10.04.2020 yildagi PQ-4670-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilda 48 mln AQSH dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, tahlillar dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020-yil 1-maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlarini (keyingi o‘rinlarda – dorivor o‘simliklar klasteri) tashkil etish, shuningdek, hududlarni dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tashabbuskorlar o‘rtasida tuziladigan bitim asosida ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etiladigan dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, o‘rmon fondi yerlarida esa O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan tuziladigan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dorivor o‘simliklar klasterlariga yer maydoni dorivor o‘simliklar yetishtirishga mos bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilmagan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlaridan ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etadigan tashabbuskor tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (o‘rmon fondi yerlarida — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi)ga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etish bo‘yicha ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar klasteri faoliyatini tashkil etishda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, muhofaza qilish, qayta ishlash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar klasterining faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma obyektlari (foydalanish huquqi asosida), shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarning mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari dorivor o‘simliklar klasterlarini tashkil etishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli yuridik shaxslarni tanlash va shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar dorivor o‘simliklar klasterining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simlik yetishtiruvchilar bilan yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika, yoqilg‘i va boshqa vositalar bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashga xorijiy kompaniyalarning investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba va ma’lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali ushbu yo‘nalishdagi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dorivor o‘simliklar plantatsiyalari resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) dorivor o‘simliklar klasterlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer maydonlarini foydalanishga kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dorivor o‘simliklar klasterlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilar tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan xom ashyo, shu jumladan madaniy plantatsiyalar barpo etish uchun urug‘ va ko‘chatlarni, uskunalar hamda maxsus texnikalarni, shuningdek, fitobarlar uchun vending avtomatlarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, vending avtomatlari faqat fitobarlar tashkil etish uchun, bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simlik xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy ta’sirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor o‘simliklarni minimum standart retseptlariga kiritish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, ko‘rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi har yili 1-dekabrga qadar farmatsevtika tarmog‘ining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabi (turi, hajmi, texnologik talablar va boshqalar)ni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida 5 ta shtat birligidan iborat Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur boshqarmaning qo‘shimcha shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va tizimidagi 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud shtat birliklari doirasida dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bo‘limga dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda agrokimyokartogrammalar ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tijorat banklari bilan birgalikda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, urug‘chiligi va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining mablag‘lari va grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash) va tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash), ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar uchun, arizalarni ko‘rib chiqqanlik va ruxsatnoma berganlik uchun undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlar (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan mablag‘larni sarflanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar muhofazasini kuchaytirish, ularni tabiiy plantatsiyalar barpo etish yo‘li bilan tiklash choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda kamayib borayotgan noyob dorivor o‘simliklar mavjud bo‘lgan “maxsus hudud”larni ajratish va ularni muhofazaga olish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalarni ishlab chiqish xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalar bo‘yicha grant tanlovlarini e’lon qilishni ta’minlasin. Bunda, dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish va qayta ishlash bo‘yicha “startap” loyihalar shakllantirilishini hamda grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasini tashkil etsin. Bunda ushbu korxonaning asosiy vazifasi etib dorivor o‘simliklarning namunaviy klasterini tashkil etish, dorivor o‘simliklarga oid ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish va targ‘ib qilish, hududlarda fitobarlar ochish, dorivor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasi faoliyati Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, homiylik, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 2025/2026 o‘quv yiliga qadar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida dorivor o‘simliklarga oid maxsus soatlarni o‘quv rejalariga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 o‘quv yili boshlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarga dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab maktab va oliy ta’lim muassasalarida fitobarlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yilning 1-iyunidan boshlab bosqichma-bosqich barcha vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yo‘l vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boshqa aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilab qo‘yilsinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi belgilangan miqdorlari 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali tashkil qilingan hollarda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining palata markaziy apparatida mavjud shtat birliklari doirasida Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur bo‘limning asosiy vazifalari dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etish, yetishtiriladigan dorivor va ziravor o‘simliklarning xususiyatlari, ular yetishtiriladigan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron axborot tizimni yaratish ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (O‘. Barnoyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda 2020-yilda dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar tomonidan tashkil etiladigan klasterlarning manzilli ro‘yxati va dorivor o‘simliklar yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga ko‘ra, har yili 1-oktabrga qadar dorivor o‘simliklar klasterlari tashkil etuvchilarning ro‘yxatini shakllantirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini va onalik ko‘chatzorlarini barpo etish uchun olib kelinadigan urug‘ va ko‘chatlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining buyurtmasiga asosan dorivor o‘simliklar sohasida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborsin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “O‘zbekiston dorivor o‘simliklari” kichik innovatsion korxonasi tomonidan namunaviy dorivor o‘simliklar klasterlari va joylarda fitobarlar tashkil etilishini ta’minlasin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga dorivor o‘simliklarning tibbiy ahamiyati, tibbiyotda qo‘llanilishi, xalq tabobati, dorivor o‘simliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarni tashkil etish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga oid maxsus ko‘rsatuvlar va roliklarni muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4670-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Dorivor o‘simlik turi

