10.06.2020 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-ma’muriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh (B. Kurbanov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, ushbu ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy organlari bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
369-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son qaroriga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektorlari (keyingi o‘rinlarda — harbiy-ma’muriy sektorlar) o‘rtasida har yili 1-yanvardan 20-dekabrgacha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Harbiy-ma’muriy sektorlarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari — avvalo, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 1 sanasigacha (dekabr oyi hisoboti 20 sanasigacha) elektron ko‘rinishda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining (o‘rinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Harbiy-ma’muriy sektorlar hisobotlarida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarning umumiy soni, ko‘lami, aholining qamrab olinishi va natijadorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat miqyosida hamda bevosita harbiy-ma’muriy sektor rahbari va a’zolari tomonidan o‘tkazilgan har bir tadbirning shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida yoritilgan tadbirlar (ommaviy axborot vositalarda yoritilgan kuni, teleko‘rsatuv, radioeshittirish nomi, gazeta, jurnal va rasmiy saytlarda chop etilgan maqolalarning nomi va muallifi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavsum davomida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik va faollik ko‘rsatgan tuman va shahar hokimligi vakillari, harbiy qism va muassasalar komandir hamda boshliqlari va ularning erishgan natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlov o‘tkazishning asosiy maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik, yoshlar o‘rtasida Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish tanlovni o‘tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda chaqiruv yoshidagi yoshlarni va harbiy xizmatchilarni doimiy asosda axloqiy-ruhiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, sodir bo‘layotgan hodisalarga daxldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, aholining keng qatlamlari faol ishtirokida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, jismoniy darajasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan turli madaniy-hordiq va ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk etib tarbiyalash ishlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasalarida boshlang‘ich chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlarni tayyorlashni tashkil etish jarayonini nazorat qilish, ta’lim muassasalarining o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirib borish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismonan sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini oshirish maqsadida ular orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, jahon ilm-fani, san’ati namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, shuningdek, zamonaviy fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlov Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy ishchi guruh) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tashkiliy ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi va har yili 1-yanvar kuni tanlov boshlanganligi yuzasidan e’lon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul shaxslari ishchi organ faoliyatida o‘z takliflari bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi har oy harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni o‘rganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi, yil davomida o‘sib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan tadbirlarning asosiy shakllari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy-sport ishlari, marafonlar, sportning o‘yin turlari (futbol, voleybol, regbi va boshqalar), “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport o‘yinlarini, “Harbiy kitobxon” kabi tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, harbiy texnika va qurol-aslahalar namunalari namoyishlarini tashkil etish maqsadida yoshlarning harbiy qism va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-ma’muriy sektor rahbariyatining yoshlar bilan tematik uchrashuvlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat, tuman, shahar markazlarida badiiy havaskorlik guruhlarining chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlar, harbiy orkestrlarning musiqali (defile) chiqishlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi harbiy-vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar (badiiy, teatrlashtirilgan va boshqalar) o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini o‘tkazish hamda Vatanga sadoqat, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy bo‘laman!” shiori ostida turli estafetalar tashkil etish va o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish, Vatanga qasamyod marosimlarida, muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirish tadbirlarida, kursantlarning bitiruv kechalarida yoshlarning ishtirokini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar ishtirokida “E’zoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tarbiyalanuvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar ishtirokida harbiy-ma’muriy sektorlar va harbiy qism qo‘mondonligi rahbarligida davlatimiz rahbariyatining harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi, ularga berilayotgan imtiyozlar, jamiyatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risidagi, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash va Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etish va o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar (vatanparvarlik, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, targ‘ibot-tashviqot va boshqalar) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlov g‘oliblari o‘sib boruvchi ballar jamlamasi asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov natijalariga ko‘ra ballar teng bo‘lib qolgan taqdirda, g‘oliblar Tashkiliy ishchi guruh a’zolari (kotibdan tashqari) orasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda esa, Tashkiliy ishchi guruh rahbarining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Iyun-iyul oylarida harbiy ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir o‘tkazilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh a’zolaridan birining rahbarligida oraliq yakun yasash o‘tkaziladi, bunda uning davomida ko‘rik-tanlov borishining qisqa tahlili, mavjud kamchiliklar va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tanlovning yakuniy natijalari g‘oliblarni ko‘rsatgan holda, Tashkiliy ishchi guruh bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va har yili dekabr oyining 25 sanasigacha harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlov natijalari har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi va g‘oliblar taqdirlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy ishchi guruh tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan harbiy-ma’muriy sektorlar Tashkiliy ishchi guruh rahbarining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — apellatsiya komissiyasi) har yili dekabr oyining 25 sanasidan boshlab 3 kun davomida apellatsiya berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Tashkiliy ishchi guruh faoliyatida ishtirok etmagan vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari orasidan komissiya raisi va to‘qqiz nafar a’zo kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Harbiy-ma’muriy sektorlarning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Apellatsiya komissiyasi harbiy-ma’muriy sektorning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorni tegishli harbiy-ma’muriy sektorga yetkazilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati


1-bosqich

Mudofaa vazirligi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi

Har yili
1-yanvar


2-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar

Quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:

ommaviy-sport ishlari, “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport o‘yinlari;

yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar;

yoshlar ishtirokida “E’zoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslari;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini o‘tkazish hamda Vatanga sodiqlik, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy bo‘laman!” shiori ostida turli estafetalar.

1-yanvar — 20-dekabr


3-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi.

Har oyning

1 sanasigacha

(dekabr oyida — 20-dekabr)


4-bosqich

Mudofaa vazirligi

1. Harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni o‘rganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi.

2. O‘sib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab boradi.

1. Har oyning
5 sanasigacha

2. Yil davomida


5-bosqich

Tashkiliy ishchi guruh

1. Tanlovning yakuniy natijalari g‘oliblarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboradi.

2. Tanlov natijalarini har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qiladi va g‘oliblarni taqdirlaydi.

har yili dekabr oyining 25 sanasigacha

har yili yanvar oyining 14 sanasigacha

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlarni baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Ball

I. Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha

1.

Tadbirlar soni 10 tadan 50 tagacha bo‘lganda

3

2.

Tadbirlar soni 51 tadan 100 tagacha bo‘lganda

4

3.

Tadbirlar soni 101 tadan 150 tagacha bo‘lganda

5

Izoh. Mazkur hisob kuyidagi tarzda amalga oshiriladi: oy davomida o‘tkazilgan tadbirlar soni viloyat hududida joylashgan harbiy qism (muassasalar) soniga bo‘linadi va natijadagi son inobatga olinadi.

II. Tadbirlar miqyosi umumiy tadbirlar soniga foiz hisobida

(qatnashuvchilar soni: kichik miqyos — 100 nafargacha, o‘rta miqyos — 1000 nafargacha, katta miqyos — 1000 nafardan ko‘p)

4.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 50 foizdan kam bo‘lganda

1

5.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 51 foizdan 74 foizgacha bo‘lganda

2

6.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 75 foizidan ko‘p bo‘lganda

3

III. Tadbirlar darajasi

7.

Tuman (shahar) darajasidagi har bir tadbir uchun

1

8.

Viloyat darajasidagi har bir tadbir uchun

3

9.

Respublika darajasidagi har bir tadbir uchun

4

IV. Tadbirning mavqeyi

10.

Tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi qatnashganda

1

11.

Tadbirda viloyat IIB, MG, FVV, DXXChK rahbarlari qatnashganda

2

12.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining o‘rinbosarlari qatnashganda

3

13.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbari qatnashganda

5

V. Tadbirning yoritilishi

14.

Tuman (shahar) ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,1

15.

Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,2

16.

Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,3

VI. O‘tkazilgan tadbirlarning natijadorligi

17.

P�ofilaktik hisobdan chiqarilgan har bir yosh uchun

1

18.

Profilaktik hisobga kiritilgan har bir yosh uchun

minus 1

VII. Respublika ko‘rik-tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lgan kiritilganligi

19.

Ko‘rik-tanlovda (“Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, fanlar bo‘yicha olimpiada, tadbirkorlik, sport va boshqalar) birinchi o‘rinni egallagan yoshlar — har biri uchun

0,1

VIII. O‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi

20.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 1% dan 15 % gacha o‘sganligi uchun

minus 1

21.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 16% dan 30 % gacha o‘sganligi uchun

minus 3

22.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 31 % dan ko‘p o‘sganligi uchun

minus 5

23.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan kam�yganligi uchun

10

IX. Viloyatda “Vatanparvarlar” bog‘ining faoliyati

24.

Bog‘ mavjud emas

minus 5

25.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 1 tadan 10 gacha tadbir o‘tkazildi

1

26.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 11 tadan 15 gacha tadbir o‘tkazildi

3

27.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 16 tadan ko‘p tadbir o‘tkazildi

5

X. Vatanparvarlik tarbiyasiga oid targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish

28.

Har bir mavzuga oid yangi videorolik uchun

0,1

29.

Har bir yangi badiiy, hujjatli asarlar, uslubiy ishlanmalar uchun

0,2

XI. Targ‘ibot tadbirlarida yangicha yondashuvga ega bo‘lgan innovatsion g‘oyalardan foydalanganligi

30.

Respublikadagi nufuzli ilmiy va madaniy muassasa vakillarining jalb etilganligi, yoshlar e’tiborini jalb qiluvchi ilmiy va amaliy psixologik usullardan foydalangan holda o‘tkazilgan har bir tadbir uchun

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

B.N. Kurbanov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, tashkiliy ishchi guruh rahbari

11.

S.G‘. Ashurov

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

2.

A.M. Jumaboyev

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rin�osari, tashkiliy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

R.A. Xatamov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

4.

S.D. Mamayusupov

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari

5.

K.X. Abdijalilov

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari

6.

(Kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari

7.

D.M. Kenjayev

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari

8.

M.A. Yuldashev

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari

9.

X.A. Karshiyev

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari

10.

M.Y. Muxitdinov

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari

11.

M.H. Umarov

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisining o‘rinbosari

12.

A.K. Ortikov

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, tashkiliy ishchi guruh kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/369/0743-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)