Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 23.04.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-564-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashkiliy tuzilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, ilovaning 3-bandi 2020-yil 1-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.
2-banddagi “harbiy qasamyod” so‘zlari “Vatanga qasamyod” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-bandning birinchi xatboshisidagi “Harbiy qasamyodga” so‘zlari “Vatanga qasamyodga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisidagi “Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabini” so‘zlari “Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi