkazilmasligiga asos bo‘ladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent elektron platformada professional ta’lim muassasasi, ta’lim shakli, kasb yoki mutaxassislik, o‘qitish tilini tanlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan so‘ng ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hujjatlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi har kuni professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-sayti hamda axborot stendlarida o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tushgan arizalar soni haqida ma’lumotni kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha joylashtirib boradi, shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Abituriyentlar o‘qishga tavsiya etilganda elektron platformaga kiritgan hujjatlarining aslini professional ta’lim muassasasiga uch kun muddatda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentda mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun) berilgan xulosasi va yo‘llanma hujjatga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi abituriyentlarning ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat nusxasini uning asli bilan taqqoslab, hujjatning aslini ariza beruvchiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentning hujjatlari qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, professional ta’lim muassasasiga qabuldan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaning namunaviy shakli kasb-hunar maktablari uchun vazirlik tomonidan, kollej va texnikumlar uchun tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda uch tilda — o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni professional ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Professional ta’lim muassasalariga hujjatlarni topshirish va qabul qilishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun professional ta’lim muassasalarida har yili 15-mayga qadar qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasasi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasining mas’ul kotibi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul kotib) kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, kollejlarda tegishli vazirliklar va idoralar, texnikumlarda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, qabul komissiyaning qolgan a’zolari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida mas’ul kotib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi raisi tomonidan a’zolarning vazifalari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishni muvofiqlashtirish tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, mahaliy davlat hokimiyati organlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar ko‘magida professional ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlari, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1-iyuldan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar, kollejlar va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 10-avgustdan 10-sentabrga (shu kuni ham) qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollejlarga o‘rta yoki boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qilish boshqa muddatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda hujjatlarni qabul qilish muddati vazirlikning taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda bir oydan oshmagan holda kollejlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Professional ta’lim muassasalari, qoida tariqasida, qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati hamda davlat buyurtmasi parametrlari haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kasb-hunar maktablariga birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari (umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari) tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat asosida tegishli kasblar bo‘yicha, shuningdek, taqdim etilgan ro‘yxatdan tashqari qabul parametrlari doirasidagi o‘rinlarga kasb-hunar maktabida o‘qish istagida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb-hunar maktablariga joriy yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Har yili 10-martga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan kasb-hunar maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilari va ularning istiqbolda ta’lim oladigan kasblari ro‘yxatlari shakllantiriladi hamda tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga taqdim etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida har bir kasb-hunar maktabiga o‘qishga boradigan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari (9-sinf bitiruvchilari) ro‘yxati tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan holda tegishli kasb-hunar maktablariga har yili 10-aprelga qadar taqdim etiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari boshqa tuman (shahar)lardagi kasb-hunar maktablariga o‘qishga kirish istagi mavjud bo‘lgan hollarda, o‘qishga qabul qiluvchi kasb-hunar maktabi direktori tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan o‘quvchini kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan o‘quvchilar umumiy tartibda o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Texnikumlarga joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball to‘plagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kasb-hunar maktabiga kasblar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti nazarda tutilmagan kollejlar va texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari (to‘lov-kontrakt bo‘yicha) bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kollej va texnikumlarda qabul komissiyasining abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin tegishli ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kollej va texnikumlarning kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish bilan bog‘liq sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda, vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining takliflari asosida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Professional ta’lim muassasalariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda uch ish kunida kasb-hunar maktablari tomonidan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga, kollejlar tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga, texnikumlar tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalariga bu haqida ma’lumot kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tizimida kollejlar va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, huzurida texnikumlar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari uch ish kunida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish imkoniyati va o‘qitish quvvatini hisobga olib, qo‘shimcha o‘rin ajratish yoki abituriyentlar o‘rtasida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish yuzasidan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha takliflarni vazirlikka kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Vazirlik besh ish kunida davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan professional ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tahlil qiladi va Davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Davlat komissiyasi o‘n ish kunida Vazirlikning takliflarini ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari ajratish, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkaziladigan professional ta’lim muassasalari ro‘yxatini (kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish ushbu Nizomga 3-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish mazkur Nizomga 4-ilovada belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kasb-hunar maktablarida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijasi bo‘yicha tanlovdan o‘tmagan abituriyentlar to‘g‘risida ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan besh ish kunida taqdim etiladi hamda o‘quvchi o‘zi o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olishni davom ettirishi ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar safiga qabul qilingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Professional ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil o‘tkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga ko‘ra, har yili o‘quv yili boshlangunga qadar yakunlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar professional ta’lim muassasalariga vazirlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra davlat buyurtmasi parametrlaridan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat komissiyasi tomonidan chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng professional ta’lim muassasalari bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovni har yili shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish uchun ketadigan sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlardan norozi bo‘lganlar tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari olti oy davomida saqlanadi, so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda professional ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Talablar

