22.06.2020 yildagi PQ-4756-son
2. Mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda xalqaro shartnomalar doirasidagi, shu jumladan, badallarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

To‘lovchilar nomi

Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi

I. Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (O‘zbekiston tomoni vakillarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun)

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkiloti Parlament assamb�eyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Parlamentlararo ittifoq

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

Xalqaro ombudsman instituti

Yevropa ombudsman instituti

Osiyo ombudsmanlar uyushmasi

4.

Konstitutsiyaviy sud

Konstitutsiyaviy odil sudlov bo‘yicha umumjahon konferensiyasi

5.

Davlat xavfsizlik xizmati

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar aksilterror markazi

Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashini muvofiqlashtiruvchi xizmat

6.

Mudofaa vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati

7.

Ichki ishlar vazirligi

Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol)

8.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha Osiyo markazi

9.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

“Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Yevroosiyo guruhi

10.

Markaziy bank

Xalqaro valyuta jamg‘armasi

11.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki

Islom taraqqiyot banki

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Jahon savdo tashkiloti

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha islom markazi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki

Jahon banki guruhi

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi

12.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va�irligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va treninglar markazi

13.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum

Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi

Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi

14.

Energetika vazirligi

Qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha xalqaro agentlik

15.

Tashqi ishlar vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasi

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha yig‘ilishi kotibiyati

Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi

Islom hamkorlik tashkiloti

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti

16.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita

17.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Xalqaro mehnat tashkiloti

Xalqaro migratsiya tashkiloti

18.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jalig? tashkiloti

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi

19.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Islom konferensiyasi tashkiloti huzuridagi suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha Islom davlatlararo tarmog‘i

Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya

Butunjahon suv kengashi

Yirik to‘g‘onlar xalqaro komissiyasi

20.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiyasi kotibiyati

Qizil xoch va qizil yarim oy xalqaro federatsiyasi

21.

Madaniyat vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarining gumanitar hamkorligi bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)

22.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti

23.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

BMTning Cho‘llanishga va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi

24.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti

Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya

25.

Davlat statistika qo‘mitasi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Davlatlararo statistika qo‘mitasi

26.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Monreal protokoli ko‘p tomonlama jamg‘armasining trast jamg‘armasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning trast jamg‘armasi

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi trast jamg‘armasi

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli trast jamg‘armasi

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamg‘armasi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiyaning trast jamg‘armasi

Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamg‘armasi

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasining trast jamg‘armasi

Afrika, Yevropa va Osiyodagi ko‘chib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha bitim

27.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi

Islom hamkorlik tashkilotining Birdamlik islom jamg‘armasi

28.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi

29.

Markaziy saylov komissiyasi

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi

30.

Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti

Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti

31.

Milliy antidoping agentligi

Butunjahon antidoping agentligi

32.

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi

33.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ochiq kalitlar direktoriyasi

34.

Gidrometeorologiya xizmati markazi

Jahon meteorologiya tashkiloti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi

35.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi I�lom sivilizatsiyasi markazi

Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiqot qilish markazi

36.

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti

YUNESKOning Umumjahon merosi jamg‘armasi

YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash jamg‘armasi

37.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti

Islom dunyosi universitetlari federatsiyasi

38.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom texnologiya universiteti

39.

O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi (Mudofaa vazirligi badal to‘lash bo‘yicha)

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

391.

Hisob palatasi

Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)

Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI)

II. Budjetdan tashqari jamg‘armalar va badallar to‘lovchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish

40.

Konstitutsiyaviy sud

Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasi

Yevroosiyo konstitutsiyaviy nazorat organlari assotsiatsiyasi

41.

Mudofaa vazirl�gi

Xalqaro harbiy sport kengashi

42.

Ichki ishlar vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi

Davlatlararo axborot banki

43.

Bosh prokuratura

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi kotibiyati

Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi

44.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi

Butunjahon pochta ittifoqi

Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik

Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti

45.

Energetika vazirligi

Energetika xartiyasi kotibiyati

46.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi

47.

Markaziy bank

Moliyaviy ommaboplik alyansi

48.

Turizm qo‘mitasi

Butunjahon turizm tashkiloti

50.

Davlat bojxona qo‘mitasi

Butunjahon bojxona tashkiloti

51.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Standartlash, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha davlatlararo kengash

Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi

53.

Adliya vazirligi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq

54.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti

55.

“O‘zarxiv” agentligi

Xalqaro arxivlar kengashi

56.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Yevropa va O‘rta yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi tashkiloti

O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya

57.

Fanlar akademiyasi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

“Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” xalqaro hukumatlararo ilmiy-tadqiqot tashkiloti

58.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Elektr energetika kengashi

59.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi

Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti

60.

“Toshkent metropoliteni” UK

Xalqaro jamoat transporti ittifoqi

“Metro” xalqaro assotsiatsiyasi

61.

A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona

elFL.net xalqaro konsorsiumi

Davriy nashrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xalqaro markazi

Xalqaro standart kitob raqami

Kutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi

Yevroosiyo kutubxona assambleyasi

62.

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi

63.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi

Xalqaro triatlon uyushmasi

Osiyo triatlon konfederatsiyasi

Xalqaro biatlon ittifoqi

Xalqaro aeronavtika federatsiyasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
3. Badallar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lovchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatida (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) ko‘rsatilgan xalqaro tashkilotlarga ushbu nizom talablariga muvofiq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilar yillik asosda to‘lov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal summasi to‘g‘risidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi hamda buning asosida keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotni 1-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi hamda axborot tizimiga kiritadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10. Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilar 10-martgacha bo‘lgan muddatda badallarni inobatga olgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlab, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ro‘yxatning 1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchilarga budjet mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda ajratilishini ta’minlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
17. To‘lovchilar mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda badallarni to‘lashi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga badal to‘langani haqida axborot berishi shart.
Agar biron-bir sababga ko‘ra tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, to‘lovchi mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq kiritilgan taklif bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki masalani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va (yoki) Prezidentiga axborot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddati

1-bosqich

Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

1. To‘lov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal miqdori to‘g‘risidagi rasmi� xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.

To‘lov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda to‘langan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.

1-iyungacha bo‘lgan muddatda


Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

Tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda, O‘zbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.

Zarur hollarda


2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Badallarni to‘lashning umumlashtirilgan miqdorini shakllantiradi (AQSh dollari ekvivalentida).

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida badallar miqdori kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutadi.

Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish doirasida


3-bosqich

Ro‘yxatning
1-bo‘limida ko‘rsatilgan to‘lovchi

Badallarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili
10-martgacha


4-bosqich

Moliya vazirligi

To‘lovchi tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasini belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan

muddatlarda


5-bosqich

To‘lovchi

Badallar va ular bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun nazarda tutilgan pul mablag‘larining konvertatsiyasi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan buyurtmanomani Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, budjet mablag‘lari ajratilgandan so‘ng


6-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

To‘lovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanoma asosida mablag‘lar konvertatsiyasini amalga oshiradi.

Buyurtmanoma taqdim etilgandan so‘ng 5 ish kuni mobaynida


7-bosqich

To‘lovchi

Xorijiy valyutadagi mablag‘larni xalqaro tashkilot hisobiga o‘tkazish uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligiga o‘rnatilgan tartibda to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, konvertatsiya qilingandan so‘ng


8-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

Xorijiy valyutadagi mablag‘larni xalqaro tashkilot hisobiga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida