11.08.2020 yildagi PQ-4802-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish, jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hududida ro‘y bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ma’naviy poydevorini yaratishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning asl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani barpo etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro stipendiyaga nomzodlar Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bilan bog‘liq izlanishlarni amalga oshiruvchi xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar orasidan saralab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro stipendiya sovrindorlarining O‘zbekistondagi ilmiy izlanishlari xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz direktoriga:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijlik malakali mutaxassislarni ilmiy tadqiqotchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ilmiy tadqiqotchilari va mutaxassislarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi qiymati hamda shu bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o‘rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib borsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli ilmiy loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Markazga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi muntazam ravishda Markazning asoslantirilgan takliflari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida ilmiy xodim va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish hamda xorijlik ilmiy xodim va tadqiqotchilarni Markazga jalb qilish choralarini ko‘rib borsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlari va mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonining 11-bandi amal qilinishi tatbiq etilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4802-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

R.Q. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Z.B. Maxkamova

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

3.

A.J. Tashkulov

adliya vaziri

4.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

5.

U.K. Abidxadjayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

6.

S.D. Toshboyev

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi

7.

F.F. Abduxalikov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

8.

M.M. Kamilov

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori

9.

Sh.A. Ayupov

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

G.S. Ismailova

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

11.

O.A. Xasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

12.

Sh.Yu. Ziyodov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

13.

Lavozim bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi ishiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan mahalliy va xorijiy olimlar hamda tadqiqotchilar, ularning ilmiy tadqiqotlari haqida ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

1. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan mahalliy olim va tadqiqotchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan xorijiy olim va tadqiqotchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktabr

3. Mahalliy va xorijiy olim hamda tadqiqotchilar, ularning Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bo‘yicha yozgan maqola, risola, kitob, monografiya, ilmiy tadqiqotlari haqida elektron baza yaratish.

2021-yil may

2.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga doimiy asosda faoliyat yurituvchi xorijiy yetakchi moturidiyshunos olim va mutaxassislarni jalb etish.

1. Markazda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil noyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlarni Markaz faoliyatiga jalb etish choralarini ko‘rish.

2021-yil oktabr

3.

Markaz ilmiy xodimlarining moturidiylik ta’limoti bo‘yicha jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida malaka oshirishini tashkil etish.

1. Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

2. Malaka oshirishda ishtirok etish uchun yosh tadqiqotchilar, doktorant va magistrlarni jalb qilish.

2021-yildan

3. Markaz ilmiy xodimlarini tanlov asosida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarga doktorantura va magistraturaga o‘qishga, stajirovka o‘tashga yoki malaka oshirishga yuborishni tashkil etishga ko‘maklashish.

reja asosida

4.

Yurtimiz moturidiyshunos olimlarining xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limotiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda doimiy ishtirokini ta’minlash.

1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limotiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan konferensiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil noyabr

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. O‘zbekistondagi moturidiyshunos olimlarning reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

2021-yildan reja asosida

5.

Markazga dunyoning turli mamlakatlarida nashr etilgan islomiy ilmlar, jumladan, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga oid kitoblarni xarid qilish va keltirish choralarini ko‘rish.

1. Islomiy ilmlar, Imom Moturidiy
va moturidiylik ta’limotiga oid kitoblar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

2. Moliya vazirligi tomonidan Markaz taqdimnomasiga asosan kitoblarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratish.

2021-yil fevral

3. Xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitoblarni bojxona bojlaridan ozod etish.

alohida reja asosida

6.

Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

1. Onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

2. Konferensiya va seminarlar o‘tkazishni xorijiy mamlakatlardagi markazlar bilan muvofiqlashtirish.

2021-yildan

3. Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

reja asosida

7.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish.

1. “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

2. Stipendiyani moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro donor mamlakatlar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish.

alohida reja asosida

8.

Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosiga bag‘ishlangan o‘zbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratish.

1. Markaz faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida o‘zbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yuritadigan veb-sayt yaratish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

2. Markaz veb-saytini Imom Moturidiy
va uning izdoshlari ilmiy merosiga bag‘ishlangan materiallar bilan boyitish.

muntazam

9.

Diniy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturiga Imom Moturidiy ta’limoti bo‘yicha maxsus kurslar kiritish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

3. 2020/2021 o‘quv yilidan diniy ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritish.

2020-yil oktabr

II. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

10.

Moturidiylik ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy choraklik jurnalini tashkil etish.

1. “Moturidiylik” ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil dekabr

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Jurnalni nashr etish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni Markazga budjetdan ajratiladigan xarajatlar smetasiga kiritish.

2021-yil fevral

11.

Imom Moturidiy, Umar Nasafiy, Abu Muin Nasafiy, Abu Barakot Nasafiy kabi moturidiylik ta’limoti ulamolarining hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash.

1. Ajdodlarimiz hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash bo‘yicha Ijodiy guruhni tuzish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov)

2. Risolalarni har bir hududga mos tarzda tayyorlash, tahrir qilish.

2021-yil mart

3. Risolalarni nashr etish.

2021-yil may

12.

Imom Moturidiyning “Kitob at-tavhid” (Tavhid haqida kitob) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
Toshkent islom instituti (U. G‘ofurov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2022-yil noyabr

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil dekabr

13.

Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” (Qur’oni karim oyatlarining ta’vili) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentabr

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil yanvar

3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2021 — 2024-yillar

4. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2024-yil noyabr

14.

Sa’duddin Taftazoniyning “Sharhu aqoidi Nasafiya” (Nasafiyning Aqida asariga sharh) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2020-yil dekabr

3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2023-yillar

4. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2023-yil avgust

15.

Kamoliddin ibn Bayoziyning aqida ilmiga oid “Ishorotul marom” (Maqsadga ishoralar) kitobini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentabr

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil iyul

16.

Ibn Humomning “Kitobul musayara” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil avgust

17.

Dunyo qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga oid qo‘lyozma asarlarning elektron nusxalarini jamlash hamda ularning katalogini yaratish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Baxodirov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Qo‘lyozmalarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish, elektron nusxalarini homiylik mablag‘lari asosida mamlakatimizga olib kelish choralarini ko‘rish.

2021-yildan reja asosida

3. Olib kelingan qo‘lyozmalarni tadqiq etish.

reja asosida

18.

Moturidiylik ta’limotiga oid Umar Nasafiyning “Aqoid”, Usmon O‘shiyning “Bad’ul amoliy”, AbuBarakot Nasafiyning “Umda” kabi aqidaviy matnlarning kompleks tarjima va sharhini yaratish.

1. Tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Toshkent islom instituti (U. G‘ofurov)

2. Tarjimani tayyorlash, izoh va sharhlar berish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil mart

19.

Moturidiylik ta’limotiga oid ensiklopediya tayyorlash va nashr etish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini tuzish.

2020-yil sentabr

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Ma’lumotlarni jamlash, umumlashtirish va tahrir qilish.

2020 — 2023-yillar

3. Ensiklopediya tomlarini nashr etish.

reja asosida

20.

Moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar (magistrlik, PhD, DSc) amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Aqida masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi va magistrantlarning Markazda muntazam ravishda stajirovka o‘tashlarini tashkil etish.

reja asosida

3. Tadqiqotchilar dissertatsiyalarining himoya oldi muhokamalarini Markazda tashkil qilish va shu asosda approbatsiya va boshqa himoya uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish.

reja asosida

21.

Al-Azhar majmuasi tadqiqotchilari o‘rtasida
Imom Moturidiy merosi bo‘yicha tanlov o‘tkazish, g‘oliblarning O‘zbekistonga sayohatini tashkil etish, mahalliy tadqiqotchilar uchun treninglar uyushtirish.

1. Tanlovning tashkiliy masalalarini Misr tomoni bilan kelishish.

2020-yil sentabr

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
(R. Qosimov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Tanlovni o‘tkazish.

2021-yil oktabr

3. Tanlov g‘oliblari tomonidan O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

reja asosida

22.

Jahonning yetakchi moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish.

1. Tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
(Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni saralash.

2020-yil
noyabr

3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish.

reja asosida

III. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

23.

Ijtimoiy-ma’naviy muhit og‘ir bo‘lgan mahallalarda “Sog‘lom e’tiqod asoslari”, “Aqidada adashmaylik”, “Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi”, “Moturidiylik ta’limoti asoslari” mavzularida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasi va targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish.

2020-yil noyabr

Mahalla va oilani
qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov)

2. Targ‘ibot guruhi a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2020-yil noyabr

3. Targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish.

reja asosida

24.

Tele- va radiokanallar orqali Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Nuriddin Sobuniy kabi yurtimiz allomalarining ibratli hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlar tayyorlash.

1. Yurtimiz allomalarining ibratli
hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi
haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari
va eshittirishlar tashkil etish bo‘yicha media reja ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Ziyo” media markazi (A. Muxtorov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov)

2. Media reja asosida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlarni tasvirga olish va qulay efir vaqtlarida namoyishini tashkil etish.

reja asosida

25.

Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiyning hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

“O‘zbekkino” milliy agentligi (F. Abduxoliqov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Filmlar ssenariylarini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Tasvirga olish ishlarini tashkil etish.

reja asosida

4. Filmlarning taqdimotlarini o‘tkazish, respublika bo‘yicha namoyishlarini yo‘lga qo‘yish.

reja asosida

5. Badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlar har yili Davlat budjetidan “O‘zbekkino” milliy agentligiga filmlar tayyorlash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

reja asosida

26.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganish va keng targ‘ib etishni rag‘batlantirish maqsadida diniy ta’lim muassasalarida musobaqa, viktorina va tanlovlar o‘tkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil oktabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish.

reja asosida

27.

Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish.

1. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2020-yil oktabr

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

2. Tanlovda ishtirok etish uchun yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar va aholining keng qatlamini jalb qilish.

2021-yil may-iyun

3. Tanlov natijalari bo‘yicha tanlangan asarlarni nashr etish ishlarini amalga oshirish.

2021-yil oktabr

28.

Rasmiy internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda aqida masalalariga oid savol-javobli videoroliklar, chiqishlar e’lon qilib borish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil oktabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
(A. Axmedov)

2. Aqidaga doir masalalarni saralab, savollar shakllantirish va bunga mutaxassislarni jalb etgan holda javoblar tayyorlash.

2020-yil noyabr

3. Savol-javoblarni suratga olish va 2-3 daqiqalik videorolik va chiqishlar tashkil qilish.

reja asosida

4. Tayyor bo‘lgan rolik va chiqishlarni rasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda e’lon qilib borish.

reja asosida

29.

Juma tezislariga dolzarb aqidaviy masalalarning moturidiylik ta’limotidagi talqini bo‘yicha mavzular kiritish.

1. Dolzarb aqidaviy masalalar bo‘yicha juma tezislariga kiritiladigan mavzular ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil sentabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Mavzular asosida juma tezislarini tayyorlash.

2020-yil sentabr

3. Juma tezislari asosida namozxonlarga yetkazish.

reja asosida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4802/1161-son; 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)