26.08.2020 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish, hujjatlarni topshirish, suhbat o‘tkazish, shu jumladan, suhbatni masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkazish hamda suhbat natijalarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish, magistratura bitiruvchilarini o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha ishlab berish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masofaviy va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYU magistraturasiga tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda o‘qishga qabul qilinadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, TDYU magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-sayti orqali (xorijiy fuqarolar va ayrim toifadagi abituriyentlar bundan mustasno) ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab TDYUda korrupsiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha magistratura mutaxassisligini ochish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, yuridik oliy o‘quv yurtlarida “advokatlik faoliyati” bo‘yicha magistratura mutaxassisligini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi xorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka o‘tashini tashkil etish uchun davlat grantlarini ajratish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent davlat yuridik universitetiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish muddatini istisno tariqasida 2020-yil 15-sentabrga qadar uzaytirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A.Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
513-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari)ni mutaxassisliklar bo‘yicha TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan qabul parametrlariga muvofiq davlat granti va TDYU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan to‘lov-kontrakt, shu jumladan TDYU tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan qo‘shimcha qabul va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent — TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va tanlovda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasi — TDYU rektorining buyrug‘i bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek, abituriyentlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda, qolganlar to‘plangan ballarning reyting tizimi asosida to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari, shu jumladan belgilangan tartibda qo‘shimcha qabul va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tanlov magistratura mutaxassisliklari, ta’lim shakli va o‘qitish tillariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. TDYU magistraturasiga qabul “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo‘yicha) oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. TDYU magistraturasiga quyidagi parametrlar asosida o‘qishga qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan davlat grantlari asosidagi qabul parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim tashkilotlari va tillar kesimidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul parametrlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. TDYU magistraturasida o‘qitish tili belgilangan qabul parametrlari doirasida hujjatlar qabul qilingunga qadar vazirlik va idoralar takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Magistraturaga o‘qishga qabul qilish jarayonlari TDYU qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda magistraturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi mas’ul kotibining o‘rinbosari tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Abituriyent tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi mos mutaxassislik hisoblanadi. “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida o‘qish muddati bir yilni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik har yili 1-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida o‘qish muddati ikki yilni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, magistraturaga tanlovlar boshlanishidan bir oy oldin magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va o‘qishga qabul qilish parametrlari haqidagi axborotni TDYUning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Abituriyentlar TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun vazirlikning rasmiy veb-sayti yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan biri (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlar har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (30-iyul kuni ham) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni YIDXPga yuklaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma nusxa — oliy ta’lim tashkilotlarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari (o‘rtacha balli bilan) vazirlikning “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi sababli ushbu toifadagi diplom va uning ilovasini YIDXP ga yuklash talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida V2 darajasidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlovdan tashqari magistraturaga kirish bo‘yicha imtiyozga ega abituriyentlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tish YIDXP yoki vazirlikning veb-sayti orqali amalga oshirilganda ma’lumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi va hujjatlar hamda ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatdan o‘tishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Magistraturaga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning hujjatlari har yili 10-avgustgacha qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularning arizalari qabul qilingani YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali ma’lum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi ko‘rsatilgan holda YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali ma’lum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar arizasi holatini o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali kuzatib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent tomonidan belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tishda YIDXPga talab etilgan ma’lumotlar va hujjatlar asliga mos hamda to‘liq belgilangan talablarga muvofiq kiritilganda, qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlovni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Magistraturaga davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida, abituriyentlarning bakalavriat diplomi bo‘yicha to‘plagan ballari o‘rtacha ko‘rsatkichining ketma-ketligiga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistraturaga qabul tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va vazirlik tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo‘yicha) oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga hamda xorijiy tilni bilish bo‘yicha belgilangan darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida, shuningdek turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida har bir magistratura mutaxassisligi, o‘qitish tili va ta’lim shakli kesimida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Magistraturaga qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, bakalavriat diplomi bo‘yicha to‘plagan ballari o‘rtacha ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinishi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar bakalavriat diplomi bo‘yicha to‘plagan ballari o‘rtacha ko‘rsatkichi ketma-ketligiga ko‘ra belgilangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratilgan qabul parametrlari doirasida eng oxirgi abituriyentning tanlov balliga teng ko‘rsatkichga ega abituriyent (abituriyentlar) ham mos ravishda qo‘shimcha o‘rin asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni magistraturaga qabul qilishda ularning xorijiy tilni bilish to‘g‘risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Magistraturaga o‘qishga qabul qilishda ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ko‘zi bo‘yicha 2-guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega bo‘lgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan boshlang‘ich kasbiy ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan diplomga ega bo‘lgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida o‘qigan va o‘rta maxsus yoki kasb-hunar yoxud boshlang‘ich kasbiy ta’lim tashkilotlari diplomiga ega bo‘lgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ko‘zi ojiz abituriyentlarning bakalavriat diplomi bo‘yicha to‘plagan ballari o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ballik reyting tizimi bo‘yicha 71 ball va undan yuqori yoki “5” balli baholash tizimi bo‘yicha “4” va undan yuqori bo‘lganda, ular qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tanlov natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun TDYUda qabul komissiyasi a’zolari, fakultetlar dekanlari va tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent tanlov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida ariza bilan apellyatsiya komissiyasiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqiladigan kun va joyi haqida qabul komissiyasi tomonidan abituriyentga kamida bir kun oldin xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori har yili 25-avgustgacha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirmaning asl nusxasi — oliy ta’lim tashkilotlarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tilni bilish bo‘yicha belgilangan darajadagi sertifikat nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat bo‘lganda hujjatlarning asl nusxalari talab qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, TDYU talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat komissiyasining qarori asosida yetti ish kunida abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi TDYU rektorining buyruqlari rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etish to‘g‘risida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan so‘ng TDYU bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili shartnomada yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlarni magistraturaga to‘lov-kontrakt (shu jumladan, qo‘shimcha qabul va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘langandan so‘ng, TDYU rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Abituriyent tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida qayd etilgan hujjatlar qabul komissiyasiga taqdim etilmasligi TDYUning uni o‘qishga qabul qilmasligiga asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilmaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan o‘rinlar soniga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy fuqarolar to‘plangan ballarning reyting tizimi asosida belgilangan o‘rinlar soniga muvofiq TDYU magistraturasiga suhbat (keyingi o‘rinlarda — suhbat) asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Suhbat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yurisprudensiya sohasida professional bilim va ko‘nikmalarini (nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo‘llash ko‘nikmalari, aniq huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun mavjud dalillar va holatlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri baholashga bo‘lgan qobiliyatning mavjudligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyatni (tahlil qilish, fikrlash, shuningdek, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salohiyat darajasini (bilim va uquvni takomillashtirish, muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashuvi, o‘z ustida ishlash va malakani oshirishga bo‘lgan intilish, kasbiy kamolotga erishish maqsadida shaxsiy imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirish qobiliyatining mavjudligi, shuningdek jamoada ishlay olishi va yetakchilik sifatlarining mavjudligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odob-axloq qoidalari va prinsiplarini (ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarga qiziqish, o‘z pozitsiyasi va fikrini ko‘rsata olish va shu asosda harakat qilish qobiliyati, yolg‘on va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, bag‘rikenglik, yuksak odob-axloq me’yorlarini, qadriyatlarni namoyon qilishning mavjudligi) aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy fuqarolarni magistraturaga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat zaruratga ko‘ra, masofaviy (onlayn) tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijiy fuqarolar TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunadagi TDYU rektori nomiga ariza hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport (ID-karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha TDYU rektorining abituriyentlarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha buyrug‘i qabul qilinganidan so‘ng uch kun ichida hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYUga taqdim etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xorijiy fuqarolarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Suhbat o‘tkazishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun xorijiy fuqarolar bilan suhbat o‘tkazish TDYU rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan suhbat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat komissiyasi tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat komissiyasiga komissiya a’zolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Suhbat TDYUda ta’lim beriladigan tillarda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbatning ushbu Nizomga qat’iy rioya etgan holda tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun mas’uliyat rais, mas’ul kotib, uning o‘rinbosari va suhbat komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Suhbatni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Suhbatni tashkil etish va o‘tkazish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga ko‘ra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qabul komissiyasining suhbatni tashkil etishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suhbat jarayoni adolatli o‘tkazilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suhbat o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYUga o‘qishga kirish va unda ta’lim olish, shuningdek TDYUda yaratilgan sharoitlar haqida xorijiy fuqarolarga axborot va ma’lumotnomalar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarga suhbat natijalarini e’lon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Suhbat o‘tkaziladigan auditoriyani belgilangan talablar doirasida tayyorlash mas’ul kotib o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkaziladigan binoda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Suhbat savollarini tuzish maqsadida TDYU rektorining buyrug‘i bilan tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat savollari ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mezonlar asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savollar quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi hamda professional bilim va tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim darajasiga mos bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularda foydalanilgan tushunchalar va atamalar savollarni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuzilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni bo‘yicha mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi. Ekspert guruhi faoliyatiga qabul komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Suhbat o‘tkazish uchun ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollar qabul komissiyasi raisiga topshiriladi va biletlar shakllantirilgunga qadar unda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savollar suhbat o‘tkazilishidan bir kun oldin suhbat biletlarini shakllantirish uchun mas’ul kotibga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir bilet ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha bittadan — jami to‘rtta savoldan iborat bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shakllantirilgan biletlar konvertlarga joylashtiriladi va qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi hamda mas’ul kotibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Suhbat jarayonini tashkil etish va uning natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Abituriyentlarning suhbatdan o‘tishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkazish jadvali TDYU rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa suhbatdan o‘tuvchi abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkazish jadvali, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan 10 kun oldin TDYU veb-saytida joylashtiriladi. Suhbat, qoida tariqasida, TDYU binolarida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Abituriyent auditoriyaga suhbat bo‘yicha komissiya kotibi tomonidan taklif etiladi. Suhbatdan oldin abituriyent pasport (ID-karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat o‘tkaziladigan binoga abituriyent lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, planshet, kompyuter, noutbuk, netbuk, leptop yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari yoxud shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki foydalansa, suhbat davomida savollar biletini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa suhbat o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib suhbatdan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Suhbat o‘tkazishda abituriyent savollar berilgan biletni tanlaydi va suhbatga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda abituriyent suhbatga tayyorlanish uchun qog‘oz varaqlardan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbatdan o‘tish jarayonida abituriyentga bilet mazmuni bo‘yicha qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Suhbat natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan 1-mezon bo‘yicha ballning eng yuqori miqdori 40 ball, qolgan har bir mezon bo‘yicha ballarning eng yuqori miqdori 20 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jadval bo‘yicha suhbatga kelmagan abituriyentga 0 ball qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat natijalarini belgilash uchun suhbat bo‘yicha komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi baholash varag‘ini to‘ldirib, uni imzolaydi hamda suhbat bo‘yicha komissiyaning kotibiga topshiradi. Kotib xorijiy fuqaroga suhbat bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlar suhbat natijalari bo‘yicha 55 ball yoki undan kam ball to‘plagan hollarda suhbatdan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Suhbatdan o‘tgan abituriyentlar ro‘yxati ular tomonidan to‘plangan ballar asosida reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat jarayoni va natijalari suhbat bo‘yicha komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan yig‘ilish bayonnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat natijalari TDYU veb-saytida suhbat jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etish uchun qoida tariqasida video yoki audioyozuv qo‘llaniladi. Bunda suhbat jarayoni va natijalari qayd etilgan video yoki audioyozuv kamida bir oy muddat saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. TDYU magistraturasiga abituriyentlarni qabul qilish uchun suhbatni qayta o‘tkazish taqiqlanadi. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Suhbat natijalariga ko‘ra TDYU rektorining TDYU magistraturasiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Suhbat jarayonini masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Masofaviy (onlayn) suhbat mazkur paragrafda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olib umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masofaviy (onlayn) suhbat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masofaviy (onlayn) suhbatda qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari abituriyentning shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan texnik talablarga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Masofaviy (onlayn) suhbatni o‘tkazish vaqti va tartibi TDYU tomonidan belgilanadi va abituriyentga bu haqda 10 kun oldin xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Masofaviy (onlayn) suhbatda abituriyent tomonidan savollar berilgan biletni tanlash masofaviy tarzda (tegishli bilet raqamini real vaqt rejimida tanlash orqali) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. TDYU rektorining TDYU magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i 2-sentabrdan kechiktirmay qabul qilinadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida TDYU rektorining buyrug‘i qabul qilingandan so‘ng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan

(xorijiy fuqaroning F.I.Sh. (to‘liq yoziladi))‎‎

ARIZA
‎xorijiy fuqaroni Toshkent davlat yuridik universiteti
‎magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risida

‎‎Menga _______________________________________________________________________________ magistratura

(magistratura mutaxassisligi nomi)‎‎

‎‎mutaxassisligi, ta’limning _______________________________________ tiliga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan

‎‎(o‘zbek, rus yoki ingliz)

‎‎suhbatda qatnashishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

‎‎Ma’lumotim _________________________________, ___________________________________________________

(oliy ta’lim yo‘nalishi) ‎‎

(tugatgan ta’lim muassasasi nomi)‎‎

_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman.
‎Ma’lumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________.
‎Men ____________________________________________________________________til(lar)ini o‘zlashtirganman.

‎‎(xorijiy til(lar)ning nomi)

Suhbatni _________________________________________________________________________ tilida o‘tkazaman.

‎‎(o‘zbek, rus yoki ingliz)

‎Tug‘ilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.

‎‎(yil)

‎‎(kun)

(oy)‎

(tug‘ilgan joy)

‎‎Fuqaroligim _____________________________________________________________________________________

(fuqarolik pasport (ID-karta) bo‘yicha yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi)

‎‎Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy va kvartira raqami to‘liq ko‘rsatiladi)

Pasportga (ID-kartaga) oid ma’lumotlar: _______________ __________________,_____________________________

(seriya)

‎‎(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)

________________________________________________________________________________________________.
‎Xalqaro va milliy olimpiadalar, tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etganlik haqida ma’lumot (ishtirok etgan bo‘lsa):
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.

‎‎(olimpiada fani, tanlov ixtisosligi, sport musobaqasi turi, o‘tkazilgan sana, egallangan o‘rin)

‎‎Suhbat o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishdim.

____________________________

‎‎__________________

_____________

_________________________________

‎‎(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎(ariza berilgan sana)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul
‎qilish uchun o‘tkazilgan suhbatda xorijiy fuqaroning javoblarini
‎BAHOLASH VARAG‘I

Sana _________________________________

Xorijiy fuqaroning F.I.Sh.________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________

T/r

Baholash mezonlari‎‎

Ballar

1.

Yurisprudensiya sohasidagi professional bilim va ko‘nikmalari‎‎‎‎

‎‎

‎‎2.

Ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qobiliyati

‎‎

‎‎3.

Salohiyat darajasi‎‎

4.

‎‎Odob-axloq qoidalari va prinsiplari ‎‎

Izoh:____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Suhbat bo‘yicha komissiya a’zosi:

