30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3274
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3274]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. SHADMANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 12-iyundagi 124-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish tibbiyot muassasalari tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homilador ayolning xohishiga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlganda homiladorlik muddatidan qatʼi nazar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish akusherlik-ginekologik muassasa tomonidan er va xotinning yozma roziligi bilan, er boʻlmagan taqdirda ayolning oʻz roziligi yoki ota-onasining roziligi yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni qoʻllash boʻyicha ixtiyoriy rozilik arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishga majbur qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tibbiyot muassasasi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish toʻgʻrisida yoki homiladorlikni toʻxtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sogʻligʻi uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirishda homilador ayolning qonunchilik hujjatlarida belgilangan reproduktiv huquqlari taʼminlanishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish va undan keyingi kontratsepsiya bilan bogʻliq maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shifokorlik sirini tashkil etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Homilaning holati boʻyicha birlamchi maslahat olish, tibbiy tekshiruvdan oʻtish va homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun homilador ayol yashash manzili yoki yashash joyi yohud turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga (markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari) (bundan buyon matnda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi deb yuritiladi) murojaat qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolga homiladorlik muddatini aniqlash va homilador ayolning sogʻligʻi holatini baholash uchun kerakli tekshiruvni oʻtkazish hamda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun homilador ayol umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homiladorlik muddati va salomatlik holatidan kelib chiqib, belgilangan standartlarga muvofiq zarur boʻlgan tibbiy tekshiruvlardan, shuningdek tor mutaxassislar maslahatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tekshirish natijasida homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tekshiruvlardan oʻtgan ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun yashash manzili yoki yashash joyi yohud turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan akusherlik-ginekologik muassasaga yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish dori vositalari yoki jarrohlik usuli orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usullari toʻgʻrisida akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, akusherka va patronaj hamshiralari homilador ayolga maslahat berishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usuli homilaning muddati, homilador ayolning umumiy ahvoli hamda tibbiy koʻrsatmalar asosida homilador ayolning xohishiga koʻra tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish homiladorlikning muddati va homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usuliga koʻra ambulator yoki statsionar sharoitda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda dori vositalari bilan toʻxtatish birlamchi ambulator-poliklinikada, jarrohlik usuli bilan toʻxtatish akusherlik-ginekologik muassasa qoshidagi ambulator-poliklinikada ambulator sharoitda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homilador ayolda yuqori xavfli yondosh kasalliklar yoki homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya boʻlimida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Homiladorlikning oʻn ikki haftadan yigirma ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya boʻlimida, homiladorlikning yigirma ikki haftadan keyingi muddatlarida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining akusherlik boʻlimida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilayotgan homiladorga ogʻriqsizlantirish usullari taklif etiladi. Bunda, ogʻriqsizlantirish usulini tanlash va qoʻllash boʻyicha anesteziolog-reanimatolog tomonidan koʻrsatmalar beriladi va homilador ayolning tanloviga asosan ogʻriqsizlantirish usullari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish oʻtkazilayotgan akusherlik-ginekologik muassasada homilador ayol toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun lozim boʻlgan hujjatlar shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish uchun markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikasi rahbari buyrugʻiga asosan konsilium tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsilium tarkibiga markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikada ishlovchi boʻlim mudiri, akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, neonatolog, ultratovush tekshiruvi shifokori, zaruratga koʻra tor mutaxassislar va huquqshunoslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsilium homilador ayolning va homilaning holatidan kelib chiqib homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor homilador ayol, uning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga tekshiruv natijalari, homilador ayolning yondosh kasalliklari, homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar, homilador ayol yoki homila sogʻligʻi va hayoti uchun kelajakda kutilayotgan xavflar, davolash usullari, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning kutilayotgan oqibatlari, asoratlari haqida maʼlumot beradi, uning asosida konsilium tomonidan homilador ayol homiladorlikni davom ettirish yoki uni toʻxtatish toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Homilador ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish taklifini rad etsa, konsilium xulosasiga binoan umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ushbu homiladorlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida maʼlumot berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Homilador ayolning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ayolning homiladorligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida maʼlumot berilgandan soʻng, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish rad etilgan taqdirda, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni rad etish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ayolning homiladorlikni davom ettirishi nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilgandan soʻng er-xotin yoki ayol oʻz hududidagi skrining markazlarga keyingi homiladorlikkacha tekshirish oʻtkazish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish natijasida olingan barcha materiallar (homila, platsenta, homila tuxumi) akusher-ginekolog shifokor tomonidan tegishli laboratoriyalarda patologoanatomik, genetik tekshirishdan oʻtkazish uchun yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilgan ayolda qon rezusi manfiy boʻlganda, unga 72 soat ichida odam rho (D)-antirezusi immunoglobulin preparati bilan muolaja oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа


‎‎

‎‎_________________________ ning rahbari

(tibbiyot muassasasi nomi)

____________________________________ ‎

(rahbarning F.I.O.)‎‎

‎‎_____________________ manzilda yashovchi, ‎

‎‎________________________ yilda tugʻilgan

‎‎fuqaro ___________________________dan

(F.I.O.)‎



‎‎‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishga ixtiyoriy rozilik
‎ARIZASI

‎‎___________________________________________________________________ da yashovchi fuqaro

‎‎‎(yashash manzili)

‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎(tugʻilgan yili, yoshi)

‎‎______________________________________________________________________________ning

(homilador ayolning F.I.O.)

‎‎__________________ haftalik muddatdagi homiladorligini sunʼiy ravishda toʻxtatishga va buning uchun muolaja oʻtkazishlariga oʻz ixtiyorim bilan rozilik beraman.
‎Men shifokordan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning usullari (dori vositalari va jarrohlik yoʻli bilan) hamda bu usullarning afzalliklari, kamchiliklari, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning kutilayotgan oqibatlari, asoratlari, ogʻriqsizlantirish usullari, ularning samarasi, kuzatilishi mumkin boʻlgan asoratlari toʻgʻrisida hamda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish tartibiga qatʼiy rioya qilingan holda ham muolaja vaqtida va undan keyin kuzatilishi mumkin boʻlgan asoratlarning oldini olishga toʻliq kafolat yoʻqligi, davolovchi shifokor yozib bergan dori vositalarini qabul qilishim lozimligi, jinsiy hayot tartibi haqida va bu tartib buzilganda kuzatilishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida maʼlumot oldim. ‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishga ishonchim komil boʻlmasa, mazkur usuldan bosh tortishim mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
‎Xomiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usullari bilan tanishgan holda, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning quyidagi usulini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):
‎dori vositalari orqali;
‎jarrohlik yoʻli bilan.

‎‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni dori vositalari orqali amalga oshirish bayonnomasi, unga qarshi koʻrsatmalar va muolajani qoʻllashda yuz beradigan nojoʻya taʼsirlar hamda dori vositalarini qoʻllash yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqdim va quyidagilardan birini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):

‎‎Dori vositasi(lari)ni uyda qabul qilishga va oʻz vaqtida shifoxonaga murojaat qilishga va homila toʻla tushguncha shifokor nazorati ostida boʻlishga roziman

‎‎Dori vositasi(lari)ni shifoxonada qabul qilishga va homila toʻla tushguncha shifokor nazorati ostida boʻlishga roziman‎

‎‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni jarrohlik usuli bilan amalga oshirish bayonnomasi, jarrohlik yoʻli bilan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bosqichlari, jarrohlikdan soʻng kuzatilishi mumkin boʻlgan asoratlar va oqibatlar bilan tanishdim va homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni jarrohlik usuli bilan amalga oshirishni tanladim.
‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish uchun ogʻriqsizlantirish usullari bilan tanishdim va quyidagilardan birini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):
‎verbal usul;
‎mahalliy usul;
‎ogʻriqsizlantiruvchi dori vositalari orqali;
‎sedatsiya usuli;
‎umumiy ogʻriksizlantirish orqali;
‎boshqa usullar.
‎Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishda ehtimoliy asoratlar haqida toʻliq maʼlumotlarni olganligimni, hech qanday tazyiq oʻtkazilmaganligini hamda ongli va ixtiyoriy ravishda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishga qaror qabul qilganimni tasdiqlayman.

‎‎_______________________

(F.I.O.)‎

‎‎_______________________

(imzo)‎

_______________________‎‎

‎‎(ariza toʻldirilgan sana)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tibbiy koʻrsatmalar nomi

Qarshi koʻrsatmalar shakli, bosqichi, darajasi, fazasi

Izohlar

Ayrim infeksion va parazitar kasalliklar

1.

Sil kasalligi:

Barcha faol shakllari

a) bakteriologik va gistologik tasdiqlangan nafas aʼzolari sil kasalligi

b) bakteriologik va gistologik tasdiqlanmagan nafas aʼzolari sili

v) asab tizimi sili

Sil meningiti (tuberkulyozli meningit) — miya poʻstlogʻi sili (bosh miya, orqa miya) homiladorlikni toʻxtatish uchun nisbiy qarshi koʻrsatma boʻlib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi.

g) boshqa aʼzolar va tizimlar sili

d) suyaklar va boʻgʻimlar sili

e) siydik yoʻllari sili (ayollarda)

j) ichak va charvi limfatik tugunlari sili

z) miliar sil

Homiladorlikni toʻxtatish uchun nisbiy qarshi koʻrsatma boʻlib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi.

2.

Qizilcha

Homiladorlikning oʻn ikki haftasigacha boʻlgan muddatida toʻxtatish, jumladan homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bemor bilan aloqada boʻlganida, homilador ayolda immunitet mavjud boʻlmaganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

Oʻsma kasalliklar

3.

Kichik tos sohasidagi kimyoterapiya yoki nur terapiyasini talab etadigan xavfli oʻsmalar

Qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari

4.

Ilk bor aniqlangan oʻtkir leykozlar

5.

Miyelodisplastik sindromlar

6.

Yuqori xavf guruhidagi limfomalar

7.

Limfogranulematoz

III-IV bosqichlar

8.

Surunkali miyeloleykoz:

a)tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolashni talab etadigan

b) kasallikning soʻnggi bosqichi

Homiladorlikni oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida toʻxtatish;

tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolash davrida homiladorlik yuzaga kelganda, davolash toʻxtatilishi
va terapiyaning boshqa turlari tavsiya etilishi zarur.

9.

Surunkali miyeloproliferativ kasalliklar

10.

Aplastik kamqonlik

Ogʻir shakli

Homiladorlikning yigirma haftagadan keyingi muddatlarida homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

11.

Gemolitik kamqonlik

Oʻtkir gemolitik krizlarning ogʻir qaytalanuvchi kechishi

12.

Idiopatik trombotsitopenik purpura

Surunkali uzluksiz qaytalanuvchan kechishi, terapiyaning har qanday shakliga refrakterlik

Homiladorikning muddatidan qati nazar homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

13.

Porfiriyaning oʻtkir davri, soʻnggi hurujidan 2 yildan kam boʻlgan davrda “yorugʻ” davrning davom etishi

Izoh: 1. Ilk tashxislangan oʻtkir leykoz, miyelodisplastik sindromlar, yuqori xavf limfomalari, limfogranulematoz III-IV bosqichi, surunkali miyeloproliferativ kasalliklar, gemolitik kamqonlik va porfiriyaning oʻtkir hurujida homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish tavsiya etiladi.

2. Homiladorlikni oʻn ikki haftadan keyingi muddatlaridahomilador ayolning hayotiga xavf soluvchi qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari mavjud boʻlganda, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi, bunda shifokor-gematolog ishtiroki taʼminlanishi lozim.

3. Homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish qon komponentlari (yangi muzlatilgan, trombokonsentratlar, eritrotsitar massa) bilan taʼminlash sharoitiga ega boʻlgan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.

Endokrin tizim kasalliklari. Ovqatlanish tartibi va modda almashinuvining buzilishi

14.

Qandli diabet kasalligi ogʻir nefropatiya asorati bilan

15.

Buyrak transplantatsiyasidan keyingi qandli diabet

16.

Qandli diabet proliferativ retinopatiya rivojlanishi bilan

17.

Giperparatireoz

Faol davri (jarrohlikkacha)

Visseral va suyaklarda oʻzgarish bilan boʻlgan ogʻir kechishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

18.

Akromegaliya

19.

Prolaktinoma

Dopamin agonistlariga rezistentlik va xiazmal buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

20.

Itsenko-Kushing sindromi

Faol davri

Ruhiy buzilishlar

21.

Surunkali va davomli ruhiy buzilishlar, ogʻir va barqaror ogʻriq bilan (psixozlar va aqliy zaiflik) yoki homiladorlik va tugʻruq taʼsirida zoʻrayishining katta ehtimoli bilan

22.

Irsiy va degenerativ ruhiy buzilishlar

Psixiatriya muassasasi tomonidan bolaning onasi yoki otasida tasdiqlangan boʻlishi kerak.

23.

Yaqqol ifodalangan psixogen buzilishlar

24.

Psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq ruhiy buzilishlar

25.

Kayfiyat buzilishlari (affektiv buzilishlar)

Homilador ayolda oʻz joniga suiqasd qilish harakatlari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Asab tizimi kasalliklari

26.

Markaziy asab tizimining yalligʻlanish kasalliklari

27.

Asosan markaziy asab tizimini shikastlovchi tizimli atrofiyalar(Gvitington xoreyasi)

Ogʻir kechishi

Kuchli ifodalangandemensiya, psixotik buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

28.

Harakat nevroni kasalligi (yonbosh amiotrofik skleroz)

Ogʻir kechishi

Oʻsib borayotgan bulvar falaj, orqa miyaga xos, mushak atrofiyalari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

29.

Parkinsonizm

Ogʻir shakli (oʻziga oʻzi xizmat qilishning imkoni yoʻqligi)

Parkinsonga qarshi davolash asoratlari (diskineziyalar, ortostatik gipotoniya) mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

30.

Distoniyalar

Umumlashgan shakllari

31.

Markaziy nerv sistemasining demiyelinizirlovchi kasalliklari (tarqalgan skleroz)

Rivojlanuvchi kechishi

Oʻsib borayotgan falajlar, koʻruv asablarining atrofiyasi, yutinish, nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati buzilishi, tos oʻzgarishlari (siydik tutib tura olmaslik, siydikning oʻtkir tutilib qolishi) mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

32.

Epilepsiya

Ogʻir kechishi

Epilepsiyaga qarshi terapiya va epileptik psixozlarga rezistentlik, hurujlarning tez-tez kuzatilishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

33.

Miya qon aylanishining oʻtkir buzilishlari (serebral, orqa miya)

Ogʻir kechishi

Kuchli ifodalangan ong (sopor, koma) va vital funksiyalarning (nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati) buzilishlari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

34.

Uyqu buzilishi: katalepsiya va narkolepsiya

35.

Nerv chigallari va tutamlarining shikastlanishi

36.

Yalligʻlanishli polinevropatiya, Giyena-Barre sindromi

Ogʻir kechishi

Oʻsib borayotgan boʻshashtiruvchi tetraparez, vital funksiyalar buzilishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

37.

Asab-mushak sinapsi va mushak kasalliklari

38.

Gepatolentikulyar degeneratsiya (Vilson-Konovalov kasalligi)

Ogʻir shakli

Jigar yetishmovchiligi va portal gipertenziya mavjudligi, qiziloʻngach venalari varikoz kengayishlaridan qon ketish, psixotik buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Koʻz va uning yondosh apparati kasalliklari

39.

Koʻrish aʼzolarining xavfli oʻsmalari (yordamchi apparati, koʻz, koʻz kosasi)

Aralash kimyoviy nurli davo muolajalari olish davrida va shu muolaja oʻtkazilganidan keyin 3 — 5 yil davomida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Qon aylanish tizimi kasalliklari

40.

Yurak revmatoid nuqsonlari:

a) revmatoid jarayon faolligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari

b) qon aylanishi yetishmovchiligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari

2B, 3-darajasi

v) bakterial endokardit asorati boʻlgan yurak nuqsonlari

g) yurak ritmi buzilishi bilan kechadigan yurak nuqsonlari: tebranuvchi aritmiya, paroksizmal taxikardiyaning tez-tez hurujlari, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechuvchi toʻliq atrioventrikulyar blokada

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarida elektrokardiostimulyator oʻrnatilishi mumkin, bunda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilmaydi.

d) homiladorlik davomida yoki anamnezda tromboembolik asoratlar bilan kechadigan yurak nuqsonlari, hamda yurak sohasida tromblar mavjudligi

e) atriomegaliyali yoki kardiomegaliyali yurak nuqsonlari

41.

Yurakning tugʻma nuqsonlari:

a) qon otilishi nuqsoni boʻlgan yurak kasalliklari (yurak boʻlmasi orasidagi toʻsiq nuqsoni, yurak qorinchalar orasidagi toʻsiq nuqsoni, ochiq arterial naycha):

qon aylanishi yetishmovchiligi 2B-darajasi bilan yondosh kechadigan yurak nuqsonlari;

oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi yurak nuqsonining 3-darajasi;

bakterial endokardit asorati boʻlgan yurak nuqsonlari.

Oʻpka gipertenziyasi II-IV darajasi

(Xit-Edvards boʻyicha tasniflash)

b) yurak chap qorinchasi (aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi) yoki oʻng qorinchadan (oʻpka arteriyasi stenozi) qon otilishi qiyinlashgan yurak nuqsonlari:

qon aylanishi yetishmovchiligi 2A-darajasi va undan yuqori darajalar bilan kechadigan yurak nuqsonlari;

poststenotik kengayishi mavjud nuqsonlar (aorta yoki oʻpka arteriyasi anevrizmasi).

v) 3-4 darajali regurgitatsiya va ritmning jiddiy buzilishlari bilan kechadigan atrioventrikulyar klapanlarning tugʻma nuqsonlari

g) kardiomiopatiyalar:

dilatatsion kardiomiopatiya;

restriktiv kardiomiopatiya;

chap, oʻng yoki ikkala qorinchalar chiqish traktining kuchli obstruksiyasi bilan kechuvchi gipertrofik kardiomiopatiya;

yurak ritmi jiddiy buzilishlari bilan kechadigan chap qorincha obstruksiyasisiz gipertrofik kardiomiopatiya.

d) Fallo tetradasi

Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

e) Fallo pentadasi

Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

j) Ebshteyn anomaliyasi

Korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

z) yurakning murakkab tugʻma nuqsonlari (magistral tomirlar transpozitsiyasi, atrioventrikulyar kommunikatsiyaning toʻliq shakli, umumiy arterial ustun, yurak yagona qorinchasi, atrioventrikulyar yoki yarim oy qopqoqlari atreziyasi)

i) Eyzenmenger sindromi

k) Lyutambashe sindromi

l) Ayers (Aerza) (sindromi) kasalligi (oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi oʻpka arteriyasining chegaralangan sklerozi)

42.

Miokard, endokard va perikard kasalligi:

a) har qanday etiologiyali miokardning oʻtkir va oʻtkir osti shakllari

b) surunkali miokardit, qon aylanish yetishmovchiligi 2B va 3-darajasi, ritmningmurakkab va turgʻun buzilishlari — tebranuvchi aritmiya, paroksimal taxikardiya qaytalanuvchi hurujlari, toʻliq atrioventrikulyar blokada, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan miokardioskleroz
va miokardiodistrofiya

v) homiladorlik vaqtida yoki anamnezda qon aylanishi yetishmovchiligi va ritm buzilishlari mavjud vaziyatdagi miokard infarkti

g) bakterial endokardit: oʻtkir va oʻtkir osti bakterial endokardit

d) perikardit: oʻtkir, oʻtkir osti, jarrohlik va konstriktiv perikardit

43.

Yurak ritmi buzilishlari:

a) tebranuvchi aritmiya

Antikoagulyant dori vositalarini qabul qilmasdan homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

b) hurujlar tez-tez kuzatiladigan paroksizmal taxikardiya

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin.

v)aritmiyaning tez-tez hurujlari bilan kechadigan Volf-Parkinson-Uayt sindromi

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin.

g) Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan toʻliq atrioventrikulyar blokada va yurak qisqarishlar sonining bir daqiqada 40 tadan kam boʻlishi

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin.

44.

Boshdan kechirilgan kardiojarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar:

a) mitral komissurotomiyadan keyin:

mitral klapanning travmatik yetishmovchiligi;

restenoz;

oʻpka gipertenziyasi;

faol revmatizm

b) sunʼiy yoki biologik tranplantatlar bilan protezlashdan keyin (revmatik yoki yurak tugʻma nuqsonlarida) koʻp klapanli protezlashdagi bir klapan protezi funksiyasining buzilishi

v) yurak tugʻma nuqsonining palliativ (toʻliqmas) korreksiyasi

g) oʻpka gipertenziyasi qoldiq alomatlari qolgan yurak tugʻma nuqsonining jarrohlik korreksiyasidan keyin

d) qoniqarsiz natija bilan bajarilgan har qaysi yurak nuqsonining jarrohlik korreksiyasi

45.

