23.07.2020 yildagi PQ-4787-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarni amalga oshirish, shu jumladan uzum ko‘chatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bog‘liq vazifalarning samarali bajarilishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarz berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik navli uzum ko‘chatlarini shpaleraga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy alkogol, shu jumladan vino mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, ko‘chatxona (pitomnik)lar barpo etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xom ashyo yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2020 — 2022-yillarda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda tarmoq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, Agentlik quyidagilarni 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda iste’mol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik reglamentni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish axborot tizimi) quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvargacha iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchilar hamda 2022-yil 1-yanvargacha alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mulkdorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatish. Bunda o‘lchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalariga texnik talablar Agentlik tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish axborot tizimini o‘zaro axborot almashinuvini o‘rnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni hisobga olish axborot tizimiga ulash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha ishlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “O‘zstandart” agentligi va Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar texnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazishni tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin ularning qolgan pul mablag‘lari va asosiy vositalarini Agentlikka o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4787-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka bo‘yicha aksiz solig‘i solish tartibini belgilash.

Qonun
loyihasi

2020-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
DSQ (Sh. Kudbiyev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

2.

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini cheklanmagan muddatga berish, shuningdek, avval rasmiylashtirilgan ruxsat guvohnomalarini qayta rasmiylashtirishni bir ish kunida amalga oshirish tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari

2020-yil
1-sentabr

DSQ (Sh. Kudbiyev)

3.

Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2021-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar toifasiga o‘tkazish.

Qonun
loyihasi

2020-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
DSQ (Sh. Kudbiyev)

4.

Noqonuniy olib kirilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi maxsus dasturiy (mobil) ilovani joriy etish.

Raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi natijasi bilan tashkiliy tadbirlar

2020-yil
1-dekabr

Agentlik,
DSQ (Sh. Kudbiyev),
“CRPT TURON” MCHJ (A. Bachikalov)

5.

Mahalliy ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari namunalarini jamoat joylarida tekin tarqatishni istisno etgan holda, ularning reklamasiga ruxsat berish tartibini joriy etish.

Qonun
loyihasi

2020-yil
15-sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(N. Sharipov)

6.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini shishadan boshqa qadoqlarda ishlab chiqarish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-noyabr

Agentlik,
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

7.

Xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda etil spirti ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan bug‘doy me’yorini qayta tasdiqlash hamda ularni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1 dekabr

Agentlik,
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
DSQ (Sh. Kudbiyev),
“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattarov),
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

8.

Chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish, shuningdek, ularni vakolatli organlar bilan sifat va standart nazoratidan o‘tkazish maqsadida ekspertizadan o‘tkazish va mazkur xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Agentlik,
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

9.

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonun talablariga asosan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda litsenziya talab va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzish holatlarining aniq mezonlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
1-sentabr

Agentlik

10.

Xalqaro yo‘nalishdagi aeroport va temir yo‘l vokzallarida kamida 70 kv. metrdan iborat mahalliy tabiiy vino chakana savdosiga ixtisoslashgan savdo nuqtalari (“Duty free” andozasida) ochish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga joy ajratish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-sentabr

Transport vazirligi
(E. Ganiyev)

11.

Iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini hamda hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Agentlik,
Savdo-sanoat palatasi
(A.Ikramov)

12.

Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan hamda respublikadagi mavjud iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy uskunalarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, uning mulkdorlarini Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda uskunalarni identifikatsiya kodlari orqali markirovkalash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Agentlik,
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

13.

Yangi turdagi hamda shishadan boshqa qadoqdagi alkogol mahsulotlar uchun aksiz solig‘ini hisoblash hamda aksiz markalari bilan markalash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
DSQ (Sh. Kudbiyev),
Agentlik

14.

Alkogol mahsulotlarini qadoqlashda foydalanilgan shisha qadoqlarni qayta ishlash va ularni utilizatsiya qilishni rag‘batlantirish tizimini joriy etish bo‘yicha taklif kiritish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2020-yil
1-dekabr

Agentlik,
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

15.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan alkogol mahsulotlarining importi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar asosida 2020-yil 1-avgustga qadar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda ularni qayta rasmiylashtirilishi sharti bilan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat yuritishiga ruxsat berish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Agentlik

16.

2021-yil 1-yanvardan boshlab, etil spirti narxini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish, shuningdek, etil spirtini realizatsiya qilish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
1-oktabr

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Agentlik

17.

2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda Alkogol mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi bo‘yicha litsenziya talabini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
1-noyabr

Agentlik

18.

Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan:

etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘lchov uskunalarini xarid qilish hamda o‘rnatish bo‘yicha xarajatlari uchun bir yil muddatga qaytarish va maqsadli foydalanish shartlari bilan ssudalar ajratish;

hisobga olish axborot tizimidan foydalanish hamda uni kelgusida takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-sentabr

Agentlik

19.

