16.04.2020 yildagi PQ-4680-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan Oʻzbekistonning Sharq mamlakatlari bilan ikki va koʻp tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash, jahonda roʻy berayotgan jarayonlarni toʻgʻri talqin qila oladigan tahliliy tafakkurga ega kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, sharq tillari boʻyicha sinxron tarjimonlarni yetishtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, institutda sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, taʼlim jarayonining oʻquv-uslubiy va axborot taʼminotini yaxshilash, moddiy-texnik bazani zamon talablariga mos ravishda yangilashda oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolar saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba-yoshlarni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va maʼnaviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzi, ularning zamonaviy antropologiya va etnologiyasi, tarjimashunoslik, shuningdek, turizm va gid hamrohligi sohalarida zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada sharq tillari va adabiyoti, tarixi, madaniyati, falsafasi, siyosati va iqtisodiyotini oʻqitish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi sifatida xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda sharq tillarini bilish darajasini baholovchi metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, til taʼlimi sohasida hamda Sharq mamlakatlari boʻyicha axborot beruvchi zamonaviy media mahsulotlar va elektron oʻquv adabiyotlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharq mamlakatlaridagi zamonaviy tendensiyalar, tarixiy jarayonlar, sharq xalqlarining madaniy aloqalari va merosini tadqiq qilish, tahliliy maʼlumotlar tayyorlash hamda mazkur sohada ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va monografiyalar chop etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, taʼlim-tarbiya jarayonlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sharqshunoslik va sharq madaniy merosi sohalarida professor-oʻqituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda respublika uchun istiqbolli boʻlgan yangi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga taʼlim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Universitetga oʻqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu tajribani boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda test sinovlari bazasini va kerakli infratuzilmani oʻz muddatida va sifatli shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Universitet, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotganini hisobga olib, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqsin hamda ularning ish faoliyatini darslarga sifatli tayyorgarlik koʻrishga va ilmiy salohiyatini kuchaytirishga qaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy loyihalarni bajarish jarayoniga iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarni jalb qilishni kengaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetlar tarkibi va kafedralar yoʻnalishlarini koʻrib chiqsin hamda ularning faoliyatini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida qayta tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim sifatini oshirish, oʻquv va ilmiy faoliyatni ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashkil etish maqsadida nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, maʼruzalar va mahorat darslarini muntazam tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilar va masʼul xodimlar uchun, zarurat tugʻilganda, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida kredit-modul tizimiga oʻtish boʻyicha seminar-treninglar turkumini tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda salmoqli ilmiy nashrlar eʼlon qilgan, “ustoz-shogird” tamoyili asosida iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar yoki yosh professor-oʻqituvchilar bilan hammualliflikda yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020 — 2023-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejalarida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni oʻtkazishni kengaytirish, talabalarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fanlarga ajratilgan soatlar ulushini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajriba asosida boshqaruv xodimlari va professor-oʻqituvchilar faoliyatini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini koʻpaytirish, yangi ixtisosliklar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlari elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2023-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulga qadar Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy oʻrganib, uning faoliyatini takomillashtirish, qabul jarayoniga qoʻyilgan talablarni qayta koʻrib chiqishni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar dasturida akademik litseyga oʻquvchilar xorijiy tilni bilish darajasiga qarab qabul qilinishini hamda Universitet kafedra mudirlari va yetakchi olimlarining akademik litsey oʻquv guruhlariga biriktirilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sharq tillari sohasida oʻrta boʻgʻin professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, isteʼdodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari boʻyicha texnikumlar tashkil etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar Namangan va Xiva shaharlarida tashkil etilayotgan sharq tillari boʻyicha texnikumlarni sharq tillarini oʻqitishga moslashtirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, bitiruvchilarga qoʻyiladigan malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Taʼlim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlashda innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sharq tillari boʻyicha malakali tarjimonlarni zamonaviy usullar asosida amaliyot bilan uygʻunlikda tayyorlashga qaratilgan Sinxron tarjima laboratoriyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarda mustaqil taʼlim kompetensiyalarini hamda sharq tillari boʻyicha elektron taʼlim resurslarini shakllantirishga xizmat qiladigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan Multimedia markazi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Madaniyat vazirligining Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazini (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlari va rivojlanish modellarini kompleks tadqiq etish, Oʻzbekiston Respublikasining Sharq davlatlari bilan oʻzaro munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan oʻrganish Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan budjet mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma yodgorliklar boʻyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Universitetni bepul taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va muzeylari huzurida Universitetning adabiy va tarixiy manbashunoslik yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi kafedralarining filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Innovatsion rivojlanish agentligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yilgi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda ularda sharqshunoslik sohasi boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Universitet bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixi, antropologiyasi, tili va adabiyoti, ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, ichki va tashqi siyosatini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining Universitet xalqaro obroʻsini mustahkamlash, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor tajribalarni oʻquv va ilmiy jarayonga tatbiq etish maqsadida chet ellik mutaxassislar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning malakali xodimlari tomonidan Universitetda maʼruzalar oʻqish va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan dars berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-nazariy maʼruzalar oʻqish uchun taklif etiladigan chet ellik professor-oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining berilishi va uzaytirilishini, Oʻzbekiston Respublikasidagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazib berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandga muvofiq Universitetga berilgan hududda Universitetning yangi 9 qavatli binosi va sport majmuasini qurish va foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun zarur mablagʻlarni jalb qilsin va oʻz vaqtida ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob palatasi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun ajratilgan mablagʻlarning oqilona va maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Universitetning asoslantirilgan takliflari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida professor-oʻqituvchilar, rahbar xodimlar va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot oʻtashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — mazkur qarorning ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov — sharqshunoslik sohasida yetarli bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, Universitet faoliyatini lozim darajada tashkil etish, sharq tillarini bilish darajasini baholash tizimini joriy qilish, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish, Dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish, sharqshunoslik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni yaxshilash yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 16-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4680-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2023-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Taʼlim sifatini oshirish, yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni maqbullashtirish, kadrlar tayyorlashning
maqsadli parametrlarini shakllantirish hamda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

1.1. Kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish va bitiruvchilar bilan ishlash

1.

Tashkilotlar va tili oʻrganilayotgan mamlakatlarda talabalar amaliyotini tashkil etish

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari amaliyotini Universitetga baza sifatida belgilangan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish.

Talabalar amaliyotini bosqichma-bosqich bevosita tili oʻrganilayotgan mamlakatda oʻtkazish.

Universitetda kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi Amaliyot va hamkorlik boʻlimini tashkil etish.

-





Universitet
va homiy tashkilotlar mablagʻlari, xalqaro grantlar

Smeta asosida Davlat budjeti
va Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr




2020-yil
1-sentabrdan



2020-yil
1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov)

2.

Magistraturada ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali taʼlim samaradorligini oshirish

Magistratura dasturlarini ixtisoslikni chuqur oʻrganishga, pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyini Universitetning ilmiy-tadqiqot bazasi sifatida belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Oʻzarxiv” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika bandlikka koʻmaklashish va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, siyosiy partiyalar, muzeylarni Universitetning amaliyot bazasi sifatida belgilash.

Universitet mablagʻlari




-






-

2020-yil
1-sentabr



2020-yil
1-iyul






2020-yil
1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

hamkor tashkilotlar

3.

Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish

Universitetning taʼli? yoʻnal?shlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashda hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida kafedralarning filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan, malakaviy amaliyot hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik, maslahatchilik qilgan ilmiy xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish.

-





Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr




2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

hamkor tashkilotlar

1.2. Yangi oʻqitish uslublarini joriy etish, xorijiy tajriba asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish

4.

Oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish

Tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablari hamda ilgʻor xorij tajribasi asosida yangi oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Bunda bitiruvchilarning qoʻlyozmalar bilan ishlash, qoʻshma korxona va turistik kompaniyalarda gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borishi uchun tili oʻrganilayotgan Sharq mamlakatlari va Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va urf-odatlariga oid kompleks bilimlarga ega boʻlishiga erishish maqsadida fan dasturlari mazmunini takomillashtirish.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarini maqbullashtirish orqali oʻquv fanlari sonini kamaytirish.

Oʻquv rejalarida amaliy va koʻchma mashgʻulotlarni oʻtkazishni koʻzda tutish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlashga ajratilgan soatlar hajmini oshirish.

Bosqichma-bosqich rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishni kengaytirish.

-





-









-



-




Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-avgust




2020-yil
1-avgust








2020-yil
1-sentabr


2020-yil
1-sentabr



2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

5.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish

Oʻqituvchilar tomonidan innovatsion taʼlim texnologiyalari oʻzlashtirib borilishi, novatorlik ishlanmalari yaratilishining muntazam monitoringini yuritish.

Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.

Oʻquv jarayonida elektron taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish.

-




Universitet mablagʻlari




Universitet mablagʻlari

2020 — 2023-yillarda



2020-yil
1-avgust



2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

6.

Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish

Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga professor-oʻqituvchilar uchun moddiy va maʼnaviy taʼminot asoslarini yaratish.

Darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida Tahririy nashriyot boʻlimi faoliyatini takomillashtirish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash.

Universitet mablagʻlari



Universitet mablagʻlari





Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-avgust


2020 2023-yillarda



2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),


Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

1.3. Rektorat, fakultetlar, kafedralar va akademik litsey rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari zaxirasini yaratish, ularning pedagogik mahorati va kasbiy darajasini oshirish

7.

Kadrlar zaxirasini shakllantirish

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida dekanatlar, kafedralar hamda boʻlimlar rahbarlari, shuningdek, professor-oʻqituvchilar faoliyatini ularning oʻquv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy faoliyati samaradorligini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Pedagog kadrlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash

Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini koʻpaytirish, yangi ixtisosliklar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga jalb etish, yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish orqali professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻrtacha yoshini pasaytirish.

Davlat budjeti mablagʻlari





-

2020-yil
1-sentabr




2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

9.

Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish

Universitet tarkibida respublikada uzluksiz taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan sharqshunos kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini yoʻlga qoʻyish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

turdosh oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar bilan oʻzaro dars kuzatish (peer review) tajribasini keng yoʻlga qoʻyish;

sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;

sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish;

tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilar kontingentini shakllantirish uchun oʻrnatilgan tartibda Universitetga buyurtma taqdim etish.

Davlat budjeti mablagʻlari, manfaatdor vazirlik
va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Universitet mablagʻlari

-



-





-





-

2021-yil
1-yanvardan




2020-yil
1-sentabrdan


2020-yil
1-sentabr




2020-yil
1-sentabr




Har yili
15-noyabrga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik
va idoralar

10.

Oʻquv yili natijalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholash

Universitet professor-oʻqituvchilarining har oʻquv yili yakuni boʻyicha faoliyatini talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma va amalga oshirilgan ishlarni kompleks tahlil qilish asosida baholash.

-

Har oʻquv yili yakunida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

1.4. Taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

11.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

Ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan optik tolali tarmoqlar, kommutatorlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini toʻliq yangilash.

Internet tezligini 300 Mb/sek. gacha oshirish.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

12.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash

Oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

13.

Oʻquv va boshqaruv jarayonini nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy etish

Taʼlim va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oliy taʼlim muassasalari taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyati jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga moʻljallangan “Elektron universitet” axborot tizimiga ulanish.

Talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini (antiplagiat va test sinovlari dasturiy taʼminotlari) joriy etish.

Universitetning fakultet va kafedralari hamda professor-oʻqituvchilarining ichki reytingini aniqlovchi elektron tizimni joriy etish.

Universitet mablagʻlari



Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi



Universitet mablagʻlari




Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-avgust


2020-yil
1-sentabr





2020-yil
1-sentabr



2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

14.

Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagogik kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

Xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy ko?pleksini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Kompleks quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

masofaviy oʻqitish xizmatlari portali (veb ilova);

onlayn oʻquv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet;

Universitet yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiquvchi maxsus studiyalar va multimedia markazi;

vebinarlar tashkil qilish va oʻtkazish.

2020-yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan maʼruza mashgʻulotlarining markazlashgan video-katalogini serverlarda shakllantirish va foydalanish uchun ochiq onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Universitet mablagʻlari,

Innovatsion rivojlanish
va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

15.

Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish.

