Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002 03.08.1992 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT QOʻMITASINING TUZILMASI VA FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-sonli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi zimmasiga avval belgilangan funksiyalarga qoʻshimcha ravishda fan va texnikani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqishni tashkil etish, har yilgi rivojlanish istiqbollarini shakllantirish, respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar loyihalarini tayyorlash hamda fan va texnika sohasida davlat buyurtmalarini taqsimlash yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Ilmiy-texnika axboroti va texnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi Ilmiy-texnika axboroti va texnika-iqtisodiy tadqiqotlar institutini Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi tarkibidagi Ilmiy-texnika axboroti davlat jamgʻarmasi qilib qayta tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi xodimlarining eng koʻp soni Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Ilmiy-texnika axboroti va texnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutini hamda Iqtisodiyot va normativlar ilmiy-texnika institutini hisoblash markazi bilan birga saqlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni va ularning xodimlari sonini qisqartirish hisobiga tegishli mehnatga haq toʻlash fondi bilan birgalikda 325 nafardan iborat qilib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bunga kirmaydi) belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazini saqlashni nazarda tutuvchi 1992-yilgi budjetiga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda ikki hafta muddat ichida Ilmiy-texnika axborot va texnika-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutining asosiy fondlari, mol-mulki va moddiy boyliklarini 1992-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra, shuningdek, pul mablagʻlarini Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi balansiga oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQning Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi zimmasiga Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi faoliyatini axborot bilan taʼminlash va unga nashriyot-matbaa xizmati koʻrsatish funksiyasi yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, konsernlar, uyushmalar, korxonalar rahbarlari zimmasiga, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi FTDQning qarorlari va yoʻriqnomalarini ijro etish masʼuliyati yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 3-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
360-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 3-avgustdagi 360-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ) Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan davlat ilmiy-texnika siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Kengash qarorlariga, Prezidentning farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ faoliyatining bosh vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa resurslarni ularni rivojlantirish uchun jamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashning iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlari tizimini barpo etish va uning mavjud boʻlishini taʼminlash, fan va texnika rivojlanishini ragʻbatlantirish va tartibga solish, fan va texnika yutuqlarini xalq xoʻjaligiga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat ustuvorliklarini taʼminlash ilmiy-texnika dasturini shakllantirish, roʻyobga chiqarish va boshqarib borish; fundamental tadqiqotlar davlat dasturlarini ishlab chiqishda akademiya, oliy oʻquv yurtlari va tarmoq fanini muvofiqlashtirish; fan va ishlab chiqarish, vazirliklar, idoralar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari sohasini davlat ilmiy-texnika siyosati doirasida bu organlarning tegishli tuzilmalari orqali muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va ishlab chiqarishning oʻzaro foydali iqtisodiy negizga, bozorga xos boʻlgan oʻzaro munosabatlarga oʻxshash shakllariga asoslangan aloqasini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent-litsenziya xizmati, ilmiy-texnika axboroti tizimini, ilmiy kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazishni, ilmiy-texnikaviy loyihalar va dasturlarning davlat ekspertizasini, “fan” tarmogʻi boʻyicha kapital qurilishni oʻz ichiga oluvchi fan va texnika sohasi infrastrukturasini tashkil etish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda uni roʻyobga chiqarishda davlat manfaatlarini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ oʻzi uchun belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda respublikaning ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari holatini muntazam tahlil qilish hamda uning rivojlanish tendensiyalarini jahon fani va texnikasining bir qismi sifatida belgilash ishlarini tashkil etishni taʼminlaydi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal etishga qaratilgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyot ustuvorliklarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fan va texnika rivojlanishi boʻyicha muhim ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etish bilan bogʻliq boʻlgan davlat buyurtmalarini shakllantiradi; davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga, markaziy manbalardan ajratiladigan moddiy-texnika resurslariga, shu jumladan, valyuta ajratmalari va import boʻyicha yetkazib beriladigan mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ularni taqsimlash loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oliy Kengash qoʻmitalari, Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fan va texnika masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini, ilmiy tadqiqotlarni, tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish, joriy etish, ixtirochilik, patent-litsenziya ishlari, kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) fundamental tadqiqotlar davlat dasturlarini ishlab chiqishni va roʻyobga chiqarishni hamda erishilgan natijalardan foydalanishni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi; respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklarini ilmiy-texnikaviy taʼminlash dasturlarini shakllantirish, roʻyobga chiqarishni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yangi texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi uchinchi tomon sifatida innovatsiyalar egalarining ularning isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarining bozor shakllari rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) patent-litsenziya xizmati, ilmiy-texnika axboroti tizimi organlarining faoliyatiga, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazishga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; ilmiy-texnika taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy axborot tayyorlanishini taʼminlaydi; ilmiy-texnika yutuqlari targʻib qilinishini tashkil qiladi, ilmiy-texnika axboroti organlarining noshirlik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasida vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi; korxonalar va tashkilotlarning xorijiy yuksak texnologiyalardan foydalanish, qoʻshma ishlab chiqarishlar va korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarini tezroq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashadi; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy-texnika tashkilotlarida va diplomatik missiyalarda vakillik qilishini taʼminlaydi; ilmiy-texnika yutuqlarini chet elda targʻib qilishni tashkil etadi, ularning tashqi bozorda olgʻa tomon harakat qilishiga koʻmaklashadi; litsenziyalarni sotish ishlariga rahbarlik qiladi; oʻz vakolati doirasida olimlar va mutaxassislarning chet el xizmat safarlariga borishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) xalq xoʻjaligi tarmoqlarining ilmiy-texnikaviy darajasini, imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini vaqti-vaqti bilan kompleks tahlil qilishni amalga oshiradi; ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarni saralab davlat tekshiruvidan oʻtkazadi, zarur xollarda ilmiy muassasalar faoliyati yoʻnalishini oʻzgartirish, kam samara beruvchi tashkilotlar va muassasalarni tugatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; vazirliklar va idoralarning yangi tashkilotlar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) kompleks ilmiy tadqiqotlarni loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish, xalq xoʻjaligida innovatsiyalarni koʻlamli oʻzlashtirish paytida fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining mukofotlarini taʼsis etish va faxriy unvonlarini berishni ishlab chiqadi hamda bu haqda belgilangan tartibda taklif kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ tomonidan taqsimlanadigan davlat budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish; fan va texnika sohasida davlat buyurtmalarining ijrosi; davlat dasturlarining amalga oshirilishi; ilmiy-texnika axboroti va patent-litsenziya xizmati organlari ishi, ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining rivojlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirishni taʼminlash uchun ilmiy-texnikaviy va ekspert kengashlari, vaqtinchalik jamoalar, muhandislik markazlari, kichik va qoʻshma korxonalar, texnopolislar, texnika parklari tashkil etish; innovatsiya jamgʻarmalari, birlashmalar, jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarning muassisi va qatnashchisi boʻlish; noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalariga ularning roziligi bilan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazishga davlat buyurtmalari berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tarmoqlararo yirik ilmiy-texnikaviy dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizalar oʻtkazish uchun respublika Fanlar akademiyasini, tarmoq fanlar akademiyalarini, Oʻzbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatini, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologiya tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar, birlashmalar va korxonalarni, shuningdek, alohida olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Qoʻmita va oʻziga qarashli muassasalar xodimlarini xorijiy ilmiy-tashkiliy va patent-axborot markazlariga stajirovkaga, ish tajribasini oʻrganishga, oʻzaro foydali toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, patent jamgʻarmalarini shakllantirish uchun yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tarmoqlararo yirik ilmiy-texnikaviy dasturlarni hal etish, muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan muhim yangi texnika, texnologiya va materiallarni ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ilmiy-texnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnikaviy loyihalar va dasturlar davlat ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) muzokaralarda ishtirok etish hamda respublika Hukumatining topshirigʻiga koʻra davlatlararo ilmiy-texnikaviy hamkorlik masalalari boʻyicha shartnomalar va bitimlarni imzolash, respublika tadqiqot va konstruktorlik-texnologiya tashkilotlarining oʻzaro foydali munosabatlar asosida yetakchi xorijiy ilmiy va texnika markazlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish, ilmiy kadrlarni oʻqish, stajirovka va ishlash uchun chet elga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) respublika va xalqaro ilmiy-texnika konferensiyalari, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi va tarmoq akademiyalari, konsernlar, uyushmalar va hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, respublika Davlat statistika qoʻmitasidan qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) davlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhim ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun davlat budjetidan olinadigan mablagʻlar boʻyicha, shu jumladan, chet el valyutasida, tanlovlarning gʻoliblariga berish, shuningdek, belgilangan tartibda olimlar va mutaxassislar mehnatiga, shu jumladan, ilmiy-texnika va ekspert kengashlarida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ tomonidan jalb qilinadigan chet el olimlari mehnatiga haq toʻlash uchun oʻz tasarrufida zaxiraga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalarida tekshirishlar oʻtkazish; oʻz vakolati doirasida vazirliklar va idoralar bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Raisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Qoʻmita Raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Raisi qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va u oʻz funksiyalarini amalga oshirishi uchun, shuningdek, oʻziga qarashli tashkilotlar va muassasalar ishi uchun shaxsan javob beradi, Rais oʻrinbosarlarining, hayʼat, ilmiy-texnika kengashi aʼzolari va qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Raisi Oʻzbekiston Respublikasi vaziri huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Kengash qarorlari, Prezidentning farmonlari, respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar. bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar va buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasida tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hayʼat tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, apparat ishini tashkil etish darajasini oshirish hamda Qoʻmita huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining qarorlari va buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining doimiy ishlovchi qoʻmitalari va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasining doimiy organlari, mahalliy boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ huzurida tarkibida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi boʻlgan Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi ixtirochilik sohasida davlat manfaatlari himoya qilinishini, fan va texnikada mualliflik huquqlari himoya qilinishini, Oʻzbekiston Respublikasida kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari va tovar belgilaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qoʻmita Raisi zarurat boʻlganda tuzilmaga Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita markaziy apparatining shtat jadvali va uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 3-avgustdagi 360-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi huzuridagi Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi huzuridagi Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi, davlat ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnika axboroti va patent-litsenziya faoliyati tizimini shakllantirishni hamda uning ishini muvofiqlashtirishni taʼminlovchi organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, patent-litsenziya faoliyati sohasidagi xalqaro huquqiy normalarga, Oliy Kengash qarorlariga, Prezidentning farmonlariga, Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun ilmiy-texnika axboroti va patent-litsenziya faoliyati sohasida takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida intellektual imkoniyatlarni rivojlantirishga, kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari va tovar belgilaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan fan va texnikada mualliflik huquqini himoya qilish tizimi faoliyatini tashkil etish va taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent-litsenziya faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlarini va fuqarolarining huquqlarini himoya qilishni taʼminlovchi patent jamgʻarmasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika, patent va konyunktura-iqtisodiy axborotning xalq xoʻjaligi ehtiyojlariga va davlat ilmiy-texnika siyosatining tegishli vazifalariga yoʻnaltirilgan axborot tarmogʻi zamonaviy tuzilmalarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent berish ishlarini yuritish va ilmiy-texnika axboroti sohasida ilmiy-tadqiqot, uslubiyat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan-texnika taraqqiyotining tendensiyalarini, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini tahlil qilish; “fan” va “ishlab chiqarish” sohalarining innovatsiya jarayonlarida muvofiqlashuvi va oʻzaro hamkorligini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent-litsenziya faoliyati sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni tashkil etish va boshqarib borish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro axborot tizimiga toʻliq kirishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda sanoat va intellektual mulk masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqadi; patent-litsenziya faoliyati, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish, tadqiqotlar natijalarini joriy etish, axborot taʼminotini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Davlat patent jamgʻarmasini, shuningdek, fan-texnika yutuqlari jamgʻarmasini butlaydi; ilmiy-texnika va patent axboroti banklarini shakllantiradi, tarmoq va hududiy maʼlumot bazalari tashkil etish, ulardan samarali foydalanishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mahsulotlarning raqobatga bardoshliligini baholash, jahon bozori va ichki bozorni oʻrganishga, eng avvalo, ilmiy-texnik faoliyat sohasida, shuningdek, Oʻzbekiston uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan tarmoqlar boʻyicha oʻrganishga doir patent-konyunktura tadqiqotlari oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yetakchi tarmoqlardagi texnikaviy daraja hamda keng joriy etishga tavsiya qilinadigan eng muhim fan-texnika yutuqlari toʻgʻrisida rahbar organlarga har oyda bildirishlar tayyorlaydi va taqdim etadi; Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ topshirigʻiga koʻra axborotni tanlab tarqatish tizimi boʻyicha materiallarni, alohida tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish yoʻllari toʻgʻrisidagi tavsiyalar bilan birga ularning holati haqidagi tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sanoat mulki obyektlariga berilgan vatanimiz va xorijiy talabnomalarning davlat ekspertizasini tashkil etadi va oʻtkazadi, sanoat va intellektual mulk obyektlarining davlat reyestrlarini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va ishlab chiqarish boʻlinmalari tomonidan bajarilgan litsenziyalarii sotish ishlarini olib boradi va takliflar tayyorlaydi, shuningdek, chet eldan litsenziya sotib olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ekspertizaning sanoat mulki obyektlariga berilgan talabnomalar boʻyicha qaroriga eʼtiroz va shikoyatlarning Appelatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqilishini tashkil etadi, oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) boshqa tashkilotlar bilan birgalikda axborot texnologiyalari va tizimlarini takomillashtirish, axborotni qayta ishlash va uzatishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va rivojlantirish, maʼlumotlar bazasi va banklarini generatsiyalash ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) sanoat mulkini va ilmiy-texnika axborotini, shu jumladan, patent ishonchnomalari berilgan xodimlarni himoya qilish masalalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni, ularning malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qiladi; sanoat mulki, uning huquqiy va patent-axborot taʼminoti sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) fan-texnika yutuqlari va ilgʻor ishlab chiqarish tajribasi toʻgʻrisida tarmoqlararo axborot ayirboshlashni tashkil qiladi; fan-texnika yutuqlarini joriy etish boʻyicha vazirliklar va idoralarga, konsernlar, uyushmalar va alohida korxonalarga tavsiyalar ishlab chiqadi; yangilikni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) ilmiy-texnika targʻiboti ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; koʻrgazmalar, kengashlar, seminarlar, tanlovlar va boshqalarni oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) huquqiy muhofaza va sanoat mulki obyektlaridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro ilmiy-texnika aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha rasmiy byulletenlar, axborot materiallari, jurnallar va boshqa adabiyotlar nashr etishni tashkil etadi; axborot materiallarini koʻpaytirishni va mikrofilm qilishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markaziga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga berilgan talabnomalarni koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat muhofaza hujjatlarini berish va eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi muassasalari va tashkilotlarida bajariladigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chet elga patent berish va litsenziya faoliyati, fan-texnika yutuqlarini joriy etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) patent ishonchnomalari berilgan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ roziligi bilan vazirliklar, idoralar, Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlardan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) munosabatlarni huquqiy tartibga solish, xalqaro hamkorlik, patent-axborot mahsulotlari, ishlar, xizmatlarga tariflar va baholar belgilash, sanoat mulki va ilmiy-texnika axboroti sohasida idoraviy korxonalarni tashkil etish, qayta tuzish va tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ bilan kelishgan holda oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha rasmiy byulletenlar, axborot materiallari va jurnallar nashr etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) innovatsiyalarni realizatsiya qilishni, yangi buyumlarning boshqaruvchi namunalari va oʻrnatiluvchi turkumlarini tayyorlashni jadallashtirish uchun kichik korxonalar, qoʻshma ishlab chiqarishlar, Vaqtinchalik ijodiy va joriy etish jamoalari tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi tarkibiga tarkibiy boʻlinmalar sifatida Ilmiy-texnika axboroti davlat jamgʻarmasi (bosh tashkilot) va Patent idorasi kiradi, ularning tuzilmasi va ular toʻgʻrisidagi nizom FTDQ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi direktor tomonidan boshqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ tomonidan tayinlanadi, Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi bosh direktori yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), direktor oʻrinbosarlari, asosiy boʻlinmalarning rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ vakillari, shuningdek, respublikaning yetakchi mutaxassislaridan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish doirasida Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada ilmiy-texnika axboroti va patent-litsenziya faoliyati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi faoliyatining rejalari va hisobotlarini, kadrlar tayyorlash, boʻsh lavozimlarga saylash va boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi oʻz huquq doirasida qarorlar qabul qiladi, buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, ularning bajarilishini tashkil qiladi va tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Respublika ilmiy-metodika va patent-litsenziya axboroti markazining tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ tomonidan tasdiqlanadi. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi direktori zarurat boʻlganda tuzilmaga xodimlarning belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan gerbli muhrga va toʻrtburchak muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil., 8-son, 22-modda)