21.08.2020 yildagi PQ-4812-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2019-yillarda iqtisodiyotda oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,1 barobarga, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga 2,8 barobarga ortgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi investitsiyalar ulushi 2016-yildagi 21 foizdan 2019-yil yakuniga koʻra 38 foizdan koʻproqqa oʻsdi. Ushbu davrda tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,7 barobarga oshdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va tashqi savdodagi yuqori faollik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobarga oʻsishiga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,1 foizdan 33,2 foizgacha oʻsdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi taʼsir oʻtkazishda davom etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-noyabrdan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — korporativ buyurtmachilar) uchun shunday tartib oʻrnatiladiki, unga koʻra umumiy qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori boʻlgan import tovarlari (ishlar, xizmatlar) xaridlarining maqsadga muvofiqligi har chorakda roʻyxati tasdiqlangan holda kuzatuv kengashlari (taʼsischilarning umumiy yigʻilishi) tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash va chegaralash mexanizmi kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatiga kiritilmagan mahsulotlar boʻyicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan 15 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda preferensiya beriladi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi;
(1-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son — 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq boʻlgan davlat xaridlari boʻyicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-yanvardan strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning alohida tartiblari bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini oʻtkazishning ichki tartiblari joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagi asosda shakllantiriladi va tasdiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan qoʻshma takliflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining elektron kooperatsiya portalida (keyingi oʻrinlarda — cooperation.uz portali) joylashtiriladigan hamda tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va ularning ishlab chiqaruvchilari haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning boshqa tartibi oʻrnatilgan alohida qarorlari boʻyicha tuziladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash maqsadida amalga oshiriladigan, shuningdek, davlat sirlari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmasiga asosan aholining ehtiyojidan kelib chiqib, import shartnomalari asosida olib kelinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy uskunalar bilan bogʻliq boʻlgan xarid jarayonlari va shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2020-yil 1-oktabrga qadar respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni batafsil oʻrganish asosida Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2020-yil 1-oktabrdan shunday tartib kiritilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), shu jumladan, audit va soliq maslahati xizmatlarini birinchi navbatda new.cooperation.uz yoki Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portallarida (keyingi oʻrinlarda — portal) roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganadi. Bunda davlat xaridlari uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ushbu portalda mavjud boʻlmagan taqdirdagina portal maʼlumotnomasi asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar new.cooperation.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxi boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxidan yuqori boʻlsa, davlat buyurtmachilariga boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat etiladi;
(4-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korporativ buyurtmachi — korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan (texnik koʻrsatkichlar, ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari boʻyicha) xarid qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning korporativ xaridlarini import orqali amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga (taʼsischilarning umumiy yigʻilishlariga) asoslab beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning kuzatuv kengashlaridagi (taʼsischilarning umumiy yigʻilishlaridagi) davlat vakillari boshqaruv organlari majlislarida umumiy qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori boʻlgan import tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarining asoslanganligiga oid masalalarning koʻrilishini taʼminlaydi, bunda ishlab chiqarish zaxiralaridagi import tovarlarining omborlardagi qolgan qismini ularning korxona faoliyatiga jalb qilinishi boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllagan holda tahlil qiladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi har chorakda davlat vakillari tomonidan kuzatuv kengashlarida (taʼsischilarning umumiy yigʻilishlarida) ushbu qaror talablariga rioya etilishini tahlil qilib, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlarini taqsimlovchi vazirlik va idoralar idoraviy mansub tashkilotlarda import xaridlarini optimallashtirish, shuningdek, davlat xaridlari doirasida ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni yoʻlga qoʻyish choralari koʻrilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oyda import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi va nomenklaturasini tahlil qiladi, shuningdek, tarmoqlar, korxonalar va hududlar rahbarlari tomonidan importni optimallashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini baholab, ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi har chorakda