Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3266]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-iyun,
357-V-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-iyun,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 24-iyundagi 357-V va 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
ichki nazorat ― toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash, hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat xizmati — toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ichki nazorat tizimini boshqarishga javobgar boʻlgan toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining maxsus boʻlinmasi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
ichki qoidalar ― toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjat;
mijozni identifikatsiyalash ― mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki oʻrnatilgan tartibda uchinchi tomonlardan olingan maʼlumotlar, ochiq manbalarda va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
mijoz ― toʻlovni amalga oshirish uchun farmoyish bergan shaxs;
Roʻyxat ― maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
yuqori mansabdor shaxslar ― davlat organlarida doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek, koʻrsatilgan funksiyalarni xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida bajaruvchi shaxslar;
tavakkalchilik ― mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimi — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga qaratilgan tashkiliy tuzilma, metodika va tartib-taomillar majmui;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
maxsus vakolatli davlat organi ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
masʼul xodim ― toʻlov tizimi operatori, elektron pullar operatori yoki toʻlov tashkiloti bilan mehnat shartnomasini tuzgan, oʻz lavozim majburiyatlariga asosan ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs;
elektron hamyon ― elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan elektron pullar tizimining dasturiy taʼminoti, mikroprotsessor (chip) va dasturiy-texnik vositalar;
elektron hamyonni bloklash ― elektron hamyonga kirish va elektron pullarni ishlatishni taqiqlash, elektron hamyonga kelib tushgan elektron pullarni hisobga kiritib qoʻyish operatsiyalari bundan mustasno;
elektron toʻlov ― texnik vositalar, axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlari orqali naqdsiz pul toʻlovlarini amalga oshirish;
uchinchi tomon ― Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);
akkaunt — toʻlov tizimi operatori yoki elektron pullar tizimi operatori yoxud toʻlov tashkilotining mobil ilovasida mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmuini oʻz ichiga oladigan hisobga olish yozuvi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
nominant — jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs tomonidan uning nomidan tashkilotga nisbatan muayyan maqomda ish yuritish uchun tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
nominator — nominantga bevosita yoki bilvosita oʻz nomidan rahbar yoki taʼsischi/aksiyador sifatida harakat qilish toʻgʻrisida koʻrsatma beradigan jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs;
aniqlik darajasi — toʻlov tizimi operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida operatsiya ishtirokchilaridan birining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan solishtirish jarayonida mos kelish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich;
oʻxshash holatlar — operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan qisman mos kelishi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
paketli oʻtkazma — bir nechta alohida toʻlovlar yoki oʻtkazmalardan iborat boʻlib, ayni bir moliyaviy muassasaga (tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqalar) yuboriladigan, yakunda bir shaxsga yoki turli shaxslarga moʻljallangan oʻtkazma.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
2. Ichki nazorat tizimi asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, ular agentlar va (yoki) subagentlar orqali bevosita yoki bilvosita harakat qilishlaridan qatʼiy nazar, ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish, bundan mijozning bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga, elektron hamyonga) kelib tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki elektron pullarni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash;
yangi texnologiyalar asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olish maqsadida zarur boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllash.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari oʻzlarining toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlarining faoliyatini hisobga olgan holda, qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib quyidagilar aks ettirilgan ichki qoidalarni majburiy tartibda ishlab chiqadilar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi, masʼul xodimini tayinlash;
toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari boʻlinmalari xodimlarining masʼul xodim bilan oʻzaro munosabatlari tartibi;
toʻlov agentlari va toʻlov subagentlarining masʼul xodim bilan oʻzaro munosabatlari tartibi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish tartibi;
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki elektron pullardan foydalanishga ruxsat olish boʻyicha murojaatlarini maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan operatsiyalarni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarni doimiy nazorat va monitoring qilish tartibi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish tartibi hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;
masʼul xodimni va boshqa boʻlinmalar xodimlarini tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
pul mablagʻlarini oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqida talab qilingan maʼlumotlari mavjud boʻlmagan pul oʻtkazmalari aniqlangan hollarda koʻriladigan choralar;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(4-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ichki qoidalari mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi va yangilanib borilishi kerak.
(4-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki qoidalar toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining barcha boʻlinmalariga hamda chet eldagi shuʼba, filial, vakolatxonalari va boshqa boʻlinmalariga ijro uchun majburiydir.
(4-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining chet davlatdagi shuʼbasi, filiali, vakolatxonalari va boshqa boʻlinmalarining ichki nazorat qoidalari, ularni roʻyxatga olayotgan davlat qonunchiligi talablari inobatga olingan holda tasdiqlanadi.
(4-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Toʻlov tizimi operatori yoki elektron pullar tizimi operatori yoxud toʻlov tashkilotining nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olinishini taʼminlash;
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
5. Ichki qoidalarga rioya etilishi toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari uchun majburiydir.
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
6. Ichki nazorat tizimi toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, agent, subagent va mijozlar bazasi hamda mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining chet elda shuʼbasi, filiali va vakolatxonasi mavjud boʻlgan holatda, chet eldagi shuʼbaning, filialning va vakolatxonaning ichki nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlinmasi (masʼul xodimi) toʻlov tizimlari operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining bosh ofisidagi ichki nazorat masʼul xodimiga hisobdordir.
7. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ichki nazorat tizimi tuzilmasi boshqaruvning yuqori yoki ijro organining qarori bilan belgilanadi.
8. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ichki nazorat masʼul xodimi ijro etuvchi rahbarning buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat masʼul xodimi sifatida faqat toʻlov tizimi operatorining, elektron pullar tizimi operatorining yoki toʻlov tashkilotining ijro etuvchi (ijroiya) organi aʼzosi yoki rahbarining oʻrinbosari tayinlanishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
9. Masʼul xodimning lavozim vazifalari toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining boshqa xodimiga, unda tegishli ish tajribasi mavjud boʻlganda yoki tegishli malaka oʻtash jarayonidan oʻtganda, yuklatilishi mumkin.
10. Ichki nazorat toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining masʼul xodimi va boshqa boʻlinmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Masʼul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs quyidagilarni bilishi lozim:
toʻlov va toʻlov tizimlari, va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul xodim muntazam ravishda malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarda ishtirok etib borishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
12. Masʼul xodimning funksiyalarini quyidagi shaxslar bajarishi mumkin emas:
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlari, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
13. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish va masʼul xodimni tayinlash boʻyicha qaror qabul qilganlaridan soʻng, tayinlangan shaxs toʻgʻrisidagi soʻrovnoma maʼlumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga oʻn kundan kech boʻlmagan muddatda xabar berishi lozim.
14. Masʼul xodim quyidagi huquqlarga ega:
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli hujjatlarini talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan foydalanish va nusxalar olish;
toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining boshqa boʻlinmalari xodimlaridan yordam soʻrash va olish;
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining chet eldagi shuʼba, filial va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
16. Masʼul xodim, ichki nazoratga tegishli masalalar boʻyicha bevosita toʻlov tizimi operatorining, elektron pullar tizimi operatorining yoki toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiyalash;
mijoz nomidan ish koʻruvchi shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolat beruvchi hujjatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
oʻrnatilgan ish munosabatlari yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va xarakterini oʻrganish;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
bank kartasidan foydalangan holda pul mablagʻlarini tovarlar (ish, xizmatlar) uchun toʻlov sifatida oʻtkazilishi, agar bunday bank kartasining raqami va boshqa identifikatsiya maʼlumotlari toʻlovga biriktirilgan boʻlsa;
tomonlari toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, toʻlov agentlari (subagentlari) boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilganda;
elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan bitta operatsiyaning eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdoriga teng boʻlgan summadan oshmaganda;
elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaxsning bitta elektron qurilmasida saqlanadigan elektron pullarning eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravariga teng boʻlgan summadan oshmaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Toʻlov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
a) xoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:
jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;
tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda;
b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:
Oldingi tahrirga qarang.
175 million soʻmga teng yoki undan oshgan summada toʻlov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan, operatsiyalarni amalga oshirishda;
(171-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
mazkur Qoidalarning 312-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan pul oʻtkazmalarini bajarishda yoki qabul qilishda;
v) mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mijozlarni identifikatsiya qilish toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va(yoki) toʻlov tashkilotlari tomonidan mijozning shaxsan hozirligida va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoxud qonunchilik hujjatlari talablariga zid boʻlmagan boshqa usulda, shu jumladan masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, toʻlov agentlari (subagentlari) mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning tekshirish natijalariga tayanishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik toʻlov tizimi operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari quyidagilar boʻyicha ishonch hosil qilishlari kerak:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha zarur maʼlumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
soʻrovga asosan identifikatsiya boʻyicha maʼlumotlar va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha tegishli hujjatlarning nusxalarini kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashgirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qoidalar asosida ishlashiga.
