Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2025 12.05.2020 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-sonli “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 20-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash jarayonlarini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlarni olib kirish meʼyorlari tasdiqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor meʼyorlari tasdiqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvardan boshlab, notijorat maqsadlar uchun bojxona chegarasi orqali qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrammi uchun 3 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda yagona bojxona toʻlovi stavkasi tasdiqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 281-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi (keyingi oʻrinlarda — bojxona chegarasi) orqali tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtish maqsadini aniqlash borasida ushbu jismoniy shaxslarni bojxona chegarasini kesib oʻtishida bojxona nazoratidan oʻtkazish tartibotlarini soddalashtirish, bojxona organlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar — jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan shaxsiy, oilaviy (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari) ehtiyojlari uchun moʻljallangan hamda tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat maqsadlar uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan ishlab chiqarish, tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar toifasiga jismoniy shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarni ularni kuzatib borayotgan shaxs) tomonidan deklaratsiyalash yoʻli orqali kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizom qoidalari maʼlum toifadagi shaxslar (xalqaro tashishlar bilan band boʻlgan haydovchilar, xizmat safari boʻyicha harakatlanayotgan shaxslar va delegatsiya aʼzolari), shuningdek, xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun koʻchib kelayotgan shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning miqdori, xususiyati va olib oʻtilishining takroriyligi hamda safarning holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari shaxsiy ehtiyojlari uchun moʻljallanganligini inobatga olib, xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bojxona organi mansabdor shaxsi tovarning olib oʻtish maqsadini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib oʻtishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar xususiyati — tovarning isteʼmol xususiyatlari, uning tijorat maqsadida foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan, shaxslarning shaxsiy, oilaviy va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallanganligi inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning miqdori — tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir oʻlchamdagi, bir shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tijorat maqsadida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi — ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning oz miqdorda boʻlsada bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb eʼtirof etiladi. Chegara xizmati organlari tomonidan fuqarolik pasportiga qoʻyiladigan belgi (shtamp) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktidan oʻtish takroriyligini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
safarning holatlari — safarning maqsadi va davomiyligi, kelish davlati inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquq-tartibot organlaridan tovarlar va ularni olib oʻtayotgan shaxslar toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning olib oʻtish maqsadini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda oila tarkibi (tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan taqdirda), koʻrsatib oʻtilgan tovar turlariga shaxsning odatiy ehtiyoji va olib oʻtiladigan tovarlar turlari ham inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali, shu jumladan xorijiy davlatlarning internet-doʻkonlarida xarid qilingan tovarlarni olib oʻtishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari oluvchining yoshi uning manziliga joʻnatilgan tovarlarning xususiyatlari bilan muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir manzil boʻyicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklaratsiyada koʻrsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilning jismoniy shaxs haqiqatda roʻyxatdan oʻtgan joyi bilan farqliligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan mezonlardan birining mavjudligi, bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari tomonidan olib oʻtiladigan tovarlar belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlganda, ular shaxsiy ehtiyojlari uchun moʻljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki isteʼmol maqsadida emasligi) taxmin qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan va tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortganda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼiy nazar ushbu tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan meʼyorlardan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona toʻlovi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlar olib oʻtilganda, shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilganda ularning miqdori olib kirish meʼyorlardan ortgan taqdirda, ularga nisbatan bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari olib oʻtilayotgan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan qoʻllaniladi.
(6-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlar uchun boʻlgan tovarlarning olib kirish cheklangan normalari, yoʻnalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari foydalanishda boʻlgan shaxsiy ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlarni hisobga olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish va (yoki) yetib borish manzilida anʼanaviy (odatda) tartibda foydalanish amaliyoti, shu bilan birga mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, bojxona chegarasidan oʻtish takroriyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari (qirilish, bukilish va boshqa mexanik shikast) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi oʻrovi yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli boʻlgan darajada bitta yoki boshqa miqdorda, shu jumladan mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, yoʻnalish davomida yoki yetib borish manzilida obyektiv zaruratliligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jismoniy shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga hamda sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Nizom qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtishda ikki yoʻlakli tizimdan foydalanganda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni “yashil” yoʻlak orqali olib oʻtilishining qonuniyligi nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tanlov asosida (obyektlar tanlovi va (yoki) ularni nazorat qilish usullari) va ushbu Nizomda belgilangan shartlarga rioya etilmagan hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 09/20/281/0576-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)