Tomir kasalliklari:

a) aorta va uning shoxlari kasalliklari: aortaning har qaysi sohasida joylashgananevrizmalar (koʻkrak, qorin), jumladan rekonstruktiv jarrohlik amaliyotidan keyin, yaʼni magistral arteriya qon tomirlarini (miya, buyrak, taloq, yonbosh) shuntlash va protezlash shuningdek jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda

b) tromboemboliya kasalligi va tromboembolik asoratlar (bosh miya, qoʻl, oyoq, buyraklar arteriyalari, mezenterial qon-tomirlar va oʻpka arteriya shoxlarining tizimli emboliyasi)

46.

Gipertoniya kasalligi, gipertoniya kasalligi oʻtkazilgan terapiyadan samara boʻlmagan vaziyatda

II-III bosqichlari

Gipotenziv terapiyaning munosibligi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

Nafas aʼzolari kasalliklari

47.

Oʻpka kasalliklari natijasida kelib chiqqan, terapevtik davo muolajalari samara bermagan ogʻir nafas yetishmovchiligi

48.

Terapevtik davo muolajalari samara bermagan yuqori oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi kasalliklar

Ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari

49.

Oʻn ikki barmoqli ichak pilorik qismi stenozi va qon ketishi bilan asoratlangan oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligi

50.

Jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi yuqori faol surunkali gepatit

Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

51.

Portal gipertenziya mavjud holatdagi jigar sirrozi, qiziloʻngach varikoz venalaridan qon ketish xavfi, jigar yetishmovchiligi

52.

Jigar oʻtkir yogʻli distrofiyasi

53.

Stenoz va oqmalar bilan asoratlangan, soʻrilish va qon ketishlar bilan kechadigan Kron kasalligi

54.

Yoʻgʻon ichak toksik dilatatsiyasi, profuz
ich ketishlar, ichakdan massiv qon ketish bilan asoratlangan nespetsifik yarali kolit

55.

Seliakiya, ingichka ichakda soʻrilish buzilishi

Tashxis ingichka (oʻn ikki barmoqli ichak) ichakning gistologik tekshiruvi va toʻqima transglutamazasi va gliadinga antitelarni immunologik testlar orqalitekshirish yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim.

56.

Qorin devori churrasi

Qorin devori ajralishi bilan kuzatiladigan katta hajmdagi churralar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

57.

Ichak tutilishi bilan kechadigan ichak chandiq kasalligi

58.

Ichak yaralari

Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

Siydik-ayiruv tizimi kasalligi

59.

Oʻtkir glomerulonefrit

60.

Surunkali glomerulonefritning har qanday shakli

huruj davrida: nefrotik sindrom; antigipertenziv terapiyaga rezistent arterial gipertenziya; buyraklar funksiyasining buzilishi (qondagi kreatinin 200 mkmol/l)

Antigipertenziv terapiyaning homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi.

61.

Har qanday etiologiyali surunkali buyrak yetishmovchiligi

Homiladorlik yuzaga kelgunga qadar har qanday tashxisda qon zardobidagi kreatinin darajasi 200 mkmol/l
(1,8 mg/dl) dan oshmasligi zarur;

Homiladorlikning muddatidan qatʼi nazar qon zardobida kreatinin miqdorining progressiv oshib borganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

62.

Yagona buyrak (tugʻma yoki nefrektomiyadan keyin), azotemiya, arterial gipertenziya, sil, piyelonefrit, gidronefroz

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari

63.

Tugʻma koʻp sonli artrogrippoz

64.

Axondroplaziya

65.

Distrofik displaziya

66.

Axondrogeneziya

67.

Tugallanmagan osteogenez

68.

Qoʻl-oyoqning tugʻma yoʻqligi

69.

Revmatoid vaskulit

Huruj davrida

70.

Boshqa aʼzolar va tizimlar ishtirokidagi revmatoid artrit

Huruj davrida

Hayot uchun muhim aʼzolarni zararlovchi yuqori faollik boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

71.

Katta yoshdagi shaxslarda rivojlanadigan Felti sindromi, Still kasalligi

Huruj davrida

72.

Tugunli poliarteriit

Huruj davrida va (yoki) ogʻir kechishi

Xavfli gipertenziya, koʻp aʼzolar zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

73.

