Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025 01.06.2020 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgach amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab, Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyevga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘iga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
345-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Maqsadi va qo‘llash doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) aholi hayoti va salomatligini, atrof-muhitni, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning mol-mulkini himoya qilish maqsadida alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligiga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha keltirilgan alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalada bo‘lgan quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolsiz ichimliklarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xom ashyo va tarkibiy qismlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish (tayyorlash), saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Texnik reglament:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar ozuqasi uchun mo‘ljallanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilishi mo‘ljallanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Alkogolsiz ichimliklarga sut va mevalar va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Atamalar va ta’riflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Texnik reglamentni qo‘llash maqsadlari uchun quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarning ifloslanishi — mahsulotga narsa, bo‘lak, modda va organizmlarning tushishi natijasida u inson uchun xavfli holatga aylanadigan va Texnik reglament talablariga javob bermaydigan holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya — aniq bir mahsulotning namunaga va (yoki) uning ta’rifiga muvofiqligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot tayyorlovchi — mahsulotni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muomala — alkogolsiz mahsulotlarni xarid qilish (shu jumladan, import qilish), yetkazib berish (shu jumladan, eksport qilish), tashish, saqlash, sotish, utilizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning ta’rifi — milliy, xalqaro, tashkilot standartlari, texnologik va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan mahsulotni tavsiflovchi belgilar, parametrlar, ko‘rsatkichlar va talablar to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi — alkogolsiz mahsulotni sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish binosi — bevosita mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan bino;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino, asbob va anjomlarga sanitariya ishlovi berish — oziq-ovqat mahsulotlari (xom ashyo)ning ifloslanish manbasiga aylanib qolmasligi uchun bino, asbob va anjomlar yuzasini yuvish yoki boshqacha tarzda ishlov berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolsiz mahsulotlarni saqlash muddati — hujjatlarda ko‘rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilishda normativ va/yoki texnik hujjatlarda belgilangan xususiyatlarni alkogolsiz mahsulot o‘zida saqlovchi vaqt davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolsiz mahsulotning yaroqlilik muddati — alkogolsiz mahsulotlarni saqlash, tashish, sotish paytida xavfsizlik me’yorlari va qoidalari talablariga rioya qilgan holda foydalanishga yaroqli bo‘lgan va muddati o‘tgandan so‘ng inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish — sanitariya me’yorlari va qoidalari, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan alkogolsiz ichimliklardan alkogolsiz ichimliklar mo‘ljallangan va ulardan odatda foydalaniladigan maqsadlardan farqli maqsadlarda foydalanish, yoxud sanitariya me’yorlari va qoidalari, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan alkogolsiz ichimliklarni ulardan har qanday maqsadlarda foydalanish va qo‘llash uchun yaroqsiz, shuningdek, ularning odamga, hayvonlarga va atrof-muhitga nomaqbul ta’sirini istisno etuvchi holatga keltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi.
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Texnik tartibga solish obektlarini identifikatsiya qilish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Alkogolsiz ichimliklarni identifikatsiya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni hisobga olib, mahsulotning asoslangan tanlovi bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iste’molchilarni nohalol tayyorlovchi (sotuvchi)lardan himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning, jumladan, uning nomining Texnik reglament talablariga muvofiqligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan berilgan ma’lumotga muvofiqligini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorning barcha ishtirokchilari manfaatlari muhofazasini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Texnik reglamentda qo‘llanilishiga nisbatan alkogolsiz ichimliklarning texnik tartibga solish obyektlariga tegishliligini belgilash uchun identifikatsiya qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqaradigan tayyorlovchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida — sertifikatlashtirish organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida — davlat nazorat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mahsulotni tashqi ko‘rinishi, tamg‘asi, ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash yo‘li bilan identifikatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishlab chiqarish obyektidagi identifikatsiya qilinmagan alkogolsiz ichimliklar (eksport uchun ishlab chiqarilgan alkogolsiz mahsulotlar bundan mustasno) utilizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Alkogolsiz