30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3265
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3265
Дата вступления в силу
30.06.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3265]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 73-f-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2020-yil 15-iyun,

01-02/12-19-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vaziri A. SULTANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-05-4-3202-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-19, 01-05-4-3202-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi — tovarning bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi (saqlanishi) va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 183-son va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3265-1, 27.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3265-1/0987-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob davri — elektr energiyasi uzatish va qabul qilish amalga oshiriladigan vaqt oralig‘i (kalendar oy);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblar — elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tgan elektr energiyasi hajmini aniqlash uchun energetika obyektlariga o‘rnatilgan hisoblagichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati joyi — davlatlararo elektr uzatish tarmog‘idagi elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblar o‘rnatilgan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika obyekti — elektr stansiyalari, nimstansiyalar, taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr energiyasining hisobini yurituvchi hisoblagichlar o‘rnatilgan inshoot va qurilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika tizimi — tezkor-dispetcherlik boshqaruvi ostida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish bo‘yicha uzluksiz texnologik jarayonining umumiy rejimi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan energetika obyektlari majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya ta’minoti tashkiloti — shartnoma asosida energiyani sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi (MO BET) — elektr uzatish liniyalari bilan bog‘langan yagona energetika rejimida ishlovchi Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimlari birlashmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlar energetika tizimlarining parallel ishlash rejimi — yagona elektr rejimi bilan bog‘langan elektr energiyasini rejali hamda/yoki texnologik (rejadan tashqari) uzatilishida davlatlar energiya tizimlarining parallel ishlash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Energiya” MDM — Markaziy Osiyo hududidagi tegishli a’zo davlatlarining “Energiya” muvofiqlashtirish-dispetcherlik markazi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasining davlatlararo texnik oqimlari — bojxona chegaralaridan davlatlarning o‘zaro bog‘langan energiya tizimlari orqali o‘tgan elektr energiyasi oqimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya tizimi bo‘yicha elektr energiyasining qoldiq oqimi — hisob-kitob davrida amalda ishlab turgan barcha kuchlanish toifasidagi davlatlararo elektr uzatish liniyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasi texnik oqimlarining algebraik yig‘indisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MO BET davlatlari — tegishli energetik tizimlarining elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish shartnomalari va parallel ishlash shartlari asosida, ularning haqiqatda amalga oshgan (tezkor yoki amalda) qoldiq-oqimlarining “Energiya” MDM tomonidan taqsimlangan elektr energiyasi oqimlari miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa chegaradosh davlatlar — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali elektr energiyasi oqimlarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan tegishli energetika tashkiloti tomonidan aniqlangan oqimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika tizimlari o‘rtasida elektr energiyasining texnologik (rejadan tashqari) oqimlari — davlatlarning parallel ishlovchi energetika tizimlari o‘rtasida hisob-kitob davri uchun shartnomaviy miqdoridan ortiqcha uzatilgan yoki qabul qilingan elektr energiyasi hajmlari, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi parametrlarini belgilangan me’yorlarda ushlab turish hamda rostlash (tartibga solish) jarayonida vujudga kelgan elektr energiyasi oqimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqimlar bo‘yicha tezkor va amaldagi ma’lumotlar o‘rtasidagi farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlar energetika tizimlari o‘rtasida avariya holatlarini oldini olish, bartaraf etish yoki tugatish maqsadida vujudga keladigan elektr energiyasi oqimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyani tashish uchun texnologik sarf — texnologik va fizik jarayonlarda hosil bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlar bilan shartlangan elektr energiyasi sarfi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat bojxona posti — bojxona nazorati joyidagi hududda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali elektr energiyasini haqiqatda uzatilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi bojxona posti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona rasmiylashtiruvi posti — elektr energiyasining tijorat va texnologik (rejadan tashqari) uzatilishlarining hujjatli rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Elektr energiyasini bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi ustidan bojxona nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr energiyasini uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasining olib o‘tilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona nazorati joylarida elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblardan ko‘rsatkichlarni olishda ishtirok etish, bojxona maqsadlari uchun hisob va hisobot tizimini, hujjat va ma’lumotlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati joylari Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblardan ko‘rsatkichlarni olish, har oyda energetika obyektining mas’ul vakillari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunida (o‘rtacha Yevropa vaqti Grinvich meridiani plyus bir soat) Toshkent vaqti bilan soat 4-00 da bojxona nazorat posti xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mas’ul vakillari bo‘lmagan energetika obyektida bojxona nazorat posti xodimi elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblarning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni sutkalik dispetcher qaydnomasi va ko‘rsatkichlarni birlamchi qayd etish jurnali bilan taqqoslab, ko‘rilgan hujjatlarni “Tekshirildi” belgisi hamda shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblarning ko‘rsatkichlari tekshirilganidan so‘ng energetika obyekti mas’ul xodimi (agar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli hududiy energetika tashkiloti vakili) tomonidan nazorat bojxona posti xodimining ishtirokida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning nusxalari tegishli ravishda energetika obyektiga, nazorat bojxona postiga va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” akolsiyadorlik jamiyatiga (bundan buyon matnda O‘zbekiston MET deb yuritiladi) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika tizimlari elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasi tegishlilik balans bo‘yicha elektr energiyasini uzatish liniyasining ma’lum nuqtasida joylashganda, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali uzatilgan elektr energiyasi hajmi, uning bo‘linish chegarasidan hisobni yuritish asbobi o‘rnatilgan joyigacha bo‘lgan qismi uchun sarflangan texnologik sarf miqdorini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston MET elektr energiyasining davlatlararo texnik oqimlari hisobini yuritish asboblari ko‘rsatkichlarini olish to‘g‘risidagi dalolatnomaga va (yoki) boshqa tasdiqlovchi hujjatlarga asosan energetika tizimi bo‘yicha jami qoldiq oqimi hisobini aniqlaydi va hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. MO BET a’zo davlatlar energetika tizimlari o‘rtasidagi shartnomalar va parallel ishlash shartlariga muvofiq “Energiya” MDM, energetika tizimining hisobot davridagi energetika tizimi bo‘yicha elektr energiyasining qoldig‘iga asosan tijorat oqimlari hajmlarini (eksport, import) aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Energiya” MDM elektr energiyasi tijorat oqimlari bo‘yicha ma’lumotlarni markaz rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlab, uni barcha MO BET energetika tizimlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali elektr energiyasi uzatish va qabul qilish vakolatiga ega tegishli energetika tashkiloti ham o‘z navbatida, hisob-kitob davrida amalga oshirilgan davlatlararo elektr energiyasi tijorat oqimlari bo‘yicha ma’lumotlarni rahbarning imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlagan holda O‘zbekiston METga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Energiya” MDM va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali elektr energiyasini uzatish va qabul qilish vakolatiga ega tegishli energiya ta’minoti tashkilotining ma’lumotlariga asosan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘yish va olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘yish va yechib olish bojxona nazorati joylarida nazorat bojxona posti xodimi tomonidan energetika obyekti mas’ul vakillari (agar mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston METning tegishli hududiy bo‘linmasi vakillari) ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bojxona plombalari energetika tashkilotining plombalari qo‘yilgan nuqtalarga, hisobga olish zanjirlari qisqichli yig‘malariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga energetika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona plombalarini hisobga olish zanjiri qisqichli yig‘malariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga qo‘yishdan yoxud ularni yechib olishdan yoki almashtirishdan oldin energetika obyekti mas’ul xodimlari (agar mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston METning tegishli hududiy bo‘linmasi vakillari) plomba qo‘yish joylarini tayyorlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada rasmiylashtirgan holda plombalarni qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning bir nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi energetika obyektida yoki O‘zbekiston METning tegishli hududiy bo‘linmasida saqlanadi, uchinchi nusxasi esa — bojxona rasmiylashtiruvi postiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bojxona plombalari faqatgina O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari tomonidan yoki ularning ruxsati bilan yechilishi mumkin, bundan uzatilayotgan elektr energiyasini hisobga olish tizimining ish me’yori buzilishi bilan bog‘liq haqqoniy xavf-xatar mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona plombalarining buzilganligi haqida ularning saqlanishi uchun mas’ul shaxs buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida nazorat bojxona postiga buzilishlar sabablari