1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahriga asosiy aylanma magistral kirish yoʻllari bilan tutashtirilgan yer usti halqa metro liniyasi qurilishini samarali tashkil etish va shu asosda yoʻlovchilarga transport xizmatini yaxshilash, jamoat transportida yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish, yer usti jamoat shahar transporti va shahar avtomobil yoʻllaridagi tirbandlikni kamaytirish, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni yaxshilashni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 2017 — 2021-yillar davrida Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini bosqichma-bosqich qurish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hisob-kitob qiymati 422,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari quyidagicha belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yilda ajratiladigan 97,2 milliard soʻm (13,35 million AQSH dollari ekvivalentidagi) mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018 — 2021-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi parametrlarida koʻzda tutiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 208,45 million AQSH dollari ekvivalentidagi markazlashtirilgan investitsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 140,0 million AQSH dollari miqdoridagi krediti, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, import uskunalar, materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishni, shuningdek pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlash uchun maxsus uskunalar va texnika sotib olishni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Kredit 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 2,25 foiz stavkada, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,25 foiz miqdoridagi marjasini oʻz ichiga olgan holda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XXR Eksimbankining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 60,5 million AQSH dollarigacha miqdordagi qarz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, import uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar xarid qilish, zarurat tugʻilganda xorijiy pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarish va loyihani amalga oshirish doirasidagi boshqa valyuta xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlash uchun maxsus uskunalar va texnika sotib olish uchun ajratiladi. Qarz mablagʻlari 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 2,25 foiz stavkada, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,25 foiz miqdoridagi marjasini oʻz ichiga olgan holda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ loyihani samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hamda markazlashtirilgan investitsiyalardan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ, shuningdek, XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqish bilan bir bosqichli tartibda bajariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini qurish doirasida XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti boʻyicha asosiy qarzni toʻlash, foizlar va vositachilik haqini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga XXR Eksimbankining qayta moliyalashtiriladigan qarz mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari yuzasidan davlat kafolati berilganligi uchun haq undirilmasdan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh loyiha tashkiloti — “Boshtransloyiha” AJ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudratchi tashkilot — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tarkibiy boʻlinmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh (A.J. Ramatov) zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllashni, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda bajarishni hisobga olgan holda texnik topshiriqni ishlab chiqish sifatiga alohida eʼtibor qaratib, loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalar majmuasining oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash maqsadida vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1 oktabrgacha boʻlgan muddatda, yoʻlovchi transportini tashkil etishning ilgʻor xorijiy tajribasini tahlil qilish asosida, Toshkent shahrida istiqbolda yoʻlovchi tashish transport tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Ushbu loyihada poytaxtni Toshkent viloyatining ayrim shaharlari bilan bogʻlaydigan muntazam yoʻnalishlarni joriy etish, yoʻlovchilar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, metropoliten halqa yoʻlining bekatlarini shahar atrofi va shahar avtobus yoʻnalishlari uchun halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashgan oxirgi bekatlar va avtostansiyalar bilan bogʻlash, shuningdek, shu asosda ularning harakat sxemalarini optimallashtirishni nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari loyihani amalga oshirish doirasida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan quyidagilarni taʼminlasinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy ichida — zarur obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning soʻrovlariga koʻra — qurilish maydonchalarini boʻshatish, zarur hollarda koʻchalarni yopish, aylanma avtomobil yoʻllari va boshqa obyektlarni qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada belgilangan muddatlarda — binolarni buzish, ishlar olib boriladigan hududda yashovchi fuqarolarni koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga, fermer xoʻjaliklariga obyektlar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishi, binolar buzilishi, daraxtlar kesilishi va fuqarolar koʻchirilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirish manbalarini jalb etgan holda qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Metropolitenning yer usti halqa yoʻli qurilish maydonchalariga tutash hududlarni sugʻorish suv quvurlari tizimi, sugʻorish novlari va tashqi yoritgichlarni hisobga olgan holda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-yanvarga