O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning xo‘jalik nizolarini hal qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shartnomalar va kontraktlar shartlari bo‘yicha ularning qonuniy huquqlarini ruyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 49-modda) qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga ilovaga muvofiq tahrirda o‘zgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-mart,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR
|
“2. |
Xo‘jalik sudlariga beriladigan da’vo arizalaridan va xo‘jalik sudining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan: | |
|
a) |
mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan, da’vo bahosi: | |
| | 1 mln. so‘mgacha bo‘lganda | da’vo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; |
| | 1 mln. so‘mdan ortiq, 10 mln so‘mgacha bo‘lganda | da’vo bahosining 2 foizi miqdorida; |
| | 10 mln. so‘mdan ortiq bo‘lganda | da’vo bahosining 1 foizi miqdorida; |
| | qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan | da’vo bahosining 1 foizi miqdorida; |
|
b) |
mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarining, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
v) |
bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardan | eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; |
|
g) |
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
d) |
xo‘jalik sudlarining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardan | birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa talashilayotgan summadan hisoblar |
|
e) |
xo‘jalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga bin�an xo‘jalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida.” |