haqida yozma xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish, yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish zarurati tug‘ilganda, bojxona plombalarining saqlanishi uchun mas’ul shaxslar nazorat bojxona postini ushbu ishlar olib borilishi haqida, shu jumladan ularning boshlanish va yakunlanish sanalarini ko‘rsatgan holda, kamida bir kun oldin xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona plombasini yechib olish nazorat bojxona posti xodimi tomonidan energetika obyekti mas’ul xodimlari (agar mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston METning tegishli hududiy bo‘linmasi vakillari) ishtirokida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada tuzgan holda amalga oshiriladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi energetika obyektda saqlanadi, uchinchi nusxasi esa bojxona rasmiylashtiruvi postiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish, yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish tugatilganidan so‘ng, nazorat bojxona posti xodimi mazkur Nizomning 5 — 7-bandlarida belgilangan tartibda yangi bojxona plombalarini o‘rnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Elektr energiyasini deklaratsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hisob-kitob davrida amalga oshirilgan barcha elektr energiyasining tijorat va texnologik (rejadan tashqari) oqimlari deklaratsiyalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Elektr energiyasining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvi postida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Energiya ta’minoti tashkiloti hisob-kitob davri tugagan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan dalolatnomaga asosan bojxona rasmiylashtiruvi postiga qog‘oz yoki elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar mavjud bo‘lmaganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda MBYUD deb yuritiladi) taqdim etishga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvur transporti va elektr energiya uzatish tarmoqlari orqali haqiqatda uzatilgan mahsulotning hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontraktlarni (shartnomalarni, kelishuvlarni) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Elektr energiyasi qiymati deklarant tomonidan taqdim qilingan qiymat yoki oldi-sotdi shartnomasi asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. MBYUD mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan dalolatnomaga asosan to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. MBYUD ma’lum qilinayotgan bojxona rejimiga nisbatan amalda bo‘lgan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) muvofiq to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. MBYUDning 1-grafasining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-grafa “Deklaratsiya turi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “VD”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. MBYUD taqdim etilganda BYDni taqdim etish muddati MBYUDda keltirilgan tovarlarni yetkazib berish hisobot oyi tugagan kundan boshlab to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. MBYUD BYD rasmiylashtirilgandan so‘ng, uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. BYD ma’lum qilingan bojxona rejimiga muvofiq, Yo‘riqnoma talablari asosida quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning uchinchi bo‘lmasida “PVD” belgisi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 7-grafa. “BYDning ro‘yxat raqami”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafada VBYUDning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 37-grafa. “Protsedura”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafaning oxirgi uchta raqamiga — “071” kodi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashqi savdo bojxona statistikasi hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini va valyuta nazoratini amalga oshirish uchun faqatgina BYDlar hisobga olinadi. Tashqi savdo bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor ravishda hisobga olish maqsadida MBYUDda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Energiya uzatish tarmoqlari orqali tranzit tarzda uzatiladigan elektr energiyasini rasmiylashtirish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlatlarning energetika tizimlari bir vaqtning o‘zida ishlagan sharoitda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan davlatlararo elektr energiyasini uzatish tarmoqlari orqali uzatiladigan elektr energiyasining tranziti MBYUD yoki BYD taqdim etilmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bojxona munosabatlarida tranzit bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jo‘natuvchi va qabul qiluvchi davlatlar, hisob-kitob davri uchun uzatishlar hajmlari, elektr energiyasining shartli qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Bojxona to‘lovlarini to‘lash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bir kalendar oy mobaynida elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali bojxona chegarasidan olib o‘tilgan mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlari BYD yoki MBYUD taqdim etilgan kundan kechiktirmagan holda mahsulotlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bir kalendar oy mobaynida elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali olib o‘tilgan mahsulotlarning qiymati bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining miqdori oshadigan bo‘lsa, ularning qo‘shimcha to‘lovi BYDni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu holda penya hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

TASDIQLAYMAN

O‘zbekiston Respublikasi
energetika vaziri

(o‘rinbosari)

_________________

_________________

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali uzatiladigan elektr energiyasining bojxona nazorati joylari

T/r

Bojxona nazorati joyining nomi

(manzili)

Elektr energiyasi uzatish tarmog‘ining nomlanishi

Hisobni yuritish asbobi o‘rnatilgan joy, kuchlanish toifasi

Elektr energiyasini uzatish yo‘nalishi

Ulangan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi korxona nomi

Nazorat bojxona posti

Davlat

(qabul, uzatish)

KELISHILDI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi
(o‘rinbosari)

_______________________

_______________________

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Elektr energiyasining davlatlararo texnik uzatishlari hisobini yuritish asboblari ko‘rsatkichlarini olish to‘g‘risidagi

DALOLATNOMA

20__y. _______________ uchun

Nimstansiyalar nomi

Hisoblagich _____-son

Transformatsiya koeffitsiyenti

Hisoblagich ko‘rsatkichlari

Farqi (5-4)

Elektr

energiya sarfi, kVT/s (3*6)

boshi

oxiri

1

2

3

4

5

6

7

Berish:

Nimstansiya

1.

2.

3.

Elektr energiyasini tashish uchun texnologik xarajat

Qabul qilish:

Nimstansiya:

1.

2.

3.

Elektr energiyasini tashish uchun texnologik xarajat

Energetika obyekti vakili
______________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Nazorat bojxona posti xodimi______________________________________________

(imzo, F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Elektr energiyasining davlatlararo tijorat uzatilishi to‘g‘risida

DALOLATNOMA

20__yil _______________uchun

_____________________________________

(tashkilot nomi)

T/r

Shartnoma raqami va sanasi

Bir yilda tuzilgan shartnomalar hajmi

Elektr energiya yetkazib berilgan oy

Haqiqatda eksport (import) qilingan

kVt.s

summa,
AQSh dollari

kVt.s

summa,
AQSh dollari

milliy valyuta

JAMI:

Energiya ta’minoti tashkiloti

rahbari (o‘rinbosari)

__________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA

‎‎Elektr energiyasining hisoblagichlari va ularning qisqichli yig‘malariga bojxona
‎organi plombalarini qo‘yish to‘g‘risidagi
‎ DALOLATNOMA

‎ Ushbu dalolatnoma men (biz) __________________________________________________________tomonidan
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ________________________________________________________________________________ ishtirokida
‎(F.I.O, lavozimi)
‎_________________________________________ da _____________________________________________ ga

‎‎(sana, oy, yil )

‎‎(hisobga olish asbobi nomi)

‎‎hisobga olish zanjirlari qisqichli yig‘malariga va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining siqish qutilariga plombalar qo‘yilganligi haqida tuzildi.

T/r‎‏ Hisobga olish obyektining nomi‎‎‏ Hisoblagich aniqligining turi va klassi ‎‎‏ Hisoblagich raqami‎‎‎ Bojxona plombasi izi‎‎‏ Bojxona plombasi soni‎‎‏
uzatishda‎‎ qabul qilishda‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ Identifikatsiyalash vositalari (bojxona plobmalari)ni qo‘yish vaqtidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari

T/r‎

Hisoblagich raqami‎‎‎

Hisoblagich ko‘rsatkichlari‎‎

Izohlar‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Yuqorida ko‘rsatilgan bojxona nazorati ostidagi hisobga olish asboblaridagi (hisoblagichlar)___________________________________________________________________________________________

‎‎(hisobga olish asbobini nomi)

‎‎plombalar yechilishi va hisobga olish asbobining o�ilishi faqatgina bojxona organi rahbariyatini xabardor qilgan holda bojxona organi xodimining ishtirokida amalga oshirilsin.
‎Tezkor navbatchining xizmat telefoni_________________________________________________________
‎Telefon raqami: _______________________________________________________

___________________________‎‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

(bojxona organi xodimi lavozim) ‎‎

(Imzo) ‎‎

(F.I.O) ‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

(energetika obyekti vakili lavozimi) ‎‎

(Imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O) ‎‎ ‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎Bojxona plombalarini yechish to‘g‘risidagi
‎DALOLATNOMA

‎ Ushbu dalolatnoma men (biz) __________________________________________________________tomonidan
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O, lavozimi)
‎ ________________________________________________________________________________ ishtirokida
‎(F.I.O, lavozimi)
‎_________________________________________ da _____________________________________________ ga

‎‎(sana, oy, yil )

‎‎(hisobga olish asbobi nomi)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________ning murojaatiga asosan

‎‎(F.I.O, lavozimi)

‎‎____________________________________________________________ning elektr energiyasini hisobga olish
‎ asboblari (hisoblagichar), elektr energiyasini hisobga olish zanjirlari qisqichli yig‘malaridan bojxona organi plombalari yechib olinganligi haqida tuzildi.
‎Bojxona organi plombasi yechilishi uchun sabab ____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎ __________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

T/r‎

Hisoblagich raqami‎‎‎

Hisoblagich ko‘rsatkichlari‎‎

Izohlar‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

___________________________‎‎‎ ‎‎

(bojxona organi xodimi lavozim) ‎‎

(Imzo) ‎‎

(F.I.O) ‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

___________________________‎‎

(energetika obyekti vakili lavozimi) ‎‎

(Imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O) ‎‎ ‎‎

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3265/1109-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 30.11.2024-y., 10/24/3265-1/0987-son)