‎‎__________________________________________

‎‎____________________________

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qaroriga

3-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni tanlovsiz qabul qilish, ularni taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash hamda ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ayrim toifadagi abituriyentlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari, shuningdek, respublika darajasidagi boshqa davlat organlarining markaziy apparatida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar;
(2-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 51-bandiga muvofiq tegishli oliy ta’lim muassasasining buyurtmasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari hamda respublika darajasidagi boshqa davlat organlarining rahbar xodimlari deganda quyidagilar tushuniladi:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda boshqaruv kadrlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa markaziy davlat organlarining (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy banki, Hisob palatasi, Fanlar akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi) rahbari, uning o‘rinbosarlari, markaziy apparatdagi mustaqil tarkibiy bo‘linma (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘linmalardan tashqari) boshliqlari.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining mustaqil tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘linmalardan tashqari) hamda boshqaruv kadrlari.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tegishli davlat organi birinchi rahbarining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maslahatchilari va departament rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ham) tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki ta’lim shakllari asosida tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qishga qabul qilinadi/
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarni TDYU magistraturasiga qabul qilish tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan tartib 2020/2021 o‘quv yili va undan keyingi yillarda “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki ta’lim shakllari asosida, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda o‘qishga qabul qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Respublikadagi oliy ta’lim muassasasining buyurtmasiga ko‘ra bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar TDYU magistraturasiga kunduzgi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki ta’lim shakllarida, tanlovsiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng buyurtma bergan oliy ta’lim muassasasida kamida uch yil to‘liq stavkada uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda o‘qishga qabul qilinadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq o‘qishga qabul qilingan shaxslar kontrakt (shartnoma) tuzishdan oldin o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha ishlash majburiyati shartlari hamda uning bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan javobgarlik bo‘yicha ogohlantirish xati orqali tanishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Hujjatlarni taqdim etish va magistraturaga o‘qishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda (har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha) Internet jahon axborot tarmog‘i orqali TDYU qabul komissiyasiga mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan namunadagi ariza hamda quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va davlat organining blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi (mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra hujjat topshirilganda);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseylarda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litseylar) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litseylar) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra hujjat topshirilganda);
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli oliy ta’lim muassasasining buyurtmasiga ko‘ra bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun belgilangan tartibda imzolangan va oliy ta’lim muassasasi blankasida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan oliy ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyasi (ushbu Nizomning 51-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra hujjat topshirilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tilni V2 darajasida bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish, ularning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan TDYU qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU qabul komissiyasi ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun topshirilgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini besh ish kuni davomida o‘rganadi hamda uning natijasi bo‘yicha abituriyentga xabar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish vaqtidakamchiliklar aniqlansa, TDYU qabul komissiyasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari, yuridik oliy ta’lim muassasalari, yuridik texnikumlar, TDYU huzuridagi akademik litseylar hamda abituriyentdan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olinishi mumkin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ayrim toifadagi abituriyentlarning hujjatlarini o‘rganish davomida abituriyentda tegishli imtiyoz mavjud emasligi aniqlansa, uning hujjatlari ko‘rmay qoldiriladi va bu haqda abituriyentga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim toifadagi abituriyentlar tomonidan TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishning belgilangan muddatlaridan kech qolib topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shakldagi ma’lumotlarda qalbakilashtirish yoki soxtalashtirish holatlari aniqlanganda, abituriyentning hujjatlari ko‘rib chiqilmaydi (magistraturaga qabul qilingan bo‘lsa TDYU magistraturasi talabalari safidan chetlashtiriladi), hujjatlar esa, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ayrim toifadagi abituriyentlarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish bo‘yicha TDYU qabul qomissiyasi tomonidan Davlat komissiyasiga qabul yilining 20-avgustga qadar ma’lumot kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat komissiyasining abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 30-avgustga qadar qabul qilinadi va bu haqida TDYUga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘qishga qabul kilishga tavsiya etilgan abituriyentlar ro‘yxati TDYU veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror asosida abituriyentlarni TDYU magistraturasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish maqsadida TDYU va yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida kontrakt (shartnoma) tuziladi va unda kontrakt to‘lovi summasini belgilangan muddatda to‘lash sharti ko‘rsatib o‘tiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 51-bandiga muvofiq abituriyentlarni TDYU magistraturasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish maqsadida TDYU, oliy ta’lim muassasasi va abituriyent o‘rtasida uch tomonlama kontrakt (shartnoma) tuziladi hamda unda kontrakt to‘lovi summasini belgilangan muddatda to‘lash sharti, o‘qishni tamomlaganidan so‘ng buyurtma bergan oliy ta’lim muassasasida uch yil davomida to‘liq stavkada uzluksiz ishlab berish majburiyati ko‘rsatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida Davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan so‘ng beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun uch nusxada va jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat komissiyasining abituriyentlarni TDYU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning asl nusxalari abituriyent tomonidan TDYUga taqdim etiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Magistratura