23.05.2020 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Nuroniylar kengashi) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini taʼminlashga koʻmaklashish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) hududiy boʻlinmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylarning muammolarini kompleks oʻrganish va bu borada takliflar ishlab chiqish;

qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy boʻlinmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmonining 11-bandiga muvofiq vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlarining tegishli oʻrinbosarlari — nuroniylar kengashlari raislari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi vazirlikning tegishli hududiy boʻlinmasi rahbari qarori bilan tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari nuroniylar kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida nuroniylar kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylar kengashlari tarkibining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylar kengashlariga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, ularning choraklik ish rejalarining tasdiqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar hokimliklari nuroniylar kengashlari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarning tezkor va sifatli hal etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari S. Turdiyev zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 23-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
326-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 326-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlardagi nuroniylar jamoatchilik kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — Nuroniylar kengashi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nuroniylar kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nuroniylar kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nuroniylar kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nuroniylar kengashi toʻgʻrisidagi nizom mazkur Nizom asosida vazirlikning tegishli hududiy boʻlinmalari boshliqlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nuroniylar kengashlarining tarkibi tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vazirlik hududiy boʻlinmalari) boshliqlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nuroniylar kengashi qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, oʻzaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoatchilik fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini taʼminlashga koʻmaklashish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) hududiy boʻlinmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylarning muammolarini kompleks oʻrganish va bu borada takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy boʻlinmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bogʻliq faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nuroniylar kengashi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini taʼminlashga koʻmaklashish sohasida:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, ushbu sohada vazirlik hududiy boʻlinmalariga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qariyalar, nogironligi boʻlgan nuroniylar va yolgʻiz keksalarni davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasini oʻrganadi hamda natijasi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan nuroniylarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini oshirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga aloqador boʻlgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keksalarga doimiy ravishda tushuntirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning hududiy boʻlinmalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan keksalarning huquqiy madaniyatini oshirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining keksalar, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlarni, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi va ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat faxriylarining mahallalarda hamda oilalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish ishlariga yordamlashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylarning muammolarini kompleks oʻrganish va bu borada takliflar ishlab chiqish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylarning uy-joy, ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini yaxshilashda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarda tadbirkorlik ruhini uygʻotish hamda oilaviy salohiyatni roʻyobga chiqarishda hayotiy tajribadan kelib chiqib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi hamda oila aʼzolarining bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda aholi, shu jumladan yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylarning muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida hamkorlik tizimini samarali tashkil etishda fuqarolar yigʻinlaridagi “keksalar maslahati” guruhlari va boshqa jamoatchilik tuzilmalari aʼzolarini, ijtimoiy faol mehnat faxriylarini keng jalb etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksalar, shu jumladan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarni mamlakatimizdagi tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlarini, ziyorat turizmlarini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy boʻlinmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bogʻliq faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalarini, shu jumladan keksalarni qoʻllab-quvvatlashga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylarning oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni, shu jumladan “Oila — muqaddas” degan ezgu gʻoya targʻibotidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda va oilalarda sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish, ommaviy sportni rivojlantirish ishlarini “umummilliy harakat”ga aylantirishda nuroniylarning tashabbuskor boʻlishlarini targʻib qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda toʻylar va boshqa marosimlarning ixcham, keng aholi manfaatlarining hisobga olgan holda oʻtkazilishini taʼminlashda nuroniylarning faol ishtirok etishlarini taʼminlab boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishda oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplariga rioya etilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
(9-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish hamda ularning yuksak maʼnaviyatli va sadoqatli boʻlib voyaga yetishlarida keksalarning ijtimoiy faolligini oshiradi, bu borada harbiy okruglar bilan hamkorlikni mustahkamlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuroniylarning yoshlar oʻrtasida Vatanga muhabbat, yoshi katta insonlarni hurmat qilish, mardlik, halollik, odillik va rahmdillik kabi ezgu tuygʻularni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, ular oʻrtasida loqaydlik va boqimandalikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va nojoʻya xatti-harakatlardan qaytarish kabi tadbirlarda nuroniylarning faolligini oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish, oilalarda farzandlarni maʼnaviy-ahloqiy tarbiyalash va jamiyat oldidagi masʼuliyat hissini oshirishda nuroniy otaxon va onaxonlarning hayotiy tajribalaridan keng foydalanishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini uyushtirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalar, koʻchalar, qabristonlar va xonadonlar tozaligi hamda obodligini taʼminlashning ahamiyatini yoshlarga oʻrgatish, ularni ushbu ishlarga safarbar qilishda keksalarni tashabbuskorlikka chorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskanlari”da va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar va sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar oʻrtasida toʻrt bosqichli “Yoshlar murabbiysi” koʻrik-tanlovining mahallalararo (saralash), tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazishda masʼullar hamda ishtirokchilar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik kabi prinsiplarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nuroniylar kengashining huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Nuroniylar kengashi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik hududiy boʻlinmalari yigʻilishlari va boshqa ommaviy tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor keksalarni “Mahalla iftixori” va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash yuzasidan vazirlik hududiy boʻlinmalariga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlari tomonidan har chorakda tegishli xalq deputatlari kengashlariga taqdim etiladigan axborotlarga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqilgan dastur va rejalar loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini taʼminlashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning murojaatlariga vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan berilgan javoblarning