Axborot-resurs markazida adabiyotlarning ochiq fondini tashkil qilish uchun kutubxonaga moslashtirilgan maxsus xonalar va innovatsion kutubxona joriy qilish.

RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini takomillashtirish.

Kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish.

Kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini koʻpaytirish.

Xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish.

Elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashriyotlarga obuna boʻlishni tashkil qilish.

Xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda Axborot-resurs markazini yangi xorijiy adabiyotlar bilan boyitish.

Universitet mablagʻlari






























Universitet
va homiy tashkilotlar mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr





























2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

1.5. Tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish

16.

Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

“Kitobxonlar” oyligi, “Sharq durdonalari” festivali, “Yosh targʻibotchilar” tanlovi, “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi” targʻiboti, “Yosh sharqshunos dasturchilar” klubi, “Mass media” kompyuter bilimdoni, Talabalar teatr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi kabi tadbirlarni tashkil etish
va faollarni munosib taqdirlash.

Talaba-yoshlarda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida turli tanlovlar, koʻrgazmalar, davriy tematik tadbirlarni tashkil etish, yurtimizdagi ochiq osmon ostidagi muzeylarga va teatrlarga tashriflarni uyushtirish, respublikamizning taniqli ziyolilari, davlat arboblari, sanʼat va sportda shuhrat qozongan shaxslar va urush faxriylari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlarni reja asosida oʻtkazish.

Universitet talaba-yoshlari uchun “Eng yaxshi kitobxon” stipendiyasini joriy etish.

Universitet mablagʻlari

Har yili
1-iyunga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov)

17.

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targʻib etish maqsadida Markaz tashkil etish.

Ushbu Markazda quyidagilarni amalga oshirish:

1-tashabbus boʻyicha:

Universitet talaba-yoshlarini tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻzbek, sharq va gʻarb adabiyotiga, milliy sanʼatning turli yoʻnalishlariga keng jalb etish, universitetda rassomlik, musiqa, xorijiy til va adabiyot toʻgaraklarini tashkil qilish, “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari faoliyatlarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyati uchun toʻgaraklar oʻtkaziladigan xonalarni jihozlash va inventarlar bilan taʼminlash.

2-tashabbus boʻyicha:

Universitet talaba-yoshlarini jismonan chiniqtirish, ularni sogʻlom shaxs sifatida kamol toptirish, barcha talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, toʻliq sport inventarlari bilan taʼminlangan sport toʻgaraklariga biriktirish. Talabalar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda respublika miqyosida talaba-yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan musobaqalarga tayyorgarlik ishlarini olib borish.

3-tashabbus boʻyicha:

Universitet talaba-yoshlarida axborot tahlili madaniyatini shakllantirish. Universitetda qoʻshimcha Wi-Fi zonalarini tashkil etish hamda talabalar turar joylarini Internet jahon axborot tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olish.

Kompyuter texnologiyalari boʻyicha talabalar oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etish (“Blogerlar”, “Yosh ixtirochilar”, “Klipmeykerlar”).

4-tashabbus boʻyicha:

Universitet talaba-yoshlarida ona-Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini badiiy adabiyotlar orqali qaror toptirish va axborot-resurs markazi kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, tadbirkorlarni jalb etgan holda fakultetlarda “Book-safe”lar tashkil etish, shuningdek, “Eng faol kitobxon guruhi”, “Eng yaxshi insho” tanlovlarini oʻtkazish hamda “Qadrdon mahallamga va maktabimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyalarini tashkil qilish.

5-tashabbus boʻyicha:

Yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni amaliy kasb egasi sifatida tarbiyalash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, talabalarning doimiy yashash hududidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini oʻrganish va ushbu boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchi talabalarni jalb etib, bandligini taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish, talaba qizlarni darsdan tashqari boʻsh vaqtlarida psixologlar ishtirokida “Kasb sirlari” mavzusida treninglar, davra suhbatlari, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatib borish boʻyicha Universitet va talabalar turar joyi hududlarida tikuvchilik toʻgaragi faoliyatini tashkil etish.

Universitet mablagʻlari






Universitet mablagʻlari












Universitet mablagʻlari
















Universitet mablagʻlari











Universitet mablagʻlari














Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-iyul





2020-yil
1-avgust











2020-yil
1-avgust















2020-yil
1-sentabr










2020-yil
1-avgust












2020-yil
1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov)

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish

18.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish

Ilmiy salohiyatni koʻtarish uchun oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash (PhD, DSc) salmogʻini oshirish.

Ilmiy maktablar faoliyatini takomillashtirish, ilmiy darajaga ega boʻlmagan oʻqituvchilarni professorlar va dotsentlarga biriktirish.

Universitet huzuridagi filologiya, tarix va siyosiy fanlar boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar faoliyatining samaradorligini oshirish.

-

2020 2023-yillarda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

19.

Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni muvofiqlashtirish

Fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq tarzda kafedralar ilmiy yoʻnalishlarini kengaytirish.

Universitetda sharqshunoslik sohalari boʻyicha bajariladigan doktorlik (PhD va DSc) va magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari bazasini jahon ilm-fani taraqqiyotidagi yangi tendensiyalar va talablarga muvofiq shakllantirish.

-

2020-yil
1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

20.

Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish

Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyatini hamkor tashkilotlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan loyihalar yaratishga yoʻnaltirish.

Universitet ilmiy ishlanmalarini innovatsion gʻoyalar yarmarkalarida taqdim etish, loyihalar natijalari asosida ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish.

Startap loyihalarini ishlab chiqish, talabalar bilan Savdo-sanoat palatasi masʼullarining hamkorligini tashkil etish, seminarlar oʻtkazish va loyihalar taqdimotlarini uyushtirish.

-




-






Universitet mablagʻlari

Har yili
1-aprelga qadar


Har yili
1-aprelga qadar




Har yili
1-aprelga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

21.

Fundamental, amaliy
va innovatsion loyihalarni bajarish

Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularni ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yangi loyihalar yaratishga oʻrgatish uchun treninglar tashkil qilish.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni Universitet faoliyatiga tatbiq etish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishdan moliyaviy tushumlar koʻrsatkichi bir oʻqituvchiga toʻgʻri kelishi hajmini oshirib borish.

-





Universitet mablagʻlari





Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-iyul




2020-yil
1-sentabr


2020 2023-yillarda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish

Talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli ragʻbatlantirish uchun fakultetlarda Talabalar ilmiy jamiyatlarini tashkil etish.

Dissertatsiya ishlarini oʻz vaqtida himoya qilish uchun sharoit yaratish.

Tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy izlanishlarining aprobatsiyalarini kengaytirish maqsadida kafedralar va fakultetlarda ilmiy-nazariy seminarlar faoliyatini kuchaytirish, “Yosh olimlar kengashi” faoliyatida magistrantlar ishtirokini kengaytirish.

Yosh tadqiqotchilarning ustuvor yoʻnalishlar doirasida yangi loyihalar yaratishga oʻrgatish yuzasidan treninglar tashkil qilish.

-

2020-yil
1-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlan?sh vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

23.

Universitet ilmiy nashrlarining xalqaro tanilishi, nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish

Universitet ilmiy jurnallari tahrir hayʼatlaridagi xorijlik mutaxassislarning sonini oshirish.

Pedagog kadrlar va tadqiqotchilarning xalqaro nufuzli konferensiyalarda ishtirokini koʻpaytirish va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda nashrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov)

24.

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Universitetning hamkor tashkilotlarida sohalar boʻyicha talabalar, magistrantlar, pedagog kadrlarning stajirovkasini amalga oshirish.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov),

hamkor tashkilotlar

III. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash

25.

Sharqshunoslik boʻyicha yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish.

Universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarini nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini taʼminlash.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlarda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ishtirokini tashkil etish.

Xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash, muammolarni shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish malakasini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish.

Sharqshunoslik sohasi boʻyicha ilmiy-amaliy, innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda oʻquv adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.

Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari

2020 2023-yillarda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

26.

Professor-oʻqituvchilarni stajirovka oʻtash va malaka oshirish, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)da oʻqish uchun xorijga yuborilishini tashkil etish

Universitet rahbarlari, kafedra mudirlari, boʻlimlar boshliqlari hamda pedagog kadrlarning yoʻnalishlar kesimida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini tizimli tashkil etish.

Universitetning yosh mutaxassislarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalariga belgilangan tartibda tanlov asosida doktorantura va magistraturada oʻqishga yuborish.

Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarni qayta koʻrib chiqish hamda keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashinuvi boʻyicha yangi shartnomalar imzolash.

Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari

2020 2023-yillarda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov)

27.

Xorijiy yuqori tajribali olim, pedagog va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish

Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini Universitetda uzoq va qisqa muddat dars berishga taklif etish.

Jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va olimlar uchun ijtimoiy-maishiy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.

Hamkor tashkilotlar grantlari, Universitet mablagʻlari


Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr



2020-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

IV. Universitet moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

28.

Universitetni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash

Oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari (800 ta kompyuter, 4 ta server, 25 ta interaktiv sensorli panel, 50 ta proyektor va 130 ta smart televizor, 4 ta infokiosklar, 36 ta SAS HARD, 140 ta videokuzatuv
IP kameralari) bilan jihozlash.

“Smart oʻquv xona”larni tashkil etish va “E-MINBAR” tizimini joriy qilish.

Universitetni radio texnikalar (3 ta oʻquv binosi va 1 ta talabalar turar joyi uchun 130 ta kolonka, 4 ta boshqaruv pulti komplekt holda) bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari




Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2021-yil
1-yanvar






2020-yil
1-sentabr


2020-yil
1-sentabr

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatkichlari (indikatorlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

I. Sharqshunoslik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish.

onlayn darslar soni

5

10

15

20

25

2.

Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash.

qoʻshma taʼlim dasturlari soni

3

4

5

6

7

3.

Talabalarning amaliyotlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazish.

talabalar
soni

35

40

50

60

70

4.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish.

talabalar
soni

290

350

400

450

500

5.

Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish.

fanlar
soni

40

50

60

70

80

6.

Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish.

kafedralar filiallari soni

5

14

17

20

23

7.

Universitet huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi.

foizda (bitiruvchi talabalar soniga nisbatan)

59

62

64

67

70

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

8.

Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi).

foizda (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

43

44

45

50

55

9.

Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc).

ilmiy pedagogik kadrlar soni

16

20

30

35

40

10.

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish.

ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablagʻlar (soʻmda)

849 mln

1,5 mlrd

2 mlrd

2,5 mlrd

3 mlrd

11.

Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish.

xoʻjalik shartnomalari soni

5

7

10

15

20

12.

Universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida maqsadli ilmiy loyihalar va xorijiy grantlar asosidagi tadqiqotlar.

tadqiqotlar soni

1

2

3

4

5

13.

Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, “Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalari.

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

82

90

100

110

120

14.

Monografiyalarni nashr etish.

monografiyalar soni

45

45

45

50

50

15.

Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.

maqolalar soni

183

300

330

350

400

16.

Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish.

konferensiyalar soni

11

13

13

14

15

III. Universitet pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun
talablari asosida oshirish

17.

Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkillashtirish.

pedagog kadrlar soni

23

33

35

37

40

18.

Turdosh taʼlim muassasalari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish.

video maʼruzalar
soni

4

10

15

20

25

19.

Sharqshunos kadrlar hamda kafedralar mudirlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish.

sharqshunos kadrlar
soni

14

17

20

25

30

20.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish.

professor-oʻqituvchilar soni

54

70

90

105

120

IV. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash

21.

Universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalar salmogʻini oshirish.

xorijiy talabalar soni

35

45

55

75

100

22.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish.

xorijiy professor-oʻqituvchilar soni

25

30

40

50

60

23.

Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida “El-yurt umidi” fondi va toʻgʻridan-toʻgʻri Universitetning xorijiy hamkorlik shartnomalari orqali stajirovkaga yuborish va malakasini oshirish.

stajirovka
va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim
va pedagoglar soni

2

17

20

25

30

24.

Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish.

jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar soni

25

40

45

50

55

V. Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

25.

Auditoriyalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash.

foizda
(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

60

75

100

100

26.

Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.

foizda
(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

50

60

75

100

100

27.

Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash.

foizda
(oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)

65

75

85

100

100

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 07/20/4680/0459-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)