02.09.2020 yildagi 534-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish hamda kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tabiat bog‘i Kitob davlat geologik qo‘riqxonasining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tabiat bog‘ini YUNESKO global geopark tarmog‘iga kiritish bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi mas’ul organ hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tabiat bog‘i o‘z nizomida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat hamda tariflarga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar geologiya tabiat bog‘i faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat geologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tabiat bog‘ining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Zinzilban” kesmasiga olib boruvchi yo‘ldan yangi turizm yo‘nalishi sifatida foydalanish, hududning turizm salohiyatini yorituvchi tarqatma materiallarni tayyorlash va targ‘ib qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tabiat bog‘i shtatlar jadvali tasdiqlanishini hamda u malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga geologiya tabiat bog‘ining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida geologiya tabiat bog‘i shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsiya va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablag‘lar hisobiga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda geologiya tabiat bog‘ining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish zonalari chegaralari aniq belgilanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 2-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
534-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

gektar

1.

Qo‘riqxona hududi

2221

2.

Rekreatsiya hududi

0400

3.

Xo‘jalik maqsadida foydalanish hududi

1317

JAMI

3938

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i ijro etuvchi apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 45 nafar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 3 nafar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandis-texnik xodimlar — 26 nafar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — 16 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish hamda uni kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/R

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

(vazirliklar va idoralar)

I. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i faoliyatini tashkil etish

1.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tegishli ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish tartibini joriy qilish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ining nizomi va tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

sentabr

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Abdurazakov),
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

(Abduxakimov)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda etalon obyektlar monitoringini olib borish tartibini joriy qilish.

2020-yil oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ining shtatlar jadvalini tasdiqlash hamda malakali mutaxassislar bilan, shu jumladan, turizm sohasida tajribaga ega kadrlar jalb qilishni ta’minlash.

2020-yil oktabr

2.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer maydonlarini toifalarga ajratish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududini qo‘riqxona (qat’iy qo‘riqlanadigan), rekreatsiya va xo‘jalik zonalariga ajratish.

2020-yil

sentabr

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi

(To‘raxujayev),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Abdurazakov),

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

(Bakirov)

2. Hududdagi geologik, tabiiy va madaniy meros obyektlarining qo‘riqlanadigan chegaralarini belgilash va muhofazaga olish.

2020-yil

oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ining yer uchastkalari bo‘yicha tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

3.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qayta rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bosh rejasini ishlab chiqish, 2021-yil Davlat dasturiga kiritish.

2020-yil

Noyabr

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(Abduvaliyev),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev)

2. Rejani ishlab chiqishda avtomobillar qatnovini boshqarish, yo‘l ko‘rsatkichlar, avtoturargohlar va bekatlarni o‘rnatishni hisobga olish.

2021-yil

dasturi asosida

3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qayta rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil

dekabr

II. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini kelgusida YUNESKOning Global geoparklar
tarmog‘iga kiritish bo‘yicha tashkiliy ishlar

4.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iniijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqarish, shuningdek, YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududi obyektlarining muhofazasi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilish, shuningdek ularni amalga oshirish va nazorat qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vakolatli Direksiyani tashkil etish.

2020-yil

oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Kuchkorov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi

(To‘raxujayev),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Abdurazakov)

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2. YUNESKOning Global geoparklar uchun belgilangan talablari (mezonlar) asosida Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududining aniq chegaralarini belgilash.

2020-yil

oktabr

3. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish talablariga muvofiq geoparkni boshqarish bo‘yicha tarkibiy tuzilma loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

4. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tegishli infratuzilmani yaratish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020
yilda

5. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini alohida mustaqil budjet, shtatlar jadvali va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2020
yilda

5.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududidagi barcha turdagi obyektlarning (geologik, tabiiy va madaniy) ro‘yxatini shakllantirish va ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududida va uning atrofida xalqaro va milliy ahamiyatga ega bo‘lgan mavjud geologik, tabiiy va madaniy meros obyektlarini aniqlash, ularning turlari bo‘yicha ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘i talablariga muvofiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

2020-yil dekabr

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududining obyektlari joylashuvi xaritasini tuzish hamda geoturizm obyektlarining ahamiyatiga ko‘ra ekskursiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish.

2020

yilda

3. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i haqida targ‘ibot materiallarini davlat tilida va xorijiy tillarda ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

6.

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududida mintaqaviy geologik ilmiy markazni tashkil etish.

1. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ida ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha yillik tadbirlar kalendar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

har yil

yanvar oyida

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi
(Abduxakimov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev)

2. Talaba va professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar o‘rtasida geologiya, geopark va geoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy seminarlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.

doimiy ravishda

III. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini keng targ‘ib va tashviq qilish ishlari

7.

Mahalliy aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlarda faxrlanish, vatanparvarlik hissi va ekologik tarbiyani hamda Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i haqida tushunchani shakllantirish.

1. Umumta’lim maktablari o‘quv dasturlariga ekologik madaniyat va Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ining noyobligi haqida mavzular kiritish hamda barkamol avlod bolalar markazlari negizida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklarni tashkil qilish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi

(Shermatov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Xodjayev),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

(Alimov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Abdurazakov),

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov)

2. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i atrofidagi fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari salohiyatidan kelib chiqib, uzumchilik, tabiiy vinochilik, anorchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha dehqonchilikni rivojlantirish.

2020-yil yakunigacha

3. Kitob tumani “Kuxsor” MFY hududidagi “Shayx Sobir”, “Matmon” va “Denov Bolo” masjidlari hovlisini milliy uslubda ta’mirlash choralarini ko‘rish.

2020-yil,

oktabr

4. Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i hududidagi geologik, ekologik va tabiiy obyektlarni asrab-avaylash, hududni ifloslantirmaslik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarni o‘tkazish.

doimiy ravishda

8.

Hududning YUNESKOning Osiyo geoparklari tarmog‘i assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lishi chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. YUNESKOning Osiyo geoparklari tarmog‘i assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish talablarini o‘rganib chiqish va hududni tarmoqqa kiritish choralarini ko‘rish.

2020-yil

Davlat geologiya qo‘mitasi

(Islamov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi

(Abdurazakov),

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya (Mallaxonov)

2. YUNESKO bilan hamkorlikda Global geoparklar tarmog‘iga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar tashkil etish hamda doimiy ravishda talablarga muvofiq a’zolikni ta’minlab borish.

2021
yildan boshlab

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/534/1246-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)