O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning har bir hududida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini (keyingi o‘rinlarda — Texnoparklar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;
iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish;
yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlardagi yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish va ularning g‘oyalarini takomillashtirish hamda yangi bosqichga olib chiqish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Texnoparklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tizimidagi davlat muassasasi hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnoparklar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Texnoparklarning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Texnoparklar rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi o‘rinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Yoshlar texnoparkining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishliligi bo‘yicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari reja-jadvalda belgilangan muddatlarda Texnoparklarni to‘liq foydalanishga topshirishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
5. Texnopark faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 545-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnopark direktori mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tenglashtiriladi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Texnoparklarda ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan yuqori deb topilgan innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqqan tadbirkorlik subyektlariga tegishlicha “Yashnobod” innovatsiya texnoparki, “Xorazm” innovatsion texnoparki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining rezidenti maqomini berish tartibi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda:
Texnoparklar ustavlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Texnoparklar rezidentlarini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishini;
b) o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga muntazam ravishda barcha hududiy kengashlari orqali Texnoparklar faoliyatiga iqtidorli yoshlarni maqsadli jalb etish, rezidentlarning ishlanmalarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, zarur hollarda, media mahsulotlar ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.R. Rajabbayev zimmasiga yuklansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-may,
313-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish
REJA-JADVALI
|
T/r |
Hudud nomi |
Joylashish joyi |
Amalga oshirish muddati |
|
1. |
Andijon viloyati |
Andijon shahar |
2021-yil |
|
2. |
Toshkent viloyati |
Ohangaron shahar |
|
|
3. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus shahar |
2022-yil |
|
4. |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahar |
|
|
5. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahar |
|
|
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahar |
2023-yil |
|
7. |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahar |
2024-yil |
|
8. |
Namangan viloyati |
Namangan shahar |
|
|
9. |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona shahar |
|
|
10. |
Xorazm viloyati |
Urganch shahar |
|
|
11. |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahar |
|
|
12. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahar |
|
|
13. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahar |
|
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yoshlar texnoparkining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 10 nafar.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikda o‘rnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/313/0641-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)