27.06.2020 yildagi PQ-4760-son
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari va texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirish

1.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Adliya vazirligi
(R. Davletov)

2.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni ishlab chiqish uchun xalqaro texnik qo‘mitaga a’zo bo‘lish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 15-dekabrga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

3.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarinin� yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o‘tmagan texnikalarni yetkazib berganlik va foydalanganlik uchun, 2021-yilning 1-yanvariga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno, javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish

2020-yil 30-dekabrga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vaxabov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soha tarmoqlari bilan aloqalar o‘rnatish, hamkorlik memorandumlarini imzolash va hamkorlik ishlarini rivojlantirish. Bunda:

xalqaro markazlar, tashkilotlar va moliyaviy jamg‘armalar ko‘magida rivojlangan xorijiy davlatlarda mutaxassislar malakasini oshirish;

respublikamizga mos bo‘lgan xorij tajribalarini qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinashga joriy etish va sinov ishlarini zamonaviy talablarga moslashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

6.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, texnologiyalari bo‘yicha xorij va MDH davlatlarida o‘tkaziladigan “dala kunlari”, xalqaro ko‘rgazmalar va seminarlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 10-iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev)

7.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining davriy sinovlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

II. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va qismlarini sinash va sertifikatlash ishlarini xalqaro talablar darajasiga yetkazish

8.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash ishlarini xalqaro talablar asosida olib borishni tashkil qilish;

yetakchi xorijiy davlatlardan soha mutaxassislarini jalb qilish va ilg‘or sinash uslublari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish;

qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks
chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

9.

Markazni xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash uchun zarur hujjatlarni shakllantirish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

III. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurs tejaydigan zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarning sinovini tashkil etish

10.

Tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda, turli tuproq-iqlim sharoitlarida zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurslarni tejaydigan zamonaviy va ilg‘or texnika hamda texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh.Shoaxmedov)

11

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali ochiq maydonlarda sinov ishlarini amalga oshirish maqsadida respublikaning 3 ta hududida Markazning filiallarini tashkil qilish.

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Besh oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

12.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yangi texnologiyalardan, yerlarni tekislashda lazerli boshqaruvga ega tekislagichlardan foydalanish, paxtani turli qator oralarida yetishtirish, bug‘doy ekish bilan birga o‘g‘it solish va egat ochish texnologiyalari sinovlarini tashkil qilish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev)

IV. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligoni yer resurslaridan samarali foydalanish

13.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash uchun ajratilgan sinov poligoni ekin yerlaridan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida almashlab ekish tizimini joriy qilish.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarining sinov poligonida texnikalarni dala sharoitida o‘rganish maqsadida fermer xo‘jaliklari ishtirokida ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil
iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev),
Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov)

V. Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, imitatsion laboratoriyalar qurish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash

14.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazning mavjud bino va laboratoriyalarini ta’mirlash, yangi imitatsion laboratoriyalar binolarini qurish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzaqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agent�igi (Sh. Shoaxmedov)

15.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazni qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash uchun zarur sinov uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta’minlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Ikki oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

16.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb etish orqali Markazni xalqaro talablar darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash uchun zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlari bilan to‘liq ta’minlab, xalqaro akkreditatsiyadan bosqichma-bosqich o‘tkazish.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

2020-yil
15-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

VI. Sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash

17.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash sohasi uchun maxsus guvohnoma va sertifikatga ega bo‘lgan malakali mutaxassis va kadrlarni tayyorlash.

2020-2021-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)