ichimliklarni muomalaga kiritish koidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Alkogolsiz ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi ichki bozoriga muomalaga chiqarish muvofiqlik sertifikati hamda raqamli markirovkasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlaridan o‘tgan va Texnik reglament talablariga javob beradigan alkogolsiz ichimliklar muvofiqlik milliy belgisi bilan tamg‘alanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Alkogolsiz mahsulotlar xavfsizligi Texnik reglamentda belgilangan talablarga rioya qilish yo‘li bilan hamda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ingrediyentlar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, texnologik vositalar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oziq-ovqat qo‘shimchalari, texnologik yordamchi vositalar, ularning miqdoriy normalarining qo‘llanilishi hamda ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari Texnik reglament talablariga zid bo‘lmagan oziq-ovqat qo‘shimchalari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan suv Texnik reglament va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Alkogolsiz mahsulotlarni tayyorlovchi Texnik reglament talablarining bajarilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlovchi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologik hujjatlarga (texnologik reglamentlar, qoidalar, texnologik yo‘riqnomalar) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish binosi (sex, ombor, bo‘lim va boshqa binolar) va texnologik uskunalar xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor alkogolsiz ichimliklarning ifloslanishini istisno etadigan holda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ishlab chiqarish binolari, inshootlar va ularning joylashuvi, kanalizatsiya, yoritish, ventilyatsiya, isitish tizimi xavfsizligi talablari, shuningdek, maishiy binolar, chiqindilarni to‘plash va yo‘q qilish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining tegishli soha uchun belgilangan qonunchilik hujjatlari talablariga javob berishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarning ifloslanishini oldini olish maqsadida alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan tartib va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Atrof-muhit va ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ekologik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mahsulotlarni tashish mazkur maqsadlar uchun yaroqli transport vositalarida amalga oshiriladi. Mahsulot tayyorlovchi tomonidan ushbu mahsulotni tashish uchun belgilangan shartlarga muvofiq, mahsulotning xavfsizligi va saqlanishini ta’minlagan holda yuk jo‘natuvchi tomonidan tashish shartlari belgilanadi. Transport vositalari va/yoki konteynerlarning yuk bo‘linmalari mahsulotning ifloslanishiga olib kelsa bunday hollarda undan boshqa yuklarni tashishda foydalanish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Transport vositalari va/yoki konteynerlardan bir vaqtning o‘zida boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yuklarni tashishda foydalanilganda, mahsulotlar ifloslanishi ehtimolining oldini olish maqsadida ular bir-biridan izolyatsiya qilinishini ta’minlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Suyuq, qadoqlanmagan alkogolsiz mahsulotlarni tashish faqat suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan plombalangan idishlarda amalga oshirilishi kerak. Bunday sisternalar faqat suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallanganini ko‘rsatadigan o‘chmaydigan tamg‘aga ega bo‘lishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Transport vositalari va konteynerlarning yuk bo‘linmalari konstruksiyasi alkogolsiz mahsulotlarni ifloslanishdan, hayvonlar, jumladan, kemiruvchi va hasharotlarning kirishidan himoya qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tashishning belgilangan shartlariga rioya qilinishi monitoringi olib borilishi (konteynerlar bundan mustasno) imkoniyatini hamda sanitariya jihatdan tozalash va/yoki dezinfeksiya qilinishini ta’minlash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari va konteynerlarning yuk bo‘linmalari yuviladigan va zaharsiz materialdan tayyorlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Alkogolsiz mahsulotlarni tashish uchun transport vositalari va konteynerlaning yuk bo‘linmalari mahsulotlarning ifloslanish manbai bo‘lmasligi uchun muntazam ravishda sanitariya jihatdan tozalanishi, davriylik bilan dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya qilinishi kerak. Tozalash, dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya qilinishi davri davomiyligi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish sohasidagi xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Alkogolsiz mahsulotlarning xavfsizligi va Texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun ularni sotishni amalga oshiruvchi tashkilotlar ularni qabul qilish va saqlash shartlarini ta’minlashlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yaroqlilik muddati o‘tgan alkogolsiz mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Muomaladagi alkogolsiz mahsulotlarga ularning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Alkogolsiz ichimliklardan utilizatsiya qilish jarayoniga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Texnik reglament talablariga muvofiq kelmaydigan alkogolsiz ichimliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ortga qaytariladi yoki vakolatli organlarning qaroriga asosan utilizatsiya qilinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Alkogolsiz mahsulotlarni qaytarish yoki utilizatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar mahsulot miqdori ko‘rsatilgan holda va Texnik reglament talablariga