21.07.1992 yildagi 337-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ILM-FANNI RIVOJLANTIRISHNI VA INNOVATSIYA FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1992-yil 8-iyul Farmonini bajarish maqsadida va ilmiy-texnikaviy salohiyatni mustahkamlashga, ilmiy tadqiqotlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yirik muammolarini hal etishga yoʻnaltirishga, innovatsiya faoliyatini kuchaytirishga muhim ahamiyat berib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fanlar akademiyasi olimlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda qoʻshimcha qiymatga solinadigan soliqdan ozod etilishi lozim boʻlgan innovatsion hamda xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining turlarini shu yil 1-sentabrgacha va kelgusida 1995-yilgacha har yili aniqlasin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bilan birgalikda 2 oy muddat ichida fan va texnikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari roʻyxatini hamda davlat ilmiy-texnika dasturlarini, ularni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan bosh tashkilotlarni belgilagan holda, ishlab chiqsin va Hukumat tasdiqlashi uchun taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va texnikaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha nomzodlar va doktorlar tayyorlashning istiqbol dasturini ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar orasidan kamida 20 nafar isteʼdodli olimlarning tajriba orttirish uchun har yili xorijiy markazlarga yuborilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi olimlarning xorijiy markazlarda tajriba orttirishi uchun zarur valyuta mablagʻlari ajratishni va ularni soʻm bilan qoplashni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fan va texnika davlat qoʻmitasi tarmoq vazirliklari va konsernlari bilan birgalikda 3 oy muddat ichida tugallangan ilmiy ishlanmalarni tahlil qilib, ularni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fanlar akademiyasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, tarmoq akademiyalari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2 oy muddat ichida Fanlar akademiyasining boʻlinmalari negizida ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda reklama qilish va sotish maqsadida ularning respublika innovatsiya-tijorat koʻrgazma markazini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddat ichida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturi ishlab chiqilishini taʼminlasinlar. Bu dasturda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika tadqiqotlari va ishlanmalarini huquqiy jihatdan himoya qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, litsenziyalar va patentlarni sotish hajmini koʻpaytirish, Oʻzbekiston olimlarining yutuqlarini chet ellarda keng reklama qilish choralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston olimlarining ilgʻor texnologiyalari va ilmiy ishlanmalari negizida qoʻshma korxonalar venchur kompaniyalar, innovatsion dasturlar va loyihalarni yaratish koʻzda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Respublika valyuta fondlariga ajratmalar normativi Fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlarini eksport qilishdan olingan tushumlarning 20 foizi miqdorida belgilansin. Tushumlarning 80 foizi, shuningdek, bunda olingan qoʻshimcha mablagʻlar birinchi navbatda ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻoʻza va boshqa ekinlar gen-injeneriya biotexnologiyasi sohasidagi ishlarni rivojlantirsin (“Geninmar” dasturi). Buning uchun bir oy muddat ichida Fitopatologiya instituti va uning boʻlinmalarini, shu jumladan, Sirdaryo tayanch punktini (mavjud ilmiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy bazasini) akademik O.S Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining geninjeneriya biotexnologiya laboratoriyasi bilan birlashtirgan holda, Genetika institutini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bioorganik kimyo institutining tajriba-eksperimental bazasida gossipol asosida feromonlar va shifobaxsh dorivorlar ishlab chiqarishni koʻpaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifobaxsh dorivorlar xillarini koʻpaytirib, ularni ishlab chiqarish hajmini oshirsin, 1992-yilda qand lavlagini qayta ishlashning chiqitsiz texnologiyasini hamda Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining tajriba-eksperimental bazasida steviya oʻsimligining poyasi va barglaridan qand-shakar oʻrnini bosadigan modda ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqsin va oʻzlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 1992-yilda Fanlar akademiyasiga 9-bandda koʻrsatilgan ishlar uchun Vazirlar Mahkamasining valyuta jamgʻarmasidan 1,75 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilsin, shundan 1,2 million dollari Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga, 0,25 million dollari Genetika institutyaga, shuningdek, 0,3 million dollari chet el adabiyotlarini sotib olish hamda xalqaro ilmiy uyushmalarda ishtirok etish uchun ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliya vazirligi 1992-yilda Fanlar akademiyasiga shifobaxsh dorivorlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, texnologiyalarni ishlab chiqish va oʻzlashtirish, shuningdek, ajratilayotgan valyutani soʻm bilan qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 17,63 million soʻm, shu jumladan, Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga 14,39 million soʻm, Bioorganik kimyo institutiga 2,3 million soʻm va Genetika institutiga 0,43 million soʻm ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Olmaliq maishiy kimyo zavodi har yili Bioorganik kimyo institutiga kamida 40 tonna hajmida “Yujniy” entomologik yelimi yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzoziqovqatsanoat” konserni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bioorganik kimyo institutiga har yili kamida 3 tonna hajmida gossipol antranilati yetkazib berishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasining Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tomonidan yetkazib beriladigan xom-ashyo hajmiga muvofiq steviyadan foydalangan holda qand-shakarning oʻrnini bosadigan mahsulotlar olish retsepturasini ishlab chiqsin va 1992-1993-yillarda uni ishlab chiqarishni oʻzlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining talabnomasiga binoan xom ashyo (qand lavlagi va steviya poyasi) yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Toshkent viloyati hokimligi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga shifobaxsh oʻsimliklar va stevin yetishtirish uchun Qibray tumanida 2 ga yer uchastkasi ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Oʻzshartnomasavdo”, boshqa ixtisoslashtirilgan taʼminot-sotish tashkilotlari (ularga birkitilgan nomenklatura boʻyicha), shuningdek, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi belgilangan tartibga muvofiq Fanlar akademiyasi institutlari uchun, qayd etib oʻtilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida, texnologik asbob-uskunalar va xom ashyo yetkazib berishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi shifobaxsh dorivorlarni va respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining fan bilan bogʻliq mahsulotlarini chet mamlakatlarda sotish imkoniyatlarini, shuningdek, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qoʻshma korxonalar barpo etish imkoniyatlarini oʻrgansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 21-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
337-son