08.05.2020 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikamizda investorlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi uchun samarasiz ishlayotgan davlatga tegishli obyektlarni qulay shartlarda tadbirkorlik subyektlariga berish, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan obyektlar hisobini yuritish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulki obyektlari, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun davlat tashkilotlari mansabdor shaxslariga hamda davlat mulki obyektlaridan foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar rahbarlariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda foydalanilmayotgan davlat ko‘chmas mulklaridan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy “yo‘l-xaritasi”ning shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda elektron tizimlar o‘rtasida davlat ko‘chmas mulklari hisobini yuritish va ular to‘g‘risidagi onlayn ma’lumotlar almashinuvini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi bilan birgalikda davlat tashkilotlari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondida (kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish bo‘yicha onlayn ma’lumotlar almashinuvini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar ishchi guruh tuzgan holda, davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, davlat tashkilotlari xatlovdan o‘tkazilishini tashkil qilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan barcha davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir oy muddatda Agentlikning “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob obyekti — O‘zbekiston Respublikasining davlat ko‘chmas mulk (turar va noturar) obyekti, moddiy madaniy meros obyekti, avtomototransport vositasi, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va ushbu tashkilotlarning ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar (tegishli ulush (aksiya)), intellektual mulk obyekti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyektlarining axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “property.davaktiv.uz” axborot tizimi orqali barcha davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanadigan ma’lumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdimnoma — davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar ushbu Nizom talablarini bajarmagan taqdirda, Agentlik va uning tegishli hududiy boshqarmalari tomonidan yozma ravishda taqdim etiladigan hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat mulkining hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har chorakda bir marotaba, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, axborot tizimiga onlayn ma’lumotlar asosida hisob obyektlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar — STIR raqami, ulush (aksiya) miqdori va qiymati, muassisi (ishtirokchi, aksiyador) va ularning STIR raqami kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar axborot tizimiga onlayn ma’lumotlar asosida hisob obyektlari bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalarining ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona davlat reyestridan chiqarilgan davlat korxonalari hamda davlat tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslarning ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlarining ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona davlat reyestridan chiqarilgan davlat tashkilotlarining (davlat muassasalari) ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Qimmatli qog‘ozlarlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Depozitariy) tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati, shu jumladan ushbu jamiyatlarning qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini hisobga qo‘yilishi yoki hisobdan chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati shu jumladan ushbu jamiyatlarning qimmatli qog‘ozlari chiqariluvini hisobga qo‘yilishi yoki hisobdan chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, qonunchilik hujjatlarida hamda aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari qarorlari asosida davlat ulushi vujudga kelgan aksiyadorlik jamiyatlari, ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadordik jamiyatlarining ro‘yxati;
(3-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlarining tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va ularning ro‘yxatdan o‘tgan raqami va sanasi hamda uning amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat tashkilotlariga tegishli avtomototransport vositalarining ro‘yxatini (nomi, rusumi, davlat raqami, ishlab chiqarilgan yili bilan birgalikda);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi davlat ko‘chmas mulk obyektlarining nomi va joylashgan yeri (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar), kadastr raqami, kadastr qiymati, umumiy yer maydoni (kv.m.), qurilish osti maydoni (kv.m.), foydali maydoni (kv.m.), obyektlar tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (STIR raqami), obyektlarga bo‘lgan huquq turlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining zaxira yer fondidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarining manzili, konturi, maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
(3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi davlat tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan “j” va “z” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlari (obyekt nomi va davri, balansda saqlovchi nomi, STIRi, manzili, maydoni) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
(3-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan “i”, “k” va “l” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Axborot tizimiga onlayn ma’lumotlari asosida ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan hisob obyektlarida o‘zgarish bo‘lganidan so‘ng besh ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Depozitariy tomonidan quyidagi hollarda tegishliligi bo‘yicha yuridik shaxs nomi, STIR raqami, ulush (aksiya) miqdori va qiymati, muassisi (ishtirokchi, aksiyador), ularning STIR raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimiga kiritiladi:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda (aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyador, aksiyalar soni hamda nominal qiymati o‘zgarganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish), yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armasining shakllantirilmaganligi, shuningdek, uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o‘zgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi obyektning kadastr raqami, qiymati, umumiy yer maydoni (kv.m.), foydali maydoni (kv.m.), huquq turlari o‘zgarganda ma’lumotlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hisob davlat mulki ma’lumotlari bazasini o‘zida jamlovchi amaliy dasturiy vosita yordamida axborot tizimida keltirilgan tartib va shakllar asosida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat tashkilotlari tomonidan hisob obyektlarining joriy holati, shuningdek, moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyining 25-sanasiga, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar kiritib boriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat ko‘chmas mulk obyekti va bo‘sh yer uchastkalarini davlat-xususiy sheriklikka berish to‘g‘risida bitim tuzilgan taqdirda, bitim tuzilgandan so‘ng o‘n kun muddatda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat tashkilotlari tomonidan hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish vazifalari quyidagicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir hisob obyektlari bo‘yicha zarur axborotni axborot tizimiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlarni davriy ravishda kiritib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat tashkilotlari tomonidan axborot tizimiga o‘ziga biriktirilgan hisob obyektlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar (har birini alohida shaklda) kiritib boriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat ko‘chmas mulki obyektlari bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning nomi va joylashgan yeri (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtomobil yo‘llari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning kadastr raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt tegishli bo‘lgan yuridik shaxs (STIR raqami) va ularning yuqori tashkiloti (agar mavjud bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning balans (qoldiq) qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning umumiy yer maydoni (kv.m.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning qurilish osti maydoni (kv.m.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning foydali maydoni (kv.m.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektga bo‘lgan huquq turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning joriy holati (foydalanishda, bo‘sh, ijara) va fotosuratlari;