Ko‘paytirish organi

Ekinning tuproq-iqlim sharoitiga talabi

Ekish tavsiya etiladigan hududlar (viloyat, tuman)

1.

Achchiq bodom
(Amygdalus bucharica Korsh.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘ oldi hamda adir maydonlariga mos,
qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarining tog‘li tumanlarida

2.

Achchiq qalampir (Capsicum annuumL.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik
yer maydonlariga mos,
shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaningbarcha sug‘oriladigan hududlarida

3.

Achchiq ermon
(Artemisia absinthium L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, adirhamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Urgut tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida

4.

Bo‘yoqdor ruyan
(Rubia tinctorium L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

5.

Viktor qoraqobig‘i (omanqora — Ungernia victoris Vved. ex Artjush.)

Piyozbosh

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida

6.

Daraxtsimon aloye
(Aloe arborescens Mill.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining barcha tumanlarida (issiqxona sharoitida)

7.

Dorivor valeriyana
(
asorun
— Valeriana officinalis L).

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida,
Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron,
Piskent tumanlarida,
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida

8.

Dorivor qoqio‘t
(Taraxacum officinale F.H.WIGG.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

9.

Dorivor limono‘t
Melissa officinalis L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,

Surxondaryo viloyatiningBoysun va Sariosiyo tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

10.

Dorivor mavrak (marmarak)
(Salvia officinalis L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop tumanida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

11.

Dorivor moychechak
(Matricaria recutita L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda ham o‘sa oladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

12.

Dorivor tirnoqgul
(Calendula officinalisL.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda ham o‘sa oladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

13.

Dorixona ukropi
(Anethum graveolens L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (mezofit) o‘simlik

Andijon, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida

14.

Yer bag‘ir temirtikan
(Tribulus terrestris L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Andijon, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Namangan, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Piskent, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Chinoz tumanlarida

15.

Yer nok (Topinambup)
(Helianthus tuberosus L.)

Tugunak

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

16.

Jumrutsimon chakanda
(Hippopha rhamnoides L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida,
Navoiyviloyatining Xatirchi tumanida,

Samarqand viloyatining Oqdaryo, Jomboy tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida

17.

Ikki uyli gazanda
(Urtica dioica L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida,
Farg‘ona viloyatining Quva, Rishton tumanlarida

18.

Ingichka bargli sano
(Senna alexandrina Mill.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro viloyatining Qorako‘l, G‘ijduvon, Shofirkon tumanlarida,

Toshkent viloyatining Quyichirchiq, Piskent, O‘rtachirchiq tumanlarida

19.

Itburun na’matagi
(Rosa canina L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

20.

Katta zubturum
(Plantago major L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

21.

Ketma-ket gulli afsonak
(Thermopsis alterniflora Regel & Schmalh.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida

22.

