29.06.2020 yildagi PQ-4761-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, direktor oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori oʻrinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud boʻlganda) martaba darajalari beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikda ishlagan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlik xodimlariga Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlik uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka oʻtash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha davlat foydasiga qaratilgan mablagʻlar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 29-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4761-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PQ-4761-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Direktor

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Tashkiliy-nazorat, ijro va tahlil boʻlimi

3

“Komplayens-nazorat” tizimini joriy etish va ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi

9

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda korrupsiyaviy omillarni tahlil va monitoring qilish boshqarmasi

4

Xalqaro hamkorlik va reytinglar bilan ishlash boʻlimi

3

Kadrlar boʻlimi

2

Jamoatchilik, yoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ishlash boʻlimi

2

Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi

2

Davlat organlari va tashkilotlarning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi

Davlat xaridlarida korrupsiyaviy omillarni tahlil va monitoring qilish boʻlimi

3

Axborot xizmati rahbari — davlat tili boʻyicha maslahatchi

1

Murojaatlar bilan ishlash va xabar beruvchilarni himoya qilish boʻlimi

2

Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish hamda manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish boʻlimi

2

Davlat organlarida tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash boshqarmasi

4

Buxgalteriya

1

Call-markaz

Birinchi boʻlim

1

Xavf-tahlil markazi

3

Ishlar boshqarmasi

2

Odob-axloq komissiyalari bilan ishlash boʻlimi

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 50 nafar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 07/20/4761/1001-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)