obyektning samarali foydalanish bo‘yicha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilganligi (qaror raqami, sanasi va mazmuni);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ko‘chmas mulk obyekti va bo‘sh yer uchastkalarini negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bitim);
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) avtomototransport va qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari vositalari bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi davlat raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining ishlab chiqarilgan yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining joriy holati, texnik pasport raqami va fotosuratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining balans (qoldiq) qiymati;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat ishtirokidagi tashkilotlar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi tashkilotlar (davlat tashkilotlari, xo‘jalik jamiyatlari, unitar korxonalar, shu’ba korxonalari) nomi va uning STIR raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ulush (aksiya) miqdori va qiymati (ming so‘m);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondi miqdori (ming so‘m);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) intellektual mulk obyektlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlarining tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va ularning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, raqami va amal qilish muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) moliyaviy hisobotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) moddiy madaniy meros obyektlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning umumiy yer maydoni (kv. m.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning qurilish osti maydoni (kv. m.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning joriy holati (foydalanishda, bo‘sh, ijara) va fotosuratlari;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar ushbu Nizomning 7-bandda belgilangan muddatlarda hamda 9-bandiga muvofiq ularga davlat mulki sifatida foydalanish uchun biriktirilgan hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maxfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan, harbiy va maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida tartibga bo‘ysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga bo‘ysunuvchi obyektlarning, shuningdek, gidrotexnika inshootlarining hisobini yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan davriy ravishda kuzatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritilmaganligi yoki to‘liq kiritilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ikki kun ichida tegishli davlat tashkiloti shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarga hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish bo‘yicha taqdimnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat tashkiloti yoxud davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilot taqdimnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kun muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda, axborot tizimidagi ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Davlat tashkilotlarining o‘z foydalanishida bo‘lgan davlat mulklarining hisobini yuritish bo‘yicha mas’uliyati va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hech qanday to‘lovlarsiz elektron raqamli imzosi orqali tashkilotlarga axborot tizimidagi hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirish imkoniyatini yaratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151. Davlat mulki o‘ziga biriktirilgan (shu jumladan, tekin foydalanish huquqi asosida yoki boshqacha tartibda biriktirilgan) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu mulkning idoraviy hisobi yuritilishi, uning inventarizatsiya qilinishi hamda qayta baholanishini ta’minlaydi. Bunda davlat mulkining idoraviy hisobini yuritish davlat mulkining haqiqatda mavjudligini va hisobga olinmagan davlat mulkini aniqlashga hamda keyinchalik uni tegishli davlat mulkini boshqarish subyektiga biriktirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hisob obyektlari hisobot davrida hisobdan chiqarilgan taqdirda (sotish, ustav fondiga berish, davlat-xususiy sheriklikka berish, boshqa davlat tashkilotiga berish, buzish va boshqalar), tegishli davlat tashkiloti tomonidan obyekt haqidagi ma’lumotlar asoslari bilan birgalikda axborot tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli tarzda kiritilishiga hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi hamda davlat mulklariga zarar yetkazilganligi, noqonuniy begonalashtirilganligi uchun davlat tashkiloti rahbariyati hamda ularning yuqori turuvchi organlari, shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari shaxsan mas’ul hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar Agentlik va uning tegishli hududiy boshqarmasi taqdimnoma yuborgandan so‘ng davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilotlar tomonidan axborot tizimidagi tegishli hisob obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi ta’minlanmagan taqdirda, ushbu davlat tashkilotilari mansabdor shaxslariga, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar raxbarlariga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davlat tashkilotlari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan joyiga chiqqan holda, hisob obyektlarining haqiqatda to‘g‘ri kiritilganini o‘rganishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘rganish jarayonida kiritilgan ma’lumotlar to‘liq tahlil qilinadi va aniqlangan foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish yuzasidan mazkur obyekt tegishli davlat tashkilotlaridan takliflar (sotish, ustav fondiga berish, davlat-xususiy sheriklikka berish, buzish va boshqalar) olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ishlab chiqilgan takliflar belgilangan tartibda hisob obyektlari tegishli bo‘lgan tashkilotning yuqori turuvchi tashkilotlari bilan kelishiladi (agar mavjud bo‘lsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. Davlat mulki reyestrining ma’lumotlaridan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish va uning yaxlitligini hamda but saqlanishini ta’minlash bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212. Davlat mulki reyestrini yuritish davlat mulkini hisobga olish va axborotga oid maqsadlar uchun mo‘ljallangan hamda huquqni belgilovchi yoki huquqni tasdiqlovchi fakt bo‘lib hisoblanmaydi.
(211 va 212-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizom qoidalari qo‘llanishi bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Adliya vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi, Depozitariy,
Ichki ishlar vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga hisob

obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish

Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning
5-kuni

2-bosqich

Davlat tashkilotlari

O‘zlariga biriktirilgan hisob obyektlarini xatlovdan o‘tkazish

Doimiy

3-bosqich

Davlat tashkilotlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritish

Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning

15-kuni

4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
hududiy boshqarmalari

Davlat tashkilotlari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish

Doimiy

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
va uning hududiy boshqarmalari

Ma’lumotlar kiritilmaganligi va (yoki) to‘liq kiritilmaganligi holati yuzasidan
davlat tashkilotlariga taqdimnoma kiritish

Holat aniqlangan kundan
2 kun ichida

6-bosqich

Davlat tashkilotlari

Taqdimnoma kelib tushgandan so‘ng mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda www.property.davaktiv.uz axborot tizimidagi ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlash

Taqdimnoma kelib tushgan kundan e’tiboran
5 kun ichida

7-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
hududiy boshqarmalari

www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Doimiy

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish hamda ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari — davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan va chet elda joylashgan mol-mulklar, aksiyalar (ulushlar), nomoddiy boyliklar va intelektual mulklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi — chet elda mulki mavjud bo‘lgan davlat korxonasi yoki tashkiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet eldagi muassasa — O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari reyestri — chet eldagi davlat mulki obyektlarining moddiy, moliyaviy va boshqa ko‘rsatkichlari o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdimnoma — davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi ushbu Nizom talablarini bajarmagan taqdirda, Agentlik tomonidan yozma ravishda taqdim etiladigan hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari hisobini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chet elda joylashgan mulk egasi bo‘lish huquqiga ega.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlari chet elda joylashgan obyektga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadigan shakldagi ma’lumotlarni 10 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlik chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining saqlanishi yuzasidan monitoring olib borish va samarali boshqarilishini ta’minlash maqsadida, elektron dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ularning reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi bilan elektron ma’lumot almashish, shuningdek, vakolatli davlat organlari elektron tizimlari bilan integratsiyalashish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish orqali reyestrning tezkor va doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari reyestriga davlat mulki obyektlari joylashgan davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilib berilgan taqdirda, mulk huquqi vujudga kelgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Chet elda joylashgan madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini boshqarish va monitoring qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining balansda saqlovchilar Agentlikka u tomonidan belgilanadigan shakldagi ma’lumotlarni quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarganligi to‘g‘risida — shunday o‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab o‘n kun ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet elda joylashgan davlat mulki obyekti to‘g‘risida — har yili, hisobot yili yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmasdan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik zarur hollarda chet eldagi tegishli muassasadan chet elda joylashgan davlat mulki obyekti to‘g‘risida ma’lumot so‘rab olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet eldagi muassasalar zarur ma’lumotlarning belgilangan muddatda tayyorlanishi va taqdim etilishini ta’minlashi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarning hisobini yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ularni boshqarish mulk joylashgan davlat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini saqlash va operativ boshqarish ushbu mulkning balansda saqlovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchilari chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini ishonchli boshqaruvga, ijaraga, bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa ikkinchi davlat tashkiloti tasarrufiga berishni Agentligining roziligi bilan davlat mulki obyekti joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining mulk huquqi aniqlanmagan va biror-bir davlat tashkilotiga biriktirib berilmagan bo‘lsa, chet eldagi muassasa O‘zbekiston Respublikasining mulk huquqini har tomonlama himoya qilinishini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida chet elda joylashgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlari va mulkiy majmualarni saqlab turishning yakuniy moliyaviy natijalari o‘rganiladi va tahlil qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi tomonidan — doimiy ravishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan — ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi tomonidan ma’lumotlar taqdim etilgandan keyin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lmagan