sanoat tarmoqlari va hududlar kesimida ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank korporativ buyurtmachilarning ofshor yurisdiksiya hududlarida roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar hisobiga amalga oshirgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari tomonidan har oyda Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi budjet tashkilotlarining kelgusi davr uchun xarajatlar smetasini kelishishda xarajatlar shakllanishini, shu jumladan cooperation.uz portali maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda tovarlar qiymatini aniqlash orqali nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob palatasi har chorakda import xaridlarini amalga oshirishda davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda korporativ buyurtmachilarning jalb qilingan va oʻz mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari respublikaga import qilinayotgan tovarlar hajmi va nomenklaturasi haqidagi statistik maʼlumotlar asosida hududlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, tegishli hududlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni cooperation.uz portalida toʻliq joylashtirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi har oy oʻz komplekslari kesimida xaridlarni optimallashtirish, qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari — davlat buyurtmachilari rahbarlari va korxonalarning boshqaruv organlaridagi davlat vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 250 barobari miqdorigacha boʻlgan xaridlar boʻyicha davlat buyurtmachisiga mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori boʻlgan va ushbu buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqariladigan mahsulot boʻyicha 3 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri kafolatli xarid qilish shartnomasini (ofteyk shartnomani) tuzishga ruxsat beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlisga “davlat xaridlarining strategik subyekti” tushunchasini bekor qilish, xorijda ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlaridagi ishtirokini taqiqlash va chegaralash, davlat xaridlari usullarini kengaytirish va ularning shaffofligini, shu jumladan tender (tanlov) xaridlari natijalarini ochiq manbalarda eʼlon qilish yoʻli bilan oshirish, shuningdek, davlat xaridlarida qonunchilik talablarining buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat buyurtmachilari va kuzatuv kengashlarining javobgarligini oshirish boʻyicha meʼyorlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini (yangi tahrirda) kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) preferensiyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda Davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan oʻtkazish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob palatasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan jadvalga muvofiq import xaridlari auditini oʻtkazishda xalqaro auditorlik kompaniyalari bilan hamkorlikni taʼminlasin va audit natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cooperation.uz portalida respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning texnik koʻrsatkichlari 10 ta raqamli TIF TN kodi va ishlab chiqaruvchilarga bogʻlanish maʼlumotlari bilan birgalikda joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangilab borilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cooperation.uz portalining Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT) va Davlat xaridlarining maxsus elektron portali (xarid.uz) bilan integratsiyasini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari doirasida yetkazib berilayotgan import tovarlari narxlari monitoringini “tahlika-tahlil” usullari, shuningdek, “koʻzguli statistika” maʼlumotlaridan foydalangan holda kuchaytirsin hamda sezilarli farq holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oy Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona omborlarida saqlanayotgan, muddati uch oydan oshgan tovarlarning nomenklaturasi va hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat buyurtmachilari kesimida har oyda Vazirlar Mahkamasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etsin hamda oʻzining rasmiy saytida eʼlon qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar narxini pasaytirib olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yuklangan funksiya va vazifalarning samarali ijrosini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzstandart” agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, shu jumladan Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida (YEOII) xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan, YEI va YEOII mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish uchun” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga taqiq kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro, mintaqalararo va xorijiy standartlarni ularning asl tilidagi mahsulotga talablarni oʻzgartirmasdan xuddi shunday koʻrinishda qabul qilish orqali, 1995-yilgacha tasdiqlangan 5 236 ta standartlar “tartibga soluvchi gilotina” usulida bekor qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqargan mamlakatning texnik reglament talablari, standartlari va meʼyorlariga muvofiq boʻlmagan mahsulotlar toʻgʻrisida sertifikatsiya organlariga maʼlumot yuborsin hamda ularning ichki bozorga muomalaga chiqarilmasligi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda “tahlika-tahlil” usullaridan foydalangan holda import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan amaldagi standartlar, texnik reglamentlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, tegishli talablarga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilganlik uchun ularning javobgarligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksionerlik jamiyatlari va korxonalarning kuzatuv kengashlari bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiyaviy loyihalarni tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlmagan taqdirda toʻxtatish yoki bekor qilish va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda korporativ buyurtmachilar tomonidan tuzilgan amaldagi uzoq muddatli import shartnomalarini koronavirus pandemiyasi yoki shartnoma shartlarining oʻzgarishi sharoitida narxlarni pasaytirish imkoniyatlari yuzasidan oʻrgansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda vazirliklar, idoralar, hududlar va korxonalar rahbarlari tomonidan investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish va importni optimallashtirish masalalari yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini baholovchi aniq indikatorlarni (KPI) tasdiqlagan holda, har chorakda Vazirlar Mahkamasiga har bir rahbar erishgan indikatorlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil uchun Investitsiya dasturining manzilli qismini ishlab chiqishda markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni ularni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi jihatidan puxta ekspertizadan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvargacha davlat investitsiyalarini boshqarishni baholashning umum qabul qilingan tamoyillari (PIMA) asosida markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni toʻliq va uzluksiz monitoring qilish tizimini, shu jumladan investitsiyadan keyingi davrda (obyekt ishga tushirilgandan keyin 3 — 5 yil davomida) erishilgan maqsadli koʻrsatkichlarni tahlil qilish va loyihalarning mamlakat, tarmoq, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga taʼsirini baholashni har yili oʻtkazish asosida monitoring qilishni nazarda tutuvchi tizimni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tarif va notarif tartibga solish kengashi ikki oy muddatda xalqaro tajribani va Jahon savdo tashkiloti kelishuvlarining qoidalarini oʻrganish asosida Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdoni tartibga solishning yangi tartibini, shu jumladan tarif, notarif va tarifli kvotalash choralari orqali importni optimallashtirish boʻyicha tezkor qarorlarni qabul qilish boʻyicha yanada moslashuvchan mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutuvchi kompleks takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qilinadigan tovarlarga nisbatan vaqtinchalik tarif kvotalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari zimmasiga — davlat xaridlarini amalga oshirishda mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini taʼminlash, shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga — Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatiga kiritilgan tovarlarning davlat xaridlari doirasida import qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tasdiqlangan koʻrsatkichlarning toʻlaqonli bajarilishi, investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, kichik hududiy va yirik tarmoq korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — davlat xaridlari doirasida importni optimallashtirish, mamlakat tarmoq va hududlarida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish chora-tadbirlarining samaradorligi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzoqov zimmasiga — ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga jalb qilinadigan investitsiyalarning samaradorligi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari Oʻ.I. Barnoyev, B.A. Musayev, A.A. Abduhakimov, O.M. Umarov zimmasiga — mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining sifatli ijro etilishini tashkil etish, shuningdek, tegishli tarmoqlarda budjet mablagʻlarining samarali ishlatilishi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — markazlashgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida importni optimallashtirish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga — Bosh vazir oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, tarmoq idoralari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, kuzatuv kengashlaridagi (taʼsischilarning umumiy yigʻilishlaridagi) davlat vakillari tomonidan ushbu qaror bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishining yakuniy natijalari uchun, zarur hollarda intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar kiritish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 21-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4812-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Korxonaning nomlanishi

Audit oʻtkazish davri

1.

“Oʻzbekgeofizika” AJ

2021-yil

I chorak

2.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ

3.

“Navoiy KMK” AJ

4.

“Olmaliq KMK” AJ

5.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

6.

“Oʻzmetkombinat” AJ

7.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

2021-yil

II chorak

8.

“Oʻztransgaz” AJ

9.

“Hududgaztaʼminot” AJ

10.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

11.

Xalq taʼlimi vazirligi

12.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

13.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

14.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

2021-yil

III chorak

15.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

16.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

17.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

18.

“Uzbekistan Airways” AJ

19.

“Uzbekistan Airports” AJ

20.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

2021-yil

IV chorak

21.

“Oʻzbektelekom” AK

22.

“Davlat belgisi” DICHB

23.

“Oʻzavtosanoat” AJ

24.

“Dori-Darmon” AK

25.

“Geoltextaʼminot” davlat korxonasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ushbu subyektlarning xaridlar tizimini auditdan oʻtkazish boʻyicha xarajatlar oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 07/20/4812/1197-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)