1-ILOVA
|
Tizimli muammo |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
|
I. Madaniyat va san’at sohasida qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish |
|||||
|
1. |
Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, konsert-tomosha, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalarining boshqaruv, badiiy-ijodiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining namunaviy shtatlarini takomillashtirish. |
1. Namunaviy shtatlarni xorijiy davlatlar tajribalari asosida qayta ko‘rib chiqish. 2. Namunaviy shtatlarga asosan tegishli muassasalarning shtatlar jadvallarini tasdiqlash. 3. Xodimlarning ko‘p yillik ish staji, toifasi, ilmiy darajasini hisobga olgan holda mehnatga haq to‘lashning differensial tizimini joriy etish bo‘yicha taklif kiritish. |
2020-yil dekabr |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
II. Moddiy va nomoddiy meros hamda muzeylar sohasida |
|||||
|
2. |
Muzeylarning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, jumladan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. |
1. Xorijiy tajriba asosida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlash. 2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. |
2020-yil |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), |
|
3. |
Hududlardagi davlat muzeylaridagi ekspozitsiyalarni zamon talablariga asosan yangilash, reekspozitsiya qilish ishlarini tashkil etish. |
1. Talab doirasida reekspozitsiya qilinadigan va xalqaro standartlar darajasida tashkil etiladigan ekspozitsiya dasturlarini shakllantirish. 2. Dastur loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Reekspozitsiya va ekspozitsiya ishlarini tashkil etishda xorijiy yetakchi mutaxassislarni jalb qilish. 4. Tashkil etilgan reekspozitsiya va ekspozitsiyalardan maxsus �lbomlar, flayerlar, bukletlar, foto, video materiallar tayyorlash. |
2020yil avgust |
Muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), |
|
4. |
Milliy muzey fondini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2025-yilga qadar quyidagi tadbirlarni to‘liq yakunlashni nazarda tutuvchi Milliy muzey fondini raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: har bir muzey tomonidan o‘z fondida saqlanayotgan muzey eksponatlarining elektron katalogini yaratish; “Milliy muzey fondining davlat katalogi” elektron katalogini yaratish; muzeylarning elektron kataloglari bilan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tanishish; Departament, muzeylar, davlat bojxona xizmati organlari va boshqa manfaatdor idoralar o‘rtasida madaniy boyliklarni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashish tizimini yaratish; “virtual muzey”, “raqamli muzey” loyihalarini amalga oshirish. |
2020-yil |
Madaniy meros jamg‘armasi, muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), |
|
5. |
Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi uchun yangi binolar kompleksini qurish. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi uchun yangi binolar kompleksini qurish loyihasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish: binolar kompleksida muzey eksponatlarini zarur darajada saqlash, ta’mirlash, ilmiy tadqiq etish, ko‘rgazmaga qo‘yiladigan eksponatlar ulushini bir necha barobar oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish; binolar kompleksini Toshkent shahridagi aholi va sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan maskanlar toifasiga kiritish; binolar kompleksini qurish ishlarini har yilgi investitsiya dasturlari hisobidan moliyalashtirish. |
2020-2021-yillar |
— |
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), |
|
6. |
Madaniy meros masalalari bo‘yicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish. 2. Xalqaro maslahat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish. |
2020-yil dekabr |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy kengash |
|
7. |
“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari hududlarining chegarasini belgilash ishlarini yakunlash. |
1. “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalariga beriladigan obyektlar yakuniy ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ro‘yxatga kiritilgan obyektlarning chegaralarini aniqlash. 3. Muzey-qo‘riqxonalarning chegaralarini belgilash, tegishi hujjatlarni rasmiylashtirish. |
2020-yil sentyabr |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari |
|
8. |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston milliy universitetida madaniy meros obyektlarini restavratsiya (konservatsiya) qilish bo‘yicha yo‘nalishlar tashkil etish. |
1. Qabul kvotasi bo‘yicha ehtiyojni aniqlash. 2. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va maxsus rejalar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-2021o‘quv yilidan |
Oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsu� ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
9. |
O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil avgust |
— |
Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
10. |
Aholining keng qatlami, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar orasida davlat muzeylarida saqlanayotgan milliy moddiy madaniy meros boyliklari, jumladan arxeologik, amaliy san’at, numizmatika, litografik kabi eksponatlarning foto va ko‘chma ko‘rgazmalari haqida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish. |
1. Milliy eksponatlar katalogi asosida targ‘ibot roliklarini tayyorlash. 2. Ta’lim muassasalari, korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalarida, xizmat ko‘rsatish markazlarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish. 3. Davlat muzeylariga jalb etilgan tashrifchilar uchun ekskursiyalar tashkil etish. 4. Tashrifchilarning ekspozitsiyalar bo‘yicha fikrlari yuzasidan bevosita va bilvosita so‘rovnomalar tashkil etish. |
2020-yil sentyabr oyidan boshlab muntazam |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq ta’limi vazirligi, (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
|
11. |
Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va uning hududiga olib kirish tartibini, shu jumladan ushbu sohadagi ruxsat beruvchi hujjatlarni va ularni rasmiylashtirish jarayonlari�i soddalashtirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish. |
1. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash. 2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. |
2020-yil |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), |
|
12. |
Xalqaro Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonini yaratish. |
1. O‘zbekiston milliy paviloni konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 3. Milliy pavilonni yaratish va biyennaleda faol ishtirok etish. |
2020-yil sentyabr |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
13. |
Madaniyat vazirligi tizimidagi ko‘zi ojizlar kutubxonalari faoliyatini zamonaviylashtirish. |
1. Mashhur o‘zbek va jahon adabiyoti asarlarini audiolizatsiya qilish va ularni Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasining internet sayti orqali aholiga taqdim etish. 2. Ko‘zi ojizlar kutubxonalari tomonidan masofaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. 3. Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining xizmatlarini zamonaviylashtirish va ulardan foydalana olish imkoniyatini kengaytirish jarayoniga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazini keng jalb etish. |
2020-2021-yillar davomida |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining grantlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Saidjonov) |
|
14. |
O‘zbekiston muzey eksponatlari ishtirokida |
1. Hamkorlikdagi ko‘rgazma konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Ko‘rgazmani yuqori saviyada o‘tkazish. |
2020-yil sentyabr Reja asosida |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Samarqand viloyati hokimligi |
|
III. Teatr, qo‘g‘irchoq teatri, kino, sirk, shapito va milliy an’anaviy dorbozlik san’ati sohasida |
|||||
|
15. |
Teatr, sirk, muzey, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalariga o‘quvchi va talabalarni keng jalb qilish. |
Barcha turdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi va talablarini madaniyat muassasalariga muntazam tashriflarini tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
— |
Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
16. |
Teatrlar faoliyatida marketing va reklama tizimini rivojlantirish, teatrlarga aholini jalb qilish, qiziqtirish, teatr san’ati targ‘ibotini yanada kuchaytirish. |
1. Hududlarda maxsus reklama lavhalari va pannolar, bannerlar o‘rnatish uchun maxsus joy ajratish va o‘rnatish. 2. OAV vositalarida, xususan tele-radio kanallarda teatr repertuarlari va afishalari yoritish uchun maxsus vaqtlar ajratish. 3. Teatrning budjetdan tashqari qo‘shimcha tushumlarini ko‘paytirish maqsadida har bir teatrning o‘ziga xos logotiplarini yaratish, suvenir do‘konlarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 4. Teatrlarning xarajatlar smetasida marketing va reklama xizmatlari uchun xarajatlarni nazarda tutish, shartnoma asosida reklama ishlarini tashkil etish. |
Doimiy ravishda 2020-yil iyun |
Madaniyat vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilinadigan mablag‘lar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MTRK, (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
17. |
Respublikamizda yangilik sifatida musiqali, drama va qo‘g‘irchoq teatrlari yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro teatr festivalini har ikki yilda bir marta o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
1. Festival to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqish, unda davlat teatrlari va xorijiy teatrlar bilan ijodiy hamkorliklarni mustahkamlash, aholini jahonning eng namunali sara asarlaridan bahramand etish, teatrlardagi ijodiy xodimlarni sohaning yetuk xorijiy mutaxassislari bilan tajriba almashishini tashkil etishni nazarda tutish. 2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil avgust |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi, (Kamilov), Teatr arboblari uyushmasi (Axmedov) |
|
18. |
Ko‘chma sirklarni (shapito, dorbozlar guruhlari) malakali kadrlar bilan ta’minlash. |
“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi va ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) xodimlarini xorijiy davlatlarning sirk yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda ularning malakasini oshirish. |
Doimiy ravishda |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
19. |
Teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar mualliflariga to‘lanadigan mualliflik haqi bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etish. |
1. Madaniyat vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar teatrlar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar mualliflariga to‘lanadigan mualliflik haqi bo‘yicha qarzdorlikning to‘liq bartaraf etish. 2. Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
2020-yil |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
IV. Milliy musiqa, raqs va estrada san’ati sohasida |
|||||
|
20. |
Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal)faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Yagona portal orqali litsenziyalashni nazarda tutgan holda Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutgan holda Yagona portalni yaratish: konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlarini Yagona portalda onlayn tarzda, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish; litsenziya olish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar, shu jumladan ijrochining repertuari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, undagi musiqa va qo‘shiqlar talabgor tomonidan Yagona portalga kiritish hamda doimiy ravishda yangilab borish; talabgorlar (litsenziatlar)ning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini kafolatlagan holda kiritilgan musiqa va qo‘shiqlarni ko‘chirib olishni istisno qilgan holda ularni eshitish; talabgorlar (litsenziatlar)ning litsenziya talablariga, shu jumladan muayyan reyting guruhiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda aniqlash; talabgor (litsenziat) tomonidan kiritilgan har bir musiqa va qo‘shiq bo‘yicha uni eshitib ko‘rgan va unga ovoz bergan foydalanuvchilar sonini onlayn hisoblab borish; talabgor (litsenziat)ning ijro mahoratiga baho berishda foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlarni inobatga olish; talabgor (litsenziat) tomonidan tegishli reyting guruhi uchun belgilangan barcha talablar bajarilgan taqdirda litsenziya Yagona portal tomonidan avtomatik tarzda, maxsus rekvizitlarga ega elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish; Yagona portalning alohida sahifasida har bir litsenziatga u tomonidan yil davomida yaratilgan yangi asarlar, ularga foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar, joylarda, xususan, olis hududlarda o‘tkazilgan konsert-tomosha dasturlari, davlat tadbirlaridagi ishtiroki, ijodiy ish staji va boshqa mezonlar bo‘yicha onlayn tarzda ball hisoblab borish; Madaniyat vazirligi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar orasidan davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun tavsiya etiladigan nomzodlarni tanlab olishda ularga Yagona portal orqali qo‘yilgan ballarni inobatga olish. |
2020-yil avgust sinov tariqasida — 2020-yil to‘liq ishga tushirish — 2021-yil 1-yanvar |
Madaniyat vazirligi budjetdan tashqari mablag‘lari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi budjetdan tashqari mablag‘lari, |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik |
|
21. |
Vatanga sadoqat, osoyishtalik, hayotni, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni targ‘ib etuvchi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika qo‘shiqlar tanlovini zamonaviy yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqish. |
1. Tanlov Nizomini qayta ishlash. 2. Tanlovni targ‘ib etish va unga keng ommani jalb etish bo‘yicha OAVlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda maxsus roliklar targ‘ibotini tashkil etish. 3.Tanlovni tele-loyiha shaklida o‘tkazish. |
2020-yil iyun — avgust |
Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Saidjonov), MTRK (Xodjayev) |
|
22. |