Mahalliy alkogol mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish, jumladan tayyor va xom ashyo mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi bozoriga imtiyozli asosda kirishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar, muzokaralar

Doimiy ravishda

Agentlik,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B. Abidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xomashyo yetishtirishning
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Mavjud sanoatbop tokzorlar maydoni (ga)

shundan:

Yangi tokzorlar barpo etish prognozi (ga)

yillar

Yalpi hosil (ming tonna)

yillar

Uzumni qayta ishlash (ming tonna)

yillar

hosilli tokzorlar maydoni(ga)

yosh tokzorlar maydoni(ga)

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Jami:

15 836

11 239

4 597

22 310

2 200

3 300

4 665

5 605

6 540

811,3

89,9

112,4

136,6

216,4

256,0

567,9

62,9

78,7

95,6

151,5

179,2

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

341

341

1 050

200

200

150

200

300

17,1

1,7

6,5

8,9

12,0

1,2

4,5

6,2

2.

Andijon viloyati

302

245

57

310

50

60

100

100

15,2

2,0

2,5

2,9

3,6

4,2

10,6

1,4

1,7

2,1

2,5

3,0

3.

Buxoro viloyati

867

823

44

1 650

100

300

450

400

400

51,5

6,6

8,2

9,9

11,6

15,2

36,0

4,6

5,8

6,9

8,1

10,6

4.

Jizzax  viloyati

1 001

306

695

4 000

500

500

850

1050

1100

51,2

2,4

3,1

3,7

18,0

24,0

35,8

1,7

2,1

2,6

12,6

16,8

5.

Qashqadaryo viloyati

1 093

925

168

2 815

350

450

585

650

780

67,8

7,4

9,3

11,1

17,3

22,7

47,4

5,2

6,5

7,8

12,1

15,9

6.

Navoiy viloyati

96

41

55

630

40

100

140

150

200

5,7

0,3

0,4

0,5

1,6

2,8

4,0

0,2

0,3

0,3

1,1

2,0

7.

Namangan viloyati

1 277

1 127

150

1 400

100

200

350

350

400

69,3

9,0

11,3

13,5

16,5

18,9

48,5

6,3

7,9

9,5

11,6

13,2

8.

Samarqand viloyati

2 612

2 231

381

3 445

250

450

650

845

1250

141,0

17,8

22,3

26,8

34,3

39,7

98,7

12,5

15,6

18,7

24,0

27,8

9.

Surxondaryo viloyati

2 052

1 151

901

1 800

200

300

400

450

450

92,2

9,2

11,5

13,8

27,0

30,6

64,5

6,4

8,1

9,7

18,9

21,4

10.

Sirdaryo viloyati

155

118

37

380

50

50

80

100

100

9,1

0,9

1,2

1,4

2,5

3,1

6,3

0,7

0,8

1,0

1,7

2,1

11.

Toshkentviloyati

4 963

3 479

1 484

3 750

350

450

700

1050

1200

237,3

27,8

34,8

41,7

63,8

69,2

166,1

19,5

24,4

29,2

44,6

48,4

12.

Farg‘ona viloyati

745

708

37

830

30

200

200

200

200

42,2

5,7

7,1

8,5

9,3

11,7

29,6

4,0

5,0

5,9

6,5

8,2

13.

Xorazm viloyati

332

85

247

250

30

50

50

60

60

11,8

0,7

0,9

1,0

4,3

4,9

8,3

0,5

0,6

0,7

3,0

3,5

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan ta’minlash
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish (ga)

yillar

Burg‘ulanadigan quduqlar va nasos stansiyalar soni(dona)

yillar

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Jami:

17 270

1 500

2 650

3 500

4 380

5 240

604

57

86

128

154

179

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

700

150

150

200

200

27

5

5

4

5

8

2.

Andijon viloyati

300

50

50

100

100

6

1

1

2

2

3.

Buxoro viloyati

1 500

100

200

400

400

400

44

2

8

12

11

11

4.

Jizzax viloyati

4 000

500

500

850

1 050

1 100

113

14

14

24

30

31

5.

Qashqadaryo viloyati

2 200

250

350

450

500

650

78

10

12

16

18

22

6.

Navoiy viloyati

540

40

100

100

150

150

16

1

2

4

4

5

7.

Namangan viloyati

1 100

100

250

200

250

300

38

2

5

10

10

11

8.

Samarqand viloyati

2 450

200

250

400

650

950

96

7

12

18

24

35

9.

Surxondaryo viloyati

1 250

50

200

250

300

450

48

5

8

11

12

12

10.

Sirdaryo viloyati

300

50

50

50

70

80

8

1

1

2

2

2

11.

Toshkent viloyati

2 000

150

350

400

500

600

106

10

12

20

30

34

12.

Farg‘ona viloyati

680

30

150

150

150

200

20

5

5

5

5

13.

Xorazm viloyati

250

30

50

50

60

60

4

1

1

1

1

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 07/20/4787/1093-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son; 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)