Oʻpkani zararlovchi poliarteriit (Cherdj-Stross)

Huruj davrida

Oʻpka zararlanishi va qon tuflash natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

74.

Vegener granulematozi

Huruj davrida va (yoki) ogʻir kechishi

Oʻpka va buyraklar zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

75.

Aorta yoyi sindromi (Takayasu) (nospetsifik aortoarteriit)

Ogʻir kechishi

Qon aylanishi yetishmovchiligi simptomlari bilan kechuvchi yurak aortal klapanlari zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

76.

Tizimli qizil boʻricha

Oʻtkir kechishi, jarayon yuqori faollikda surunkali kechishi, hayotiy muhim aʼzolarning zararlanishi

Buyraklar (nefrotik sindromli nefrit), markaziy asab tizimi (psixoz, episindrom), yurak (endokardit, perikardit), oʻpka (pnevmonit, plevrit) zararlanishi yoki funksiyalarining buzilishi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

77.

Dermato(poli)miozit

Huruj davri va (yoki) uzoq vaqt glyukokortikoidlar katta dozalarini talab etadigan terapiya

78.

Kuchayib boradigan tizimli skleroz (tizimli sklerodermiya)

Jarayonning yuqori faolligida oʻtkir
va surunkali kechishi

Buyrak, oʻpka, yurak zararlanishi, funksiyalarining buzilishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

79.

Quruq sindrom (Shegren)

Huruj davrida

Buyrak, oʻpka zararlanishi, gipergamma va (yoki) krioglobulinemik purpura natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

80.

Biriktiruvchi toʻqimaning aralash kasalligi

Huruj davrida

Oʻpka, buyrak, yurakni zararlovchi yuqori faollik natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

81.

Ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi)

Qon aylanishi buzilishi alomatlari bilan kechadigan aortal qopqoqlar zararlanishida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

Homiladorlik, tugʻruqlar va tugʻruqdan keyingi davr

82.

Yelboʻgʻoz

Yelboʻgʻoz 2 yildan kam boʻlmagan muddatda avval oʻtkazilgan boʻlsa, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi.

83.

Xorionepitelioma

84.

Statsionar sharoitda davo choralari oʻtkazilganligiga qaramasdan homiladorlik davrida davomiy kuchli qayd qilish

Davo muolajalarining homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi.

85.

Homiladorlik davrida teratogen taʼsirga ega dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilgan kasalliklar va holatlar

Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium va shifokor-genetik tomonidan individual ravishda qilinadi.

Fiziologik holatlar

86.

Fiziologik holatlar

14 yoshga toʻlgunga qadar homilador ayolning fiziologik yetilmagan holati

Homiladorlikning yigirma ikki haftasigacha boʻlgan muddatda homiladorlik sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi, homiladorlikning yigirma ikki haftasidan keyingi muddatlarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi individual ravishda konsilium tomonidan hal qilinadi.

Izoh: Homilador ayolda mazkur Roʻyxatda mavjud boʻlmagan kasallik(lar) aniqlansa hamda mazkur kasallik (lar) homiladorlik va tugʻruq uchun xavf tugʻdirsa yoki homilador ayol salomatligi uchun jiddiy shikast yetkazishi mumkin boʻlsa, homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish masalasi individual tartibda konsilium tomonidan hal qilinadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun lozim boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ambulator tibbiy varaqa (F.025/X)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Homilador va (yoki) tuqqan ayolning individual varaqasi (F.111-x)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ambulatoriya-poliklinika sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shifoxona sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jarrohlik yoʻli bilan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish varaqasi (F.003-1)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Homilador ayolning kasallik tarixi (F.003/X)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Homilador ayolning tugʻruq tarixi (F.096/U)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Homilaning rivojlanish tarixi (F. 097/X)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Konsilium jurnali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Homiladorlikni dori vositalari orqali sunʼiy ravishda toʻxtatishga ixtiyoriy rozilik arizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uyda oʻtkazilgan ayollarga oʻz-oʻzini kuzatish boʻyicha eslatma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Homiladorligi sunʼiy ravishda toʻxtatilgan ayollarga oʻz-oʻzini kuzatish boʻyicha eslatma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ayollarga maslahat berish maqsadida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni jarrohlik yoʻli bilan amalga oshirish taʼriflangan koʻrgazma va yozma materiallar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3274/1186-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)