11.05.2020 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni kompleks rivojlantirishda keng koʻlamli islohotlar va davlat dasturlari, shuningdek, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, isteʼmolchilarni xavfli va sifatsiz mahsulotlarni isteʼmol qilishdan himoya qilishning yetarli darajada samarali tizimi yaratilmaganligi oqibatida qator muammolar, shu jumladan, respublikada hayvonlar va isteʼmolchilar orasida yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining tarqalish xavfi yuzaga kelmokda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududiga oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar kirib kelishining oldini olish hamda tarqalishi xavfini bartaraf etishning xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratish, shuningdek, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish tartib- taomillarini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, oʻquv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi uch oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 277-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi mazmundagi 441-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“441. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya ruxsatnomasini berish rad etilgan yoki tovar egasi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, oʻquv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 56-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/277/0573-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)