26.08.2020 yildagi 514-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni 23-bandiga asosan 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalarni yuklagan holda FHDY organlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tasarrufiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan funksiyalarni toʻlaqonli va samarali amalga oshirish, jumladan FHDY organlari faoliyatini tashkil etish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va tizimli nazoratni olib borish uchun Agentlik masʼul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar tuman (shahar) FHDY boʻlimlari Agentlik tizimiga oʻtishi munosabati bilan ularning xodimlari Adliya vazirligi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FHDY arxivlarida arxivarius lavozimi tugatiladi va shu munosabat bilan 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FHDY organlari xodimlari (FHDY boʻlimlari va nikoh uylari mudirlari, inspektorlari) ning tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash hamda martaba darajalari olishga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) FHDY boʻlimlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlarning tuman (shahar) hokimliklariga berilgan qismini, ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mol-mulklarni belgilangan tartibda Agentlikning hududiy boshqarmalariga berilishini, hududiy boshqarmalar esa — tegishlicha ularning qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda FHDY organlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
514-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“FHDY boʻlimlari va Nikoh uylari xodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“FHDY boʻlimlari va Nikoh uylari xodimlarining tuman (shahar) hokimliklari tizimidagi ishlagan davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatiga “Davlat notarial idoralari” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“FHDY organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FHDY organi mudiri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifali inspektor
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifali inspektor”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga tegishli lavozimlarga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktoriga

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosariga

1-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari vamustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga

2-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining oʻrinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori oʻrinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK direktoriga; “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK direktoriga; “Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK bosh muharririga

3-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlariga, FHDY boʻlimlari va nikoh uylari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Yuridik texnikum direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga

1-darajali yurist

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY arxivlari mudirlariga

2-darajali yurist

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining bosh maslahatchilariga, davlat xizmatlari markazlari boʻlim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga

3-darajali yurist

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining katta maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga; FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)