29.03.2018 yildagi PQ-3639-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillar amaliyoti fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli foydalanish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalar samarali bajarilishiga, shu jumladan, yer fondining operativ monitoringini olib borish va yerdan, uzoqqa choʻzilgan obyektlardan (temir yoʻllar, quvurlar va shu kabilardan) nooqilona foydalanish holatlarini aniqlash sohalarida, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik talablarini taʼminlashda sezilarli darajada koʻmaklashishini koʻrsatdi, shaharsozlikda ishlarni va geoaxborot xaritalarini yaratishni optimallashtiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda uchuvchisiz uchish apparatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlarining keng koʻlamli turlarini ishlab chiqarish, qoʻyilgan vazifalarga muvofiq foydalanilayotgan modellar va ixtisoslashtirilgan funksiyalarning xilma-xilligi uchuvchisiz uchish apparatlarining narxiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari narxlari shakllanishini tahlil qilish narxning asosiy ulushi konstruktiv elementlarga emas, balki intellektual qismga (dasturiy taʼminotga) toʻgʻri kelishini koʻrsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ularning qiymatini pasaytirish imkonini beribgina qolmay, balki valyuta mablagʻlarini tejash imkoniyatini ham beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli qarorlari qabul qilingan. Ayrim tashkilotlar tomonidan qishloq xoʻjaligi va shaharsozlik maqsadlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlari olib kelingan va ulardan samarali foydalanilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish, konstruktiv elementlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va fuqaro aviatsiyasiga tegishli boʻlgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi maqsadli vazifalarni hal etish uchun ularni tizimli qoʻllash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 40 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining raisiga, zarur hollarda, Markazning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllash va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fazoviy maʼlumotlarni standartlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllash orqali olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy taʼminotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini taʼmirlash xizmatlari va texnik xizmat koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan hamda uchuvchisiz uchish apparatlarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tuzilmasiga rais oʻrinbosari — zamonaviy geoinnovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK bilan birgalikda bir oy muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oʻzlashtirish, ulardan foydalanishni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qoʻllash boʻyicha Kompleks tadbirlar rejasi — “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3639-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

3

Buxgalteriya

2

Ekspluatatsion-texnik boshqarma

Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlashtirish boshqarmasi

4

Yuriskonsult

Ekspluatatsiya boʻlimi

4

Strategik rejalashtirish va marketing boʻlimi

3

Tahlil-ishlab chiqarish boshqarmasi

Ishlar boshqaruvchisi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

2

Ish yurituvchi

Topografiya boʻlimi

4

Texnik xizmat koʻrsatish boʻlimi

4

Maxsus boʻlim

Fotogrammetriya boʻlimi

4

Kadrlar masalalari boʻyicha mutaxassis

Uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari*

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Kadastr agentligi tizimi xodimlari.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2020-y., 07/20/3639/0863-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)