20.10.2020 yildagi PF-6084-son

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Sarflanadigan mablag‘
(mln so‘mda)
va xarajatlar manbasi

Ijro uchun mas’ullar

I. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish

1.

O‘zbek tili va adabiyoti b�yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yurita olish darajasini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlarini joriy etish.

1. Ishchi guruhi tashkil qilish va Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.


2.
Qaror loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.


3.
Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil oktyabr


2020-yil noyabr


2020-yil dekabr

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida yuritishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2. Davlat tilida ish yuritish tartibiga rioya qilinishini doimiy nazorat qilish.

3. Bu borada mas’uliyatni ularning rahbarlari zimmasiga yuklash.

2020-2021-yillar

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari

3.

Davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish.

1. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini (ijro.gov.uz) yanada takomillashtirish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish.

2. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini yanada takomillashtirishni maqsadli moliyalashtirish.

3. Onlayn dasturlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.

2020-yil oktyabr


2021-yil yanvar


2022-yil yanvar

600 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish va�irligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.

2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish va yangi yozuvga o‘tishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib.

3. “Yo‘l xaritasi”ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritish.

2020-yil oktyabr


2020-yil dekabr


2021-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

II. Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish

5.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirish.

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini qiziqarli tarzda o‘rgatish tizimini ishlab chiqish.

2. O‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Qiziqarli o‘zbek tili”, “So‘z mo‘’jizasi” va “O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi” singari rasmli kitob — lug‘atlarni tuzish va chop etish.

3. Internet tarmog‘ida maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyalanuvchilari uchun bola nutqini o‘stirishga doir dasturiy, elektron o‘quv materiallari sonini ko‘paytirish.

2020 — 2022-yillar

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

6.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o‘zbek tili bo‘yicha mashg‘ulot va dars soatlarini ko‘paytirish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini o‘zlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratish.

2. Ta’lim davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida o‘zbek tili dars soatlarini ko‘paytirish.

3. O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish maqsadida ko‘nikma va malaklarni rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv metodik ishlanmalarini ommalashtirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini tizimli oshirib borish.

2020 — 2022-yillar

Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholash tizimini takomillashtirish.

1. O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholashning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish.

2. Baholash tizimini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

3. Xorijiy tajribalar asosida zamonaviy baholash tizimini joriy etish.

2021-yil sentyabr


2021-yil
dekabr


2022-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi

8.

Ta’limning barcha bosqichlarida davlat tili o‘qitilishi hamda o‘zbek tili va adabiyotini yanada rivojlantirish borasidagi ilmiy, ilmiy-amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish.

1. Ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tili o‘rganilishi ko‘lamini yanada kengaytirish, davlat tiliga doir bilimlarni maktabgacha, umumiy o‘rta hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida bosqichma-bosqich shakllantirib borishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Oliy ta’lim tizimida o‘zbek tili ilmiy maktablarining zamonaviy metodlarini o‘rganishni yo‘lga qo‘yish,tilning rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liqilmiy muammolarni aniqlash, tadqiq etish, natijalarni ommalashtirish.

3. Umumbashariy madaniy merosga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijod namunalarini ilmiy tadqiq etish.

2021/2022 o‘quv yilidan


2020-yil oktyabr


2020 — 2022-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

O‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, yangi avlod o‘quv va atamalar lug‘atlarini yaratish, ularning elektron variantlarini ishga tushirish.

1. O‘zbek tili o‘quv leksikografiyasi nazariyasini ishlab chiqish, uning ilmiy — lingvistik, lingvodidaktik, lingvopedagogik, psixolingvistik, sotsiolingvistik, pragmalingvistik asoslarini ishlab chiqish.

2. O‘quv va atamalar lug‘atlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qilish va g‘oliblarga grantlar ajratish.

3. O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun quyidagi o‘quv lug‘atlarini yaratish:

ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida);

“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (kirill
va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida);

“O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati”;

“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”;

“O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”;

“O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”.

O‘zbek tiliga xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar lug‘atini tuzish, uni davriy yangilab, to‘ldirib borish bu borada filolog, folklorshunos, tarixchilar, yozuvchi va shoirlar, aniq va gumanitar yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat ishchi guruhlarini shakllantirish.

Quyidagi lug‘atlarni yaratish va nashr etish:

Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati”;

“Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati”;

“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”;

“Tarix atamalarining izohli lug‘ati”;

“Yuridik atamalarning izohli lug‘ati”;

“Kimyo atamalarining izohli lug‘ati”;

“Kon-metallurg�ya sohasi atamalarining izohli lug‘ati”.