muvofiq alohida saqlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish uning mulkdori yoki uning mulkdori shartnoma bo‘yicha ushbu vazifani bajarishni topshirgan tashkilot tomonidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat nazorat organlari, soliq organlari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish usullari va shartlari uning egasi tomonidan tegishli davlat nazorat organlari bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Iste’mol uchun yaroqsiz alkogolsiz ichimliklar yo‘q qilishdan oldin yoki yo‘q qilish jarayonida zararsizlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Alkogolsiz ichimliklarning egasi davlat nazorati organlariga uning xaqiqatda utilizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Alkogolsiz ichimliklar qadoqning butunligi yoki qadoqni berkitgan moslamaning sezilmas tarzda buzilishi ehtimolini istisno qiladigan tarzda qadoqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Alkogolsiz ichimliklarga tegib turadigan qadoqlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Alkogolsiz ichimliklarni tamg‘alash Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lishi va mahsulot haqida ishonchli ma’lumotlarni o‘zida aks ettirishi hamda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Alkogolsiz ichimliklarni tamg‘alash Texnik reglamentga 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot nomlarini o‘z ichiga olishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Alkogolsiz ichimliklarning tamg‘asida mahsulotning tasdiqlovchi isbot bo‘lmagan, inson organizmiga har qanday funksional ta’sirni aks ettiruvchi ma’lumotlarni joylashtirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Shakar qo‘shib ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklarning energetik qiymati original ichimliklar bilan solishtirganda 30 foizga past bo‘lgan taqdirda, mahsulot yorlig‘ida “Pasaytirilgan energetik qiymati bilan” yozuvi bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Alkogolsiz ichimliklarning tamg‘asida uning energetik qiymati 100 millilitrga (kcal/100 cm3 (kJ)) nisbatan kilokaloriyada ifodalangan tarzda ko‘rsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Alkogolsiz ichimlikning iste’mol qadog‘ida qo‘shimcha tarzda ushbu mahsulotga tegishli ma’lumot tariqasidagi yozuvlar joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Tarkibida ta’m beruvchi — shakarli spirtlar mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar tamg‘asi, bevosita oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi ko‘rsatilgandan keyin “Ta’m beruvchi (ta’m beruvchilar) mavjud. Haddan tashqari ko‘p miqdorda iste’mol qilish holsizlikka olib kelishi mumkin” degan yozuv qo‘shilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Agar alkogolsiz ichimlik tarkibida aspartam mavjud bo‘lsa, iste’mol qadoqog‘ida “Tarkibida fenilalanin manbai mavjud” degan yozuv joylashtirilgan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan tasdiqlovchi sertifikatlar (sinov bayonnomalari) mavjud bo‘lmagan taqdirda alkogolsiz mahsulotlar tamg‘asida sifat menejmenti tizimining qo‘shimcha xususiyatlari to‘g‘risida mahsulot standartlari — “Bio”, “Eko”, “Konservantlarsiz”, “GMOlarsiz”, “Ekologik toza mahsulot”, “Halol” (“Halal”), “Organik” (“Organic”) belgilarini qo‘yish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Iste’molchilarni chalg‘itishga olib keladigan ishonchsiz ma’lumotlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mahsulotning tarkibi, xususiyatlari, ozuqaviy qiymati, kelib chiqishi, ishlab chiqarish va foydalanish usuli, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita alkogolsiz mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi hamda to‘liq va ishonchli bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ma’lumotni iste’mol qadog‘iga tamg‘alash vositalari mahsulotni saqlash, tashish va sotish paytida ma’lumotlarning mustahkamligini ta’minlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Alkogolsiz ichimliklarning namunalarini tanlash va sinovlarni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Sinov usullari, shu jumladan alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglamentga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalarni tanlash usullari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Alkogolsiz ichimliklarni Texnik reglament talablariga muvofiqligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Alkogolsiz ichimliklarni baholash (tasdiqlash) shakllari va qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash alkogolsiz ichimliklarni majburiy sertifikatlash shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Ariza beruvchi alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ariza beruvchi alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish jarayonida Texnik reglament va unga tatbiq qilinadigan texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Texnik reglamentga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. O‘tish davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va alkogolsiz mahsulotlarning xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjatlar Texnik reglament bilan muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari bo‘yicha qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar alkogolsiz ichimliklarga nisbatan ularning muvofiqligini baholashda O‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Alkogolsiz ichimliklar uchun Texnik reglament kuchga kirgunga qadar olingan sanitariya-epidemiologiya xulosalari va muvofiqlik sertifikatlari ushbu hujjatlarda belgilangan muddat mobaynida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xavfsizlik talablari belgilanadigan alkogolsiz ichimliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomi

Ta’rifi

1.

Alkogolsiz mahsulot

Suv bilan aralashtirish orqali tayyorlanadigan (siroplar, konsentratlar, quruq aralashmalar) alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlar.

2.

Alkogolsiz ichimliklarning konsentratlari

Tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlarining asosiy komponentlarini to‘laligicha yoki bir nechta komponentlaridan olinadigan yarim tayyor mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari; konsentratlar keyinchalik tarkibida to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidi bo‘lgan suv (iste’mol, mineral, tabiiy-oshxona), yetishmaydigan komponentlar bilan aralashtirish uchun qo‘llaniladigan bir yoki bir necha qismlardan iborat bo‘lishi mumkin.

3.

Vino va vinomateriallarga asoslangan ichimliklar va kokteyllar

Turli xil vino va vinomateriallari aralashmasi yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida spirt miqdori 1,2 foizdan ko‘p bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar.

4.

Alkogolsiz ichimliklar

Ichimlik holidagi (tarkibida ichimlik suvi, mineral va tabiiy-oshxona suvi, meva, sabzavot, don yoki boshqa o‘simlik xom ashyosi (ekstraktlar, infuziyalar), vino va vinomateriallar, konsentratlar, sut mahsulotlari, shakar yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalar, ta’m va hid beruvchi qo‘shimchalar, boshqa oziq-ovqat qo‘shimchalari va tarkibiy qismlari, oziq-ovqat bo‘yoqlaridan foydalanib tayyorlangan, issiq yoki sovuq holda quyiladigan) to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidli tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari.

5.

Tiniq bo‘lmagan ichimliklar

Ichimlikka xira ko‘rinish beradigan tabiiy va (yoki) sintetik kelib chiqishga ega oziq-ovqat moddalari yordamida tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar.

6.

Kukunsimon ichimliklar

Qayta tiklash yo‘li bilan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan kukun, granulalar yoki tabletka shaklidagi “alkogolsiz ichimliklar” hisoblanadigan turli xil xom ashyolarning aralashmasi.

7.

Meva va/yoki sabzavot sharbatli ichimliklar

Tarkibiga 4 foizdan kam bo‘lmagan meva va/yoki sabzavot sharbati qo‘shilgan alkogolsiz ichimliklar.

8.

O‘simlik xom ashyoli ichimliklar

Tarkibi ekstraktlar, infuziyalar, dekoatsiyalar, konsentratlar va o‘simlik, meva, shu jumladan shirin-xushbo‘y xom ashyolardan iborat alkogolsiz ichimliklar.

9.

Don xom ashyoli ichimliklar

Don xom ashyosi va uning mahsulotlarini hid-ta’m beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlar va boshqa komponentlar yordamida qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklar.

10.

Xushbo‘ylashtirgichli ichimliklar

Tabiiy va (yoki) tabiiy bilan bir xil va (yoki) sun’iy xid beruvchi moddalar yoki ularning aralashmasi (essensiya, efir moylari, emulsiyalar va boshqalar) yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida sharbat bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar.

11.

Achitilgan ichimliklarva kvaslar

Tarkibida etil spirtining hajmi 1,2 foizdan oshmaydigan spirt achitqisi yoki spirt va don ekstraktlarining tugallanmagan sut kislotali achitqisi hamda sabzavot, meva, rezavor ekstraktlar va o‘simliklarning tabiiy shakarli boshqa xom ashyolari va mahsulotlari bilan hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalarni qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlov berilgan alkogolsiz ichimliklar.

12.

Maxsus tayyorlangan ichimliklar

Tarkibida ingrediyentlar (jismoniy qiymatga ega, sog‘lik uchun xavfsiz, aniq fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega), mavjud xususiyatlari aniqlangan va fan tomonidan o‘rganilgan alkogolsiz ichimliklar; maxsus tayyorlangan ichimliklar tetiklashtiruvchi, sport, diabetik, parhezbop va iste’molchilarning muayyan toifasi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

13.

Energetik ichimliklar

Tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar.

14.

Gazlangan ichimliklar

Ichimlik idishini ochganda bosimning tushishi hisobiga ichimlikdan qisman pufak shaklida ajralib chiqadigan, tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

15.

Gazlanmagan ichimliklar

Tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

16.

Kiritmali ichimliklar

Tarkibida o‘simliklarning turli tarkibiy qismlari — urug‘, et (quyqa), pulpa mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar.

17.

Funksional ichimliklar

Tarkibida turli oziq-ovqat qo‘shimchalari va ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bir yoki bir qancha funksional oziq-ovqat ingrediyentlar miqdori mavjud, muntazam iste’mol qilishda, yetarlicha inson organizmining jismoniy funksiyasini ijobiy natija bilan ta’minlash uchun xizmat qiladigan, asosi suvdan iborat suyuq funksional oziq-ovqat mahsuloti.

18.

Tetiklashtiruvchi ichimliklar

Tarkibida inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan individual kimyoviy moddalar qo‘shilgan ichimliklar. Tetiklashtiruvchi komponentlarga kofein, glikozidlar, taurin, eleuterozidlar, sxizandrin, glyukuronolakton kiradi.

19.

Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq aralashma (keyingi o‘rinlarda quruq aralashma deb ataladi)

Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan quruq oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

20.

Sirop

Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklarga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-jadval

Alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlarning ruxsat etilgan darajasi

Mahsulotlar guruhi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan daraja, mg/kg yoki mg/cm3, dan ko‘p emas

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli, tetiklashtiruvchi (maxsus tayyorlangan) va sun’iy-minerallashtirilgan

Zaharli elementlar:

Qo‘rg‘oshin

0,3

Margumush

0,1

Kadmiy

0,03

Simob

0,005

Mikotoksinlar:

Patulin

0,05 — tarkibida olma yoki pomidor yoki oblepixa sharbati bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar uchun

Kofein

150 — tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar uchun
300 — tarkibida kofein bo‘lgan maxsus ichimliklar uchun

Xinin

85 — tarkibida xinin bo‘lgan ichimliklar uchun

Umumiy minerallar, g/l, ko‘p emas

2,0 — sun’iy minerallashtirilgan ichimliklar uchun

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1a-jadval

Bir dona alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar iste’mol qadog‘ida biologik faol komponentlarining ruxsat etilgan maksimal darajasi

Komponent nomi

Miqdori, mg

Taurin

1200

Glyukuronolakton

750

L-karnitin

900

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2-jadval

Seziya-137 va Stronsiya-90 radionuklidlarining ruxsat etilgan darajalari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotlari guruhi

Seziy-137 solishtirma faolligi,
Bk/kg (l)

Stronsiya-90 solishtirma faolligi,
Bk/kg (l)

1.

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli va sun’iy-minerallashtirilgan ichimliklar

70

100

2.

Pasterizatsiyalanmagan va 30 kundan kamroq muddatga ega bo‘lgan konservantlarsiz alkogolsiz ichimliklar

80

70

3.

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq bo‘lgan

80

70

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3-jadval

Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligining mikrobiologik ko‘rsatgichlari

Mahsulotlar nomi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan darajasi, mg/kg, ko‘p emas

Alkogolsiz ichimliklar, shu jumladan, sharbatli, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq bo‘lgan:

- shakarda

BGKP* (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE**/100 cm3, ko‘p emas

15

- tam beruvchilarda

Mezofilli aeroblar miqdori, KOYE/100 cm3, ko‘p emas

100

BGKP (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- sharbatli tarkiblar

BGKP (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Alkogolsiz ichimliklar uchun konsentratlar (suyuq, pastasimon), aralashmalar (kukunsimon, tabletkali, granulali va shunga o‘xshash)

KMAFAnM***, KOYE/cm3, (g), ko‘p emas (tarkibida bikarbonat natriya bo‘lgan konsentratlardan tashqari)

5x104

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas

50

Issiq pasterizatsiyalangan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Tozalanmagan kvaslar:

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan tozalangan kvaslar:

- polimer shishalarda (PETF)

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilingan tozalangan kvaslar

KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas

10

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, cm3, ko‘p emas

100

Qaynoq alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq o‘simlik xom ashyosi

KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas

5x105

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, ko‘p emas

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* BGKP — ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** KOYE — koloniya hosil qiluvchi bakteriyalar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** KMAFAnM — mezofil aerob va fakultativ-anaerob mikroorganizmlar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

4-jadval

Parazitologik ko‘rsatkichlar

Mahsulotlar guruhi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan daraja, mg/kg, ko‘p emas

Alkogolsiz ichimliklar, suyuq konsentratlar, siroplar, kvaslar

Gelmint tuxumlari, oddiy patogen ichak kistalari

yo‘l qo‘yilmaydi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) yetkazish.

Uch kun
muddatda

II bosqich

“O‘zstandart” agentligi,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

1. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha mavjud normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzish va xatlovdan o‘tkazish.

2. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.

Bir oy
muddatda

O‘n kun
muddatda

III bosqich

“O‘zstandart” agentligi

Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Olti oy
muddatda

IV bosqich

“O‘zstandart” agentligi,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni ta’minlash.

Jadvalga muvofiq

V bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududiy organi

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.

2. Sinovdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.

3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy bo‘lganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish.

Belgilangan tartibda
(ariza olingan kundan boshlab
14 kundan kechiktirmay)

VI bosqich

Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari

Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

Uch ish kuni mobaynida

VII bosqich

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash.

Belgilangan tartibda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2020-y., 09/20/345/0707-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)