Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 22.04.2020 yildagi PQ-4691-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini va imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, budjetni, qishloq xo‘jaligi, kommunal va energetika sohalaridagi korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro moliya institutlari (keyingi o‘rinlarda — XMI) bilan umumiy qiymati 3 mlrd AQSH dollaridan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — Yo‘l xaritasi) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni ta’minlash Muvofiqlashtiruvchi guruhning eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirish bilan bog‘liq tezkor qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XMI mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar, birinchi navbatda, tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb qilingan XMI mablag‘larining tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini tezlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi yordam hisobidan moliyaviy ko‘mak oluvchi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan XMI qarzlari va grantlaridan foydalanishda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun XMI grant va qarz mablag‘larini jalb qilishda quyidagilar ustuvor maqsadlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini tubdan modernizatsiya qilish, tashkiliy tamoyillar, standartlar va javob qaytarish protokollarining epidemiologik vaziyat o‘zgarishlariga muvofiqligini ta’minlash, xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq texnik jihozlash va mutaxassislarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning har bir hududida xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan sanitariya-epidemiologiya laboratoriyalarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha bo‘g‘inlarida ishlashga malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasalliklarni ilg‘or kompyuter texnologiyalari va teletibbiyot usullaridan foydalangan holda, eng avvalo, bolalar va onalarni davolash uchun zamonaviy klinikalar yaratish va jihozlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — respublika sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini mustahkamlash uchun jalb qilinayotgan XMIning qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining tegishincha energetika va kommunal sohalaridagi korxonalar aylanma mablag‘larini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun XMI qarzlarini jadal jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun XMI tomonidan taqdim etilayotgan kredit liniyalarini o‘z vaqtida jalb qilish va jadal o‘zlashtirish yuzasidan.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mas’ul ijro etuvchi agentliklarga moliyalashtiruvchi XMI bilan kelishilgan holda tender savdolari va xaridlarni o‘tkazmasdan BMT tashkilotlarining global platformalari orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch kun muddatda Osiyo taraqqiyot bankiga respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish uchun 100 mln AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha so‘rov yuborsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘n kun muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur loyiha konsepsiyasini OTB bilan kelishsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi farmatsevtika tarmog‘ining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, shuningdek, yuqumli va boshqa kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun zamonaviy samarali preparatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasining moliyalashtirish manbalari yuzasidan 2020-yil 15-mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Muvofiqlashtiruvchi guruh (S. Umurzoqov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida ijro etuvchi agentliklar, mas’ul vazirliklar, idoralar va tijorat banklari vakillarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini haftada ikki marta eshitgan holda Yo‘l xaritasining samarali bajarilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har hafta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun XMIning qarzlarini jalb qilish bo‘yicha javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun qarzlarni jalb qilish grafigini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga grafiklarning ijrosi to‘g‘risida axborot taqdim etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari A.A. Paygamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4691-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash (277,5 mln dollar)

1.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” va “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihalari bo‘yicha ITBning tejalgan mablag‘lari hisobidan Zangiota tumanidagi 10 ming o‘rinli yangi klinikani jihozlash.

Qiymati — 17,16 mln dollar.

1. ITB bilan tibbiy uskunalar va jihozlarni yetkazib berish shartnomasiga qo‘shimcha bitimni kelishish.

2. Yetkazib beruvchi bilan shartnomaga qo‘shimcha bitimni imzolash.

3. ITBga shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘lash to‘g‘risida so‘rov yuborish.

4. ITB tomonidan to‘lovning to‘lanishi.

5. Uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 24-aprel


2020-yil 24-aprel


Shartnomaga muvofiq

2020-yil aprel-may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

2.

Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar klinikasi va Yuqorichirchiq tumanidagi karantin zonasining qurilish va jihozlash, shuningdek, Chilonzor tumanidagi bolalar shifoxonasi va perinatal markazini jihozlash ishlarini ITBning “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” va “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihalari bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan yakunlash.

Qiymati — 46 mln dollar.

1. ITB bilan qurilish ishlari hajmi va talab etiladigan jihozlarni kelishish.

2. ITB bilan klinikalar qurish hamda tibbiy uskunalar va jihozlar yetkazib berish shartnomalarini kelishish.

3. Pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarni ITB bilan kelishish.

4.Qarz bitimlariga o‘zgartirishlar kiritish.

5. ITBga shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘lash to‘g‘risida so‘rov yuborish.

6. ITB tomonidan to‘lovning to‘lanishi.

2020-yil 24-aprel


2020-yil 30-aprel



2020-yil 5-may



2020-yil 10-may


2020-yil 13-may


Shartnomaga muvofiq

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

3.

OTBning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan 1800ta o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari hamda tibbiy uskunalar va jihozlarni sotib olish.

Qiymati — 22,32 mln dollar.

1.O‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari va tibbiy buyumlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish.

2. Uskunalarni yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil 24-aprel



2020-yil may — avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

4.

Jahon bankining “Shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan 506 ta o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash, 40ta ko‘chma rentgen apparatlari, testlar o‘tkazish uchun PSR-apparatlar va tibbiy buyumlar sotib olish.

Qiymati — 7,55 mln dollar.

Imzolangan shartnomaga muvofiq yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil may — avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

5.

Sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan (OIIB) 100 mln dollargacha miqdorda mablag‘lar jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda so‘rovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

2. OIIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyiha va qarz hujjatlarini kelishish.

4. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

5. Tender tartib-taomillarini e’lon qilish.

6. Loyiha TIAsini ishlab chiqish va ekspertiza organlari bilan kelishish.

7. Loyihaning OIIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

8. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

9. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 28-aprel



2020-yil 30-aprel


2020-yil 17-iyul


2020-yil 17-avgust

2020-yil 20-avgust


2020-yil 31-avgust


Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 15-sentabr


2020-yil 25-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

6.

Jahon bankining 95,0 mln dollar miqdoridagi yangi qarzini jalb qilish, ulardan:

34,5 mln dollar — sog‘liqni saqlash tizimi uchun;

60,5 mln dollar — Davlat budjetining ijtimoiy xarajatlarini moliyalashtirish uchun.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Jahon banki tomonidan ma’qullanishi.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 30-aprel


2020-yil 7-mayga qadar



2020-yil 20-mayga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Sharaxmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

7.

“Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 50 mln dollargacha mablag‘ini sog‘liqni saqlash tizimi maqsadlariga jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda so‘rovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
ga taqdim etish.

2. YEIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyihaning YEIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

4. YEIB va Moliya vazirligi o‘rtasidagi Loyiha bo‘yicha hadli bitimga o‘zgartirishlar kiritish.

5. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

6. Tender tartib-taomillarining boshlanishi.

7. YEIB tomonidan ishlatilgan mablag‘larning to‘ldirilishi.

2020-yil 15-may



2020-yil 20-may


Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 25-may



2020-yil 29-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), UJKXKV (Soliyev),

Adliya vazirligi (Davletov)

8.

Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish maqsadlariga OTBning 100 mln dollar miqdoridagi kreditini jalb qilish.

1. OTBga uzoq muddatli imtiyozli kredit taqdim qilish so‘rovini yuborish.

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va OTB bilan kelishish.

3. Loyiha hujjatlarini tayyorlash.

4. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

5. Loyihaning OTB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

6. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

7. OTB bilan qarz bitimini imzolash.

8. Uskunalar sotib olishni tashkil qilish.

9. Moliyalashtirish va uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 25-aprel


2020-yil 30-aprel


2020-yil 30-may

2020-yil 15-iyun

Kelishuvga ko‘ra


2020-yil iyul-avgust




2020-yil iyul-avgust


2020-yil 1-iyul


2020-yil iyul — sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev)

II. Tadbirkorlik va bank tizimini qo‘llab-quvvatlash (700 mln dollar)

9.

