28.05.2020 yildagi 340-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining oʻzaro hamkorlikda mamlakat boʻylab keksalarning sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi”ni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlardagi turizm infratuzilma obyektlari (joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari) tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temir yoʻl chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni eʼlon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va eʼlon qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda respublikadagi madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga chegirmalar eʼlon qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi birinchi guruh nogironligi boʻlgan sayohat qiluvchi keksalar roʻyxatini har yili 1-oktabrga qadar shakllantirsin.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston nogironlar jamiyati “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati loyihasi doirasida birinchi guruh nogironligi boʻlgan keksalar uchun mamlakat boʻylab yiliga bir marotadan koʻp boʻlmagan sayohatni tashkil qilish choralarini koʻrsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayohat davomida sayohatchilarni joylashtirish, ovqatlanish va transport xizmatlari uchun mablagʻlarning 50 foizi — “Sayohat barcha uchun!” xayriya maxsus hisobvaragʻidan, 50 foizi — Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” jamgʻarmasi) mablagʻlari hisobidan qoplanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayohatlarni tashkil etishda ichki turizm faoliyati bilan shugʻullanuvchi, birinchi guruh nogironligi boʻlgan keksalarga xizmat koʻrsatish uchun mos transportga va sayohat rejasiga ega turizm sohasi subyektlari bilan tanlov asosida shartnoma tuzilishi inobatga olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va ularga berilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlarning turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatishning eng qulay tizimini yaratish boʻyicha taklif ishlab chiqsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi bilan birgalikda faxriylar va yoshi ulugʻ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksayishni sekinlashtirish, keksalarning salomatligini asrashga qaratilgan maxsus tibbiy soha — gerontologiyani rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari va sohaga oid tuzilmalar faoliyatini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi 2020-yil 1-oktabrga qadar dunyo xalqlarining keksalar va nuroniylar turmush tarzi va hayot yoʻllari, ularga berilayotgan eʼtibor bilan bogʻliq eng ilgʻor tajribalarni jamlab, yagona toʻplam holida chop etsin va taʼlim muassasalari, mahallalar hamda “Nuroniylar maskanlari” majmualariga yetkazib berishni tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga hissa qoʻshgan, yoshi ulugʻ avlod vakillariga munosib eʼtibor qaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni 2020-yil davomida tizimli asosda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar va mahallalarda yashaydigan yolgʻiz keksalarga moddiy yordam koʻrsatish va ularni manzilli ijtimoiy himoya qilish maqsadida birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatlari koʻrsatuvchi idoralar va xizmatlar faoliyati boʻyicha taʼsirchan nazorat oʻrnatsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy budjet va uning orttirib bajarilgan qismidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz keksalarning turar joylarini taʼmirlash ishlarini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari S. Turdiyev zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 28-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
340-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 340-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddatlari

Masʼul

ijrochilar

I. Keksalarni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlomlashtirish tadbirlari

1.

Fuqarolar yigʻinlarida keksa avlod vakillariga koʻmak beruvchi “Nuroniylar eʼzozimizda” koʻngilli patronaj yoshlar guruhlarini tashkil etish.

1. Yoshlar guruhini shakllantirish.

2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash.

3. Yoshlar guruhi tomo�idan ularning xolidan xabar olish, ularga zarur yordamlar koʻrsatish.

2020-yil
1-iyunga qadar

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida va istirohat bogʻlarida “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” konsert dasturlarini tashkil etish.

1. Reja ishlab chiqish.

2020-yil iyundan boshlab,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja asosida yil davomida madaniy tadbirlarni tashkil qilish.

reja asosida

3.

Har yili oktyabr oyida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. Reja asosida amalga oshirish.

2020-yil oktyabrdan boshlab har yili

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Keksalarda surunkali, shu jumladan yashirin kechuvchi kasalliklarni erta aniqlash yoʻli bilan kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida:

7 — 9 nafar tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, oftalmolog va boshqalar), qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat guruhlar ishtirokida keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazish;

chekka hududlarda joylashgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan 150 ming nafar keksalarni respublikaning ixtisoslashtirilgan joylardagi tibbiyot markazlari va oliy taʼlim tibbiyot muassasalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

surunkali kasallikka chalingan keksalarni davriy dispanser koʻrigidan (kasallik kechishiga koʻra har yili 2 — 6-marta) oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash.

3. Chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi keksalarni

chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar bilan toʻliq qamrab olish.

4. Ularni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda sogʻlomlashtirish.

2020-yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Ekologik jihatdan noqulay hududlar, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari) shuningdek, olis va chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shu jumladan keksalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, sogʻlomlashtirish maqsadida “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. Keksalar va yolgʻiz qariyalar roʻyxatini hududlar kesimida aniqlash.

3. Reja asosida hududlarga “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab,
reja asosida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun:

“Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida maxsus toʻgaraklar, shuningdek, ular uchun ommabop filmlar namoyishini hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlgan qiziqishlar boʻyicha muloqot klublarini tashkil etish;

har bir mahalla fukarolar yigʻinlari huzurida keksalar uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-jismoniy tarbiya kabinetlari negizida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlarini tashkil etish.

1. Bajaruvchilarning tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Dastur asosida keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish.

3. Chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi keksalarni toʻliq qamrab olish va ularga har tomonlama koʻmak berish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

II. Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tadbirlar

7.

Keksa harbiylar bilan maktab oʻkuvchilari oʻrtasida “Mening hayot yoʻlim” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

1. Bajaruvchilarning qoʻshma rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

8.

“Temurbeklar” maktabi tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar va keksa avlod vakillari oʻrtasida “Uch avlod” uchrashuvini tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida uchrashuvlarni tashkil qilish.

3. Unda keksa avlod vakillarining ishtirokini taʼminlash.

2020-yil
iyun oyidan boshlab,
reja asosida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

9.

“Jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda keksa avlod vakillarining oʻrni” mavzusida hududlarda seminarlar tashkil etish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Seminarni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

3. Reja asosida hududlarda seminarlar oʻtkazish.

2020-yil
iyul-avgust

Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun:

mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida ular uchun ommabop filmlar namoyish qilish hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlgan qiziqishlar boʻyicha muloqot klublari tashkil etish;

har bir mahalla fuqarolar yigʻinlarida keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-sogʻlomlashtirish xonalari negizida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlari tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Joylarda keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

3. Keksalarning muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishini tashkil qilish.

2020-yil davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Mahallalarda keksalar va faxriylar oʻrtasida tonggi jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlarini uyushtirish.

1. Mahallalar kesimida reja ishlab chiqish.

2. Mahallalarda mashgʻulot oʻtkazadigan sport murabbiylarini aniqlash.

3. Tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish.

2020-yil davomida

Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Keksa avlod vakillari uchun mamlakat boʻylab ziyoratlarni (sayohat) tashkil qilish yuzasidan tadbirlar

12.

Mamlakat boʻylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish.

1. Bajaruvchilarning tashkiliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2. Reja asosida respublikaning diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifini tashkil qilish.

2020-yildan har yili noyabr oyida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mahalla va oilaii koʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Respublika hududlariga tashrif buyurgan keksa avlod vakillarining sayohati davomida jamoalarga yoʻnalish boʻylab har bir turistik va madaniy meros obyektlari hamda muqaddas qadamjolar va ularning tarixi haqida soʻzlab berish uchun ularga hamrohlik qilish boʻyicha turizm sohasidan yaxshi xabardor boʻlgan iqtidorli talabalar orasidan 50 nafardan kam boʻlmagan koʻngilli hamrohlar (volontyorlar) roʻyxatini shakllantirish va ularni keksa avlod vakillariga biriktirish.

1. Muqaddas maskanlar va ziyoratgohlar nomlarini aniqlash.

2. Koʻngillilar roʻyxatini shakllantirish.

3. Koʻngillilar asosida ularni tanlab olish va keksa avlod vakillariga biriktirish.

2020 yildan
reja asosida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Keksa avlod vakillari uchun moddiy madaniy meros obyektlari, muzey va teatrlarga kirish va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha 50 foizgacha chegirmalar berish choralarini koʻrish.

1. Reja ishlab chiqish.

2. Keksalar uchun belgilangan chegirmalarni joriy qilish.

2020 yildan
reja asosida

Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/340/0684-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)