20. Mazkur Qoidalarda belgilangan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari shart.
Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlgan hollarda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari lozim darajada tekshirishni amalga oshirish mijozga maʼlumotni oshkor boʻlib qolishiga olib kelishiga ishonchi komil boʻlsa, lozim darajada tekshirishni amalga oshirmasdan shubhali operatsiya toʻgʻrisida vakolatli organga xabar yuborishi mumkin.
21. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, shu jumladan ular oʻzlarining toʻlov agentlari va (yoki) subagentlari orqali ish olib borgan taqdirda mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmasa bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.
22. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari yuqori mansabdor shaxslar boʻyicha quyidagi choralarni koʻrishlari kerak:
mijoz yuqori mansabdor shaxs ekanligini aniqlash uchun tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanish;
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va operatsiya boʻyicha pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbasini aniqlash yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkilotining ijro rahbari ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borish.
23. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning quyidagi kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart:
mijoz haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni yigʻish va qayd etish;
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi maʼlumotlarni olish;
mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganish;
ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari axborot tizimlaridagi aniqlik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak.
Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarining har bir elementi boʻyicha alohida belgilanishi lozim.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
24. Lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini amalga oshirishni imkoni boʻlmagan taqdirda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari va bunday mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishlari kerak.
25. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan, shu jumladan ular oʻzlarining toʻlov agentlari (subagentlari) orqali ish olib borganda ham, amalga oshiriladi.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, olingan maʼlumotlar (hujjatlar) ishonchligiga shubhalar mavjud boʻlganda, ushbu maʼlumotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tegishli tashkilotlarga mijozlar haqidagi maʼlumotlarning (hujjatlarning) ishonchligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun murojaat qilishga haqli.
26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar yoki uchinchi tomon maʼlumotlari mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki operatsiyani amalga oshirish sanasida amalda boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni;
yuridik shaxsning rahbariyati haqidagi, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Mazkur maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan maʼlumotlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular bevosita mijozni oʻzidan olinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari aloqador yoki ishonchli manbadan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganish orqali, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash va shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishlari kerak:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
mijozning mulkchilik shakli va boshqaruv tuzilmalari;
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari va ishtirokchilari);
Oldingi tahrirga qarang.
pirovard natijada yuridik shaxsning (kamida oʻn foiz) ulushiga egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar)ning shaxsiy maʼlumotlari (agar mavjud boʻlsa).
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Agar toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, ular mijozning yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxsni benefitsiar mulkdor sifatida identifikatsiya qilish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkiloti yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida mijozning direktori yoki taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) nominant ekanligini aniqlagan taqdirda, bu haqida va nominator toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
29. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi va tegishli vaqtda bunday munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, tekshirishlar qachon oʻtkazilganligi va umuman oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligini hamda olingan maʼlumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda oʻtkazishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, shu jumladan ular oʻzlarining toʻlov agentlari (subagentlari) orqali ish olib borganda, olingan maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va taqdim qilinadigan Roʻyxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari mazkur Qoidalarning 8-bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
31. Toʻlov tashkilotlari, shu jumladan ular oʻzlarining toʻlov agentlari (subagentlari) orqali, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali pul mablagʻlarini qabul qilish va amalga oshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishda, ular:
oʻzlarining bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmalari (toʻlov agentlari (subagentlari), shoxobchalari, boʻlimlari va boshqalar) va ushbu tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining hisobini yuritishlari;
pul oʻtkazmalari tizimi orqali pul mablagʻlarini qabul qilish va amalga oshirish boʻyicha xizmatlarni mijozlarni lozim darajada tekshirgandan soʻng koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi va oluvchi haqidagi aniq maʼlumotlar bilan birga mazkur Qoidalarning 312-bandida belgilangan talablarga muvofiq yuborilishini taʼminlashlari;
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul qiluvchi toʻlov tashkilotlari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega boʻlishlari lozim:
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan elektron pul oʻtkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki toʻxtatishni;
tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini koʻrib chiqish va boshqalar).
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Joʻnatuvchi toʻlov tashkilotlariga, pul oʻtkazmasi yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi.
