Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 17.07.1992 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH MASALALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini roʻyobga chiqarish, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda nogironlarga Oʻzbekistonning boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, toʻlaqonli turmush tarzi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi yashaydigan joylarni rejalashtirish va imorat solishga oid respublika meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda, turli xil maqsadlardagi binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda nogironlarning ijtimoiy va funksional talablari hisobga olinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-1994-yillarda 1-qavatida nogironli oila uchun xonadonlari boʻlgan uy-joylarning va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlarining namunali loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mikrorayonlar, kvartallar va aholi yashaydigan boshqa joylar qurilishini rejalashtirishda ixtisoslashtirilgan uy-joylar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari boʻlishini hamda nogironlarning funksional talablarini va hayot faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda turli maqsadlardagi jamoat binolari va inshootlarni qayta qurishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 213-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddat ichida mazkur qarorning 4-bandi bajarilishini hisobga olish, nazorat qilish tartibi boʻyicha tegishli hujjatlarni tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha, nogironlarning mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, xalqaro meʼyorlarga asoslanib, ular uchun ixtisoslashgan ishchi oʻrinlari meʼyorlarini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq toʻlash fondidan 4,7 foiz stavka boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov undiriladi yagona ijtimoiy toʻlov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar va nogironlar jamiyati bilan birgalikda, keyinchalik imtiyozli shartlarda Nogironlar jamiyatiga berish uchun, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar (korxonalar, artellar, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari, maishiy komplekslar va boshqalarni aniqlash boʻyicha 1992-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda bolalar jamoasida boʻlish imkonini bermaydigan hamda yakka tartibda parvarishni talab qiluvchi ogʻir kasalliklarga chalingan, jismoniy kamchiliklari boʻlgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash uchun maʼlumotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida bolalikdan nogironlarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi Nogironlar jamiyati va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha “Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarini reabilitatsiya qilish” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
328-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)