1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozordagi talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti hamda suv bilan taʼminlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligini, shuningdek, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda, sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu nizom talablaridan kelib chiqqan holda oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar mustaqil ravishda ekinlarini joylashtirishi uchun har yili 1-avgustga qadar ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash ishlarini “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida tashkil etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
505-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari, birinchi navbatda, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining takliflari, ixtisoslashuvi, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va suv bilan taʼminlanganlik darajasi hamda ichki va tashqi bozor talablari, yerlarning meliorativ holati va tuproq unumdorligi, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan holda oqilona joylashtiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“CropAgro” AT — qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarini qabul qilish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agroportal — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
almashlab ekish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda, muayyan muddat davomida navbatlab ekish va dalalarga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish — qishloq xoʻjaligi ekinlarining alohida turlarini ekin yer maydonlari konturlari va yerdan foydalanuvchilar kesimida joylashtirish va yetishtirishni (ishlab chiqarishni) tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) uchun belgilangan tartibda yer uchastkasidan ijara shartlari asosida foydalanuvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar (korxona, muassasa, klaster, birlashma va kooperatsiyalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari — asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan gʻoʻza, boshoqli don, sholi, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashakbop ildiz mevali oʻsimliklar, bir yillik oʻtlar, beda, makkajoʻxori, tamaki, dukkakli ekinlar, shuningdek, “toʻqsonbosdi” usulida ekiladigan boshqa ekinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish maqsadida foydalaniladigan (sugʻoriladigan va lalmi) yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lalmi yerlar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tabiiy yogʻingarchilik hisobiga yetishtiriladigan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv bilan taʼminlanganlik darajasi — muayyan hududda aniq qishloq xoʻjaligi ekin turini yetishtirish boʻyicha vegetatsiya davrida ushbu ekin turining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun talab etiladigan ilmiy asoslangan miqdordagi suv hajmi bilan taʼminlanganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq ball-boniteti — qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnikasi oʻrtacha darajada boʻlganda, tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq unumdorligi — tuproqning oʻsimliklar oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash qobiliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildorlik — bir gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinidan olinadigan yalpi hosil koʻrsatkichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari — muayyan hududning geografik joylashuviga muvofiq ob-havoning koʻp yillik statistik tahlili boʻyicha iqlim tavsiflari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hududning tabiiy-iqlim sharoiti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geografik joylashgan oʻrni, geomorfolik-litologik tuzilishi, gidrogeologik va iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali harorat yigʻindisi, yogʻingarchilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurgʻoqchilik davrining boshlanish ehtimoli, suv va shamol eroziyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish davri davomiyligining muayyan hudud uchun mosligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hududning zarur resurslar bilan taʼminlanganligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) imkoniyati boʻlgan yer maydonlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer maydonlarining suv, zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari va mehnat resurslari bilan taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan bir qishloq xoʻjaligi ekin turining hosildorligini oshirish uchun alohida imkoniyatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yetishtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozordagi talab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetishtiriladgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ichki bozor ehtiyojini qondirish darajasi va tashqi bozordagi talabi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar, agroklaster (kooperatsiya)larning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha takliflari.
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda davlat boshqaruvi organlarining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini hisobga olgan holda Agroportalda yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish imkoniyatini yaratadi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilarning barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish maʼlumotlari bilan isteʼmolchilar talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtirish choralarini koʻradi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlar boʻyicha joylashtirilishini, konturlar boʻyicha ekin turlari toʻliq ekilishini, belgilangan agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishini, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining qishloq xoʻjaligi yelaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi monitoringini yuritadi va ularning natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlarning chegaralari va yerdan foydalanuvchilar kesimidagi xaritalarni tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga Agroportal orqali taqdim etadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtiradi hamda ekin maydonlarining joylashgan chegaralari boʻyicha tuproq ball-boniteti toʻgʻriligini va ishonchliligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yer hisoboti, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish uchun yer maydonlari va ularning foydalanuvchilari kesimidagi xaritalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan elektron shaklda ishlab chiqiladi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir hudud boʻyicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlar (suv yetkazib berishning minimal va maksimal limitlari)ni yer uchastkalarining konturlari kesimida shakllantiradi hamda Agroportalga joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agroportalda shakllantirilgan yer uchastkalarining konturlar kesimidagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga oid zarur maʼlumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimi bilan integratsiya qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ichki va tashqi bozor talablarini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlarini tumanlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va undan qayta ishlangan tayyor mahsulotlar marketingini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha savdo aylanmasi va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlatlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda ekinlarni oqilona joylashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekinlarni joylashtirishda hududning oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun operator bilan, u bilan tuziladigan shartnoma asosida Agroportaldagi bajaradigan funksiyalarini ishlab chiqadi, ushbu tizimga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining ulanishi va foydalanishini tashkil etadi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi hamda agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etib boradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi suv resurslaridan samarali foydalanish holatini muntazam oʻrganib boradi hamda har chorak yakuni boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oxirgi uch yillik statistik maʼlumotlarga asoslangan holda xorijiy davlatlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining aniq turlarini eksport qilish talablari va hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni har yili aprel oyida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yerdan foydalanuvchilar har yili 1-iyulga (2026-yil hosili uchun 1-sentabrga) qadar yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yer uchastkalari kesimida Agroportalda mustaqil joylashtiradi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Yerdan foydalanuvchilarga operator tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari yordamida qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirishga koʻmaklashish, shartnomaviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va boshqa yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatish uchun xususiy sektor vakillarining koʻmagidan foydalanish imkoniyatlari joriy qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142. Yerdan foydalanuvchilar tomonidan suv taʼminoti mavjud boʻlmagan yoki yerning normativ qiymati aniqlanmaydigan yaylov yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ushbu yerdan foydalanuvchilarning oʻz hisobidan yetishtirilishi mumkin.
(141-142-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari irrigatsiya boʻlimlari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining konturlar kesimida joylashtirilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha va toʻldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi gʻoʻza ekinining normativ hosildorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agroportal “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimiga yuboriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 5 ish kunida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish natijalari monitoringini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi qishloq xoʻjaligi tuman boʻlimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan yuritiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu tadbir geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash, kosmik va spektorli tasvirlar va boshqa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi kadastr raqami, foydalanuvchisi, kontur raqami, chegaralari, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda) va boshqa maʼlumotlarni integratsiya orqali taqdim etadi.
Doimiy
2-bosqich
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
Agroportalda maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ishlov berish, foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, hisobotlarni avtomatik shakllantirish, inson omilini qisqartirish boʻyicha dasturiy yechimlarni joriy etadi va takomillashtirib boradi.
Doimiy
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyati toʻgʻrisida;
ichki va tashqi bozordagi talablarni inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlari boʻyicha ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Har yili 1-mayga qadar
4-bosqich
Yerdan foydalanuvchilar
Agroportal orqali qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtiradi.
Har yili 1-iyulga qadar
5-bosqich
Irrigatsiya boʻlimi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti,
“Tuproq tahlil markazi” DM
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining konturlar kesimida joylashtirilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha va toʻldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2 ish kunida
6-bosqich
Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, “Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari
Ekinlarning ekilishi va holati monitoringini yuritadi.
Doimiy
7-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish maʼlumotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi.
Doimiy
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/505/1209-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)