bitiruvchilarini taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq o‘qishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilarini adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda ishlashga taqsimlash uchun adliya vazirining buyrug‘i bilan taqsimot komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — taqsimot komissiyasi) tuziladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimot komissiyasiga TDYU rektori raislik qiladi hamda uning tarkibiga adliya organlari va muassasalari, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. TDYU magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili taqsimot komissiyasi tomonidan adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimlash jarayonida taqsimot komissiyasi magistratura bitiruvchisining reyting natijalari, oilaviy holati va taklif etilgan ish o‘rnida ishlash xohishini hisobga oladi. Eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (86 foiz va undan yuqori)ga ega bo‘lgan magistratura bitiruvchilari o‘z tanlovi bo‘yicha mavjud ish o‘rinlariga ishga joylashishda birinchi navbatda talabgor bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Magistratura bitiruvchilarini uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash har yili, qoida tariqasida, magistratura bitiruvchisi o‘qishni tamomlagandan so‘ng, bir oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimot komissiyasi tomonidan magistratura bitiruvchisiga adliya organlari va muassasalari, TDYU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseylarda ishlash uchun tegishli tartibda yo‘llanma beriladi. Bir vaqtning o‘zida bitiruvchiga yo‘llanma bilan birga ishga kelgani va joylashgani haqida to‘ldiriladigan hujjat namunasi ham beriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga yo‘llanma berilganidan tegishli tashkilot — ish beruvchi, TDYU va magistratura bitiruvchisi o‘rtasida uzluksiz ishlab berishning aniq shartlarini hamda bitiruvchining majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi uch tomonlama shartnoma uch nusxada tuziladi (magistratura bitiruvchisi TDYUga ishga taqsimlangan hollar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Taqsimot komissiyasining magistratura bitiruvchisini ishga taqsimlash uchun yo‘llanma berish haqidagi qarori qabul qilinganidan so‘ng TDYU tomonidan har bir magistratura bitiruvchisiga besh ish kunidan kechiktirmagan holda magistr darajasi to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Magistratura bitiruvchilarini ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq o‘qishga qabul qilingan magistratura bitiruvchilari ishga taqsimlanganidan keyin bir oydan oshmagan muddatda uch tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan ish joyida hozir bo‘lishlari va mehnat faoliyatini boshlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi uch tomonlama shartnomaga va ishga yo‘llanmaga muvofiq bitiruvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan bitiruvchining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni to‘ldiradi va keyinchalik uni besh kun muddat ichida TDYUga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU magistratura bitiruvchisining ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjat asosida har bir magistratura bitiruvchisining hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘llanma berilgan tashkilotlarda va lavozimlarda ishlash muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyatining markaziy organlaridagi xizmat faoliyati davri (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘linmalardagi xizmat faoliyat davri bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati uch yillik uzluksiz ishlab berish muddatiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimot bo‘yicha uzluksiz ishlab berishga yuborilgan magistratura bitiruvchisi ishga joylashgandan so‘ng, ish beruvchi unga tegishli mehnat sharoitlari yaratadi, zarur hollarda turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Magistratura bitiruvchisining uch yillik uzluksiz ishlab berish muddati tugagandan so‘ng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berish muddati davomida u taqsimot bo‘yicha yuborilgan tashkilot tugatilsa, mehnat shartnomasi (kontrakt) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinsa, magistratura bitiruvchisi TDYUni bu haqda 5 kun ichida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistratura bitiruvchisining murojaati bo‘yicha taqsimot komissiyasi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ular taqdim etgan talabnomalar asosida bitiruvchini taqsimlashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ushbu Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlangan magistratura bitiruvchisida uzluksiz ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun asosli sabablar vujudga kelgan taqdirda (nikoh tuzish, doimiy yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib ketish va boshqalar) magistratura bitiruvchisi taqsimot komissiyasiga uzluksiz ishlab berish joyini o‘zgartirish uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimot komissiyasi o‘n kun ichida magistratura bitiruvchisining murojaatini va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha magistratura bitiruvchisiga majburiy ishlab berish uchun boshqa joyni ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. TDYU magistratura bitiruvchisiga magistr darajasi to‘g‘risidagi diplomining asl nusxasini u uzluksiz ishlab berish muddatini tamomlaganidan so‘ng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi uzluksiz ishlab bergan tashkilotning yozma tasdig‘i asosida beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Magistratura bitiruvchisi taqsimot bo‘yicha sababsiz uch yil uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan hollarda, o‘qishni bitirgan vaqtida TDYUda amalda bo‘lgan shartnoma summasining besh barobari miqdorida TDYUga kompensatsiya to‘laydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizomga muvofiq uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan magistratura bitiruvchilariga magistr darajasi to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi ular belgilangan kompensatsiyani to‘liq miqdorda to‘lagandan so‘ng beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Uzluksiz ishlab berish muddati davomida mehnat shartnomasi (kontrakt) magistratura bitiruvchisining tashabbusi bilan bekor qilinsa, ish beruvchi tomonidan bu haqda uch ish kuni mobaynida TDYUga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU magistratura bitiruvchisi tomonidan kompensatsiya to‘lashni ta’minlash, shuningdek, zaruratga ko‘ra, kompensatsiyani sud tartibida undirish chorasini ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kompensatsiya miqdori magistratura bitiruvchisi tomonidan ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Magistratura bitiruvchisi uzluksiz ishlab berishdan bosh tortishi bilan bog‘liq TDYUga to‘laydigan kompensatsiya to‘liq hajmda TDYUni rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mazkur Nizomga muvofiq magistratura bitiruvchisi mehnatga layoqatsizligi tufayli uzluksiz ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati to‘g‘risidagi qaror taqsimot komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat layoqatini yo‘qotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) uzluksiz ishlab berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar, shuningdek, davlat hokimiyatining markaziy organlarida xizmat faoliyatini (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘linmalardagi xizmat faoliyati bundan mustasno) amalga oshirayotgan bitiruvchilar taqsimot komissiyasi qarori asosida kompensatsiya to‘lashdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ____________________________ga (F.I.Sh.) _____________________________________ ___________________________________dan

(abituriyentning F.I.O. (to‘liq yoziladi))‎‎

ARIZA
‎Toshkent davlat yuridik universiteti
‎magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risida

‎‎Menga _______________________________________________________________________________ magistratura

(magistratura mutaxassisligi nomi)‎‎

‎‎mutaxassisligi, ta’limning _______________________________________ tiliga,_____________________shaklida

‎‎(o‘zbek, rus yoki ingliz)

(masofaviy, kechki,  kunduzgi)

‎o‘qishga qabul qilishingizni so‘rayman.

‎‎Ma’lumotim _________________________________, ___________________________________________________

(oliy ta’lim yo‘nalishi) ‎‎

(tugatgan ta’lim muassasasi nomi)‎‎

_______________________________________________________ni _______________________ yilda tugatganman.
‎Ma’lumotim haqidagi hujjat (diplom): seriyasi ______________, raqami __________________________________.
‎Men ____________________________________________________________________________tufayli kirish test

(tegishli asos ko‘rsatiladi)

sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga egaman.

Magistraturada _____________________________________________________________________ tilida o‘qiyman.
(o‘zbek, rus yoki ingliz)

‎Tug‘ilgan vaqtim va joyim: __________ yil _________ _________________, ________________________________.

‎‎(yil)

‎‎(kun)

(oy)‎

(tug‘ilgan joy)

‎‎Fuqaroligim _____________________________________________________________________________________

(fuqarolik pasport (ID-karta) bo‘yicha yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi)

‎‎Doimiy yashash joyim: _____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(viloyat, shahar, tuman, qishloq, ko‘cha, uy va kvartira raqami to‘liq ko‘rsatiladi)

Pasportga (ID-kartaga) oid ma’lumotlar: _______________ __________________,_____________________________

(seriya)

‎‎(raqam) (kim tomonidan va qachon berilgan)

________________________________________________________________________________________________.
Mehnat faoliyatim bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilaman*:
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.

(ish joyi, egallagan lavozimi, yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish staji)

Magistraturada o‘qishni tugatgandan so‘ng kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati bilan tanishdim**.

____________________________

‎‎__________________

_____________

_________________________________

‎‎(xorijiy fuqaroning F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎(ariza berilgan sana)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik ma’lumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar hamda bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni “imtiyozli” diplom bilan tugatgan bitiruvchilar hamda bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/513/1224-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)