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir sud amaliyotini umumlashtirish. |
1. Intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti materiallarini tanqidiy tahlil qilib borish. 2. Sudlar tomonidan intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasiga doir ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti umumlashmalarini e’lon qilib borish. |
Doimiy ravishda |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (Kamilov) |
|
23. |
Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida o‘tkazishni joriy etish. |
2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni belgilovchi Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: kalendar rejalar madaniyat organlari tomonidan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar miqyosida ishlab chiqiladi; kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi va ularning rasmiy saytlarida e’lon qilinadi; kalendar rejalarda o‘tkaziladigan har bir davlat tadbirining nomi, o‘tkaziladigan sanasi va joyi, davlat tadbirini o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi, moliyalashtirish manbalari, madaniyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vazifalari ko‘rsatiladi; kalendar rejalarda boshqa davlat tadbirlari bilan bir qatorda olis hududlardagi aholining madaniy hordiq olishini ta’minlashga qaratilgan konsert-tomosha dasturlari ham nazarda tutiladi, bunda ushbu dasturlarda ishtirok etuvchilarning transport, turar joy va xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar tegishli kalendar rejada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. |
2020-yil avgust |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik |
|
24. |
Madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ommaviy, madaniy, ma’rifiy, tomosha va informatsion dasturlar yoritilishini kengaytirish. |
1. Madaniyat va san’at sohasi vazirlik va idoralari hamda davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, jumladan telekanallar bilan Media-piar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni tashkil etish va yoritish bo‘yicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tayyorlangan madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlarning sifati va mazmuni yuzasidan aholi o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq so‘rovlar o‘tkazish. |
2021-yildan boshlab muntazam |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Saidjonov), EOVAMA (Abduxoliqov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (Sayidov), Badiiy Akademiya (Nuridinov) |
|
V. Madaniyat, istirohat va hayvonot bog‘lari hamda madaniyat markazlari sohasida |
|||||
|
25. |
Madaniyat markazlari uchun yangi binolar qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash. |
1. 2021 — 2024-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish. 2. Manzilli ro‘yxatni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2020-yil oktyabr |
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi doirasida markazlashtirilgan manbalar, respublika budjeti mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Ortiqov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
VI. Ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida |
|||||
|
26. |
Bolalar musiqa va san’at maktablari va madaniyat markazlarini musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash. |
1. Maktablarning musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlanganlik darajasini xatlovdan o‘tkazish. 2. Musiqa cholg‘u asboblarini sotib olish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish. 3. Maktablarni musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash. |
2020-yil iyul 2020-yil sentyabr |
Davlat budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
27. |
Aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish. |
1. Madaniyat va san’atning taniqli vakillari tomonidan o‘zbek va jahon klassik adabiyotining eng noyob asarlarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha “Kitobga muhabbat”, “Men o‘qigan asar”, “Men sevgan qahramon” kabi xeshteg, fleshbomlarni tashkil etish. 2. Taniqli madaniyat va san’at vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallarida mahorat darslarini tashkil etish, onlayn muloqotlar orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash. 3. Taniqli madaniyat va san’at vakillarining ijodiy faoliyati bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlarda yosh avlodda vatanparvarlik immunitetini mustahkamlashga qaratilgan xeshteglari va onlayn translatsiyalari muhokamasini tashkil etish. |
2020-yil iyul o�idan boshlab muntazam |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (Sayidov), Badiiy akademiya (Nuridinov), Yoshlar ittifoqi (Sa’dullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Saidjonov), EOVAMA (Abduxoliqov) |
|
28. |
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishi va ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida kafedra tashkil etish. |
1. Oliy ta’lim uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda “ommaviy tadbirlarni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishini kiritish bo‘yicha taklif tayyorlash. 2. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish. |
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Iqtisodiyot taraqqiyot vazirligi (Ortiqov) |
|
29. |
Adabiy yo‘nalishlar bo‘yicha “Yilning eng yaxshi asari” respublika tanlovini o‘tkazish. |
1. Tanlov nizomini ishlab chiqish. 2. Har bir nominatsiyaga taniqli adiblar nomini berish. 3. Hay’at kengashini shakllantirish. 4. Mukofot maqsadi va mazmun-mohiyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini olib borish. 5. G‘oliblarni taqdirlash marosimini tashkil etish. |
2021-yildan boshlab muntazam |
“Ijod” va “Ilxom” jamoat fondlari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Yozuvchilar uyushmasi (Sayidov), Fanlar akademiya�i (Yo‘ldoshev), Respublika Ma’naviyat |
|
31. |
Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
1. Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga tak?i?lar kiritish: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati samaradorligini oshirish, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; “O‘zbekiston davlat sirki” davlat muassasasi hududida Respublika Estrada va sirk kolleji uchun yangi zamonaviy bino qurish. |
2020-yil |
— |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), manfaatdor vazirlik |
|
VII. Madaniyat turizmi sohasida |
|||||
|
32. |
“Samarkand Half Marathon” xalqaro yarim marafonini o‘tkazish. |
1. Ishtirokchilarni xalqaro yarim marafonga jalb qilish va ro‘yxatini shakllantirish. 2. Yarim marafonni har yili o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 3. Yarim marafon doirasida ta’lim va madaniyat tadbirlarini o‘tkazish. 4. Yarim marafon va g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish. |
2020-yil noyabr har yili |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va metsenatlik mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), |
|
33. |
Xorijiy davlatlar, shu jumladan Markaziy Osiyo va Kavkaz, MDHga a’zo davlatlar orasida alohida nufuzga ega bo‘lgan, har yili o‘tkaziladigan musiqa festivallari, musiqa tanlovlarining yakuniy konsert dasturlarini O‘zbekistonda o‘tkazish. |
1. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish taklif etiladigan musiqa ta�birlarini aniqlash. 2. Musiqa tadbirlarining tashkilotchilari bilan muzokaralar o‘tkazish. 3. Musiqa tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish. |
2021-yildan boshlab muntazam ravishda |
Tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
34. |
Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalini o‘tkazish. |
1. Festival o‘tkazish konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Hududlarda, festival o‘tkaziladigan joylarni belgilash. 3. Festival reja jadvalini tasdiqlash va tegishli vazirlik va idoralarga yuborish. |
2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), O‘zbekiston Kom?oz?torlar va bastakorlar uyushmasi (R.Abdullayev) |
|
35. |
O‘zbekiston san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishni tashkil etish hamda ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Jahon san’ati yarmarkasi”ni tashkil etish. |
1. Yarmarkani tashkil etish bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Yarmarkaning targ‘ibot dasturlarini amalga oshirish. 4. Yarmarkaga mahalliy va jahonga mashhur xalqaro prodyuserlarni jalb etish choralarini ko‘rish. |
2021-yil kelishuv asosida |
Madaniyat homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Saidjonov) |
|
VIII. Madaniyat vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda madaniyat |
|||||
|
36. |
Madaniyat vazirligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
1. Bir donadan Isuzu SAZ NP 26 rusumli transport vositalarini (“Avtoklub”) xarid qilish. 2. Transport vositalarini maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlash. 3. Transport vositalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish. |
2021-yil |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Xorazm, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari |
|
37. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘lari tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
1. Ko‘chma sirk (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘larini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash. 2. Zamonaviy infratuzilma sharoitlariga moslashgan hayvonot bog‘larini tashkil etish uchun joy ajratish. 3. Ko‘chma sirk (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘lari uchun zarur moddiy-texnika va maxsus avtotransport vositalari xarid qilish. 4. Ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘lari tashkil etish ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar budjetlaridan ajratiladigan mablag‘larning yetishmaydigan qismini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet tashkilotlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha xizmatlar to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish hisobidan ajratish. |
2020-2021-yillar davomida |
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
38. |
Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan avtotransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qayta rasmiylashtirish. |
1. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan avtotransport vositalarini tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. 2. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda qayta rasmiylashtirish. |
2020-yil oxiriga qadar |
— |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) |
|
39. |
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash. |
Ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari, davlat teatrlari, muzeylar va ularning filiallari hamda madaniyat markazlarini Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash, optik tolali aloqa liniyalari bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish. |
2023-yil oxiriga qadar |
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotlarning |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Tizimli vazifalar |
O‘lchov birligi |
Yillar kesimida | ||||
|
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 | |||
|
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va muzeylar sohasida | |||||||
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish uchun xarajatlarni nazarda tutish. |
mlrd so‘m |
50 |
75 |
100 |
125 |
150 |
|
2. |
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini restavratsiya, konservatsiya qilib borish. |
ta |
100 |
150 |
170 |
200 |
230 |
|
3. |
Muzeylar tomonidan ta’lim muassasalari va yirik tashkilotlarda ko‘chma ko‘rgazmalar sonini oshirish. |
ta |
500 |
530 |
570 |
600 |
650 |
|
Teatr va sirk sohasida | |||||||
|
4. |
Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish. |
mln. nafar |
2,4 |
2,8 |
3,2 |
3,6 |
4 |
|
5. |
Davlat teatrlarining xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish. |
ta |
15 |
20 |
25 |
30 |
40 |
|
6. |
Joylarda o‘tkaziladigan sirk tomoshalarining sonini oshirish. |
ta |
397 |
446 |
497 |
551 |
600 |
|
Milliy musiqa, raqs va estrada san’ati sohasida | |||||||
|
7. |
Iqtidorli yoshlarning nufuzli xorijiy tanlovlarda ishtirokini oshirish. |
nafar |
250 |
300 |
400 |
450 |
500 |
|
8. |
Yo‘qolib borayotgan milliy raqs uslub va an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “ustoz va shogird” milliy raq� maktablariga o‘quvchilarni jalb etish. |
ta |
15 |
20 |
25 |
30 |
35 |
|
9. |
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan konsert-dasturlar sonini oshirish. |
ta |
900 |
950 |
1150 |
1200 |
1300 |
|
Madaniyat va istirohat bog‘lari hamda madaniyat markazlari sohasida | |||||||
|
10. |
Madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
mingta |
4,7 |
5 |
5,25 |
5,5 |
5,8 |
|
11. |
Madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga yoshlarni jalb etish. |
foizda |
7 |
10 |
15 |
17 |
20 |
|
12. |
Davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat markazlari va istirohat bog‘lari faoliyatini samarali tashkil etish. |
ta |
35 |
60 |
90 |
110 |
150 |
|
Ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida | |||||||
|
13. |
Bolalar musiqa va san’at maktablarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash. |
foizda |
45 |
50 |
55 |
60 |
65 |
|
14. |
Tizimdagi ta’lim muassasalarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish. |
ta |
70 |
80 |
90 |
95 |
100 |
|
15. |
Madaniyat va san’at tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali kadrlar sonini ko‘paytirish. |
nafar |
7 |
10 |
10 |
10 |
12 |
|
Madaniyat turizmi sohasida | |||||||
|
16. |
Mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mavsumiy ko‘ngilochar madaniy tadbirlar tashkil etish. |
ta |
10 |
20 |
30 |
40 |
55 |
|
17. |
Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston madaniyati va san’atini targ‘ib qilish va mamlakatimiz to‘g‘risida ijobiy tasavvurni shakllantirishga yo‘naltirilgan madaniy tadbirlar (madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar, konsert dasturlari) sonini ko‘paytirish. |
ta |
15 |
20 |
25 |
30 |
40 |
|
18. |
O‘tkaziladigan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsert dasturlari va namoyish etiladigan spektakllar uchun maxsus reklama shitlarini o‘rnatish. |
ta |
110 |
190 |
270 |
380 |
500 |