1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar | |
|
1. |
“E-qaror” elektron tizimini yaratish. |
1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqish. 2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish. 3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha gʻolib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini taʼminlash. 4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish. |
2020-yil 1-iyun
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
2. |
“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish |
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish: ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash; mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi; “E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish. 2. Xatlov yakunlariga koʻra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash. 3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash. |
2021-yil yanvar
|
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
3. |
Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish. |
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash. 3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish. |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
4. |
Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazish. |
1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilinishini taʼminlash. 2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash. |
2021-yil yanvar — may
|
Qashqadaryo viloyati hokimligi Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
5. |
“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish. |
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish: ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash; mazkur tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi; “E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish. 2. Xatlov yakunlariga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash. 3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash. |
2021-yil iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
6. |
“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish. |
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash. 3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish. |
2021-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov), Davlat soliq qoʻmitasi |
|
7. |
“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borish. 2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish. |
Tizim ishga tushirilganidan soʻng doimiy ravishda |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |