17.09.2020 yildagi 559-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tog‘li hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘stonliq tumani tog‘li hududlarining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirish va chekka hududlarda qo‘shimcha ish o‘rinlari, zamonaviy xalqaro umumavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatli obyektlar barpo etish, mamlakatning tog‘li hududlaridagi zamonaviy muhandislik infratuzilmasini qurish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fransiyaning Xususiy sektorga ko‘mak va tadqiqot Fondi (FASEP) yordami bilan “Geode”, “Manie Lives”, “Egis”, “Patriarche”, “Epode” fransuz kompaniyalarining konsorsiumi (keyingi o‘rinlarda — Konsorsium) tomonidan Bo‘stonliq tumanida “Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortnining (keyingi o‘riplarda — XUK) master-rejasi ishlab chiqilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu master-rejada 500 million AQSh dollarigacha bo‘lgan investitsiyalarni, shu jumladan, Fransiya Respublikasi Hukumati moliya institutlarining turizm, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKni tashkil qilish doirasida loyihalarni texnik nazorat qilish, osma dor yo‘llari, chang‘i trassalari, attraksionlarni batafsil rejalashtirish va joylashtirish, shuningdek, yer uchastkalarini, shu jumladan, tender hujjatlari, turizm infratuzilmasi obyektlarini (mehmonxonalar, restoranlar, savdo shaxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari) qurish uchun maxsus rejim qoidalariga amal qilishni nazarda tutgan holda yer uchastkalarini lotlarga bo‘lish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Konsorsium o‘rtasida maslahat xizmatlari bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qurilish vazirligi, “Chorvoq” erkii turistik zonasi direksiyasi, Bo‘stonliq tumani hokimligi va “ToshkentboshplanLITI” DUKning:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasi bilan XUKni tashkil etish bo‘yicha master-rejani belgilangan tartibda integratsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chorvoq” erkin turistik zonasi ishtirokchisi maqomiga ega bo‘lgan davlat unitar korxonasi shaklida XUKni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bog‘liq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yo‘llari, tog‘-chang‘i uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olish bo‘yicha Fransiya G‘aznachiliginining qarzlari, imtiyozli kreditlari va xorijiy tijorat banklarining qarzlarini jalb qilish haqidagi takliflari maqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, XUK hududida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan investorlar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchilari maqomi beriladi va ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Boshqaruv kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKning samarali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan XUK faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUK hududida qurilish ishlari uchun tayyorlashga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining faoliyatini, shuningdek, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish bo‘yicha vakolatli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olishga ko‘maklashish;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga amaliy yordam berish, shuningdek, XUK hududida ular amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
master rejaga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasida XUK hududida yer uchastkalarini sotish narxlari va shartlarini aniqlashni tashkil etish;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘larni, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni to‘plash uchun maxsus hisobvaraq ochgan holda maqsadli foydalanilishini va mablag‘lar jalb qilishni ta’minlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga uz vaqtida qaytarilishini va qarzlar, kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘larning so‘zsiz qaytarilishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisiga Boshqaruv kengashining ishchi organi vazifalarini bajaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisining rahbari va uning o‘rinbosari Boshqaruv kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi xodimlarini tanlash Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan shartlarga muvofiq tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi moliyaviy barqarorlikka erishgunga qadar uni saqlash O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan o‘tkazgandan va ma’qullangandan so‘ng, XUK qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida qarzni jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan Fransiya G‘aznachiligi bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bog‘liq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yo‘llari, tog‘-chang‘i uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olishni moliyalashtirish quyidagicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 foiz miqdorida — “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy bank” AJ kreditlari hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85 foiz miqdorida — Fransiya G‘aznachiligining zaymlari hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Shartnomani moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 foiz miqdorida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga, keyinchalik Loyiha ofisi faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga qaytariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85 foiz miqdorida — Fransiya G‘aznachiligining zaymlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3 foiz LIBOR plyusning 6 oyga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga Loyiha ofisiga taqdim etiladigan 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bog‘liq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yo‘llar, tog‘-chang‘i uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olish hamda XUKning yo‘l-transport, kommunal, elektr energiyasi va boshqa turistik infratuzilmalarni qurish xarajatlarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fransiya G‘aznachiligining 47,9 million yevro miqdoridagi zaym mablag‘lari va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 20 million AQSh dollari miqdoridagi kreditining asosiy qarzlarini qaytarish, foizlar, vositachilik haqi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlarni to‘lash Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Loyiha ofisi tomonidan keyinchalik mablag‘larni respublika budjetiga qaytarish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUKning infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish xarajatlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihani texnik- iqtisodiy asoslash asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi XUK hududida turizm infratuzilmasini qurish loyihalarini amalga oshirishda asosiy buyurtmachi hisoblanadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUK hududida joylashgan yer uchastkalari Boshqaruv kengashining qarori asosida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tomonidan elektron onlayn-auksion orqali bosqichma-bosqich sotiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, yer uchastkalariga ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar va yillik ijara to‘lovlari Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga yo‘naltiriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqaruv kengashi (S.U. Umurzakov, A.A. Abduxakimov} “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Bo‘stonliq tumani hokimligi, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUK hududi chegaralarini belgilashni nazarda tutuvchi Xukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ToshkentboshplanLITI” DUK XUK tashkil qilish master-rejasiga kiritilgan obyektlarni hisobga olgan holda “Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Bo‘stonliq tumani hokimiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda XUK hududida yo‘l-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jplb qilish bo‘yicha maqsadli muzokaralar o‘tkazilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salohiyatli xorijiy investorlar va loyiha takliflari (obyektlari) sotuvi bo‘yicha tahlilchilar bilan, shu jumladan, tashkil etilayotgan “Road-show” doirasida uchrashuvlar o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilangan holda XUK hududida turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini Boshqaruv kengashiga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ XUK hududidagi obyektlar (mehmonxonalar, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari) qurilishini moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini jalb qilish masalasini, ularni taqdim etish tartibi va shartlarini aniqlagan holda ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Bo‘stonliq tumanining turistik salohiyatini rivojlantirish va XUK hududida olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha bir qator ko‘rsatuvlarni muntazam tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
559-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Nazorat uchun mas’ullar

I. Loyiha ofisini tashkil qilish hamda master-rejalarni tasdiqlash va invetitsion takliflarni tayyorlash bo‘yicha tashkiliy choralar

1.

Loyiha ofisini tashkil qilish

1. Loyiha ofisi Ustavi va tuzulmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil oktyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Loyiha ofisini joylashtirish.

2.

Xalqaro umummavsumiy kurortning (keyingi o‘rinlarda — XUK) master-rejasini tasdiqlash.

1. Master-rejalarni Boshqaruv Kengashiga taqdim qilish.

2020-yil oktyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Master-rejalarni tasdiqlash.

3.

XUK hududini xatlovdan o‘tkazish va yer uchastkalarini ajratish.

1. XUK hududidagi yer uchastkalari, obyektlar, binolar va boshqa inshootlarni o‘rganish va xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil noyabr

Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga

Loyiha ofisi, Boshqaruv Kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Xatlov yakunlari bo‘yicha oilalarni qulayliklari kam bo‘lmagan joylarga ko‘chirish hamda avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish jadvalini tuzish.

jadvalga asosan

4.

XUK hududida investitsion loyihalarni jadal amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

1. Tadbirkorlar bilan birgalikda �UKni tashkil qilish bo‘yicha master-rejaga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan loyihalarni maqbullashtirish choralarini ko‘rish.

2020-yil noyabr

Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. XUK hududidagi binolar va inshoatlar turiga bo‘lgan talablarni Konsorsium takliflariga asosan tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. XUK hududida investorlar bilan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha namunaviy shartnomani tasdiqlash.

2020-yil noyabr

5.

XUKni tashkil qilish bo‘yicha master-rejaga muvofiq hududda obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarni tanlov savdolariga qo‘yish uchun alohida lotlarga ajratish.

1. Yer uchastkalarini lotlarga ajratish.

2020-yil noyabr-dekabr

Loyihala ofisi, Boshqaruv kengashi
(Umurzakov, Abduxakimov)

2. Investitsiya majburiyatlarini tasdiqlash.

doimiy asosda

3. Belgilangan tartibda kelishish uchun kiritish;

4. Yer uchastkalarini sotish bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish.

6.

XUKning turizm salohiyatini faol targ‘ib qilish

1. Maxsus veb-sayt tashkil qilish.

2020-yil dekabr

Togli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgarmasi mablag‘lari hisobiga

Loyiha ofisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov),

2. XUK, turizm marshrutlari va virtual turlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.

3. Investitsion takliflarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.

4. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga turizm salohiyati va invetitsion takliflar to‘g‘risidagi targ‘ibot-tarqatma materiallarini yo‘naltirish.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev)

II. XUK hududida yo‘l-transport va kommunal infratuzilma, elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish choralari

7.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish.

