| Xusanov Nozim Baxtiyorovich | — | bandlik va mehnat munosabatlari vaziri | |
| 2. | Muxitdinov Erkin Madorbekovich | — | bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 3. | Umurzakov Baxodir Xamidovich | — | bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari |
| 4. | Yakubov Nodirbek Gulmuradovich | — | bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi |
| 5. | Odinayev Kudratullo Asatulloyevich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi |
| 6. | Maxmudov Temur Asomidinovich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi |
| 7. | Poʻlatov Shuxratjon Qurbanovich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik dasturini monitoring qilish va shakllantirish boshqarmasi boshligʻi |
| 8. | Mamarasulov Fazliddin Umarovich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Koʻnikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi |
| 9. | Toʻrabekov Mashrabbek Ulugʻbekovich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashkiliy va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshligʻi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.10.2020 yildagi 645-son
Дата вступления в силу
13.10.2020
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga hamda 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi 90-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr,
645-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 07/20/645/1379-son)