(31-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Pul oʻtkazilishida vositachi (tranzit) sifatida ishtirok etuvchi toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari:
elektron toʻlovlarga ilova qilinadigan joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi barcha maʼlumotlarni, joʻnatuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishini taʼminlashlari;
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda amalga oshiriladigan choralarni belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda, bunday oʻtkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini koʻrib chiqishlari;
texnik cheklovlar xalqaro elektron oʻtkazma boʻyicha ichki elektron pul oʻtkazmaga bogʻlangan joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi talab qilinayotgan maʼlumotning saqlanishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha maʼlumotlar boʻyicha yozuvlarni besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari kerak.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
312. Bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (joʻnatuvchining nomi, manzili, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — uning ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi) hamda oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (oluvchining nomi, mamlakati va shahri, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — uning ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash joyi) oʻz ichiga olishi kerak, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot oluvchi bank tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda joʻnatuvchi toʻlov tashkilotiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini qoʻshib qoʻyish yetarli.
(312-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov tashkilotlari bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravaridan oshmagan summadagi ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerak.
(312-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
Toʻlov tashkilotlari mazkur Qoidalarning 49-bandiga muvofiq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya sifatida ichki elektron pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda tomonlardan birini Roʻyxatga kiritilgan shaxs ekanligi haqidagi maʼlumotlar bilan birga oluvchi bankka yuborilishini taʼminlashlari kerak.
(312-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
313. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari mijoz tomonidan bank kartasi orqali tovar yoki xizmat uchun toʻlov amalga oshirilganda bank kartasining raqamini joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan oluvchi moliyaviy muassasagacha kuzatib borilishini taʼminlashi shart.
314. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ayni bir joʻnatuvchidan xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha paketli oʻtkazma amalga oshirilganda, bunday oʻtkazmalar joʻnatuvchining hisobvaragʻi yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini oʻz ichiga olsa hamda paketli oʻtkazmada joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi zarur va aniq maʼlumotlar, shuningdek oluvchi toʻgʻrisida qabul qiluvchi mamlakatda uni toʻliq kuzatib borish imkonini beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, mazkur Qoidalarning 312-bandida belgilangan joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga doir talablarni qoʻllamasliklari mumkin.
(313 va 314-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
32. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga shubhalar mavjud boʻlganda, amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki operatsiyalarni (pul mablagʻlarini va elektron pullarni hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) amalga oshirishni rad etishlari va bu haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari shart.
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
33. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatolari va toʻlov tashkilotlari tavakkalchilik darajasini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni minimallashtirish yuzasidan tegishli rejalarni ishlab chiqishi va amalga oshirishga doir choralarni koʻrishlari kerak.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik omillarini inobatga olgan holda maʼlumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida, masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari oʻz faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimoliy tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni tizimli yiliga kamida bir marta amalga oshirishlari, hamda oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlaridan oʻzlarida oʻtkazilgan tavakkalchiliklarni baholash natijalarini soʻrab olishga haqli.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
34. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari lozim:
a) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega mijozlar bundan mustasno);
(34-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-5, 08.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 9-avgust)
g) yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
g1) akkauntlariga 20 ta va undan ortiq bank kartalari biriktirilgan shaxslar;
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan “g1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
d) ichki qoidalar bilan belgilanadigan boshqa shaxslar.
35. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishlari kerak. Ushbu maqsadda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari quyida keltirilgan holatlardan kelib chiqishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlashlari va baholashlari kerak:
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi yoki mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi.
Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Elektron pullar tizimi firibgarlik hatti-harakatlaridan himoya qilish va shubhali tranzaksiyalarni (operatsiyalarni) aniqlash, Roʻyxatga kiritilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni yoki ularga tegishli boʻlgan elektron hamyonlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq bloklash va toʻxtatib turish mexanizmlariga ega boʻlishi kerak.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-bob. Shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Oldingi tahrirga qarang.
37. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda, toʻlov tashkiloti yoki elektron pullar tizimi operatorlari tomonidan shubhali deb tan olinadi:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
pul mablagʻlarining bitta shaxsga tegishli yoki unga rasmiylashtirilgan bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga bir yoki bir necha marotaba 30 kun davomida umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorda oʻtkazilishi;
summalari boʻyicha (masalan, chetga chiqish operatsiyalarning oʻrtacha summasining 50 foizidan oshmaydi) oʻxshash pul mablagʻlari va elektron pullarning muntazam ravishda (3 oy ichida ketma-ket) bir xil mijozlar tomonidan bir xil benefitsiarlarga oʻtkazilishi yoki bir xil joʻnatuvchilardan bir xil mijozlarga kelib tushishi;
pul mablagʻlarini oʻtkazilishi boʻyicha ahamiyatga molik miqdordagi operatsiyalarning koʻp mijozlar tomonidan bitta benefitsiarga yoki ahamiyatga molik miqdordagi manbalardan bitta mijozga amalga oshirilishi (ahamiyatga molik miqdor sifatida, mijoz operatsiyalari sonining taqqoslanayotgan vaqt davridagi mijozning shu tusdagi operatsiyalarining oʻrtacha sonidan 10 baravardan ortiq miqdorda oshishi tan olinadi);
Oldingi tahrirga qarang.
1 ta akkaunt yoki elektron hamyondan bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summadapul mablagʻlarini bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga oʻtkazilishi;
1 ta elektron hamyonga bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablagʻlarini bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushishi;
5 ta va undan ortiq elektron hamyondan bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyonga pul mablagʻlarini oʻtkazilishi;
5 ta va undan ortiq elektron hamyonga bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyondan pul mablagʻlarini kelib tushishi;
1 ta akkauntdan (elektron hamyondan) mobil ilova orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasiga yoki xorijiy elektron hamyonga pul mablagʻlarini oʻtkazilishi;
1 ta elektron hamyonga bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasidan yoki xorijiy elektron hamyondan pul mablagʻlarini kelib tushishi;
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qaroriga (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) asosan oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur bandda nazarda tutilgan, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan oʻrnatilagan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligiga elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida shubha mavjud boʻlgan boshqa operatsiyalar.
(37-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
38. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatolari va toʻlov tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
39. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyani amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari, lozim hollarda mazkur operatsiyalarni shubxali sifatida tavsiflab, bu haqida maxsus vakolatli organiga xabar berishlari kerak.
40. Pul oʻtkazmalari boʻyicha yuboruvchi va qabul qiluvchi tomonni ham nazorat qiluvchi elektron pullar tizimlari operatorlari yoki toʻlov tashkilotlari:
shubhali operatsiyalarni aniqlash uchun barcha maʼlumotlarni, shu jumladan yuboruvchi tomondan ham, qabul qiluvchi tomondan ham olingan maʼlumotlarni inobatga olishlari;
shubhali pul oʻtkazmasi bogʻliq boʻlgan mamlakat(lar)da shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishlari va pul oʻtkazmasi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni tegishli mamlakat(lar)ning moliyaviy razvedka boʻlimlariga taqdim etishlari kerak.
6-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan operatsiyalar
41. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, shu jumladan ular oʻzlarining agentlari (subagentlari) orqali, operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov tizimlari operatorlari tijorat bankidan jismoniy shaxsga bank kartasini ochish boʻyicha topshiriq kelib tushganda, ularning identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
42. Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelgan taqdirda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turadi (mijozning bank hisobvaragʻiga (elektron hamyonga) tushgan pul mablagʻlarini (elektron pullarni) hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki elektron pullarni ishga solmay toʻxtatib qoʻyadi.
Toʻliq mos kelishi deyilganda mijoz yoki operatsiya ishtirokchisi identifikatsiya maʼlumotlarining Roʻyxatda keltirilgan barcha tegishli maʼlumotlar bilan aniq va soʻzsiz mos kelishi tushuniladi.
Quyidagi holatlarda ham pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatib turish va pul mablagʻlarini yoki elektron pullarni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish lozim:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilayotgan pul mablagʻlari yoki elektron pullar toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorati ostida boʻlsa.
(42-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
43. Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki elektron pullarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan summani koʻrsatgan holda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishlari lozim.
7-bob. Maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumotlarni taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
44. Shubhali operatsiya haqidagi xabar Ichki nazorat xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
45. Har bir xabar toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul xodim tomonidan saqlanilishi taʼminlanadigan maxsus jurnalga kiritiladi.
46. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari shart.