1. TIAni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.

belgilanmoqda

Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga

Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov) Iqtisodiy tarraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Rustamov)

2. TIAni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

3. Loyihaning TIAni ishlab chiqish.

4. TIAni Boshqaruv kengashi bilan kelishish.

5. Loyihaning TIAni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.

8.

Ishlab chiqilgan loyihaning TIA asosida
yo‘l-transport va kommunal infratuzulmani yaxshilash uchun XMI va XHMT mablag‘larini jalb qilish.

1. Infratuzulmani qurish uchun imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha XMI va XHMT bilan muzokaralar o‘tkazish.

belgilanmoqda

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Abduvaliyev)

2. Qarz muzokalarini o‘tkazish.

3. Qarz bitimini imzolash.

4. Bosh pudratchini belgilash.

5. Qurilish-montaj ishlarini boshlash.

9.

Master rejaga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash quvvatlarini oshirish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablag‘lari

“Xududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev),

“Xududgazta’minot” AJ (Eshmuratov)

2. Qurilish-montaj ishlari jadvalini tasdiqlash va qurilish-montaj ishlarini boshlash.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablag‘lari hisobidan XUKning Chimyon zonasida yo‘l-transport va kommunal infratuzulma, elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni jadallashtirilgan tarzda amalga oshirish

1. Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.

2020-yil oktyabr

Ijrochilar

mablag‘lari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yo‘llari qumitasi (Abduvaliyev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (Mirsoatov)

2. Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2020-yil oktyabr

3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

4. Texnik-iqtisodiy asoslanishini Boshqaruv Kengashi bilan kelishish.

2021-yil fevral

5. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

6. Moliyalashtirishni va qurilish-montaj ishlarini boshlash.

2021-yil fevral

7. Qurilish-montaj ishlarini yakunlashni ta’minlash.

2021-yil avgust

III. Uskunalar sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish uchun Fransiya G‘aznachiliginng moliya mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish

11.

“ROMA” va “MND” kompaniyalari bilan uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolash.

1. Shartnomani ko‘rib chiqish.

2020-yil noyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi (Bekenov)

2. Shartnomani imzolash.

3. Shartnomani bajarilishini monitoring qilish.

doimiy asosda

12.

Fransiya G‘aznachaligi bilan qarz shartnomasini imzolash.

1. Qarz shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.

belgilanmoqda

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Qarz muzokalarini o‘tkazish.

3. Qarz bitimini imzolash.

4. Kreditni to‘lash grafigini tasdiqlash va respublika budjeti mablag‘lari hisobiga bosqichma-bosqich to‘lab borish.

13.

Tanlab olingan yetkazib beruvchilarning xorijiy valyutada to‘lanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarini narxlari verifikatsiyasi(ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish uchun kompaniya jalb qilish.

1. Xorijiy valyutada to‘lanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarning narxlari verifikatsiyasi (ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish uch�n kompaniya bilan shartnoma tuzish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablaglari

Loyiha ofisi, Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi (Voitov)

2. Narxlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni berish.

2020-yil dekabr

3. Narxlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish natijalarini olish.

shartnoma asosida

IV. XUK hududida obyektlar qurilishi uchun mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish

14.

Osma dor yo‘llari va tog‘-chang‘i trassalarini investitsiya majburiyatlari bilan ishonchli boshqaruvga berish.

1. Salohiyatli hamkorlar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablag‘lari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov) Loyihalashtirish ofisi

2. Tasdiqlangan salohiyatli investorlar loyiha taklifini muhokama qilish.

3. Hamkorlik shartnomasini imzolash.

xorijiy tomon bilan kelishuv asosida

4. Tarmoq grafigini tasdiqlash.

5. Loyiha biznes-rejalarini tayyorlash.

15.

Tog‘-chang‘i turizmi sohasiga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun fransuz ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha takliflarini sotish bo‘yicha “Road-show” o‘tkazish.

1. “Road-show” o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil oktyabr

Tog‘li va uzoq hududlarda turizm infratuzulmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov)

2. “road-show” doirasida ishlatiluvchi investitsion takliflarning to‘liq paketini shakllantirish.

“Road-show” yakunlari bo‘yicha
10 kun ichida

3.“road-show” yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” XUKni qurish loyihasini jadal amalga oshirish va ishga tushirish bo‘yicha boshqaruv kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

J. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi

2.

A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

U. Shodiyev

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi

4.

S. Xamidov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari

5.

Filipp Lebrassur

“Manie Lives” kompaniyasi rahbari (kelishuvga asosan)

6.

J. Abdusalomov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Kengash kotibi (ovoz berish vakolatisiz)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Boshqaruv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 09/20/559/1301-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)