1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini ta’minlash sohasidagi umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug‘ilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini izchil ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati bo‘yicha reytingini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga o‘z vaqtida ta’sir choralari ko‘rilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘iga joylashtirish (e’lon qilish) bo‘yicha majburiyatlari hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini uzluksiz to‘ldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga “davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi” madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoniga asosan o‘n to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatchilari axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar qilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoniga asosan o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanilishiga erishish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzishni tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi standartini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi talabni o‘rnatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini o‘rganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilik, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini o‘rganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rganish va boshqa tadbirlar natijalari bo‘yicha to‘plangan materiallarni faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘rish, jumladan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirishlar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlarining tarkibi yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish va tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassislar ajratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar uchun majburiydir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlari o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ushlab turilganlarni va qamoqqa olinganlarni saqlash joylari, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga va hujjatlar bilan tanishishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda Agentlik bilan kelishilishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Milliy kengash faoliyatini samarali tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda Milliy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etishni ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan to‘ldirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyati tashkil etilishini tartibga soluvchi hujjatlar paketi, shu jumladan Agentlik tuzilmalari to‘g‘risida nizomlar va xodimlarining odob-axloq qoidalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikni xodimlar bilan to‘ldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar ishdan ajratilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganishni qamrab oluvchi maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim oladi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilgan holda, 2020-2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat xaridlari sohasida mas’uliyatni oshirish va korrupsiyani bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini, shu jumladan xarid qilish tartib-taomillari turlarini belgilash va ijrochini tanlash shartlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalarni majburiy ravishda e’lon qilish, shuningdek, davlat xaridlarini tanlov va tender savdolari orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy banki va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan uy-joy kommunal xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, qurilish va energetika sohalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda doimiy asosda davlat xaridlarida affillanganlik, shu jumladan xaridlar ishtirokchilarining oxirgi benefitsiar egalariga taalluqli manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida masofaviy monitoring o‘tkazsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda — “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda — Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Milliy kengashga kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan binolarni ta’mirlash, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash uchun o‘rnatilgan tartibda mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikni joylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda unga har tomonlama ko‘maklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish bo‘yicha maqolalar chop etilishini va tematik teleko‘rsatuvlar berib borilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 29-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6013-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoniga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Milliy kengash raisi
2.
A.X. Saidov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Milliy kengash raisining o‘rinbosari
3.
lavozim bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
4.
U.K. Mingboyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi
5.
K.F. Kamilov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
6.
N.T. Yo‘ldoshev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
7.
B.A. Rashidov
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari
8.
J.J. Shirinov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi
9.
B.D. Matmuratov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi
10.
D.M. Saidjonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
11.
B.T. Turabov
—
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari
12.
J.A. Qo‘chqorov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri
13.
A.X. Kamilov
—
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
14.
R.K. Davletov
—
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
15.
P.R. Bobojonov
—
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
16.
T.A. Ishmetov
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri
17.
N.B. Xusanov
—
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
18.
Sh.X. Shermatov
—
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri
19.
I.U. Majidov
—
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
20.
A.V. Shin
—
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri
21.
A.K. Shadmanov
—
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri
22.
Sh.M. Sadikov
—
O‘zbekiston RespublikasiAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
23.
R.T. Mamatov
—
O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri
24.
M.B. Azimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
25.
Sh.D. Kudbiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
26.
B.A. Begalov
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi
27.
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi
28.
D.F. Raximov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i
29.
B.S. Yuldashev
—
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
30.
X.T. Azizov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori
31.
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i
32.
R.R. Xakimov
—
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
33.
A.D. Xadjayev
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
34.
A.K. Ko‘chimov
—
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
35.
R.T. Kamilov
—
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi direktori
36.
A.E. Burxanov
—
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi
37.
E.S. Tulyakov
—
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
38.
K.M. Rafikov
—
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
39.
A.Z. Sa’dullayev
—
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
40.
N.H. Alimov
—
O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi
41.
F.F. Abduxalikov
—
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi
42.
A.I. Ikramov
—
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
43.
S. Xakimov
—
O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi
44.
N.X. Raximova
—
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Milliy kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 06/20/6013/1002-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)