1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
Amalga oshirish mexanizmi | |
|
I. Badminton sport turi bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish | |||||
|
1. |
Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan oʻtkazish. Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish. |
2020-yil aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhni shakllantirish. 2. Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib oʻrganish. 3. Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish va tasdiqlash hamda shu roʻyxat asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish. |
|
2. |
Respublika hamda hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdorini oshirish masalasini koʻrib chiqish. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarni respublika va halqaro sport tadbirlariga yuborish maqsadida kalendar rejada nazarda tutilgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlash. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining respublika kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdorini oshirish masalasini respublika komissiyasida koʻrib chiqishni tashkil etish. 2. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarning respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini taʼminlash. |
|
3. |
Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida badminton markazlarini tashkil etish uchun sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularni anjom va uskunalar bilan jihozlash. |
2020-2021 yillar |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kredit mablagʻlarini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni doirasida) |
Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari |
1. Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularda badminton markazlarini tashkil etish. 2. Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida tashkil etiladigan badminton markazlarini jihozlash. |
|
4. |
Davlat taʼlim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish. |
2020-yil II chorak |
Ijrochilarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Davlat taʼlim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida bosqichma-bosqich sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash. |
|
5. |
Aholining sogʻligʻini mustahkamlash, sport bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish. |
2020-2021 yillar |
Investorlarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Aholining madaniy va jismoniy dam olishini yaxshilash, sogʻligʻini mustahkamlash, sport bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maxsus maydonchalarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash. 2. Mazkur tasdiqlangan roʻyxat asosida madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maxsus maydonchalarni tashkil etish. |
|
6. |
Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish. Bunda: bolalar maydonchalari mavjud boʻlmagan mahallalar va koʻp qavatli uylar atrofida badminton sport turi boʻyicha maydonlarini qurish; sport maktablari va xususiy tadbirkorlarning sport maydonchalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini badminton sport turi bilan shugʻullanishga begʻaraz jalb etish; bosqichma-bosqich ular orasidan qobiliyatli va isteʼdodli sportchilarni aniqlash, tajribasi va sport mahoratini oshirish, milliy terma jamoa zaxirasini tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratish. |
2020 — 2025 yillar |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari, Xususiy tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, homiylik hayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi |
1. Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga taqdim etish. 2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish roʻyxatini tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan roʻyxat asosida belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini olib borish. |
|
7. |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish. Bunda ularning moddiy-texnika bazalarining ahvolini yaxshilash, aholiga yuqori sifatli xizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini yaratish. |
2020-yil II chorak |
Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish boʻyicha roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxatga asosan jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni tashkil etish. |
|
8. |
Barcha taʼlim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
2020-2021 yillar |
Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Taʼlim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
|
II. Badminton sport turi boʻyicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash | |||||
|
9. |
Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shugʻullanuvchilarni sogʻlomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni chop etish. |
2020-yil II chorakdan boshlab har yili |
Homiylik xayriyalari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shugʻullanuvchilarni sogʻlomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Yaratilgan ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich chop etish va tasdiqlangan reja boʻyicha joylarga yetkazish. |
|
10. |
Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
2020-yil IV chorakdan boshlab har yili |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
|
11. |
Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan |
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish. |
|
12. |
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. |
2020-yilidan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan reja va roʻyxat asosida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. |
|
III. Aholining keng qatlamlari orasida badminton boʻyicha ommaviy sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni oʻtkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash | |||||
|
13. |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish. Bunda, badminton sport turini rivojlantirish, taʼlim muassasalari sport zallaridan samarali foydalanish, qoʻshimcha seksiyalar tashkil qilish orqali yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish boʻyicha hamkorlik memorandumlarini (uch tomonlama shartnoma) tuzish. |
2020-2021 yillar |
Homiylik xayriyalari |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandumlarni (uch tomonlama shartnoma) tuzish. |
|
14. |
Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionatlarini quyidagi bosqichlarda oʻtkazishni joriy etish: I- bosqich — tuman (shahar); II-bosqich — viloyat; III-bosqich — respublika (final). |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan |
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi |
1. Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha 1, 2 va 3-bosqichda boʻlib oʻtadigan chempionatlar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida 1, 2 va 3-bosqich chempionatlarni yuqori saviyada oʻtkazish. |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning yil davomida muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish. |
2020-yil II chorak |
Ijrochilar mablagʻlari |
Mudofaa vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi musobaqalarini tashkil etish boʻyicha roʻyxatni tuzish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida musobaqalarni oʻtkazish va yil davomida muntazam ravishda badminton sport turi bilan shugʻullanishini tashkil etish. |
|
IV. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida badminton sport turining sogʻlom turmush tarziga ijobiy taʼsir etuvchi vosita ekanligini targʻib qilish ishlarini tashkil etish | |||||
|
16. |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish va respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat koʻrsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish. Bunda veb-saytlarga sportchilar, trenerlar, rahbarlar, sport bazalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar kiritish va ushbu bazani doimiy yangilab borish. |
2020-yil II chorak |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish. 2. Yaratilgan portalda Respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat koʻrsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish. |
|
17. |
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali badminton sport turini keng targʻib qilish. |
2020-yil II chorak |
Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
Oʻzbekiston badminton federatsiyasining murojaatiga asosan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali badminton sport turini keng targʻib qilish. |
2-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Obyekt nomi |
Manzil |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sport zali |
Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, raqamsiz uy |
|
Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi |
Nukus shahar A.Utepov koʻchasi | ||
|
Nukus shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi |
Nukus shahar A.Utepov koʻchasi | ||
|
2. |
Andijon viloyati |
Andijon shahri 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tennis majmuasi |
Andijon shahri, 1-kichik daxa, 21b-uy |
|
Andijon shahri 32-umumtaʼlim maktabi sport zali |
Andijon shahri, Saloxiyat koʻchasi, 110-uy | ||
|
Andijon mashinasozlik akademik litseyi sport zali |
Andijon shahar A. Temur koʻchasi 5 uy | ||
|
3. |
Buxoro viloyati |
“Xumo” sport majmuasi badminton sport zali |
Buxoro shahri, M. Iqbol koʻchasi, 16-uy |
|
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji sport zali |
Buxoro shahar “Namozgoh” koʻchasi 103-uy | ||
|
4. |
Jizzax viloyati |
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zali (18x36) |
Jizzax shahri, Sayiljoy mahallasi, Istiklol koʻchasi, 12-uy |
|
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali sport zali |
Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 259-uy | ||
|
Jizzax Tibbiyot kollejining sport zali |
Jizzax shahar Sh.Rashidov shoh koʻchasi, Toshloq mahallasi 212-uy | ||
|
Jizzax shahar 19-umumtaʼlim maktabning sport zali |
Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi | ||
|
5. |
Navoiy viloyati |
Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sport zali |
Navoiy shahri, Gʻalaba shox koʻchasi, 44-uy |
|
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi akademik litseyining sport zali |
Navoiy shahri, Gʻalabashox koʻchasi 186-uy | ||
|
6. |
Namangan viloyati |
Namangan viloyati yuridik kolleji sport zali |
Namangan shahri, Islom Karimov koʻchasi, 2-uy |
|
Namangan shahar 1-son Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali |
Namangan shahri, 5A-kichik tuman tennis korti | ||
|
Namangan muxandislik-qurilish instituti qoshidagi “Doʻstlik” akademik litseyining sport zali |
Namangan shahri, I.Karimov koʻchasi | ||
|
7. |
Samarqand viloyati |
Samarqand viloyati sportning uyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali |
Samarqand shahri, Rudaki koʻchasi, 243-uy. |
|
Payariq tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali |
Payariq tumani, Qumchiq mahallasi, Oʻyingoh koʻchasi 19-uy | ||
|
8. |
Sirdaryo viloyati |
“Alpomish” sport majmuasi |
Guliston shahri, Guliston koʻchasi |
|
Madaniyat saroyi sport zali |
Guliston tumani, Turkiston koʻchasi, 16-uy | ||
|
Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali |
Xovos tuman, Xovos shaxarchasi, “Bunyodkor” mahallasi, Katta Oʻzbek Trakti M-34, Samarqand koʻchasi | ||
|
Guliston shahar 8-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali |
Guliston shahri, 3-mavze “Obod yurt” mahallasi | ||
|
Guliston shahar Qurilish texnikumining sport zali |
Guliston shahri, “Bogʻi shamol” mahallasi | ||
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahri Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi sport zali |
Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 699-uy |
|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti filialining sport zali |
Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288 b-uy | ||
|
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining sport zali |
Termiz shahri, I.Karimov koʻchasi 63-uy | ||
|
10. |
Fargʻona viloyati |
Fargʻona shahri 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qoʻp tarmoqli sport majmuasi sport zali |
Fargʻona shahri, Oxunboboyev koʻchasi |
|
Qoʻqon shahar 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali |
Qoʻqon shahri, Istiqlol koʻchasi 77-uy | ||
|
Beshariq tumani 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining filiali |
Beshariq tumani, Rapqon qishlogʻi 22A- uy | ||
|
11. |
Xorazm viloyati |
Xorazm tennis va badminton markazi |
Urganch shahri, Yangiariq koʻchasi |
|
Koʻshkoʻpir tu?ani 2-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali |
Koʻshkoʻpir tumani, Madaniyat mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 29-uy | ||
|
Bogʻot tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli filialning sport zali |
Bogʻot tumani, Oltin-Qum shaharchasi, Buyuk maqsad 1-tor koʻcha | ||
|
12. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali |
Qarshi shahri, A. Navoiy koʻchasi, 64-uy |
|
Shaxrisabz shahar 14-umumtaʼlim maktabi sport zali |
Shaxrisabz shahri, S. Ayniy koʻchasi, 56-uy | ||
|
Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport oʻyinlari zali — asosiy badminton sport bazasi |
Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasi, 13-uy | ||
|
Toshkent shahri | |||
|
13. |
Bektemir tumani |
Bektemir tumani I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi akademik litseyi sport zali |
Bektemir tumani, Suvsoz qoʻchasi, 89-uy |
|
14. |
Mirobod tumani |
Mirobod tumani 175-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Mirobod tumani, Sarakulskaya koʻchasi, 24-uy |
|
15. |
Mirzo Ulugʻbek tumani |
Mirzo Ulugʻbek tumani 211-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Mirzo Ulugʻbek tumani, Gulsanam koʻchasi, 1-uy |
|
M.Ulugʻbek tumani 279-umumtaʼlim maktabining sport zali |
A.Yugnakiy mavzesi | ||
|
16. |
Olmazor tumani |
Olmazor tumani 196-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/1 mavzesi, 5a-uy |