2022-yil dekabr

2020 — 2022-yillar

2020 — 2022-yillar

2020-yil

2021-yil

2021-yil

2021-yil

2022-yil

2022-yil

2020 — 2022-yillar

2020-yil

2020-yil


2021-yil


2021-yil


2021-yil


2022-y�l


2022-yil

15 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar ag?ntligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

10.

O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari to‘la hisobga olingan imlo va punktuatsiya qoidalari aks ettirilgan “O‘zbek tili me’yorlari” ilmiy-ommabop o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash.

1. Mualliflar guruhini shakllantirish.

2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish.

3. Mualliflar vazifalarini belgilash.

4. Qo‘llanmaning qo‘lyozma nusxasini tayyorlash.

5. Qo‘llanmani nashr etish.

2021-yil mart


2021-yil oktyabr

200 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

11.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan yo‘nalishlarida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini kiritish.

2. O‘quv fani dasturini o‘qitishning samarali metodikalariga asoslangan holda yaratish.

3. Dasturni ixtisosliklar mazmuniga moslashtirish.

4. Fanning o‘quv-uslubiy materiallarini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish.

2020-yil oktyabr


2020-yil noyabr


2020-yil dekabr

2021-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish.

1. O‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqish.

2. Davlat tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish.

3. Xorijiy tajribalar asosida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr


2021-yil mart

2021-yil iyul

500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

13.

Birlamchi moddiy va yozma manbalar asosida o‘zbek tilining ko‘p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy monografiyani nashrga tayyorlash.

1. Mualliflar guruhini shakllantirish.

2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish.

3. Mualliflar vazifalarini belgilash.

4. Qo‘llanmani nashrga tayyorlash va chop etish.

2021-yil mart



2022-yil oktyabr

1 600 (O‘zbek t�lini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

III. Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish

14.

O‘zbekiston teleradiokanallarining ko‘rsatuv va eshittirishlari, ommaviy kino, konsert dasturlari, ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida suxandon — boshlovchilar va barcha qatnashchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashini ta’minlash.

1. Ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining adabiy me’yorlarini, yoshlar odob-axloqiga salbiy ta’sir qiladigan ko‘rsatuvlarni nazorat qiluvchi badiiy kengashlarning namunaviy nizomini ishlab chiqish.

2. Namunaviy nizomni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda tasdiqlash.

3. Badiiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil yanvar


2021-yil fevral


2021-yil mart

Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, EOAVMA, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Ishchi guruhi tuzish.

2. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ni qayta ko‘rib chiqish.

3. To‘plamni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish.

2021-yil mart

2021-yil dekabr

2022-yildan boshlab

12 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish.

1. Tegishli mavzularga doir loyihalar bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2. Tanlov natijalariga ko‘ra loyihalarni moliyalashtirish.

3. Dissertatsiyalar tayyorlash.

2020-2021-yillar


2021-2022-yillar

500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi

17.

Yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, jumladan, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Mard o‘g‘lonlar” tanlovlari nomzodlariga davlat tilini bilishi shartini kiritish.

1. Tanlovlarning muntazam o‘tkazilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda tasdiqlash.

3. Tanlovlarni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish.

2021-yil aprel


2021-yil
may



2021-2022 yillar

Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya

18.

Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishning normativ-huquqiy asosini shakllantirish.

1. Kompaniya, firma, brend hamda ishlab chiqarish, savdo obyektlari, mahsulotlarga nom qo‘yish (neyming) xizmatini tashkil qilish bo‘?icha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr


2020-yil dekabr


2021-yil
yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash

19.

O‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusni yaratish.

1. Milliy korpusni yaratish bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish.



2.
Milliy korpus yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2020-yil dekabr



2022-yil dekabr

1000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi

20.

O‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish.

1. Tilshunos hamda axborot texnologiyalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi shakllantirish.

2. Til o‘qitish bo‘yicha dasturiy mahsulotlar yaratish.

3. “Maktabgacha ta’limda ona tili”, “Boshlang‘ich ta’limda ona tili”, “Ommabop ona tili”, “Umumiy o‘rta ta’limda ona tili” kabi elektron o‘quv dasturlarini yaratish.

4. Bolalar va o‘smirlar uchun kompyuter o‘yinlari asosida o‘zbek tilining elektron o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

5. Turli xil kompyuter o‘yinlari va “Qiziqarli grammatika” orqali o‘zbek tilining elektron o‘quv dasturlarini yaratish.

6. Davlat tilini o‘rgatish bo‘yicha audio, video darslar hamda mobil ilovalar tayyorlash.

7. Dastur va mobil ilovalarni Internet jahon tarmog‘iga joylashtirish.

2020 — 2022-yillar

Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

“UNICON.UZ” DUK

21.