sifatini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari, “keksalar maslahati” guruhlari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlari bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklangan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur hollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlarining masʼul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Nuroniylar kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikning hududiy boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilishi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va mansabdor shaxslarning oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Nuroniylar kengashining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nuroniylar kengashining tarkibiga rais, rais oʻrinbosari va aʼzolari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hududiy boʻlinmalarining boshliqlarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishli nuroniylar kengashlariga ham raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hududiy boʻlinmalari keksalar va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha mutaxassislari bir vaqtning oʻzida tegishli nuroniylar kengashlarining kotiblari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi raisining oʻrinbosarlari Nuroniylar kengashi aʼzolari orasidan yigʻilish ishtirokchilarining uchdan ikki qismi ovozi bilan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nuroniylar kengashi 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi tarkibi, qoida tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat organlari va muassasalarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida namunali xizmat koʻrsatgan mehnat faxriylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari faxriylar kengashlarining faol raislari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) jamoatchilik faoliyati sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli va tashabbuskor ziyolilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining nuroniy xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) namunali fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilaridan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi aʼzoligiga davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining kiritilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nuroniylar kengashining tarkibi vazirlik hududiy boʻlinmasi boshligʻining qarori bilan har 3 yilda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagi holatlarda Nuroniylar kengashi raisining oʻrinbosarlari va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular tomonidan Nuroniylar kengashi tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashiga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash ishlarida muntazam qatnashmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etganda, shuningdek, sud qaroriga koʻra ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nuroniylar kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot va kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlangan kunda vazirlik hududiy boʻlinmalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Nuroniylar kengashining raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining majlislarini chaqiradi va kun tartibidagi masalalarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining majlislarida raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining ish rejalari, majlis bayonnomalari va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hududiy boʻlinmalarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan Nuroniylar kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi va uni vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organlarining hududiy boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nuroniylar kengashining raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nuroniylar kengashi raisining oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rais yoʻqligida Nuroniylar kengashining majlislarida raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Nuroniylar kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining samarali ishlarini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Nuroniylar kengashining kotibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, vazirlik hududiy boʻlinmalari xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kun tartibiga muvofiq Nuroniylar kengashining majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi majlislari oʻtkaziladigan sana, joy va ularga taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini Nuroniylar kengashining raisi bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Nuroniylar kengashi majlislari oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi qarorlari bajarilishining monitoringini olib boradi va uning natijalarini Nuroniylar kengashlari majlisida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Nuroniylar kengashi aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nuroniylar kengashining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining majlisida ishtirok etish imkoni boʻlmagan holatlarda, Kengash aʼzolari majlis kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining aʼzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun vazirlikning hududiy boʻlinmalarida, fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladigan majlislarda va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni Nuroniylar kengashida koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik hududiy boʻlinmalari hamda fuqarolar yigʻinlari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar bilan uchrashuvlar oʻtkazadi va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha takliflarni Nuroniylar kengashiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Nuroniylar kengashi faoliyatining asosiy masalalari uning majlislarida koʻrib chiqiladi. Nuroniylar kengashining majlisi ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marotaba chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi raisining tashabbusi, shuningdek, Nuroniylar kengashi aʼzolari uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Nuroniylar kengashining majlislariga davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining vakillari, mahalla faollari taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Nuroniylar kengashi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Nuroniylar kengashi aʼzolarining takliflari va Nuroniylar kengashi raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Nuroniylar kengashining majlisini uning raisi olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning oʻrinbosari olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashining majlisida vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va boshqa xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nuroniylar kengashining majlisi, agar unda Nuroniylar kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Nuroniylar kengashining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nuroniylar kengashi qarorlari uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Nuroniylar kengashining har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻzining fikrini yozma va ogʻzaki shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Nuroniylar kengashining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda vazirlik hududiy boʻlinmalariga, fuqarolar yigʻinlariga, Nuroniylar kengashi aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Nuroniylar kengashining qarorini tezlik bilan qabul qilish zarurati tugʻilganda, qaror kengash raisining tashabbusi bilan Nuroniylar kengashining aʼzolari bilan kelishilgan holda soʻrov yoʻli bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari Nuroniylar kengashining qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan hollarda, Nuroniylar kengashining qarorini olgan kundan boshlab oʻn kun muddatdan kechikmay unga asoslantirilgan eʼtirozini yozma shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nuroniylar kengashining kotibi kengash aʼzolari koʻmagida Nuroniylar kengashining topshiriq va qarorlari ijrosining holatini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur boʻlgan hollarda, Nuroniylar kengashining raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Vazirlik hududiy boʻlinmalarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosariga biriktirilgan tarkibiy boʻlinma Nuroniylar kengashiga doimiy ravishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Nuroniylar kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan vazirlik hududiy boʻlinmasi tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan taʼminlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Nuroniylar kengashining faoliyati uning nizomiga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekanligi vazirlik hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2020-y., 09/20/326/0649-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)