10.04.2020 yildagi PQ-4668-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va 2019 — 2022-yillarda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi doirasida tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va undan barchaning foydalana olish imkoniyatini taʼminlash, tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari va texnologiyalarini joriy etish, aholi sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim oʻrin tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr ichida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida xalq tabiblari tomonidan xizmatlar koʻrsatish sohasida huquqiy baza shakllantirildi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etildi, xalq tabobatining usullari va yutuqlarini samarali va xavfsiz tarzda qoʻllash uchun birinchi navbatdagi shart-sharoitlar yaratildi, uni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʻnalishlari belgilab berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar tahlili xalq tabobati xizmatlarini koʻrsatishni, uning usullari samaradorligini baholash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, xalq tabobatini zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, ushbu yoʻnalishda mutaxassislar va boshqa tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga jadal integratsiyalash, fuqarolar salomatligini yanada mustahkamlash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiya amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin. Uning maqsadi quyidagi yoʻnalishlarda aʼzo mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam koʻrsatishni taʼminlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda isteʼmolchilarga oʻz sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meʼyorlar va qoidalarni belgilash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda xalq tabobati mahsulotlari va amaliyotini sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiyalash, kadrlar malakasini oshirish, davolash koʻnikmalari, xizmatlari va usullarini takomillashtirish yoʻli bilan xalq tabobatini xavfsiz va samarali qoʻllashga lozim darajada koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlarini jalb qilgan holda, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan chora-tadbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan va hozirda amalga oshirilayotgan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bilan uzviy bogʻliqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq mexanizmlar va bosqichlarni koʻrsatgan holda, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasida nazarda tutilgan tavsiyalar va takliflarni amalda bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilgʻor institutsional tajribasini, shu jumladan joyiga borib keng oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan tahlillar va tadqiqotlar asosida xalq tabobati vositalari va usullarining sifati hamda xavfsizligini tartibga solishning institutsional mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, uning asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasining 2020-yil 1-maydan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida mazkur qarorning 8-bandida koʻrsatilgan moliyalashtirish manbalari bilan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Hududiy markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobati usullaridan, shu jumladan oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va oʻziga xos merosidan foydalangan holda kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishning samaradorligini tahlil qilish va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobatining asosiy yoʻnalishlarini (fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot, sigun va boshqalar) rivojlantirish, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashda va zamonaviy tibbiyotda ularni qoʻllash boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobatini kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash masalalarida zamonaviy tibbiyotga integratsiyalash boʻyicha, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish orqali takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobatida foydalaniladigan oʻsimliklarni oʻstirish va oʻsimlik koʻrinishida boʻlmagan xomashyo tayyorlashni, ushbu yoʻnalishda laboratoriya va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, xalq tabobatida eng koʻp ishlatiladigan oʻsimliklar va xomashyoni oʻstirishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni, tibbiyot xodimlarini va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni Hududiy markazlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar salomatligini taʼminlashda xalq tabobatining rolini oshirish borasidagi muammolarni oʻrganish va takliflar tayyorlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning xalq tabobati vakili boʻlgan tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilish, mamlakatimizda xalq tabobatini yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha birgalikda anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil qilinayotgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi xalq tabobati sohasida bosh muassasa, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi esa ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha klinik baza hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkiliy tuzilmasiga kiradi va unga hisobdor boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markaziga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik bosh boshqarmasining boshligʻiga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi Vazirlikning ilmiy-amaliy, tadqiqot va boshqa muassasalarini optimallashtirish hisobiga toʻldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlar Respublika markazining joylardagi boʻlinmalari hisoblanadi, Respublika markazi ularga metodik rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarda oʻqitish Vazirlik tomonidan tasdiqlangan, Respublika markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi va “Tabobat” akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha pullik asosda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarda oʻqitish qiymatining miqdori Respublika markazi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarga tinglovchilarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlik tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarning bitiruvchilariga xalq tabobati boʻyicha malaka oshirganlik toʻgʻrisida rasmiy hujjat deb tan olinadigan belgilangan shakldagi sertifikat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarga Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi xalq tabobatining tegishli yoʻnalishlarida faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarning direktorlari Respublika markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarda oʻqituvchilik faoliyatiga tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari hamda Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, xalq tabobati boʻyicha mutaxassislar va tibbiyot xodimlari jalb qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlar xodimlariga tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tegishli lavozimlar uchun oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab yuqori boʻlgan dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va tayyorlash hamda xalq tabobati sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tegishli tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari balansida turadigan va Hududiy markazlarga doimiy foydalanish uchun beriladigan 1 gektargacha boʻlgan maydonga ega mini-plantatsiyalar (keyingi oʻrinlarda — mini-plantatsiyalar) tashkil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarda ilgʻor ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlari olib borish uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish hamda ularni zarur asbob-uskunalar, texnika va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Vazirlik, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi va “Tabobat” akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar muddatda mini-plantatsiyalar tashkil qilish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni tanlash va ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hududiy markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni, tibbiyot xodimlarini va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grantlar, texnik koʻmaklar va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning xayriya mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik va Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasining 2020-yil 1-maydan quyidagilarda xalq tabobati xonalarini ochish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarida va ushbu muassasalar tibbiyot xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 1 nafardan shtat birligini ajratish orqali ularni toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat tibbiyot tashkilotlarida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik bir oy muddatda ushbu band talablarini hisobga olgan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlarini qayta koʻrib chiqish qismi boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlik ikki hafta muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarning tuzilmasi va nizomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy markazlarda tinglovchilarni oʻqitish dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash masalalarida xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan hamkorligi va integratsiyasini nazorat qilish mexanizmlari hamda tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladigan hamda mahalliy tabiiy va oʻsimliklardan olinadigan xalq tabobati dori vositalari roʻyxati shakllantirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3968-son qarorida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, koʻrsatadigan xizmat turlari, aloqa va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda mazkur maʼlumotlar bazasiga xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladigan tabiiy va oʻsimliklardan olinadigan dorilar, xalq tabobati vositalari, shuningdek, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yilgi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari loyihalarini shakllantirishda xalq tabobati boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun tanlov eʼlon qilinishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning asoslantirilgan hisob-kitoblari va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi qarorlari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur qarorga muvofiq Hududiy markazlarda zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va ularni zarur asbob-uskunalar, texnika va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlash uchun yoʻnaltirishni taʼminlasin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Respublika markazi buyurtmanomalariga asosan Hududiy markazlar faoliyatini va keyinchalik ishlashini tashkil etish maqsadida xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni belgilangan toʻlovlarni undirmagan holda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Hududiy markazlar faoliyatini va keyinchalik ishlashini tashkil etish jarayoniga xorijiy davlatlardan, shu jumladan xalq tabobati eng yaxshi rivojlangan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya va Rossiya davlatlaridan xalq tabobati masalalari boʻyicha mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda xalq tabobati sohasida istiqbolga va rivojlanish tajribasiga ega boʻlgan mamlakatlar bilan ushbu sohada hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan ilmiy-taʼlim loyihalari va dasturlarini amalga oshirish boʻyicha memorandum va kelishuvlarni imzolashning maqsadga muvofiqligi va mexanizmlari toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil yakuniga qadar respublikaning (tashkilotlarning) xalq tabobati sohasidagi xalqaro professional tashkilotlarga (Jahon akupunktura va moksoterapiya assotsiatsiyalari federatsiyasi, Jahon xiro-amaliyot federatsiyasi, Jahon gidroterapiya va klimatoterapiya federatsiyasi, Jahon xitoy tibbiyoti jamiyatlari federatsiyasi va boshqalarga) aʼzo boʻlishi masalasini koʻrib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar Hududiy markazlar kutubxonalarini Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Mansur Qumriy, Ismoil Jurjoniy kabi qomusiy olimlar, faylasuflar, tabiblar va xalq tabobati sohasidagi boshqa buyuk ajdodlarning ilmiy merosini oʻrganish bilan bogʻliq ishlar toʻplamlarining nusxalari bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda aholi oʻrtasida xalq tabobatining, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashda qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklarga asoslangan tabiiy mahsulotlarning afzalliklarini keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Respublika markazi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Parkent koʻchasi, 51-uy manzilida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning bevosita ijrosini taʼminlash quyidagi shaxslar zimmasiga yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari — mazkur qarorni sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro qilish, masʼul vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va hokimliklar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, koʻrilgan choralar toʻgʻrisida ularning rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov — Respublika markazi va Hududiy markazlar ishi samarali tashkil etilishi, ularning kelgusida faoliyat yuritishini taʼminlasin, Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, boshqa xalqaro va nohukumat tuzilmalar bilan yaqin va faol hamkorlikni oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari B.Q. Yusupaliyev — kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash masalalarida xalq tabobatining zamonaviy tibbiyotga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatuvchi shaxslarni xatlovdan oʻtkazish va ularni keyinchalik tegishli guruhlarga tasniflashni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — barcha tadbirlarni mazkur qarorga muvofiq belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarsin, qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda Vazirlikka yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4668-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4668-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 22 nafar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4668-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil qilinayotgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Markazning nomlanishi

