1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.05.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitda qishloq xo‘jaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va manfaatdorlikni oshirish borasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yerlarni foydalanishga kiritish, ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlar asosida ajratib berishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 10-mayga qadar 1-ilovada keltirilgan hududlarda ekinlarni sug‘orish uchun yaroqli suv chiqarish imkoniyati haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga xulosa taqdim etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va me’yorlash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tabiiy-tuproq hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib foydalanishga kiritiladigan yerlarga ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiya beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimligi foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini konturlar kesimida hisob-kitob qiladi hamda loyihalarni shakllantirib, kelishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch kun ichida ushbu loyihalarni ko‘rib chiqqan holda umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi besh kun ichida taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga xulosa taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari besh kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni o‘rganish asosida Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘larni tumanlar kesimida taqsimlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi. Kafolat jamg‘armasi. Taraqqiyot jamg‘armasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining taqsimotiga asosan Moliya vazirligi besh kun muddatda tuman budjetiga yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun zarur mablag‘larni ajratadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimligi quduq qazish, sug‘orish tarmoqlarini tiklash orqali yer maydonlarini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasini tortish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning texnik va moliyaviy ko‘rsatkichlarini belgilaydi va ushbu ishlarni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni tanlov asosida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov qoida tariqasida, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari raisligida, tuman qishloq xo‘jaligi, arxitektura va qurilish, moliya, statistika, yer resurslari va davlat kadastri, irrigatsiya bo‘limlari, soliq inspeksiyasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimligi foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini dehqonchilik sohasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga 1 gektargacha dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, istisno tariqasida, 10 yilgacha muddatga ijaraga beradi yoki tajriba-sinov tariqasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga barcha xarajatlarni oldindan to‘lash sharti bilan 5 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarini 10 yilgacha muddatga ijara huquqini elektron auksion asosida sotadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.08.00 Qishloq xo‘jaligida ijara;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu yer maydonlarini ajratish bo‘yicha tashabbuskor va tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasiga asosan tuman hokimining qarori qabul qilinadi, bunda yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va ustuvor ravishda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni ekish, bog‘ va tokzorlar barpo etish nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer maydonlarini ijaraga berish hamda ijara huquqini sotishdan tushadigan mablag‘lar tuman hokimligining sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus hisob raqamida jamg‘arib boriladi hamda yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish maqsadlarida ishlatiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.08.00 Qishloq xo‘jaligida ijara]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerdan foydalanish davomida belgilangan ekin turlarini ekib, ish o‘rinlarini yaratgan, ijara xarajatlarini o‘z vaqtida qoplagan tadbirkorlik subyektlariga yerdan foydalanish muddatini uzaytirishda ustuvorlik huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman hokimliklari foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining yaxlitligi, bir mahsulot turiga ixtisoslashishi, meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari orqali dehqon xo‘jaliklariga urug‘lik va ko‘chatlar yetkazish, ilg‘or agrotexnologiyalarni o‘rgatish, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda ko‘maklashsin, shuningdek, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini yetarli hajmda va hamyonbop narxlarda xarid qilishlari uchun zarur infratuzilmani yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.15.00 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yer uchastkalarini saqlash vazifasi);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror doirasida ijaraga beriladigan yer maydonlarida yengil konstruksiyadagi dala shiypon va sug‘orish inshootlarini joylashtirishga ruxsat beriladi, boshqa turdagi, shu jumladan turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. O‘simliklar karantini. Veterinariya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beriladigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi, Jahon bankining kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qo‘yish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror doirasida foydalanishga kiritilgan yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq to‘lanadigan jamoat ishlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarida ishtirok etadigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha 500 ming so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqini elektron auksion asosida sotishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning yo‘nalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunini, shuningdek, “Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotishga imkoniyat yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 0 foiz miqdorida belgilangan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblashda soliq bazasidan kamaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sug‘orish tizimi qo‘llaniladigan yerlar — tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida hamda yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan qat’i nazar, uch yil muddatga yer solig‘idan ozod qilingan;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.09.00 Suvdan foydalanganlik uchun to‘lovlar (shuningdek, 07.10.07.00 va 11.01.11.00larga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoniga asosan qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Qo‘chqorov Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lardan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman budjetlariga Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining taqsimotiga asosan 300 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda ajratilishi rejalashtirilgan 30 trillion so‘mlik revolver kreditlarning 2 trillion so‘mini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va uning eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga yo‘naltirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi bo‘yicha kelgusidagi tushum ta’minoti asosida shaxsiy tomorqa yer egalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun bo‘nak ajratish hamda mahsulotlarni sotib olish maqsadlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilarga qisqa muddatli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, kreditlar yaxshi kredit tarixiga ega, kamida 2 yil davomida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti faoliyati bilan shug‘ullangan qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarning ipak qurti boqish inshootlarini “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga to‘lovlarni yigirma yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan balans (qoldiq) qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan sotish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va tumanlar hokimlarining hisobotlarini eshitish va tegishli baho berib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.I. Barnoyev va J.A. Qo‘chqorov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4700-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarini o‘zlashtirishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prognoz ko‘rsatkichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Tadbirlar nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Mas’ul ijrochilar
1.