8-bob. Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
47. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki operatsiyani amalga oshirishda mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, masʼul xodim kechiktirmasdan va mijozni xabardor qilmasdan quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishi lozim:
operatsiyani toʻxtatib qoʻyish va bunday operatsiya boʻyicha pul mablagʻlari yoki elektron pullarni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
qonunchilik talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha ishga solmay toʻxtatib qoʻyish lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki elektron pullarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari va elektron pullarning miqdorini koʻrsatgan holda shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni zudlik bilan maxsus vakolatli davlat organiga yuborish;
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
operatsiya haqidagi maʼlumotni masʼul xodimning elektron jurnaliga kiritish.
48. Ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki elektron pullardan foydalanishga ruxsat berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari va elektron pullardan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 357-B-2-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-2, 07.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/3266-2/0521-son)
9-bob. Maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
50. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi mijozning elektron anketasida qayd etiladi. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ichki hujjatlarga muvofiq mijoz anketasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
51. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) boʻyicha anketalar elektron shaklda toʻldiriladi. Barcha mijozlar, shu jumladan shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar boʻyicha anketalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
52. Elektron shaklda toʻldirilgan anketalar mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari hamda ularning toʻlov agentlarining (subagentlari) xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
53. Mijoz anketasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqadi.
54. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir barcha maʼlumotlarni, xizmat yozishmalari, har qanday oʻrganish yoki tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
56. Elektron shakldagi hujjatlar dasturiy usul asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan saqlanishi kerak.
57. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga, shu jumladan, arxivda saqlanayotgan hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda mijozlarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarning uning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanilmasligini) taʼminlaydi, mazkur Qoidalarda koʻrsatib oʻtilgan holatlar bundan mustasno.
58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
10-bob. Ichki nazorat xizmati hamda boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
59. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari, shu jumladan, masʼul xodimlar va boshqa boʻlinmalar xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Qonunchilik hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolganda, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari xodimlari ushbu dalillarni darhol ijrochi rahbarga yoki masʼul xodimga yozma ravishda yetkazadilar.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
61. Toʻlov tashkilotlari toʻlov agentlari va subagentlari tomonidan ushbu Qoidalar va tashkilotning ichki qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari lozim.
62. Toʻlov tashkilotlari oʻzlarining toʻlov agentlari va subagentlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablarini buzganliklari uchun javobgar boʻladi.
63. Toʻlov agentlari va subagentlari toʻlov tashkilotining ichki qoidalari talablarini buzganliklari uchun javobgar boʻladi.
11-bob. Yakuniy qoidalar
64. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan, zarur hollarda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, amalga oshiriladi.
65. Markaziy bank toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilayotgan hisobotlar asosida ichki nazoratni tashkil etilishi va uning samaradorligi boʻyicha mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan masofaviy monitoringni amalga oshiradi.
66. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ijro etuvchi organi oʻzgarayotgan ichki va tashqi vaziyatlarni inobatga olgan holda, ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining faoliyati ichki audit xizmati yoki tashqi audit tomonidan tekshirib boriladi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
67. Ichki nazorat tizimining kamchiliklari aniqlangan taqdirda toʻlov tizimi operatorining, elektron pullar tizimi operatorining yoki toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ushbu kamchiliklarini oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
3. Fuqaroligi.
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 357-B-2-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-2, 07.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/3266-2/0521-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-1, 08.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)
7. Mobil telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
a) toʻliq, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
g) joylashgan yeri (pochta manzili);
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
j) imzo huquqiga ega jismoniy shaxsni yoki yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(1-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 3-martdagi 357-V-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 24-fevraldagi 7-son qarori (roʻyxat raqami 3266-3, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son — 2023-yil 5-iyuldan kuchga kiradi)
z) taʼsischilar (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
k) boshqaruv organlari (boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
l) telefon raqamlari.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
a) Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasida nazarda tutilgan maʼlumotlar;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
e) telefon raqamlari.
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Mijoz anketasida koʻrsatiladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
2. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
3. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi toʻgʻrisida belgi.
4. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan, tavakkalchilikni baholash asoslari.
5. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
6. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.
7. Mijoz anketasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
8. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Elektron koʻrinishdagi mijoz anketasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3266-4, 28.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
10. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3266/1110-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.06.2022-y., 10/22/3266-2/0521-son; 04.04.2023-y., 10/23/3266-3/0188-son; 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son; 08.05.2026-y., 10/26/3266-5/0472-son)