Davlat kafolatisiz YETTBning 220 mln dollar miqdoridagi kredit liniyalari va savdo moliyalashtirishini O‘zmilliybank (70mln), Asakabank (60mln), O‘zsanoatqurilishbank (60mln)
va Ipotekabankka (30mln) jalb qilish.

1. YETTBning Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

2. Tijorat banklari va YETTB o‘rtasida qarz bitimlarining imzolanishi.

3. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may


2020-yil 10-may


2020-yil 1-iyunga qadar

O‘zmilliybank (Mirsoatov), Asakabank (Saydullayev), O‘zsanoatqurilish bank (Annaklichev), Ipotekabank (Atabayev)

10.

Eksportyorlar, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi kredit liniyasini jalb qilish.

1. Kredit shartlarini kelishish.

2. Qarz bitimlarini kelishish.

3. OIIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

4. Qarz bitimining imzolanishi.

5. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may

2020-yil 15-may

2020-yil 30-may


2020-yil 10-iyun


2020-yil 30-iyun

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),
O‘zmilliybank (Mirsoatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

11.

Meva-sabzavot sektoridagi korxonalarni moliyalashtirish maqsadida JAYKAning 200,0 mln dollargacha miqdorda qo‘shimcha kredit liniyasini jalb qilish (Yaponiya hukumati tomonidan ma’qullanishi lozim).

1. JAYKAga rasmiy so‘rov yuborish.

2. Loyiha va yuridik hujjatlarni tayyorlash va kelishish.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan subqarz bitimlarini imzolash va kredit liniyasini o‘zlashtirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel

2020-yil 20-iyul


2020-yil 27-iyul



2020-yil 30-iyul


2020-yil 20-avgust

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Moliya vazirligi (Isakov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev)

12.

Eksportyorlar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga kredit liniyalari uchun “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 80 mln dollar miqdoridagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan YEIBga rasmiy so‘rov yuborish.

2. Loyihaning YEIB Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlanishi.

3. YEIB va Moliya vazirligi o‘rtasida Loyiha bo‘yicha hadli bitimga o‘zgartirishlar kiritish.

4. YEIB bilan hadli bitimga kiritilgan o‘zgartirishlarni imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari va Moliya vazirligi o‘rtasida qayta kreditlash bo‘yicha bitim tuzish.

6. Ishlatilgan mablag‘larning YEIB tomonidan to‘ldirilishi.

2020-yil 28-aprel



Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 20-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-iyun



2020-yil 25-dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov), Moliya vazirligi (Isakov), Mikrokreditbank (Butayev), O‘zsanoatqurilish

bank (Annaklichev), Hamkorbank (Xasanov), Qishloq qurilish bank (Muratov)

III. Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash (1,7 mlrd dollar, 150 mln yevro),
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining resurs bazasini shakllantirish va Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash

13.

Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida Jahon bankidan 200 mln dollar miqdorida qarz jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi uchun loyihani kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil 30-aprel

Kelishuvga ko‘ra

2020-yil 20-may

2020-yil 25-may


2020-yil 29-may

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov)

14.

Iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon bankining (3-transh) (500 mln dollar) va JAYKAning (300 mln dollar, Yaponiya hukumati tomonidan tasdiqlanishi lozim) qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. Jahon banki va JAYKA bilan birgalikda iqtisodiy islohotlar matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Iqtisodiy islohotlar matritsasida ko‘zda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani Jahon banki va JAYKA Direktorlar kengashiga ma’qullash uchun kiritish.

4. Qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel — iyul



2020-yil may — oktabr


2020-yil iyul-avgust



2020-yil 20-avgust


2020-yil sentabr

2020-yil oktabr — dekabr

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), vazirlik va idoralar

15.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun OTBdan 500 mln dollar miqdorida budjetni qo‘llab-quvvatlash qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Loyihani OTB Direktorlar kengashiga ma’qullash uchun kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel-may

Kelishuvga ko‘ra


2020-yil iyun


2020-yil 20-iyul

2020-yil iyul-avgust

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun OTB (200 mln dollar) va Fransiya taraqqiyot agentligining (150 mln yevro) budjetni qo‘llab-quvvatlash qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda energetika islohotlari matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Energetika islohotlari matritsasida ko‘zda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi Direktorlar kengashiga kelishish uchun kiritish.

4. Qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel-may



2020-yil may — noyabr




Kelishuvga ko‘ra



2020-yil 20-avgust



2020-yil 25-sentabr

2020-yil noyabr-dekabr

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi(Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Kommunal va energetika korxonalarini bir maromda ishlashini ta’minlash (300 mln dollar)

17.

Respublika bo‘ylab infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun, shu jumladan EIZning kommunal va energetika tarmoqlariga ulanishini sifatli ta’minlash maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Loyiha konsepsiyasini shakllantirish.

2. OIIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyiha qarz hujjatlarini kelishish.

4.Tender tartib-taomillarini boshlash.

5. Loyiha bo‘yicha OIIB Direktorlar kengashining roziligini olish.

6. Qarz mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

7. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 30-aprel


2020-yil 5-may

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul


2020-yil 3-avgust



2020-yil 10-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Kommunal va energetika korxonalarining aylanma mablag‘larini qo‘llab-quvvatlash maqsadida YETTBning 100,0 mln dollargacha miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Hukumatning mablag‘larni jalb qilish to‘g‘risidagi rasmiy arizasini yo‘llash.

2. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

3. Qarz mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Moliyalashtirishni ochish
va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel


2020-yil may-iyun

2020-yil 22-iyun



2020-yil 10-iyul


2020-yil 21-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev)

V. Grantlar (30,6 mln dollar)

19.

Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatining 9,7 mln dollar miqdoridagi grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

Toshkent shahar Chilonzor tumanida bolalar klinikasini qurish loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini yakunlash.

2020-yil 1-may

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

20.

Yevropa Ittifoqining 3,2 mln dollar miqdorida grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

1. Grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy uskunalar va buyumlar ro‘yxatini kelishish.

2. Xarid tartib-taomillarni tashkil etish.

3. Grant mablag‘larini boshqarishda ishtirok etadigan milliy jamoat tashkilotlarini aniqlash.

4. Grant mablag‘larini boshqarish va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2020-yil 25-aprel



2020-yil 25-aprel



2020-yil 30-aprel



2020-yil may — sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Basitxanova)

21.

Koreya Hukumatining 250 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

1. Grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy buyumlar ro‘yxatini kelishish.

2. Xaridlarni tashkil etish.

2020-yil 30-aprel



2020-yil 10-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

22.

Xalqaro tashkilotlarning jami 17,2 mln dollar miqdoridagi qo‘shimcha grantlarini jalb qilish.

1. Donor tashkilotlar bilan grant shartnomalari va hujjatlarini imzolash.

2. Grant mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash.

2020-yil 1-iyunga qadar


O‘zlashtirilishiga qarab

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruh tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

S. Umurzoqov

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, guruh rahbari

2.

A. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vaziri

3.

Sh. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

4.

O. Isakov

moliya vaziri o‘rinbosari

5.

Sh. Sharaxmetov

moliya vaziri o‘rinbosari

6.

B. Yusupaliyev

sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari — Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori

7.

I. Norkulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

A. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi

9.

S. Annaklichev

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

10.

N. Saydullayev

“Asaka” ATB boshqaruv raisi

11.

Sh. Atabayev

“Ipoteka-bank” ATIB boshqaruv raisi

12.

Sh. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

13.

J. Turg‘unov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh: guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 07/20/4691/0485-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)