Mas’ullar

Bajarish muddati

I bosqich

Professional ta’lim muassasalarida qabul komissiyalarini tashkil etish.

Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar,

professional ta’lim muassasalari

Har yili

15-mayga qadar

II bosqich

Professional ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlari, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarning keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, mahalliy hokimliklar, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar

Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlangunga qadar

III bosqich

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayonini tashkil etish.

Kasb-hunar maktablariqabul komissiyalari

Har yili

1 iyuldan
20-iyulga qadar

Kollejlar va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonini tashkil qilish.

Kollej va texnikumlarning qabul komissiyalari

Har yili
10 avgustdan
10-sentabr
ga qadar

IV bosqich

Professional ta’lim muassasalarida qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati hamda davlat buyurtmasi parametrlari haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasasining veb-saytida e’lon qilish.

Professional ta’lim muassasalari

Qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin

V bosqich

Kasb-hunar maktabiga kasblar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlarni tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilish.

Kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlarni tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilish.

Davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti nazarda tutilmagan kollejlar va texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari (to‘lov-kontrakt bo‘yicha) bilan teng bo‘lganda, abituriyentlarni tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilish.

Professional ta’lim muassasalari

Qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng

VI bosqich

Professional ta’lim muassasalariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda kasb-hunar maktablari bo‘yicha Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga, kollejlar bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga, texnikumlar bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalariga bu haqida tahliliy ma’lumotlar kiritish.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tegishli vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari

Hujjatlar tushganda uch ish kunida

VII bosqich

Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish imkoniyati va o‘qitish quvvatini hisobga olib, qo‘shimcha o‘rin ajratish yoki abituriyentlar o‘rtasida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish yuzasidan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha takliflarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tizimida kollejlar va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, huzurida texnikumlar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari

Uch ish kunida

VIII bosqich

Davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan professional ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tahlil qilish va Davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Besh ish kunida

IX bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining takliflarini ko‘rib chiqish va qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari ajratish, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkaziladigan professional ta’lim muassasalari ro‘yxatini (kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi

O‘n ish kunida

X bosqich

Professional ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil o‘tkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga ko‘ra, har yili o‘quv yili boshlangunga qadar yakunlash. O‘qishga qabul qilinganlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotlarni Davlat komissiyasiga kiritish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Har yili o‘quv yili boshlangunga qadar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI

1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan test sinovlarini adolatli va xolisona o‘tkazish mazkur Tartib talablariga qat’iy rioya etgan holda professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar), Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh kuzatuvchilari tomonidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Tartibda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar hokimliklar va professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Test sinovlari kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili iyul-sentabr oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so‘ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Test topshiriqlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’limning umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kasb va mutaxassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Abituriyentlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida professional ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda tegishli professional ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Test sinovlari Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, professional ta’lim muassasalari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish hokimliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi hamda vazirlik o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hudud bo‘yicha bosh shtabda, test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Binoda test sinovlarini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binoda bir nafar abituriyentga, qoida tariqasida, 2 m2 dan kam bo‘lmagan joy tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hududlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoya qilish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda qabul komissiyalarining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga qabul jarayoni boshlanadigan kunga qadar professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini, ularga muvofiq test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaat qilgan abituriyentlarni professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) seriyasi va raqami, yashash joyi, tug‘ilgan yili va joyi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) raqami hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘olibi ekanligi, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat haqidagi ma’lumot (agar ushbu hujjatlar mavjud bo‘lsa) va boshqa imtiyozga ega bo‘lganlar hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot, o‘qitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb va mutaxassisliklar, o‘qitish tili va ta’lim shakli bo‘yicha professional ta’lim muassasasiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari g‘oliblari va boshqa imtiyozga ega bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun har kuni e’lon qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari boshlanguniga qadar murojaat qilgan abituriyentlarga ruxsatnomani tasdiqlab tarqatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tugagandan so‘ng 1 kun muddatda xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan ma’lumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari o‘tkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qabul komissiyasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda Davlat test markazining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davlat test markazi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan Davlat test markazi vakiliga yetkazilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh kuzatuvchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha taqsimlangan ro‘yxatini, bino rahbari va guruh kuzatuvchilari ro‘yxatini ikki nusxada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Davlat test markazi vakiliga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kunlik test sinovlari tugagandan so‘ng test materiallarining Davlat feldyegerlik xizmatiga topshirilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat test markaziga olib kelingan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovlari natijalarini hisoblash va e’lon qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat test markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda hokimliklarning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda hokimliklarning vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar bo‘yicha test sinovlariga tayyor holatga keltirib, bu haqida Davlat test markaziga ma’lumot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarning test sinovlari o‘tkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga ko‘rsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni to‘plash uchun ularning zarur moddiy-texnika vositalari bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishni ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida o‘tirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovi bo‘lib o‘tadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarini o‘tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suv, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Hokimliklar qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaxslar tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruxsat bersa yoki o‘zlari tashkil etishsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakili xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Test sinovlarini o‘tkazishda Davlat test markazi vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarining adolatli, xolisona va ushbu Tartibda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat test markazi vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun hokimliklar va qabul komissiyalariga ko‘rsatma berish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishgan holda chetlashtirilganlar o‘rniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga biriktirilgan binoda test o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino rahbarlari va guruh nazoratchilari ro‘yxatining xizmat postlariga yetkazilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Davlat test markazi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu Tartib talablari asosida o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bino rahbari o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Davlat test markazi vakilidan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan guruh nazoratchilarini, abituriyentni test sinovlaridan chetlashtirish hamda Davlat test markazi vakili bilan kelishgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish hamda test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan so‘ng 30 daqiqa ichida yig‘ib olish, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Davlat test markaziga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan kasb va mutaxassisligi tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhlarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovining tugash vaqtiga qat’iy amal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda ko‘rib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun ko‘rsatma bermasa, ushbu holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Test sinovi o‘tkazilayotgan guruhda ushbu Tartib talablariga qat’iy rioya qilish va test sinovining adolatli o‘tkazilishini ta’minlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Guruh nazoratchisi o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Quyidagilar guruh nazoratchisining majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovi o‘tkaziladigan kuni biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida o‘zlariga tegishli ruxsatnomalarni olish va o‘ziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan vaqtda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentning ruxsatnomasi va pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) asosida tekshirib ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha belgilangan joyga o‘tirishini ta’minlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning o‘rnini bo‘sh qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun bo‘sh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha abituriyentlarga ko‘rsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan so‘ng 15 daqiqa o‘tgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh bo‘yicha ro‘yxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi va familiyasi to‘g‘risiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining to‘ldirilgan bir nusxasini bino rahbariga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlar bilan test topshiriqlari bo‘yicha savol-javob qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qilish, abituriyentlarning o‘rinlaridan turishlarini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarga test materiallarini topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari tugagandan so‘ng guruhda abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu kasb va mutaxassislik hamda tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Test sinovlarini o‘tkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining tegishli bo‘limini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh kuzatuvchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Abituriyent ushbu Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Har bir test topshirig‘iga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Professional ta’lim muassasalarida abituriyentlar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining a’zolari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi raisi ta’lim muassasasi direktori hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari to‘liq yakunlanib, tanlov natijasi e’lon qilingandan so‘ng ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga ushbu Tartibga ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini qabul qilib olgan kuni Davlat test markaziga apellyatsiya shikoyatlarni elektron imzo bilan tasdiqlangan holda elektron nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Davlat test markazi apellyatsiya shikoyatini qabul qilgan kuni apellyatsiya shikoyati asosida abituriyentlarga test sinovi jarayonida taqdim etilgan test topshirig‘i kitobining va javoblar varaqasining elektron nusxasi (Pdf formatda) hamda test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxatini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida Davlat test markazi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobining elektron varianti asosida chop etilgani beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Apellyatsiya shikoyati ikki ish kunida apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Apellyatsiya komissiyasi qarori Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasi qarori Davlat komissiyasiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish tartibiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

