Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish.

1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov o‘tkazish.

2. Tanlov natijasiga ko‘ra:

2020-yilda kamida 10 ta;

2020-yil 1-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln so‘mdan 200 mln so‘mgacha grant mablag‘lari ajratish.

2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr

2.

O‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish.

Yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida har yili kamida bir marotaba keng yoshlar davrasida ushbu yo‘nalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

3.

Hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.

1. Yoshlarga quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
1-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov)

2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.

Doimiy ravishda

4.

Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini ta’minlash.

Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI)xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning:

yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun “Yoshlar oromgohi”da o‘quv bazasi tashkil etish, respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlash;

ishtirokini tashkil etish bilan bog‘liq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

5.

Iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.

Fanlarni “a’lo” va “yaxshi” baholarga o‘zlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari)ni bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.

2021-yildan boshlab har yili reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

6.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda hududlarda kamida 200 ta bepul o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

7.

Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlar o‘tkazish.

1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba

8.

Bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.

Barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.

Reja

asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov)

9.

O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.

1. O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish.

2020-yil 1-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi
(Sh. Sodiqov)

2. Portalda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari va yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.

Doimiy ravishda

10.

Yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash.

100 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)

11.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari

12.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

Har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta ko‘rgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.

Har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari

14.

Biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va qo‘llanmalar yaratish.

Alohida tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va qo‘llanmalar yaratish.

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)
manfaatdor vazirlik
va idoralar

15.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etiladi, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(D. Saidjonov),

Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov)

16.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi o‘rinbosari

O.A. Nazarbekov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

I.U. Madjidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

A.V. Shin

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

R.T. Mamatov

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

N.B. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

I.Y. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

Sh.M. Sodiqov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologi�lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.X. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

A.J. Ortiqov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

L.Sh. Qudratov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

H.A. Qarshiyev

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

A.U. Akkulov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

D.M. Saidjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

M.M. Xodjimatov

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

F.F. Abduxoliqov

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

A.V. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi