11.07.2020 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida artemiya sistasini ovlash va qayta ishlash tarmogʻini takomillashtirish hamda yuqori sifatli artemiya sistasi mahsulotlari eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Orol artemiya sanoat” DUK) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Orol artemiya sanoat” DUKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orol dengizidagi artemiya sistasi resurslaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oqilona foydalanish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport faoliyatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
artemiya sistasining tabiiy oʻsish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni ovlash va qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
artemiya sistasini sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
artemiya sistasini ovlash hamda uni qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Orol artemiya sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzuridagi “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, zarurat boʻlganda, “Orol artemiya sanoat” DUK tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda “Orol artemiya sanoat” DUKning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, shuningdek zarur maʼmuriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
438-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-iyuldagi 438-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzuridagi “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Direktor

Direktor oʻrinbosari

(1)

Buxgalteriya

(2)

Artemiya �istasini ovlashni rivojlantirish boʻlimi

(3)

Yuriskonsult

(1)

Artemiya sistasini qayta ishlash va eksportni rivojlantirish boʻlimi

(2)

Kadrlar ishlari boʻyicha mutaxassis

(1)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 11 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish xodimlari soni belgilangan tartibda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 09/20/438/1064-son)