Qalampir yalpiz
(Mentha piperita L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal,tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

23.

Qizil zirk
(Berberis integerrima Bunge.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Qamashi, tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida,
Toshkent viloyati viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron,
Parkent tumanlarida,

24.

Qizilmiya (shirinmiya)
(Glycyrrhiza glabra L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda o‘sadigan (kriptogalofit) o‘simlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Sirdaryo, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida

25.

Qirqbo‘g‘imsimon zog‘aza (qizilcha-Ephedra equisetina Bunge.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Zomin tumanida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop tumanida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

26.

Qush toron
(Polygonum aviculareL.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

27.

Mayda qirqilgan bargli kovrak (Shashir) - Ferula tenuisecta Korovin.

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

28.

Maydagulli tog‘rayxon — (Origanum thyiythanthum Gontsch.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlarida,
Samarqand viloyatining Urgut, Qo‘shrabot tumanlarida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

29.

Oddiy dastarbosh (Tanacetum vulgare L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Urgut tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

30.

Oddiy arpabodiyon (Pimpinella anisumL.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (mezofit) o‘simlik

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida,

Samarqand viloyatining Jomboy, Samarqand,
Kattaqo‘rg‘on tumanlarida

31.

Oddiy bo‘ymadaron (Achellia mellifolium L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Namangan tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonlik, Ohangaron tumanlarida

32.

Oddiy jag‘-jag‘
(Capsella bursa-pastoris (L.)
Medik.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida

33.

Oddiy igr
(Acorus calamus L.)

Ko‘chat

Botqoqlashgan, tekislik yer maydonlariga
mos, suvga talabchan (gigrofit) o‘simlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm
viloyatining barcha tumanlarida

34.

Oddiy isiriq
(Peganum harmala L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro va Navoiy viloyatlarining barcha tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida

35.

Turkiston ayugasi/ Kapalakqo‘nmas
(Ajuga turkestanica)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida

36.

Ola o‘t
(Silybum marianum L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida,
Jizzax, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida

37.

Samarqand bo‘znochi (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax, Samarqand viloyatlarining barcha sug‘oriladigan hududlarida

38.

Sariqandiz
(Inula grands L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida

39.

Sassiq kovrak
(Ferula foetida L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida

40.

Steviya
(Stevia rebaudiana Bertoni.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida

41.

Sudralib o‘suvchi tog‘jambil
(Thymus serpyllum L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

42.

Teshik dalachoy/dag‘al bandli dalachoy(Hypericum perforatum L.)/

(Hupericum skabrum L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Samarqand viloyatining Urgut, Qo‘shrabod tumanlarida

43.

Tikanli kovul
(Capparis spinosa L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida,
Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish,
Namangan viloyatining Pop, Chust tumanlarida,
Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining barcha tumanlarida

44.

Tojik kovragi
(Ferula tadshikorum Pimenov.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida,

Surxondaryo viloyatining Uzun, Boysun, Qiziriq tumanlarida

45.

Tukli erva
(Aerva lanata (L.)
Juss. ex Schult.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Qibray, Quyichirchiq tumanlarida

46.

Turkiston arslonquyrug‘i (Leonurus turkestanicus V.I.Krecz.& Kurrian.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Andijon viloyatining Asaka, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida,

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

47.

Turkiston do‘lanasi (Crataegus turkestanica Pojark.)

Ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Forish tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida,
Samarqand viloyatining Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabod, tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

48.

O‘zgaruvchan bargli kovrak (shayir -Ferula varia L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Navoiy viloyatining Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlarida

49.

Uch bo‘lakli ittikanak (Bidens tripartita L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, suvga o‘ta talabchan (gigrofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq tumanlarida

50.

Shumgiyoh
(iloncho‘p, Sistanxe Cistanche salsa (C.A.Mey.) Beck.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) parazit o‘simlik

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 07/20/4670/0414-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)