hollarda, Agentlik chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari bo‘yicha ushbu aktivlardan samarali foydalanish, shu jumladan sotish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchi ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ma’lumotlarni taqdim qilmagan taqdirda, Agentlik tomonidan ikki kun ichida mazkur ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha taqdimnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchi taqdimnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kun muddatda tegishli ma’lumotlar to‘liq taqdim etishini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agentlik tomonidan taqdimnoma yuborgandan so‘ng, davlat mulki obyektining balansda saqlovchi tomonidan tegishli munosabat bildirilmagan yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi rahbariga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini samarali boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari ularning balansda saqlovchilari tomonidan davlat mulki obyektlari joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balansda saqlovchi tomonidan ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Agentlikka ma’lumot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar tegishli davlat mulki obyekti balans saqlovchisi hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini tasarruf etish, shu jumladan sotish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
(21-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 349-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur jarayon ushbu mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan holatda, shunday turdagi bitimlarni amalga oshirishning xalqaro amaliyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarni sotishda ularni sotish bilan bog‘liq barcha tadbirlar professional tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar, shu jumladan sotilayotgan chet elda joylashgan davlat mulki obyektini baholash jarayonlari mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan taqdirda, xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi roziligiga asosan chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotish uchun jalb qilinadigan baholovchilar, investitsiya vositachilari, maslahatchilar va boshqa tashkilotlar xizmatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Chet eldagi muassasalar O‘zbekiston Respublikasi mulkiy manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va davlat mulki obyektlari balansda saqlovchilariga ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ma’lumotlarning o‘z vaqtida va ishonchli taqdim etilishi, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini samarali boshqarish, saqlash va maqsadli foydalanish uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat mulki obyektlari balansda saqlovchlari rahbari zimmasiga yuklanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizom qoidalari qo‘llanishi bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi

Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan o‘tkazish

Doimiy

2-bosqich

Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadigan shakldagi ma’lumotlarnikiritish

Har yili, hisobot yili yakuni bo‘yicha keyingi oyning
25-kuni

3-bosqich

Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga
chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish

O‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab o‘n kun ichida

4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish

Doimiy

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Chet eldagi muassasadan
chet elda joylashgan davlat mulki obyekti to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rab olish

Zaruratga ko‘ra

6-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Ma’lumotlar kiritilmaganligi va (yoki) to‘liq kiritilmaganligi holati yuzasidan davlat mulki obyektlari balans saqlovchisiga taqdimnoma kiritish

Holat aniqlangan kundan
2 kun ichida

7-bosqich

Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi

Tadimnoma kelib tushgandan so‘ng mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ma’lumotlarni takroran kiritish

Tadimnoma kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kun ichida

8-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Kiritilgan ma’lumotlar asosida davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Doimiy

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizomning 17-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidan “yoki garovga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki budjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “ommaviy savdolarda” degan so‘zlari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat unitar korxonalarining qolgan asosiy vositalari qonun hujjatlariga muvofiq muassis bilan kelishgan holda, davlat unitar korxonalari tomonidan mustaqil ravishda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassisning talabiga ko‘ra yoki davlat unitar korxonalarining o‘z tashabbusi bilan ko‘rsatib o‘tilgan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovadagi “III. Muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar” pozitsiyasining 3-2-qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3-2. Muasssisning — yuridik shaxsning nomi:___________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtiroki mavjud ____ ; davlat ishtiroki mavjud emas ____”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda avtomototransport vositalariga ega bo‘lishni tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)