Markaz joylashgan joy

Markazning manzili

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti

Nukus shahri, Dosnazarov koʻchasi, 104

2.

Andijon viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon shahri, Yu.Otabekov koʻchasi, 1

3.

Buxoro viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Buxoro davlat tibbiyot instituti

Buxoro shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 1

4.

Jizzax viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Jizzax Jamoat salomatligi texnikumi

Jizzax shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 216

5

Qashqadaryo viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Qarshi Jamoat salomatligi texnikumi

Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 54

6.

Navoiy viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Navoiy Jamoat salomatligi texnikumi

Navoiy shahri, Ayniy koʻchasi, 1

7.

Namangan viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Namangan Jamoat salomatligi texnikumi

Namangan shahri, Nosir koʻchasi, 14

8.

Samarqand viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Samarqand davlat tibbiyot instituti

Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 18

9.

Surxondaryo viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali

Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 64

10.

Sirdaryo viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Sirdaryo Jamoat salomatligi texnikumi

Sirdaryo tumani, Istiqlol koʻchasi, 14

11.

Toshkent viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Yangiyoʻl Jamoat salomatligi texnikumi

Yangiyoʻl tumani, Toshkent koʻchasi, 56

12.

Fargʻona viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali

Fargʻona shahri, Yangi Turon koʻchasi, 2

13.

Xorazm viloyati Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali

Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 2

14.

Toshkent shahar Xalq tabobatini rivojlantirish markazi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy koʻchasi, 2

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 07/20/4668/0412-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)