Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 1060-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Agentlikning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan davlat axborot tizimlari orqali Agentlikka beriladi”;
4) 30-moddaning birinchi qismidagi “ixtiro patenti” degan soʻzlar “ixtiro yoki foydali model patenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda) 148-moddasi ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “Ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini” degan soʻzlar “Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1251-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish”;
2) quyidagi mazmundagi 125²-modda bilan toʻldirilsin:
“1252-modda. Boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuklarni va (yoki) yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 1976-modda bilan toʻldirilsin:
“1976-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaslik
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinliklarni yuzaga keltirganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini koʻzdan kechirish uchun ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) quyidagi mazmundagi 2061-modda bilan toʻldirilsin:
“2061-modda. Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik
Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismi:
“1975” raqamidan keyin “1976” raqami bilan toʻldirilsin;
“206” raqamidan keyin “2061” raqami bilan toʻldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 2541-modda bilan toʻldirilsin:
“2541-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 1252-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobilda tashishlarni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini taʼminlash ustidan nazorat qilish boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari”;
7) 261-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining” degan soʻzlardan keyin “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1082-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar “vakolatli davlat organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1088-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “vakolatli davlat organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1089-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “vakolatli davlat organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 1104-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi boʻyicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin”;
5) 1105-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “vakolatli davlat organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 1106-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “vakolatli davlat organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 1108-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 1110-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “vakolatli davlat organida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 81-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosini, boshqaruv direktorini yoki aʼzosini, shuningdek ishonchli boshqaruvchini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, sud qaroriga koʻra ularning vakolatlari xoʻjalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallash taqiqlangan holda kamida bir yil muddatga tugatilishi mumkin.
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzosi, boshqaruv direktori yoki aʼzosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi quyidagilar natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi:
chalgʻituvchi axborot yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etganlik;
ushbu Qonunda belgilangan axborot taqdim etish tartibini buzganlik;
jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida oʻzlari yoki oʻz affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik”;
2) 86-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning toʻliq taʼriflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chogʻidagi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismidir”;
3) 88-modda beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda affillangan shaxs bilan tuzilayotgan, qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn yoki undan koʻp foizini tashkil etadigan bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari oʻrganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi”;
4) 104-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyador (aksiyadorlar) daʼvo arizasini sudda koʻrib chiqish chogʻida jamiyatdan va guvohlardan sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlarni olishga haqli, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno”;
5) 106-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat oʻzi va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida hamda jamiyatning rasmiy veb-saytida oshkor etishi shart”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 20-moddaning yettinchi qismidagi “Agentlikning Apellatsiya kengashiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
“41-modda. Koʻp bolali oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish
Toʻrt nafar va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oiladir. Bunda, agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi.
Davlat koʻp bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 218-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning birinchi qismidagi “Agentlikning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 7-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning birinchi qismi “Agentlikka” degan soʻzdan keyin “davlat axborot tizimlari orqali” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 16-moddaning:
birinchi qismidagi “Agentlikning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Agentlik” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 25-moddaning uchinchi qismidagi “besh yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) 12-moddasi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda) 44-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
beshinchi qismning oʻn ikkinchi xatboshisi “manfaatdor shaxslar” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) affilangan shaxslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi qismning “b” kichik bandi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“emintent va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida joylashtirish yoʻli bilan”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi xatboshisidagi “muhim fakt yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida oshkor etiladigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda) 387-moddasi uchinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda) 42-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda koʻrilayotgan ishga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning:
toʻqqizinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etganlarga — himoya orderida qurol olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqni taqiqlash nazarda tutilgan hollarda (himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida)”;
oʻn birinchi xatboshisi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 28-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan shaxsning fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklanganda”;
sakkizinchi xatboshisi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 35-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “uchinchi — oʻn birinchi” degan soʻzlar “uchinchi — oʻninchi va oʻn ikkinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda) 436-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan koʻp bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) daʼvogarlar — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1, 2, 3-bandlari, 5-bandining ikkinchi xatboshisi, 6 va 7-bandlari mazkur Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 17-moddasi 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-oktabr,
OʻRQ-640-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)