Asosiy maydonga ekinlarni 15-mayga qadar to‘liq ekish bo‘yicha kunlik grafiklarni tasdiqlab, har bir klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari kesimida kunlik monitoring yuritishni yo‘lga qo‘yish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda 38 ming gektar lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirib, ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish. Yil yakuniga qadar har bir viloyatda 6 ming bosh naslli qoramol tayyorlash va yetkazib berishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik yo‘nalishida 74 ta oilaviy kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil dekabr
2020-yil sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
3.
Baliqchilikda intensiv usulni joriy qilgan holda baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming tonnaga yetkazish choralarini ko‘rish.
Har bir hududda bitta tumanni baliqchilikka ixtisoslashgan namunali tumanga aylantirish choralarini ko‘rish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil dekabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari
4.
O‘rmon xo‘jaliklarida 16,5 mingta yangi asalari uyalarini tashkil qilib, asal ishlab chiqarishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.
Asal ishlab chiqarishni 5 barobarga oshirish va har bir hududning bitta tumanida asalarichilik klasterini tashkil qilish, 300 tadan 500 tagacha aholi xonadonlariga 10 tadan 20 tagacha asalari uyalarini tarqatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Asalarichilari uyushmasi, “Aloqa bank” ATB
5.
Quyonchilikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda quyonlar bosh sonini 2 barobarga ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Mikrokreditbank
6.
Joylarda pilla yetishtirish ishlarini tashkil etish uchun 20 ming nafar malakali mutaxassislarni aniqlab, ularni Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan ishga yollash choralarini ko‘rish.
“Bir xonadonga — bir quti ipak qurti” tamoyili asosida ipak qurti urug‘i tarqatilishini tashkil etish.
Aniq hisob-kitoblar asosida 2020-yilda 400 ming quti ipak qurti urug‘i boqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lardan pilla yetishtirish mavsumida belgilangan hosilni olgan ishsiz, kam ta’minlangan oilalarga, har bir quti ipak qurti uchun qo‘shimcha 700 ming so‘m qo‘shib berish.
Dala atrofidagi 95 million tup yakka qator tutlar joylashuvidan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklari, paxta va g‘alla klasterlarini pilla boqishga jalb etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
2020-yil may
2020-yil may
2020-yil may — sentabr
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
7.
Yer maydonlari chetlarida tutlar ekilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
8.
Sun’iy havzalardan foydalanish samaradorligiga qarab yer solig‘ining tabaqalashgan stavkalarini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
2020-yil may
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
9.
Meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanma mablag‘ uchun zarur bo‘lgan 258 milliard so‘m kredit ajratish choralarini ko‘rish.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi takliflari asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan davlat dasturi loyihasiga jun, paxta va ipak xom ashyosidan gilam ishlab chiqarish yo‘nalishini alohida komponent sifatida kiritish.
Inqirozga qarshi kurashish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lardan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga qo‘shimcha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratish choralarini ko‘rish.
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil may
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Qo‘chqorov, Moliya vazirligi, tijorat banklari
10.
Pandemiya sharoitida mahsulotlarni yuklash, chegaradan o‘tkazishga ko‘maklashuvchi doimiy shtab tashkil etish.
Meva-sabzavot mahsulotlariga xaridor topish, ularni eksport qilishlarini viloyatlar, tumanlar, eksport qiluvchilar kesimida aniq hisob-kitob qilish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtotransport vositalarida yuk tashish xarajatlarining 50 foizigacha Eksportga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qoplab berish choralarini ko‘rish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Umurzoqov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
11.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan ixtisoslashgan 55 ta tumanga biriktirilgan vazirlik va idoralar rahbarlari bilan birgalikda kredit, urug‘lik, o‘g‘it, suv, transport, eksport bilan bog‘liq masalalarni operativ hal etish.
Har bir mahallada nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bo‘yicha ko‘chma do‘konlarni tashkil qilish.
Asosiy, bog‘ va tokzorlar qator oralariga hamda takroriy maydonlarga talab qilingan urug‘liklarni olib kelish hamda joylarga yetkazish choralarini ko‘rish.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda maxsus o‘g‘it do‘konlarini tashkil etish va mineral o‘g‘itlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosini yo‘lga qo‘yish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘. Barnoyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Davlat bojxona qo‘mitasi, Transport vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki va undan ortiq tadbirlar birlashtirilgan holatlarda ushbu tadbirlar uchun belgilangan eng kechki muddat umumlashtirilgan tadbirning ijro muddati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4700/0526-son)