|
Olmazor tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali |
Namuna koʻchasi 54-uy | ||
|
17. |
Sergeli tumani |
Sergeli tumani 300-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Sergeli tumani, 7 mavzesi, Jahonaro koʻchasi |
|
Sergeli tumani 68-umumtaʼlim maktabining sport zali |
Sergeli-3 mavzesi | ||
|
18. |
Uchtepa tumani |
Toshkent Soliq texnikumi sport zali |
Uchtepa tumani, kichik xalqa yoʻli, 3-uy |
|
Uchtepa tumani 238-umumtaʼlim maktabining sport zali |
Uchtepa tumani 21-mavze | ||
|
Toshk?nt shahar Sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi filiali — asosiy badminton sport bazasi |
Uchtepa tumani, Jurjoniy mahallasi, Y.Sakkokiy koʻch. 4b | ||
|
19. |
Yashnobod tumani |
Yashnobod tumanidagi Mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji sport zali |
Yashnabod tumani, Tarakiyot kuchasi 2 proyezd 1-uy |
|
20. |
Chilonzor tumani |
Chilonzor Tibbiyot kolleji sport zali |
Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 16-uy |
|
Chilonzor tumani 181-umumtaʼlim maktabining sport zali |
Chilonzor 10-mavze | ||
|
21. |
Shayxontohur tumani |
Shayxontohur tumani 254-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Shayxontoxur tumani, Nuvza MFY, Ok tepa daxasi, 12-uy |
|
Shayhontoxur tumani 299-umumtaʼlim maktabining sport zali |
Jarariq mavzesi | ||
|
22. |
Yunusobod tumani |
Yunusobod tumani 271-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Yunusobod tumani, Chimkent yoʻli koʻchasi |
|
Yunusobod tumani 21-umumtaʼlim maktabining sport zali |
Yunusobod 6-mavze | ||
|
23. |
Yakkasaroy tumani |
Yakkasaroy tumanidagi toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali |
Yakkasaroy tumani, Shoxjahon koʻchasi 5/4 |
|
24. |
Yangi hayot tumani |
Yangi hayot tumani 231-umumtaʼlim maktabining sport zali |
9-qurilish hududi |
|
Toshkent viloyati | |||
|
24. |
Angren shahri |
Angren shahri Transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali |
Angren shahri, Istiqbol MFY, Bunyodkor koʻchasi, 5/1a-uy |
|
25. |
Bekobod tumani |
Bekobod tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Zafar shahri, Guliston MFY |
|
26. |
Bekobod shahri |
Bekobod shahri 12-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Bekobod shahri, “Qosim ota Farmonov” MFY |
|
Oʻzbekiston metal zavodining tennis korti |
Oʻzbekisto? koʻchasi | ||
|
27. |
Boʻka tumani |
Boʻka tumani Boʻka Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji sport zali |
Boʻka tumani, A. Ikromov koʻchasi, 39-uy |
|
28. |
Boʻstonliq tumani |
Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Abay” BSM sport zali |
Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishlogʻi, Boyterak MFY, Ipak-yoʻli koʻchasi |
|
29. |
Zangiota tumani |
Zangiota tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali |
Eshonguzar qoʻrgʻoni, X. Noʻmon koʻchasi |
|
30. |
Qibray tumani |
Qibray tumani 8-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Qibray tumani, Qadirlik koʻchasi |
|
31. |
Nurafshon shahri |
Nurafshon shahri 1-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Obod turmush MFY, Shon shuxrat koʻchasi, 1-uy |
|
32. |
Oqqurgon tumani |
Oqqurgon tumani 6-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Okkurgon tumani, Birlik MFY |
|
33. |
Olmaliq shahri |
Olmaliq shahri Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali |
Olmaliq shahri, Ulugʻbek koʻchasi, 59a-uy |
|
34. |
Ohangaront umani |
Ohangaron tumani 12-sonli umumtalim maktabi sport zali |
Ohangaron tumani, Qoroxtoy MFY |
|
35. |
Parkent tumani |
Parkent tumani 45-sonli umumtalim maktabi sport zali |
Parkent tumani, Surxi MFY |
|
36. |
Pskent tumani |
Pskent tumani 8-sonli umumtalim maktabi sport zali |
Pskent tumani, Gulshan koʻchasi, raqamsiz uy |
|
37. |
Toshkent tumani |
Toshkent tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi |
Keles shahar, M.Qashqariy koʻchasi, 1-uy |
|
Universal sport majmuasi |
Keles yoʻli koʻchasi | ||
|
38. |
Oʻrta Chirchiq tumani |
Oʻrta Chirchiq Pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali |
Oʻrta Chirchiq tumani, Koʻtarma-2 MFY |
|
39. |
Chinoz shahri |
Chinoz shaxri 40-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Chinoz shaxri, Beshkapa MFY |
|
40. |
Chirchiq shahri |
Chirchiq shahri 16-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali |
Chirchiq shahri, 8-kichik noxiya |
|
41. |
Yuqori Chirchiq tumani |
Yuqori Chirchiq tumani 37-sonli umumtaʼlim maktabi zali sport zali |
Yuqori Chirchiq tumani |
|
42. |
Yangiyoʻl tumani |
Yangiyoʻl tumani Gulbaxor sanoat kasb-hunar kolleji sport zali |
Yangiyoʻl tumani, Sharof Rashidov koʻchasi, 6-uy |