23.05.2020 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomani taqdim etish va ruxsatnoma berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim etilishi shart boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi havo hududi orqali tranzit parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomani taqdim etish muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 23-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
324-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 324-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Havo hududidan foydalanishga soʻrovnoma taqdim qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya maʼlumotlari toʻplamida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy davlatlarning davlat va eksperimental aviatsiyasi havo kemalariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida xorijiy davlatlar havo kemalarining parvozlariga maxsus diplomatik ruxsatnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida Agentlikka yozma soʻrovnoma bilan murojaat qilgan xorijiy davlat aviatsiya maʼmuriyati, fuqaro aviatsiyasi havo kemasining ekspluatanti yoki ular tomonidan vakolat berilgan vakil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan, shuningdek, binolar, inshootlar hamda anjomlar joylashgan uchastka;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aeroport — havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnoma — ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida belgilangan muddatlarda taqdim qilingan soʻrovnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik parvoz — xorijiy davlat fuqaro aviatsiyasi havo kemasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga jadvalda nazarda tutilmagan bir martalik parvozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma — xorijiy davlat fuqaro aviatsiyasi havo kemasining ekspluatantiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan berilgan rasmiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tranzit parvoz — havo kemasining Oʻzbekiston Respublikasi havo hududi orqali qoʻnmasdan amalga oshirgan parvozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo kemasi — atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro taʼsiri hisobiga ushlab turiladigan har qanday uchish apparati, yer yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsir bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli yuk — havo transportida tashish vaqtida yoʻlovchilar yoki ekipaj aʼzolarining sogʻligi, parvoz xavfsizligi yoki havo kemasi bortida joylashgan mol-mulk butligiga xavf tugʻdiruvchi buyumlar yoki moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo kemasining ekspluatanti — xorijiy davlatning havo kemasidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxsi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi havo hududi orqali tranzit parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya maʼlumotlari toʻplamida eʼlon qilingan manzilga ariza beruvchi tomonidan parvozni amalga oshirish manzilidan rejalashtirilgan joʻnash vaqtidan kamida yigirma toʻrt soat oldin taqdim etilgan soʻrovnomaga va kamida toʻrt soat oldin taqdim etilgan uchish rejasiga (flight plan) asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Soʻrovnomalarni taqdim etish va ruxsatnoma berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomalar (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari tomonidan Agentlikka bir martalik parvozni amalga oshirishdan kamida uch kun oldin taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Agentlikka soʻrovnomani ingliz yoki rus tillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya maʼlumotlari toʻplamida eʼlon qilingan manzillarga mavjud aloqa kanallari (Internet jahon axborot tarmogʻi, pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari) orqali ushbu Nizomga 2-ilovadagi roʻyxatda nazarda tutilgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan ushbu Nizomga 2-ilovadagi roʻyxatda nazarda tutilmagan maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini oʻz veb-saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun ariza beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kundan oshmagan muddatda soʻrovnomani koʻrib chiqadi. Favqulodda holatlarda, qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda, tibbiy yordam, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda, insonparvarlik yordami koʻrsatish maqsadida bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnoma Agentlik tomonidan oʻn ikki soat ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik taqdim etilgan maʼlumotlar roʻyxatini koʻrib chiqadi va uning nusxasini “Uzbekistan Airports” AJ hamda “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi” DUKga havo kemasini qabul qilish masalasini koʻrib chiqish va kelishish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Uzbekistan Airports” AJ bir kun ichida havo kemasining fuqaro aviatsiyasi aerodromiga uchib kelish vaqti bilan yer usti xizmatlari uchun toʻlov hujjatlarini koʻrib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilinganda havo kemasini qabul qilishga rozilik beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi” DUK bir kun ichida maʼlumotlar roʻyxatini koʻrib chiqadi, ijobiy qaror qabul qilinganda Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun rozilik beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlik soʻrovnomani koʻrib chiqish va taqdim qilingan maʼlumotlarni tekshirish natijalariga asosan ruxsatnomani ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq bir kun muddatda rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik tomonidan bir martalik parvozni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga berilgan ruxsatnoma hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlik tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga qabul qilingan sanadan boshlab, bir kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab qilingan maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim qilinmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim qilingan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uzbekistan Airports” AJning yoki “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi” DUKning havo kemasini qabul qilish imkoni yoʻqligi haqida asoslangan salbiy xulosasi mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agentlik tomonidan bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ruxsatnoma unda koʻrsatilgan havo kemasining uchish vaqtidan eʼtiboran 72 soat davomida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Agentlikning qarori, shuningdek, Agentlik mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim etilishi shart boʻlgan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Havo kemasi ekspluatantining nomi va fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining tasnifi boʻyicha uch harfli belgisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Havo kemasi haqida maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining tasnifi boʻyicha havo kemasining turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) havo kemasining tanituvchi indeksi (parvoz raqami);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) havo kemasining roʻyxatga olingan raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) havo kemasining uchish-qoʻnish ogʻirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) navigatsiya va aloqa uskunalarining turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) havo kemasi ekspluatanti va uning yuridik manzili.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekipaj haqida maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) havo kemasining komandiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekipaj aʼzolarining soni (ularning fuqaroligi koʻrsatilgan holda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Rejalashtirilayotgan parvoz haqida axborot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) parvoz maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uchish va qoʻnish punkti (fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining kodlarida), Oʻzbekiston Respublikasi havo hududiga kirish va undan chiqish nuqtalari (punktlari) hamda hisoblangan vaqti koʻrsatilgan holda, universal muvofiqlashtirilgan vaqtda parvozni amalga oshirish sanasi va jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidagi parvozning yoʻnalishi va balandligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yoʻlovchilar (soni, roʻyxati, maqomi, fuqaroligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tashilayotgan yukning roʻyxati va tavsifi (xususiyati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) havo kemasining ijarachisi va uning manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida kutib oluvchi tomon (rekvizitlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) yuk joʻnatuvchi/yuk oluvchi (rekvizitlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) bortda qurol va oʻq-dorilar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida aeronavigatsiya xizmatlari uchun toʻlovchining bank rekvizitlari, manzili, telefon va faks raqamlari koʻrsatilgan toʻlov turi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Havo kemasi bortida xavfli yuklar bilan bir martalik parvoz amalga oshirishilgan taqdirda, ariza beruvchi Agentlikka Birlashgan Millatlar Tashkiloti roʻyxatiga kiritilgan xavfli yuklarning raqamini koʻrsatgan holda, havo orqali xavfli yuklarni tashish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatning nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

Koʻrsatilgan havo kemasining fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida Agentlik ariza beruvchidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo kemasi ekspluatantining sertifikati va uning ilovalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo kemasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo kemasining uchishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchuvchilar ekipaji guvohnomalari nusxalarini soʻrab olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma raqamlarini shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun quyidagi koʻrinishdagi ruxsatnoma beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CAA UZB 123 / 08 / 2020 TAS, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

CAA UZB

ruxsatnoma beruvchi organning, ushbu holatdaAgentlikning qisqartmasi

123

joriy oyda berilgan ruxsatnomaning tartib raqami

08

ruxsatnoma berilgan yildagi oy raqami

2020

ruxsatnoma berilgan yil

TAS

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻnish manzilining, ushbu holda Toshkentning, uch harfli belgisi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/324/0648-son)