qadar loyihani amalga oshirishni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani amalga oshirish doirasida, zarurat tugʻilganda, harakatlanuvchi tarkib turini va loyiha yechimlarini aniqlash uchun mustaqil yuqori malakali xorijiy ekspertlarni va xorijiy muhandislik kompaniyalarini, shuningdek xorijiy ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini tanlov asosida jalb etish. Bunda, ishonchlilik va xavfsiz foydalanish talablari bajarilishini taʼminlash, loyihani amalga oshirish jarayonini kuzatib borish va texnik nazorat qilish inobatga olinishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda, loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangunga qadar, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari, shuningdek loyihani amalga oshirish doirasida mahalliy pudratchilari va yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish, import shartnomalari yuzasidan vakolatli organlarda ekspertiza oʻtkazish va yuklab joʻnatishdan oldin majburiy tekshiruvdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekneftgaz” MXK oʻz mablagʻlari hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida tegishlilik boʻyicha qurilish hududiga toʻgʻri keladigan mavjud muhandislik kommunikatsiyalari va yoʻl-transport infratuzilmasini koʻchirish, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarini ulash va ularning uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda loyiha hujjatlariga muvofiq tegishli avtomobil yoʻllarini qurish ishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, texnologiyalar, butlovchi buyumlar va materiallarning narx koʻrsatkichlari boʻyicha import shartnomalarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qurilish vazirligi belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni va loyihani amalga oshirish doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Loyihani amalga oshirish doirasida uning barcha ishtirokchilari 2022-yil 1-yanvargacha quyidagilarni toʻlashdan ozod etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat xizmati koʻrsatish davrida zarur boʻlgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallar, xom ashyo, texnologik hujjatlar, jihozlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida kiritiladigan metall prokatiga bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar, ishlar (xizmatlar), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan koʻrsatilgan ishlar (xizmatlar) uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallar, xom ashyo, texnologik hujjatlar, jihozlar, shuningdek, metall prokatidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga muvofiq olib kiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallar, xomashyo, texnologik hujjatlar, jihozlar, shuningdek, metall prokat maqsadsiz ishlatilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari tufayli toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan moliyaviy jazolar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, uning tarkibiy boʻlinmalari va loyiha ishtirokchilari oʻrtasida begʻaraz asosda beriladigan mol-mulk qoʻshilgan qiymat soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, shuningdek, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ buyurtmachi tomonidan ish hujjatlari parametrlarini hisobga olgan holda taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha va loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan miqdorda: sement, metall prokat va yoʻl bitumini — tartibga solinadigan narxlarda, yonilgʻi-moylash materiallarini esa — shartnomaviy narxlarda ajratilishini va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Oʻzbekenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida metropolitenning yer usti halqa liniyasi tashqi elektr taʼminoti inshootlari va tegishli infratuzilmani qurish hamda foydalanishga topshirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning murojaatlariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalarini rasmiylashtirish ishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning murojaatlariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalarni uzaytirish, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning murojaatlariga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish), shuningdek, mazkur xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berish (muddatini uzaytirish) ishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2979-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A.J. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
A.S. Shukurov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
S.X. Bekenov
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
B.Y. Raimov
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Y.E. Tursunov
—
moliya vazirining oʻrinbosari
B.M. Nizomov
—
mehnat vazirining oʻrinbosari
Sh.A. Vafayev
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari
R.J. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
Sh.X. Boboyev
—
Toshkent viloyati hokimi
A.S. Sultonov
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi
R.G. Muborakshin
—
“Oʻzbekenergo” AJ raisining birinchi oʻrinbosari
N.R. Alimov
—
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining oʻrinbosari
A.S. Nurutdinov
—
“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori
B.K. Zaripov
—
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi
X.N. Xasilov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh menejeri — bosh muhandisi
lavozimiga koʻra
—
“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi
O.N. Xudoyqulov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari — “Toshkent metropoliteni” UK boshligʻi
R.X. Mirzaaxmedov
—
“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori
Yu.D. Magrupov
—
“OʻzDALOYIHALITI” DUK direktori
R.V. Roʻziyev
—
“Boshtransloyiha” AJ direktori
I.R. Maxkamov
—
Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.