07.04.2020 yildagi PQ-4666-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-sanitariya xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yaxshilash, sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni zamonaviy ta’lim standartlari asosida tayyorlash, tibbiyot tashkilotlari, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan ta’minlash, tibbiyot ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mavqeyini oshirish, shuningdek, 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 1-ilovaga muvofiq 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlash, o‘quv-simulyatsion auditoriyalarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini joriy etish hamda mazkur texnikumlarning o‘quv rejalari va fan dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) bir vaqtning o‘zida ushbu oliy ta’lim muassasa klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klinik ordinaturasiga (rezidenturasiga) maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursini viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hududlarning shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriatning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul ko‘rsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berish majburiyati kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan takliflarni amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Vazirlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida o‘qishga maqsadli qabul parametrlarini 50 foizgacha oshirishni inobatga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ta’lim bosqichidan qat’i nazar 2-ilovaga muvofiq chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat tibbiyot muassasalarining xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingidagi tibbiyot yo‘nalishida birinchi 200 o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalarida klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan, shuningdek, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan xodimlari lavozim maoshiga quyidagi miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan xodimga — mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining yetti baravariga teng miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan xodimga — mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining o‘n besh baravariga teng miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uch oy muddatda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha alohida tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tashkil qilish va o‘quv jarayonini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini O‘zbekistonda tashkil etish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida xalqaro fakultetlar, shuningdek, filiallarni ochish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlik Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlarini jalb qilgan holda ushbu universitetlar hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash sohasi uchun menejer mutaxassislarni (Master of Healthcare Administration) tayyorlash bo‘yicha magistrlik yo‘nalishini joriy qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash choralarini ko‘rsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar mutaxassislik yo‘nalishlarida asosiy hisoblangan xalqaro tan olingan mualliflarning adabiyotlari, shuningdek, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha xorijiy darsliklarni mualliflik huquqlar talablariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda o‘zbek tiliga tarjima qilish asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu tadbirlarni moliyalashtirish Vazirlik va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 1-sentabrdan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlikning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan hududlarda (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida) hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallarini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda 2021-yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv-simulyatsion markazini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi muassisi Markaz hisoblanadi hamda uning faoliyati Markaz tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida to‘planadigan kreditlar hajmi 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimida 2020-yil 1-sentabrdan boshlab akkreditatsiyadan o‘tmasdan, Vazirlik tomonidan har yili tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida o‘qitish huquqi quyidagi muassasa va tashkilotlarga taqdim etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan va pullik asosda — respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pullik asosda — nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tegishli tibbiy-sanitariya mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-simulyatsion markazi (shu jumladan mobil o‘quv-simulyatsion markaz) va ilmiy darajaga ega mutaxassislari mavjud bo‘lgan xususiy tibbiyot tashkilotlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shu jumladan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish mazkur bandda belgilangan muassasa va tashkilotlar tomonidan joylarda tashkil etiladigan sayyor sikllar va masofadan turib o‘qitish asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimida tibbiyot xodimlarini o‘qitish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilishda yaqindan ko‘maklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tish tartibi kiritiladi hamda ularga qulaylik yaratish va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun attestatsiyani onlayn tartibda audio va videokuzatuv ostida tashkil etish tizimi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun to‘lov bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlari uchun malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari (shu jumladan nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari), respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirishdan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga o‘tilgan o‘qish kreditlari ko‘rsatilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadigan namunadagi sertifikat rasmiylashtirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 7-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4666-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud

Kollej nomi

Kollejlar negizida tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumlari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus tibbiyot kolleji

Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

2.

Qo‘ng‘irot tibbiyot kolleji

Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

3.

Xo‘jayli tibbiyot kolleji

Xo‘jayli Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

4.

Andijon viloyati

Andijon tibbiyot kolleji

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

5.

Bo‘ston tibbiyot kolleji

Bo‘ston Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

6.

Qo‘rg‘ontepa tibbiyot kolleji

Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

7.

Paxtaobod tibbiyot kolleji

Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

8.

Buxoro viloyati

Buxoro tibbiyot kolleji

Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

9.

Afshona tibbiyot kolleji

Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

10.

Qorako‘l tibbiyot kolleji

Qorako‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

11.

Jizzax viloyati

Jizzax tibbiyot kolleji

Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

12.

Do‘stlik tibbiyot kolleji

Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

13.

Zomin tibbiyot kolleji

Zomin Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

14.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tibbiyot kolleji

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

15.

Muborak tibbiyot kolleji

Muborak Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

16.

Shahrisabz tibbiyot kolleji

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

17.

Namangan viloyati

Namangan tibbiyot kolleji

Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

18.

Kosonsoy tibbiyot kolleji

Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

19.

Chortoq tibbiyot kolleji

Chortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

20.

Norin tibbiyot kolleji

Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

21.

Navoiy
viloyati

Navoiy tibbiyot kolleji

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

22.

Xatirchi tibbiyot kolleji

Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

23.

Samarqand viloyati

Samarqand tayanch tibbiyot kolleji

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

24.

Ishtixon tibbiyot kolleji

Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

25.

Samarqand viloyati

Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kolleji

Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

26.

Pastdarg‘om tibbiyot kolleji

Pastdarg‘om Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

27.

Paxtachi tibbiyot kolleji

Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

28.

Siyob tibbiyot kolleji

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

29.

Urgut tibbiyot kolleji

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

30.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tibbiyot kolleji

Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

31.

Surxondaryo viloyati

Denov tibbiyot kolleji

Denov Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

32.

Termiz tibbiyot kolleji

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

33.

Sariosiyo tibbiyot kolleji

Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

34.

Sherobod tibbiyot kolleji

Sherobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

35.

Toshkent viloyati

Bekobod tibbiyot kolleji

Bekobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

36.

Olmaliq tibbiyot kolleji

Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

37.

Zangiota tibbiyot kolleji

Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

38.

Yangiyo‘l tibbiyot kolleji

Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

39.

Farg‘ona viloyati

Beshariq tibbiyot kolleji

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

40.

Marg‘ilon tibbiyot kolleji

Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

41.

2-Marg‘ilon tibbiyot kolleji

2-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

42.

Quva tibbiyot kolleji

Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

43.

Rishton tibbiyot kolleji

Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

44.

Xorazm viloyati

Urganch tibbiyot kolleji

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

45.

Toshkent shahri

1-Respublika tibbiyot kolleji

1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

46.

Chilonzor tibbiyot kolleji

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

47.

Yunusobod tibbiyot kolleji

Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalari stipendiyasiga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha ravishda bazaviy stipendiya miqdorida ustama to‘lashda inobatga olinadigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar

Minimal ballar

1.

International English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

6,5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 72

3.

Cambridge Assessment English PET

B2

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

B2

5.

TestDaf

B2

6.

Deutsches Sprachdiplom

DSD II

7.

Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF)

Fransuz tili

B2

8.

Test de Connaissance du Français (TCF)

B2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv-yordamchi xodimlar, fakultetlar xodimlari, shuningdek, texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlarini hisobga olmaganda) — 56 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari — 28 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Shtatlar Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Shtat birliklari soni oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida to‘planadigan kreditlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAJMI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ta’lim oluvchilar kontingenti

Kreditlar hajmlari*

Jami

shundan, bir yilda quyidagidan kam bo‘lmagan

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

288**

36

2.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga kirmaydigan boshqa davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

250***

50

3.

O‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

140****

28

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Besh yil davomida to‘planadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** 288 ta kreditdan 144 tasi tegishli tibbiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarida pullik asosda ta’lim olish orqali to‘planadi, undan keyin qolgan 144 tasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’lim olish orqali to‘planadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** 250 ta kredit tegishli tibbiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarida pullik asosda to‘planadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
**** 140 ta kredit davlat tibbiyot muassasalarining kadrlari tomonidan tegishli davlat tibbiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’lim olish orqali, nodavlat tibbiyot tashkilotlarining kadrlari tomonidan — pullik asosda to‘planadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 07/20/4666/0402-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)