11.04.2020 yildagi PQ-4671-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 23-martdagi 184-IV-son va Oliy Majlis Senatining 2020-yil 24-martdagi SQ-61-IV-son “Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish va Tuproqqal’a tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati hamda ularga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan xodimlarning umumiy cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida joylashgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari o‘zlarining tuman bo‘linmalari xodimlari cheklangan sonini tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida ko‘paytirishi mumkinligi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumani mahalliy budjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumani hokimligini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hududiy tuzilmalarini ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, Hazorasp tumanidagi mavjud shtat birliklarining qisqarishi hisobiga bo‘shab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda Tuproqqal’a tumanining ma’muriy hududlarini inobatga olsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etilishi natijasida Hazorasp tumani ma’muriy-hududiy chegarasi o‘zgarganligi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki oy muddatda Tuproqqal’a tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tuproqqal’a tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tijorat banklarining filiallarini mazkur tumanda tashkil etilishini muvofiqlashtirishsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumanida qo‘shimcha shtat birliklarini ajratgan holda adliya bo‘limi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuproqqal’a tumanida davlat xizmatlari markazi tashkil etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumanida davlat xizmatlari markazi binosining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki investorlar bo‘lmagan taqdirda, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qurilishini ta’minlasin.
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar Tuproqqal’a tumani markazining 2035-yilgacha bo‘lgan bosh rejasining ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soniga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar 1-ilovaga muvofiq Tuproqqal’a tumani hokimligi hamda 2-ilovaga muvofiq tashkil etilayotgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining tuman bo‘limlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuproqqal’a tumanining butun hududi uchun “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilab qo‘yilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4671-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
1-ILOVA

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 28 nafar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
2-ILOVA

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati hamda ularga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan xodimlarning umumiy cheklangan soni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tashkilot nomlanishi

Shtat birliklari soni

I. Belgilangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni*

1.

Maktabgacha ta’lim bo‘limi

6

2.

Xalq ta’limi bo‘limi

6

3.

Tibbiyot birlashmasi

14

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

14

II. Qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni**

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi

45

6.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi

5

7.

Moliya bo‘limi

10

8.

Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi

4

9.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

8

10.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi

3

11.

Qurilish bo‘limi

3

12.

Madaniyat bo‘limi

3

14.

Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi

1

15.

Statistika bo‘limi

3

16.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi

3

17.

G‘aznachilik bo‘linmasi

6

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi

9

19.

Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi

7

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

3

22.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

7

23.

Obodonlashtirish boshqarmasi

7

24.

Adliya bo‘limi

2

25.

Irrigatsiya bo‘limi

4

26.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘limi

2

27.

Transport sektori

1

28.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

9

29.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi

4

Jami

189

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga o‘zgartirish kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
3-ILOVA

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

A.J. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika komissiyasi rahbari

2.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Respublika komissiyasi rahbari o‘rinbosari

3.

F.O‘. Ermanov

Xorazm viloyati hokimi, Respublika komissiyasi rahbari o‘rinbosari

4.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri o‘rinbosari

5.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

xalq ta’limi vaziri

7.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

M.X. Saliyev

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

9.

R.K. Davletov

adliya vaziri

10.

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

11.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

12.

A.K. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vaziri

13.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

14.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

15.

D.X. Nabiyev

jismoniy tarbiya va sport vaziri

16.

A.B. Voitov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

18.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

19.

B.A. Begalov

Davlat statistika qo‘mitasi raisi

20.

A.A. Abduvaliyev

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi v.b.

21.

B.A. Musayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

22.

S.X. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

23.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

24.

B.B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

25.

Q.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

26.

J.G‘. Axmedov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, ularning o‘rniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorazm viloyati” bo‘limida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “I toifa” kichik bo‘limi 1-pozitsiyasi “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “II toifa” kichik bo‘limida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“‎

8.‎

Tuproqqal’a‎

28‎

”;‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-pozitsiyaning “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “298” raqami “324” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 07/20/4671/0415-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)