O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KO‘RSATILGAN XIZMATLAR UChUN BOJ YIG‘IMLARI OLIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojona qo‘mitasi va Moliya vazirligining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yig‘imlarining yangi stavkalarini ilovaga muvofiq belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligiga tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish narxlarining indeksatsiyasini hisobga olgan holda stavkalarni birgalikda belgilash huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-avgust,
366-son
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yig‘imlari
STAVKALARI
| №№ |
Xizmat turlari |
Olingan boj yig‘imlari stavkalari |
| 1. | Bojxonadan boshqa joyda tovarlar va boshqa narsalarni bojxona tomonidan rasmiylashtirishga bojxona xodimini chiqarganlik uchun, shu jumladan, ularni saqlaydigan korxonalar va tashkilotlarning hududidagi bojxona nazorati ostida bo‘lgan tovarlar va narsalarni, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan: | |
| | kunduzgi (ish) vaqtda | 50 |
| | ishdan tashqari vaqtda (soat 18.00 dan 09.00 gacha), shanba, yakshanba va bayram kunlarida | 100 |
| 2. | Ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan yuklarni rasmiylashtirganlik uchun, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan: | |
| | kunduzgi (ish) vaqtda | 50 |
| | ishdan tashqari vaqtda (soat 18.00 dan 09.00 gacha), shanba, yakshanba va bayram kunlarida | 100 |
| 3. | Buyurtma berilgan xizmatlardan oldindan yozma holda ogohlantirmasdan voz kechganlik uchun | 100 |
| 4. | Fuqarolar tomonidan MDHga olib ketiladigan transport vositalarini ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish) huquqini beruvchi guvohnoma berganlik uchun (shu jumladan, vaqtincha olib ketganlik uchun): | |
| | yengil avtomobillar, mikroavtobuslar, avtobuslar | 500 |
| | motorsiz transport vositalari (pritseplar, yarim pritseplar, dachalar va hokazolar) | 300 |
| | mototsikllar, matorollyorlar | 200 |
| | mopedlar (ro‘yxatga olinadiganlari) | 150 |
| 5. | Narsalarni olib kelish (olib ketish) to‘g‘risida yozma ma’lumotnomalar (tasdiqnomalar), buyumlar va valyutani hisobga olish deklaratsiyalarining, daftarchalarining nusxalarini hamda qonunda belgilangan hollarda boshqa ma’lumotlarni berganlik uchun, hujjat uchun | |
| 6. | Yo‘lovchiga bojxona deklaratsiyasi blanklarini berganlik uchun (T-6 shakli) | 1 nusxasi uchun 5 so‘m |
| 7. | Yuklarga bojxona deklaratsiyasini berganlik uchun (YuBD) | 1 komplekt uchun 100 so‘m |
| 8. | Deklaratsiya berish huquqiga guvohnoma berganlik uchun | 20000 |
| 9. | Yuk avtomobilini ko‘zdan kechirganlik uchun: | |
| | yuk bilan | 50 |
| | yuksiz | 30 |
| 10. | Avtobusni ko‘zdan kechirganlik uchun | 50 |
| 11. | Engil avtomobilni ko‘zdan kechirganlik uchun | 30 |
| 12. | Valyuta va valyuta boyliklarini saqlaganlik uchun: | |
| | bir yilgacha, qiymatining | 1 foizi |
| | bir yildan oshiq qiymatining | 2 foizi |
Izoh. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun boj yig‘imlari ham so‘mda, ham xorijiy valyutada to‘lanishi mumkin. So‘mni xorijiy valyutaga aylantirib hisoblash boj to‘lovlari to‘lash haqida bojxona talablari qo‘yilgan kunda amalda bo‘lgan tashqi iqtisodiy a’mollar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun qo‘llaniladigan O‘zbekiston Davlat bankining kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.