26.05.2020 yildagi PQ-4731-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJ investitsiya loyihalarini kelgusida amalga oshirishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish, sanoat va eksport salohiyatini barqaror rivojlantirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, konlarni qazib olish va mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlashga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2807-son qaroriga muvofiq, umumiy hisoblangan kapital qoʻyilmalar summasi 1,7 mlrd AQSH dollari boʻlgan, 2027-yilga kelib 23 mln tonna ruda qazib olish boʻyicha “Yoshlik-I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlangan;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” AJning quyidagilarni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2024-yillarda karyer qurish, shuningdek, yiliga 60 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 3-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish bilan birga geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlarining birinchi navbatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021 — 2025-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 290 ming tonna katod misi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish ishlarining ikkinchi navbatini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJning 250 mln AQSH dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan 2020-yilda 35 mln AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarni inobatga olgan holda sotib olinadigan aksiyalarni oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha emissiya qilish hisobiga “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan 1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xalqaro moliya institutlari konsorsiumining 2021-yildan boshlab, Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgandan va yakuniy qiymati tasdiqlaganidan soʻng jalb qilinadigan sindikatlangan krediti mablagʻlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Olmaliq KMK” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-dekabrgacha Loyihaning birinchi navbati, 2021-yil 1-dekabrgacha esa ikkinchi navbati texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq kredit konsorsiumini shakllantirish uchun mahalliy va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq KMK” AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar Loyihani moliyalashtirishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtga chidamli futerovka va pech qubbasi muddatidan avval eskirishining oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda kombinatning texnologik va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida konsentratlar va metallurgiya xom ashyosini zararsiz asosda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha olib kirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Olmaliq KMK” AJ, Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida investitsiya banklari, shuningdek, yetakchi xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalari orasidan konsultantlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb qilish choralarini koʻrsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani amalga oshirish, loyihaviy va injiniring ishlarini muvofiqlashtirib borish, texnik va texnologik yechimlarni roʻyobga chiqarish imkoniyatini va maqbulligini tasdiqlash, shuningdek, Loyiha qiymatini ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarayonlarni, shu jumladan tender savdolari va kontraktlar tuzish jarayonlarini texnik va maslahat jihatdan kuzatib borish, uskunalar jamlanishi va qurilish-montaj ishlari bajarilishini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Loyihani moliyalashtirish maqsadida Jamgʻarma tomonidan sotib olinadigan “Olmaliq KMK” AJ aksiyalarini keyinchalik sotish mexanizmi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida, Loyiha doirasida pudratchilar, investitsiya banklari va konsultantlar bilan tuziladigan shartnomalarga, shuningdek, Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan boshqa import kontraktlariga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga muvofiq Jamgʻarma xarajatlari hajmi oshirilishini nazarda tutuvchi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi boʻyicha loyiha hujjatlari sifatli tayyorlanishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021-yil 1-avgustga qadar xalqaro injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini (pre-feasibility study) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2027-yillarda geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlari, karyerni kengaytirish, shuningdek, yiliga 50 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 4-son mis boyitish fabrikasi obyektlarini hamda infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024 — 2028-yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonna katod misi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi obyektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-oktabrga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning II bosqichini, shu jumladan kombinat aksiyalarini qoʻshimcha emissiya qilish yoʻli bilan moliyalashtirish manbalari va tarkibi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2022-yil 1-iyunga qadar “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi texnik-iqtisodiy asoslanishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Olmaliq KMK” AJga Loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlari va jalb etilayotgan sindikatlangan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik yuklatilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Olmaliq KMK” AJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4731-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4731/0671-son; 24.03.2021-y., 07/21/5037/0232-son)