____________________________________

(ta’lim muassasasi nomi)
‎direktori, apellyatsiya komissiyasi raisiga

____________________________________

(abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)

____________________________________

(uy, mobil telefonlar raqami)

TEST NATIJALARI BO‘YICHA APELLYATSIYA SHIKOYATI

Ta’lim muassasasi nomi

Guruh

Javoblar varaqasi raqami

Mening quyidagi e’tirozlarimni ko‘rib chiqishingizni so‘rayman:

1. __________________________________________________________________________

2. __________________________________________________________________________
3. __________________________________________________________________________

________________________________

________________

_____________________

(abituriyent F.I.O.)

(imzo)

(sana)

Ariza 20__ yil “___” ___________ soat ________ da ko‘rib chiqiladi.

____________________________________

________________

________________

(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)

(imzo)

(sana)

M.O‘.

(qirqish chizig‘i)

-----------------------------------------------------------------------------------------------

XABARNOMA ______-son

Hurmatli

____________________________________________________________

(abituriyent F.I.O.)

Arizangizni ko‘rib chiqish uchun 20___ yil “__” __________ soat _____da

___________________________________________

ga pasport (tug‘ilganlik haqida

(ta’lim muassasasi nomi)

guvohnoma) va ruxsatnomangiz bilan yetib kelishingiz so‘raladi.

20__ yil “___” __________‎

________________________________

_____________

(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)

(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga qabul qilish tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinishi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir professional ta’lim muassasasi bo‘yicha kasb va mutaxassisliklar, o‘qitish tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda professional ta’lim muassasalari direktorlari joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul parametrlariga muvofiq professional ta’lim muassasasida ta’lim olish tilida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish va tashkil qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kasbiy (ijodiy) imtihon boshlanishidan bir hafta oldin abituriyentlarga professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi imzolagan hamda professional ta’lim muassasasining muhri qo‘yilgan ruxsatnoma beriladi. Ruxsatnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha o‘qish va keyinchalik ishlashi imkoniyatlarini aniqlash, ularning fanlar bo‘yicha bilim, malaka, kasbiy ko‘nikma, ijodiy qobiliyatlarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining qat’iy nazoratida kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiriqlari kasb-hunar maktablarida umumiy o‘rta (9-sinf negizida), kollej va texnikumlarda boshlang‘ich professional, umumiy o‘rta (11-sinf negizida), shu jumladan, madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalari tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va adolatli o‘tkazish mas’uliyati, shu jumladan, ularning videokuzatuv qurilmalari orqali nazoratini ta’minlash qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, fan bo‘yicha imtihon komissiyalari raislari va a’zolari, shuningdek, imtihon komissiyalari a’zolari hisoblanadigan guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyasi kasbiy (ijodiy) imtihon belgilangan talablarga qat’iy rioya etgan tarzda to‘g‘ri va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda joylarni zarur vositalar, o‘quv qurollari va ashyolar bilan jihozlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Professional ta’lim muassasalari fan bo‘yicha imtihon komissiyalari raisligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun bo‘ysunuviga qarab tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tegishli fanlar bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun 3 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli o‘qituvchilardan shakllantirilgan fanlar bo‘yicha imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida, 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari professional ta’lim muassasalari qabul komissiyalarining takliflari asosida imtihon dasturlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt me’yorini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli kasb va mutaxassisliklarga muvofiq keluvchi fan majmualari professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegishli kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan majmualarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal 150,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolarining har biri o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha qiymatiga teng bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Guruh nazoratchisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan so‘ng abituriyentlarning amaliy ishlarini qabul qilib, har bir ishni raqamlab, imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh nazoratchisi imtihon ishiga qo‘yilgan shifrning maxfiyligini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kasbiy (ijodiy) imtihon ishlarini xolisona tekshirish, baholash hamda abituriyent tomonidan to‘plangan ballarni qayd varaqalarida aks ettirish uchun mas’uliyat fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va a’zolari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar qayta o‘tkazilmaydi va ular o‘qishga qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tegishli kasb va mutaxassisliklarning fanlari majmuasidagi har bir fan bo‘yicha imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon xususiyatiga qarab, imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kundan kechiktirilmagan holda professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi davrida professional ta’lim muassasalarida norozilik (apellyatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy (ijodiy) imtihonni qabul qilgan fan bo‘yicha komissiya a’zosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, o‘z fikrini bildirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norozilik (apellyatsiya) arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab ikki kun davomida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasiga, zarurat bo‘lganda, fan bo‘yicha imtihon komissiyasi baholariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar bo‘yicha alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu imtihon qaydnomalarining har biri fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun yozma imtihonlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan belgilangan kunlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’limning umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun yozma imtihonlar o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Abituriyentlarga yozma imtihonlarning o‘tkazilishi kamida o‘n kun oldin e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan abituriyent ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning imtihon o‘tkaziladigan binoga kirishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalarining yozma imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasining namunasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yozma imtihonlarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ota-onalarning 3 nafar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Professional ta’lim muassasalarida yozma imtihonlarning o‘tkazilishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Yozma imtihonlarni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yozma imtihon kasb va mutaxassisliklarga tegishli fanlardan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yozma imtihon “Ona tili va adabiyoti” fani hamda abituriyent o‘qishga kirish istagida bo‘lgan kasb va mutaxassislikka mos keluvchi shu o‘quv yili qabulidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining 2-bo‘limidagi 1-fanidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yozma imtihon olinadigan fanlar ro‘yxati, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yozma imtihon o‘tkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yozma imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihonning tegishli fanlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tarkibidan shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari nazoratida ekspert guruhi faoliyati qabul komissiyasi raisi tomonidan boshqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ekspertlar guruhi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma imtihon savollarini amaldagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan dasturlari asosida ishlab chiqib, savollarga javob yozish uchun ketishi mumkin bo‘lgan vaqtning imtihonga ajratilgan vaqtga muvofiqligini o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savollar ko‘p variantli bo‘lishini va maxfiyligi saqlanishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqilgan savollarning to‘g‘ri javoblarini tayyorlaydi va professional ta’lim muassasasiga imtihonlar yakunlanganunga qadar alohida saqlanishi uchun konvertda har bir ekspert imzosi bilan muhirlangan holda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yozma imtihonni ushbu Tartib talablariga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi, bino rahbari va guruh nazoratchilari, imtihon komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yozma imtihonni o‘tkazish jadvali professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yozma imtihon videokuzatuv qurilmalari orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borilishini ta’minlaydigan katta sig‘imdagi binolarda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Binoda imtihon materiallarini tarqatish va to‘plash uchun seyflar (materiallarni saqlash uchun) va aloqa vositalari bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar) tomonidan binolarda yozma imtihonni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi. Binolar sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Binoda yozma imtihon jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent hisobidan guruhlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanadi. Har bir guruhga, qoida tariqasida, ikki nafar guruh nazoratchisi biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihonlar ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini guruh nazoratchisi sifatida jalb etishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Binoda yozma imtihonlarni o‘tkazish talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino rahbari Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan, guruh nazoratchilari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tegishli vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yozma imtihon natijalari professional ta’lim muassasasining axborot stendida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Yozma imtihonlarni o‘tkazish va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yozma imtihon soat 09:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon har bir fan bo‘yicha alohida kunlarda o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Abituriyentlar binoga abituriyent ruxsatnomasi va pasport (pasport yoshiga yetmaganlarga professional ta’lim muassasasi tomonidan shaxsini tasdiqlash maqsadida berilgan, rasmi mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma) bilan videokuzatuv orqali navbat bo‘yicha soat 08:30 gacha kiritiladi. Soat 08:30 dan so‘ng abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Guruh nazoratchilari soat 08:30 gacha bino rahbaridan guruh ro‘yxatini, imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarni, savollarga javob yozish uchun mo‘ljallangan qat’iy hisobda turuvchi varaqlari raqamlanib muhrlangan daftarlarni (keyingi o‘rinlarda — daftarlar) oladi, shuningdek, abituriyentlarni ruxsatnomasi bilan tekshirib kiritadi va o‘ziga tegishli joyga o‘tirishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelmagan abituriyentlar o‘rinlari bo‘sh qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh nazoratchilari imtihon biletlari hamda daftarlarni abituriyentlarga tarqatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek, daftar varaqlarini bukmaslik, unga har xil belgilar qo‘ymaslik, yozuvlarning ustiga yoki ostiga chizmaslik, javoblarni ko‘k sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozish, boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Guruh nazoratchisi soat 09:00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlash uchun imzo qo‘ydiradi va imzo yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent yozma imtihonga kelmagan taqdirda, guruh nazoratchisi ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bino rahbari soat 09:00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Abituriyent tomonidan imtihon biletlariga javoblar daftarga ko‘k sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Abituriyentlarga yozishda qisqartma so‘zlardan foydalanish, so‘zlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qo‘yish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyentning natijalari hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Abituriyentning yozma imtihonlarni topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan imtihonlarga qo‘yilmaydi. Materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Mazkur abituriyentlarga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzganlar imtihondan chetlashtiriladi, chetlashtirish bo‘yicha ushbu Tartibga ilovadagi shaklga muvofiq bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Bino rahbari soat 11:00 da yozma imtihon vaqti tugaganligini e’lon qiladi va guruh nazoratchilariga javoblar yozilgan daftarlarni yig‘ishga ko‘rsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatgan abituriyentlar imtihon materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Barcha daftarlar, shu jumladan, imtihon vaqtida ishlatilmagan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan daftarlar alohida tegishli qutilarga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Guruh nazoratchisi soat 11:15 dan kechikmasdan barcha qutilarni bino rahbariga topshiradi, bino rahbari topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qo‘ydiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bino rahbari yozma imtihon savollariga javoblar yozilgan daftarlar solingan qutilarni guruh nazoratchilaridan qabul qilib, daftarlarning muqovasi va birinchi varag‘iga maxsus shifrlar qo‘yadi, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda ajratib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifrlangan daftar muqovasi sir saqlanishi uchun bino rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Imtihon komissiyasi a’zolari yozma imtihon o‘tkaziladigan kuni soat 11:00 dan kechikmay yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan xonaga o‘z pasportlari bilan yetib kelishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan muqovasi olingan va shifrlargan daftarlar solingan qutilarni bino rahbaridan qabul qilib oladi. Imtihon komissiyasiga shifr qo‘yilmagan daftarlarni topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Imtihon komissiyasi raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiyasi a’zolari ishtirokida ochib, daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud bo‘lgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlarni komissiya a’zolariga taqsimlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yozma imtihon javoblari tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan tekshirilib, baholanadi va xulosa yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Abituriyentlarning yozma imtihon bo‘yicha olgan ballari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli shifr raqamlaridan iborat bo‘lgan qaydnomaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihonning har bir fani uchun qaydnoma alohida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda imtihon komissiyasi raisi tomonidan bino rahbariga topshiriladi. Bino rahbari ushbu qutilarni shifrlangan daftarlarning muqovalari bilan birga qabul komissiyasi raisiga yig‘ma qaydnomaga kiritish uchun topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Yozma imtihon ballari belgilangan fanlar bo‘yicha alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlar muqovasidagi shifr raqamlari ko‘rsatilgan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon natijalari har bir fan bo‘yicha qabul komissiyasi tomonidan yig‘ma qaydnomaga kiritiladi va shu asosida umumiy ballar chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Abituriyentning yozma imtihondagi eng yuqori balli 150 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagicha shakllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“kasb yoki mutaxassislikka mos keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining 2-bo‘limidagi 1-fani” bo‘yicha — 0 dan 100 ballgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ona tili va adabiyoti” fani bo‘yicha — 0 dan 50 ballgacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Umumlashgan natijalar qaydnomasida abituriyentlar ro‘yxati har bir kasb va mutaxassislik bo‘yicha to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Yozma imtihon natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan keyingi ish kunida qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda yozma imtihon natijalari yuzasidan professional ta’lim muassasalarida abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida har bir ta’lim muassasasi uchun alohida apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi a’zolari 3 — 5 nafardan iborat bo‘lib, apellyatsiya komissiyasi a’zoligiga hududdagi boshqa professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari vakillari apellyatsiya komissiyasi raisi etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati yozma imtihonlar natijasi e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga beriladi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Zarur hollarda, apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayoniga imtihon komissiyasi a’zolari, shuningdek, tegishli bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Apellyatsiya shikoyati tushgan kuni murojaat qilgan abituriyentning yozma imtihon materiallari mas’ul kotib tomonidan apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Apellyatsiya shikoyat bergan shaxs xabarnomada belgilangan kun va vaqtda apellyatsiya komissiyasiga pasporti (pasport yoshiga to‘lmaganlar kasb-hunar maktabi tomonidan shaxsini tasdiqlash maqsadida berilgan rasmi mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma) bilan kelishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish vaqtida abituriyentning faqat o‘ziga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari beriladi. Ariza beruvchi o‘z e’tirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bir ish kunidan oshmasligi va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Apellyatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa, apellyatsiya komissiyasi imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda tegishli tartibda rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Apellyatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, abituriyentning yozma imtihon ishiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan tegishli ball qo‘shilib yakuniy ball qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchiga ma’lumot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Umumlashgan natijalar qaydnomalar, apellyatsiya komissiyasining qarorlari asosida professional ta’lim muassasasi qabulining yakuniy natijasi aniqlanadi va yozma imtihon qaydnomasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Yozma imtihon qaydnomalari professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va nusxasi 20-avgustgacha Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish tartibiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yozma imtihondan chetlashtirish haqidagi
‎DALOLATNOMA

__________________ tumani (shahri)

20__ yil “_____” _____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent
____________________________________________________________________________

(F.I.O.)

quyidagi sabablarga ko‘ra yozma imtihondan soat _____:_____ da chetlatildi:

taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob, shpargalka);

boshqa abituriyentga yozma imtihon materiallarini bergan;
abituriyentga yordam bergan;
____________________________________________________________________________

(Tartibda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish tartibining _____ band (lar)i talablari buzilgan.

_________________
1. Bino rahbari

___________________________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

2. Guruh nazoratchisi‎

___________________________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

3. Guruh nazoratchisi‎

___________________________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

Izoh. Ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga tikib qo‘yiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/715/1509-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 11.12.2023-y., 09/23/647/0926-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)