O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturlarini yaratish.

1. Tilshunos hamda axborot texnologiyalari sohasi vakillari hamkorligida ishchi guruhini shakllantirish.

2. O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturiy mahsulotlarni yaratish.

2022-yil yanvar



2022-yil dekabr

1 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, “UNICON.UZ” DUK

22.

O‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga
va xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturini yaratish.

1. Filolog va dasturchi-matematiklardan iborat ilmiy, ijodiy-texnik guruhni shakllantirish.

2. Har bir xorijiy til va o‘zbek tili tarjimasi bilan shug‘ullanuvchi kichik ijodiy guruhlar tashkil qilish.

2020-yil dekabr



2021-yil yanvar

9 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi �ablag‘lari hisobidan)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

23.

Davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarni yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etish.

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarning sifati va mazmunini ko‘rib chiqib, muvofiqlik sertifikati beradigan alohida xizmat tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun


2021-yil avgust


2021-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

“UNICON.UZ” DUK

24.

Yetakchi xorijiy ijtimoiy tarmoqlar interfeyslarining tillari tarkibiga o‘zbek tilini qo‘shish masalasini o‘rganish.

1. Yetakchi xorijiy ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlari bilan muzokaralar olib borish.

2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

3. Tahliliy ma’lumotnomani Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.

2020-yil dekabr



2021-yil yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

25.

O‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga mo‘ljallangan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma tashkil qilish, uning axborot bazasini shakllantirish va muntazam boyitib borish.

1. Ishchi guruhi tashkil qilish.

2. Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va shu asosda o‘zbek tilini chet ellarda keng targ‘ib qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

3. O‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma ishlab chiqish.

4. Onlayn platformaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

5. Onlayn platformani muntazam ravishda takomillashtirib borish.

2020-yil oktyabr

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr


2021-yil oktyabr

2022-yildan boshlab

1 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish azirligi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi, Yoshlar ittifoqi

26.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularning o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiya topishlariga ko‘maklashish.

1. Xorijda yashayotgan vatandoshlar haqida sayt yaratish.

2. Saytga zarur materiallarni muntazam joylashtirib borish.

3. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun “O‘zbek tili”, “Lisoniy madaniyatshunoslik”, “O‘zbek milliy qadriyatlari”, “O‘zbek tilini o‘rganamiz” kabi ommabop risolalar yaratish.

2020-yil noyabr


2021-yil yanvar


2021-yil mart — 2022-yil dekabr

Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘zbek tili markazlarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. O‘zbek tili markazlarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2020-yil oktyabr


2022-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi

28.

Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

1. Xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari ro‘yxatini tuzish va ular bilan muntazam aloqa o‘rnatish.

2. Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va metodik yordam ko‘rsatish.

2020-yil dekabr



2021-2022-yillar

Tashqi ishlar vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

29.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish.

1. O‘zbek tili kurslari faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish, ularni zarur ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

2. O‘zbek tili kurslari o‘qituvchilari uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2022-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Xorijiy o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

2. Ularning ilmiy tadqiqotlari xulosa va natijalarini O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilish.

3. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar bilan suhbatlar, teleko‘rsatuvlar, ilmiy seminarlar tashkil etish.

2020 — 2022-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarini ko‘paytirish.

1. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining nizomini ishlab chiqish.

2. Barcha diplomatik vakolatxonalarda “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining sonini ko‘paytirish.

3. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari uchun metodik qo‘llanmalar, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklar yaratish.

2020-yil oktyabr


2020 — 2022-yillar


2020-yil
dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

32.

Fan va ta’limdagi hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish.

1. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ta’limning turli bosqichlarida Xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2. Xorijlik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hissa qo‘shgan vatandoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2022-yil mart


2020 — 2022-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Xorijda o‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqot va suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan suhbatlar tashkil etish.

2. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlarining O‘zbekistondagi OAVlarda muntazam ravishda chiqishlarini tashkil qilish.

2020 — 2022-yillar

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
, Milliy teleradiokompaniya

34.

Turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish maqsadida o‘zbek tilining qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlarini hamda ularning mobil ilovalarini yaratish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.

2. Lug‘atlarni va ularning mobil ilovalarini tayyorlash bo‘yicha grant loyihalarini shakllantirish.

3. Ishlanmalarni Internet tarmog‘ida targ‘ibot qilish.

2020-yil oktyabr


2021-yil yanvar

2021-2022-yillar

1 500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

VI. Mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

35.

Boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish.

1. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish bo‘yicha sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2. Xorijiy tajribalarni o‘rganish.

3. Davlat tilini o‘qitish metodikasi asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rgazmali materiallar yaratish.

2020-yil oktyabr


2021-yil mart


2021-2022-yillar

500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

Fanlar akademiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun davlat teleradiokanallarida onatilini va boshqa fanlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘rsatuv, eshittirishlar tashkil qilish.

1. “Tilga e’tibor”, “Ona tilida so‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilish.

2. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘limlari, metodik birlashmalar va kafedralar faoliyatini muntazam yoritib borish.

2021-yil yanvardan boshlab muntazam


2021-yil sentyabr

Milliy teleradiokompaniya, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

37.

Fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish.

1. Ishchi guruhi tuzish.


2. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv-qurollari va zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holatini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


3. Ushbu sohadagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash
va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil oktyabr



2020-yil
noyabr



2020-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini o‘rganishga bag‘ishlangan turkum dastur va ruknlar tashkil qilish.

1. Turkum ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar tashkil qilish.



2. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘limlari, metodik birlashmalar va kafedralar faoliyatini muntazam yoritib borish.

2021-yil yanvar



2021-yil sentyabr

Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Audiovizual asarlar, badiiy filmlar, adabiyotlarni davlat tilidan boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.

1. Har bir yo‘nalish bo‘yicha tarjima rejasini shakllantirish.

2. Tarjimonlar guruhini shakllantirish.

3. Tarjima ishlarini amalga oshirish.

4. Tarjimalarni ommalashtirish.

2022-yil yanvar

2022-yil mart

2022-yil aprel

2022-yildan boshlab

Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya,
manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek va qoraqalpoq tillariningdavlat tili sifatida muomalada bo‘lishiga teng shart-sharoitlar yaratish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat tili bilan bir qatorda, qoraqalpoq tilining rasmiy muomala sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ikki tilning teng muomalada bo‘lishini ta’minlash.

2021-yil yanvar



Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Adliya vazirligi

T/r

Yo‘nalish

O‘lchov birligi

2020-y.

2023-y.*

2025-y.*

2027-y.*

2030-y.*

Ijro uchun mas’ullar

Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fa� tili sifatidagi nufuzini oshirish

1.

Davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini kengaytirish

foiz

68

70

72

75

80

Maktabgacha ta’lim vazirligi

2.

Umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini oshirish

hafta/soat

84

90

94

106

110

Xalq ta’limi vazirligi

Shundan, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda

hafta/soat

57

60

62

62

62

Ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda

27

30

32

44

48

3.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralarini tashkil etish

ta

58

114

120

130

140

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

O‘zbek tilini rivojlantirish yo‘nalishidagi ilmiy — tadqiqot izlanishlar miqdorini ko‘paytirish**

ta

81

96

110

133

163

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Dialektologiya tadqiqotlarini kengaytirish

ta

2

10

20

22

25

6.

Boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar turini ko‘paytirish

nomda

9

17

25

32

40

7.

Jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlar sonini oshirish

ta

7

11

15

19

23

Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish

8.

O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yori va qoidalarini o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish**

ta

12

14

16

18

20

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

9.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etish

jild

3

7

12

10.

O‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish

ta

15

37

56

68

87

Shundan, lingvistik lug‘atlar

nomda

2

14

22

27

34

sohaviy-terminologik lug‘atlar

nomda

6

11

14

17

21

izohli lug‘atlar

nomda

1

3

4

4

7

qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlar

nomda

3

5

9

11

15

yangi avlod o‘quv leksikografiya lug‘atlari

nomda

3

4

7

9

10

11.

Teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyati oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovini oshirib borish

foiz

10

30

60

90

100

Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash

12.

Davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydal�nish uchun onlayn dasturlar ishlab chiqish

ta

6

10

14

20

25

Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

13.

Dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish

ta

2

6

14

18

25

14.

O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan dasturlar yaratish

ta

1

3

5

8

10

15.

Elektron lug‘at dasturlarini yaratish

ta

6

8

14

18

20

16.

Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish

ta

2

20

39

54

60

Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

17.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini ko‘paytirish

ta

17

25

34

42

60

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

18.

“O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini ko‘paytirish

ta

15

22

30

34

40

19.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash

nomda

250

300

350

400

450

20.

O‘zbek tili o‘rgatishga doir xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish

ta

14

40

70

100

150