Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2025 28.03.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3227
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 28.03.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3227
Дата вступления в силу
28.03.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3227]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 18-2024/B-sonli ““Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3227-1, 15.01.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu buyruq koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantinga oid choralar bekor qilingunga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir N. XUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 25-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-2020/B-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 25-martdagi 8-2020/B-son buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) 18-bandiga muvofiq koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish vaqtida (bundan buyon matnda karantin davrida deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili (bundan buyon matnda mehnat ta’tili deb yuritiladi) berishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnat ta’tili karantin davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bolaning va umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchisi, ya’ni 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchining ota-ona (ular o‘rnini bosuvchi shaxs, vasiy, homiy)siga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomga muvofiq karantin davrida mehnat ta’tili xodimning xohishiga ko‘ra tashkilot tomonidan tasdiqlangan ta’tillar jadvalidan qat’i nazar beriladi. Bunda, xodimga birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin ta’til berishga oid talab tatbiq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar xodim karantin davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilishidan oldin mehnat ta’tilini olgan bo‘lsa yoki karantin davrida mehnat ta’tilini olishni xohlamasa, ish beruvchi xodimning xohishiga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mehnat ta’tilining berilishi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xodimlar tashkilot rahbari (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi) nomiga mehnat ta’tilini berilishi bo‘yicha sababi va sanasini ko‘rsatgan holda yozma ariza taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimning xohishiga binoan, arizada so‘ralayotgan mehnat ta’tilining davomiyligi ko‘rsatilishi mumkin, ammo tashkilotning jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda belgilangan, mehnat shartnomasi shartlariga asosan mehnat ta’tili kunlaridan oshib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga ushbu qoida ham asosiy, ham uzaytirilgan mehnat ta’tillari, shuningdek yillik qo‘shimcha ta’tillar, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar hamda mehnat shartnomasida belgilangan holatlarda tatbiq etiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mehnat ta’tilining davomiyligi olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan va mehnat ta’tili muddatini aniqlashda ish kuni hisoblanmaydigan bayram kunlari hisobga olinmaydi, mehnat ta’tili berilishi kuni esa yakshanbaga to‘g‘ri kelmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ish beruvchi xodimdan mehnat ta’tiliga chiqishi haqida ariza olgan kuni mehnat ta’tilining boshlanish va tugash sanasini ko‘rsatgan holda xodimga mehnat ta’tilini berish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mehnat ta’tili uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi. Ammo, agar mehnat ta’tili ariza berilgan kundan keyingi kun yoki keyingi ikki kun ichida talab qilingan holatlarda, ish beruvchi uni mehnat ta’tili olish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida to‘lashi shart va mehnat ta’tili haqini xodimning yashash joyiga yetkazib berilishini ta’minlashi yoki ish haqi va daromadlar bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun mo‘ljallangan xodimning bank kartasiga to‘lash orqali amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilishi davom etishi munosabati bilan xodimning mehnat ta’tili tugash kuni ishga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ish beruvchi nomiga quyidagi mazmundagi arizani yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati va boshlanish sanasi ko‘rsatilgan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til olish bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ish beruvchi xodimga arizasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘liq muddatga ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til berishga majbur. Ushbu mehnat ta’tiliga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasi birinchi qismida belgilangan maksimal muddat bo‘yicha cheklovlar karantin davrida tatbiq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu mehnat ta’tilining muddati maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtashi muddatidan oshmasligi kerak. Mazkur mehnat ta’tili uning muddatidan qat’i nazar xodimning ish stajiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazish Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3228, 2020-yil 28-mart) asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalari faoliyati tiklansa yoki xodimning mehnat ta’tilida qolish ehtiyoji bo‘lmasa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish bo‘yicha yozma ravishda ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, ish beruvchi ushbu arizani qanoatlantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartib oldindan tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agar xodim ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til (masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoxud uyda ishlash)da bo‘lgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati tiklansa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish yoki odatiy (to‘liq) ish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin, ish beruvchi esa, ushbu arizani qanoatlantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomning 10-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha mehnat ta’tili muddatidan oldin tugallangan taqdirda, mehnat ta’tili uchun ortiqcha to‘langan haq belgilangan tartibda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar mazkur Nizomning 10-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan sabablar mehnat ta’tili davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, unda ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilangan boshqa muddatga, shu jumladan keyingi kalendar yili uchun mehnat ta’tiliga qo‘shish orqali ko‘chirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganligi sababli xodim ta’tilga chiqqan davrida, xodimni ta’tildan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizom O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. RAFIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 25-mart
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/3227/0371-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)